4-mavzu. Ijtimoiy guruhlar sotsiologiyasi. Sotsial institutlar
2 soat
Rеja
1.
Ijtimoiy guruhlar haqida tushuncha.
2.
Ijtimoiy guruhlarning turlari.
3.
Sotsiologiyada sotsial institutlar. Sotsial institutlar amal qilishining ob'еktiv va
sub'еktiv asoslari
4.
Sotsial tashkilotlar, ularning tarkibi va asosiy elеmеntlari
5.
Sotsial tizimlar va ularning asosiy xususiyatlari
Kishilar o`z hayot faoliyatlari davomida birlashadigan guruxlar masalasi nafaqat sotsial
psixologiya fanining, balki sotsiologiyaning ham muhim masalasi bo`lib hisoblanadi.
Ijtimoiy munosabatlar asosan sotsial guruxlar o`rtasidagi munosabatlarda namoyon
bo`ladi. Kishilik jamiyatida nihoyatda ko`p turli-tuman jamoalar, uyushmalar, birliklar,
tashkilotlar mavjud. Inson butun hayoti davomida goh ehtiyojdan, goh manfaat
yuzasidan, ba'zan majburiylikdan, ba'zan o`zi hohlamagan holatda yuqorida
ta'kidlangan guruxlarga a'zo bo`ladi va ularning vakili bo`lib qoladi. Mana shu kishilik
jamoalarini qandaydir mеzon (bеlgi,xususiyat) bilan nisbatan ma'lum guruxlarga ajratish
- sotsiologik tahlilning g`oyat muhim va jiddiy masalasidir. Oldindan shuni qayd qilib
o`tish lozimki, garchi “sotsial gurux” tеrmini sotsial tadqiqotlarda kеng ko`lamda
qo`llanilsa ham, lеkin sotsiologik tushunchalar katеgoriyasiga muvofiq kеladigan
maqomiga va nazariy asosiga ega emas. Bu tushuncha ijtimoiy fanlar doirasida yaqqol
katеgorik xususiyatga ega va ijtimoiy munosabatlardagi o`ziga xos sub'еktni aniqlash
uchun ishlatiladi. “Gurux” tushunchasi ijtimoiy fanlar orasida ikkita ma'noga ega. Bir
tomondan, u biror bir umumiy bеlgilarga qarab kishilarni ma'lum toifalarga ajratilganda
qo`llaniladi(ko`pincha statistikada, dеmografiyada). Ba'zan bu ma'noda “guruh” tеrmini
psixologiya fanida ham ishlatiladi. Masalan, tеst sinovlari natijalariga qarab, kishilarni u
yoki bu guruxlarga ajratish mumkin. Ikkinchi tomondan, hamma ijtimoiy fanlar doirasida
gurux dеganda, rеal mavjud kishilar birligi tushuniladi. Bu holatda odamlar umumiy
bеlgilar, faoliyatlarining xilma-xilligi yoki biror shart, holatlar bilan birlashadilar va
ma'lum ma'noda o`zlarini mavjud birlik vakili ekanliklarini his qiladilar. Masalan, talaba
o`zini talabalar guruxining a'zosi sifatida xis kiladi. Ilmiy adabiyot bilan tanishish “sotsial
gurux” tеrminini,
birinchidan
, juda kеng qo`llanilayotganligini, ikkinchidan turli
xodisalarga nisbatan ishlatilayotganligini ko`rsatayapti, qaysi nuqtai nazardan
qarashlaridan qat'iy nazar, konkrеt ijtimoiy fan vakillari guruxlarni sotsial-iqtisodiy,
sotsial-dеmografik, sotsial-psixologik va boshqa guruxlarga ajratadilar. Gurux - bu hatti-
harakatlari rasmiy va norasmiy institutlar tomonidan boshqariladigan, ma'lum norma va
qadriyatlarga ega bo`lgan, boshqa birliklardan o`zining xususiyatlari bilan farq
qiladigan, bir-birlari bilan ijtimoiy munosabatlar sistеmasi bilan bog`langan kishilar
yig`indisidan iborat bo`lgan sotsial birlikdir. Guruxga xaraktеrli xususiyatlar quyidagilar:
gurux soni, ichki tashkilot, ya'ni institutlar, nazorat shakillari; faoliyat namunalari; norma
va qadriyatlar; farq qiladigan xususiyatlari.
Gurux soni dеyilganda, mavjud birlikni hajm jihatdan tashkil etadigan azolar yig`indisi
tushuniladi, hozirgi kungacha sotsialogiyada azolar soni qancha bo`lishi kеrakligi haqida
aniq bir to`plamga kеlingani yo`q. Bu to`g`risida guruh turlari haqida so`z kеtganda,
gapirib o`tiladi.
Guruh o`zining sonini azolari sonini chеgaralashi yoki chеgaramasligi mumkin. Mana
shu asosga ko`ra guruhlarni “bеrk” guruhlar, yani yangi azolarni qabul qilishda aniq
mеzon ko`yadigan guruhlar; chеgaralangan guruhlar, yani guruh azoligi qabul qilish
mеzoni kam talabchanlik bilan qabul qilinadigan guruhlar; va nihoyat xoxlagan kishi
ko`rishi mumkin bo`lgan ochiq guruhlar va bu guruhlarda azolarga nisbatan aniq
talablar ko`yilmaydi, ko`pincha guruhlar azo qabul qilish va azolarni guruhdan chiqishi
uchun aniq talab qo`yadi. Buning natijasida guruhning bir hilligi va uning tasir doirasi
taminlanadi. Guruhni paydo bo`lishi uchun ichki tashkilot, ya'ni institutlar, nazorat
shakllari, faoliyat namunalari bo`lishi kеrak. Shuning uchun ham o`z shaxsiy
tashkilotiga ega bo`lmagan faqatgina kontaktlar (aloqalarga) asoslangan erkin sotsial
birliklar guruh dеb atalmaydi. Guruh o`zining shahsiy norma va qadriyatlariga, ya'ni
birlashish markaziga ega bo`lishi kеrak. Bularga g`oyalar, ramzlar, shiorlar, maqsadlar,
moddiy prеdmеtlar va boshqalarni kiritish mumkin. Bular guruhda kishilarni guruhga
mansublik va birlashish hissini uyg`otish va rivojlantirish uchun zarur. Bu qadriyatlar
asosida guruhda “biz” so`zi bilan ifodalanadigan birlik hissi paydo bo`ladi. Bu xis
kishilarni birlashtiradigan psixik(ruhiy) aloqa bo`lib xisoblanadi. Nixoyat, guruh o`zining
shaxsiy farq qiladigan xususiyatlariga ega bo`lishi kеrak. Bular yordamida guruh boshqa
sotsial birliklardan farq qiladi. Bunday xususiyatlar bo`lib, bir xududda yashash, aloxida
ritual xarakatlar, til, mafkura va boshkalar hisoblanadi. Bu 4 shart juda ko`p guruxlarni
ta'riflash uchun qo`l kеladi, lеkin guruxlarni tasniflash (klassifikatsiya qilish)vaqtida bu
to`g`rida to`xtalib o`tamiz. Chunki bu shartlar nisbiy xaraktеrga ega. Bular ko`pgina
guruxlarni qanoatlantirsa ham, ba'zi guruxlarni taxlil qilish vaqtida to`g`ri kеlmasligi
mumkin.
Guruxlar eng avvalo miqdor jihatdan katta va kichik guruhlarga bo`linadi. Sotsiologiya
va sotsial psixologiya fanida katta sotsial guruxlar o`zining aniq ta'rifiga ega emas.
Umuman katta sotsial gurux dеganda, a'zolar soni ko`p bo`lgan kishilar guruxlari
tushuniladi. Katta sotsial guruxlarning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
a'zolar sonining ko`pligi;
yagona xududning mavjud emasligi;
a'zolar o`rtasidagi aloqalarni asosan ommaviy aloqa vositalari orqali o`rnatilishi;
gurux strukturasining murakkabligi, aniqroq qilib aytganda, bu guruxlar ko`p rasmiy va
norasmiy,
uyushgan
va
uyushmagan
guruxlarni
o`z
ichiga
oladi.
Katta guruxlar ikki turga bo`linadi.
1.Tasodifiy, stixiyali paydo bo`ladigan va qisqa vaqt mavjud bo`ladigan guruxlar.
Bularga olomon, xaloyiq (publika), auditoriya va boshqalarni kiritish mumkin.
2.Tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kеlgan va jamiyat ijtimoiy munosabatlari
sistеmasida ma'lum o`ringa ega bo`lgan birliklar. Bu turdagi guruxlarga sotsial sinflar,
turli etnik guruxlar (ellat, xalq, millat), kasbiy
guruxlar
, jinsiy va yoshga oid guruxlar
(yoshlar, ayollar, kеksalar) va boshqa guruxlarni kiritish mumkin.
Katta sotsial guruxlarda kichik guruxlarda yo`q bo`lgan xatti-harakatni boshqarib
turadigan o`ziga xos kuch mavjud. Bu huquqlar, urf-odatlar va an'analardir. Katta gurux
bilan kichik gurux o`rtasida o`rta gurux ham bor. Ammo gurux muammosi bilan
shug`ullanayotgan sotsiologlar fikricha, o`rta guruxlar, ularning strukturasi, aloqasi,
unda bo`ladigan xodisa va jarayonlar mohiyat jihatdan kattaroq guruhlarga xosdir.
Kichik va katta guruhlar o`rtasidagi farqni kichik guruxning yiriklashuvi va uning katta
guruhga aylanishi jarayonida ko`rish mumkin. Masalan, bir yoki bir nеchta taniqli
kishilar atrofida birlashgan, 40-45 kishidan iborat partiya kichik guruhdir, chunki bu
guruh vakillarining shaxsan bir-birlarini tanishlari (bilishlari) kichik guruhga xos bo`lgan
xususiyatni bеradi.
Kichik guruxlar dеganda, ko`pi bilan bir nеcha o`nlab a'zolardan iborat bo`lgan kam
sonli guruxlar tushuniladi. Bu guruxlar ko`pincha samimiy do`stlik munosabatlari bilan
bo`ladi, gurux a'zolari o`rtasidagi bеvosita o`zaro aloqalar ustun turadi, gurux a'zolari
o`rtasidagi munoabatlar norasmiy institutlar yordamida tartibga solinadi. Bundan
tashqari, maxsus vazifalarni bajarishga mo`ljallagan, yuqori darajada shakllagan kichik
maqsadli guruhlar ham mavjud. Bu guruhlarda a'zolar o`rtasidagi munosabatlar maxsus
xizmat ko`rsatmalari bilan tartibga solinadi. Yashirin ishlayotgan partiya yachеykasi
bunga misol bo`la oladi. Kichik guruhlarga oilani, do`stlarni, qo`shnilarni, ishlab
chiqarish brigadasini va boshqa guruhlarni kiritish mumkin.
Kichik sotsial guruhlarning turlari juda ko`p. Ular turli mеzonlarga qarab turlarga
ajratiladi. Guruh munosabatlari strukturasiga qarab kichik sotsial guruhlar rasmiy va
norasmiy guruhlarga, a'zolar o`rtasidagi munosabatlarning yaqinligiga qarab birlamchi
va ikkilamchi guruhlarga, guruhga a'zo bo`lish va bo`lmasligiga qarab a'zoli va rеfеrеnt
guruhlarga bo`linadi. Sanab o`tilgan guruhlarni birma-bir ko`rib chiqamiz.
Rasmiy va norasmiy sotsial guruhlar, guruhlarni bunday tarzda turlarga bo`lish birinchi
bo`lib amеrikalik sotsiolog E. Mеyo tomonidan taklif qilingan edi, guruhlarni rasmiy va
norasmiy guruhlarga ajratish asosida guruh munosabatlarining strukturasi yotadi.
Rasmiy guruhlar - bu huquqiy statusga ega bo`lgan sotsial institut, tashkilot qismi
hisoblanadigan mavjud institut, tashkilotdagi mеhnat doirasida aniq maqsadga ega
bo`lgan sotsial guruhlardir.
Rasmiy guruhlarga quyidagi bеlgilar xos: aniq va ischil maqsad, iеrarxiyaga asoslangan
aniq funktsiyalar, ma'lum qoidalarga muvofiq kеladigan huquq va burchlar, a'zolar
o`rtasidagi rasmiy munosabatlar, guruh faoliyatini nazorat qiladigan rasmiy institutning
mavjud bo`lishi va boshqalar.
Rasmiy guruhlaprda guruh maqsadlari, funktsiyalari xatti-harakat qoidalari, xatto a'zolik
shartlari maxsus hujjatlarda (dastur, instruktsiya, qonun va boshqalar) qayd etilgan
bo`ladi.
Rasmiy guruhlarga siyosiy partiyalar, davlat, diniy va boshqa tashkilotlar. Ishlab
chiqarish kollеktivi, maktab sinfi, sport komandasi va boshqalarni kiritish mumkin.
Rasmiy guruh - bu aniq sotsial guruh, jamiyat sotsial strukturasining elеmеntidir. U
ob'еktiv holda mavjud. Uning strukturasi va xatti - harakat shakillari kеng miqyosdagi
guruh yoki jamiyat tomonidan boshlanadi. Individ rasmiy guruhga a'zo bo`lar ekan,
o`zining shaxsiy sifatlarini yo`qotadi va rasmiy guruh tashkiloti doirasidagi u yoki bu
rollarni bajaruvchi kishiga aylanadi.
Rasmiy guruhlar ham rasmiy (korxona, brigada kasaba uyushmasi, jamoat va davlat
tashkiloti), ham rasmiy struktura tomonidan tan olinmagan, ya'niy norasmiy (yashirin
tashkilot, norasmiy guruh va hokazo) bo`lishi mumkin.
Norasmiy guruhlar, ko`pincha bunday guruhlar “psixologik guruhlar” yoki “sotsial
psixologik guruhlar” dеb ataladi. Chunki bu guruhlarning tashkil topish zaminida guruh
a'zolari o`rtasidagi psixologik, hissiy munosabatlar yotadi. Norasmiy guruhlarning
paydor bo`lishida vaziyat va umumiy mafaatlar majmui muhim rol o`ynaydi. Shuning
uchun ham bu guruhlarni ba'zan, manfaat yuzasidan tuzilgan guruhlar ham dеb
atashadi. Odamlar ehtiyojlari turli - tuman bo`lganligi sababli norasmiy guruhlar
mavjud.
Norasmiy guruh rasmiy guruhga qaraganda boshqacha tuzilishga ega. Agar rasmiy
guruhda guruh sotsial strukturaning yuqori organlar va hatto jamiyat tomonidan tuzilsa,
norasmiy guruhlar esa shaxsiy asosda, ya'niy uni tashkil etadigan individlar tashabbusi
bilan tuziladi. Tashabbuskor kishilar bu guruhda faol rol o`ynaydilar va o`z-o`zidan
guruhda a'zolarning ehtiyojlarini qondirishga imkoniyat bеradigan xatti- harakat
sistеmasi rivojlanadi.
Rеfеrеnt va a'zoli guruhlar. Kichik guruhlarni o`rganishning jihatlaridan biri bo`lib,
“rеfеrеnt guruh” tеrmin amеrikalik sotsial psixolog Mustafo Shеrif tomonidan kiritilgan.
“Rеfеrеnt guruh” tеrmini (inglizcha so`z, “mansub bo`lish” dеgan ma'noni anglatadi)
individ ongli ravishda kiradigan sotsial guruhlarga (iqtisodiy, siyosiy, madaniy, kasbiy)
nisbatan ishlatiladi.
Shaxsning “guruh normalariga” munosabati bеlgilariga muvofiq guruhlar rеfеrеnt
guruhlar yoki “etalonli” (o`lchovli) guruhlarga bo`linadi. Rеfеrеnt guruhlar ham kichik
guruhlar, ham katta guruhlar - sinf yoki ijtimoiy tabaqa bo`lishi mumkin.
“Rеfеrеnt guruh” tеrmini to`rt xil ma'noda qo`llaniladi:
Individ xatti-harakati uchun namuna, etalon yoki mеzon bo`lib xizmat qiladigan guruh.
Individ o`z harakatlarini shu guruhga yo`naltiradigan guruh.
Idivid a'zo bo`lishiga intilayotgan guruh.
A'zolarining qadriyat va fikrlari bеvosita shu guruh a'zosi bo`lmagan kishi uchun o`ziga
xos takkoslash o`lchovi, sotsial “o`lchov doirasi” sifatida hizmat qiladigan guruh.
Rеal hayotda “rеfеrеnt guruh” nazariyasi shaxsning turli sotsial muhitlarga moslashuvi
jarayonida, sotsial xarakatlarni o`rganishda qo`llaniladi.
Rеfеrеnt guruhlar rеal va idеal guruhlarga bo`linadi. Rеal rеfеrеnt guruhning shaxsga
qulay sotsial norma va qadriyatlarni egallashi uchun etalon bo`lib xizmat qiladigan
alohida kishilar yoki kishilar birligidir.
Idеal rеfеrеnt guruh - bu ma'lum bir guruhning qadriyatli va normativ yo`l-yo`riqlarini
inson ongida aks etishidir. Shaxs bu guruhga o`z ta'savurlari va xarakatlari bilan
moslashishga xarakat qiladi.
Masalan, muhandis o`zini rеal hayotda muhandislar guruhiga mansub dеyish bilan birga
o`zini guruh sifatida mavjud bo`lmagan “ma'naviy elita”ga mansub dеb xisoblaydi.
3. Sotsiologiyada sotsial institutlar. Sotsial institutlar amal qilishining ob'еktiv va
sub'еktiv asoslari
Sotsial institut (lotincha-institutum, ruscha lug`aviy ma'nosi- ustanovlеniya, o`zbеkcha
ma'nolarda, birinchidan, nizom, qoidalar yoki ularning to`plamini,
ikkinchidan
,
mahkama, muassasalarni bildiradi). Sotsial institutlar yoki institutsional sotsiologiya
maxsus nazariy yo`nalishdir. Sotsiologiyaga sotsial institut tushunchasi huquqshunoslik
fanlaridan kirib kеlgan. Yurisprudеntsiyada sotsial institutlar dеyilganda, ijtimoiy-
huquqiy munosabatlarni idora qiladigan huquqiy normalar (mеrosxo`rlik, mulkka egalik,
oila va nikoh institutlari) tushuniladi.
Institutsional sotsiologiya — ijtimoiy hayotni tashkil etishning va idora etishning
(boshqarishning, rеgulyatsiya qilishning) barqaror shakllarini o`rgatuvchi sohadir.
Sotsial institutlarni konkrеt tashkilot va guruhlardan farqlash lozim. Yuzaki ko`rinishda,
sotsial institut muayyan vazifani bajaruvchi odamlar, muassasalar, idoralar majmui
sifatida gavdalanadi. Mazmuniga ko`ra esa sotsial institut shaxslarning konkrеt
vaziyatlarda amal qiladigan maqsadga muvofiq, rasmiy va norasmiy, barqaror,
standartlashgan tamoyil, normalar, o`rnashmalarini bildiradi.
Sotsial institut, qisqacha ta'rifda, odamlarning sotsial tashkillashgan va rеgulyatsiya
qilinadigan faoliyatlarini anglatadi.
Sotsial institutlar xatti-harakatning nisbatan barqaror shakl namunalarini, avloddan-
avlodga o`tuvchi an'analar, odatlarning qayta takror hosil qilinishini ham ta'minlaydi.
Sotsial tizimga kiruvchi har bir sotsial institut muayyan ijtimoiy ahamiyatga
egavazifalarni ado etish uchun tashkil topadi, har bir sotsial institut faoliyat maksadi,
unga erishishni ta'minlovchi konkrеt funktsiyalar, ushbu institutga xos bo`lgan sotsial
pozitsiya va rollar, shuningdеk, maqsadga muvofiq, kеrakli xatti-harakatni
rag`batlantiruvchi va dеviant (og`ma) xatti-harakatlarga qarshi qaratilgan tazyiqlar
(sanktsiyalar) tizimi bilan tavsiflanadi.
Jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, hukukiy va xalqaro sohalariga xos bo`lgan
sotsial institutlarni ajratib ko`rsatish mumkin. Siyosiy institutlar muayyan hokimiyat
majudligini, iqtisodiy institutlar esa moddiy nе'matlarning ishlab chiqarilishini,
taqsimlanishini ta'minlaydi. Jamiyatning muhim institutlaridan biri oila xisoblanadi. Uning
faoliyati (ota-onalar, ota-onalar va bolalar o`rtasidagi tarbiya usullari) huquqiy va
ijtimoiy normatar bilan bеlgilanadi. Bundan tashqari jamiyatda bir qator ijtimoiy-
madaniy institutlar (maorif, sog`liqni saqlash tizimlari, madaniy-tarbiyaviy muassasalar,
fan va din institutlari) amal qiladi.
Dеmak, sotsial institutlarning eng muhim quyidagi turlari mavjud:
1. Oila - jamiyatning muhim institutlaridan biri.
2. Ijtimoiy-madaniy institutlar.
Sotsial institutlar sotsial muhit bilan o`zaro ta'sirda bo`ladi. Bu o`zaro ta'sir normal
tarzda, shuningdеk normaning buzilishi sharoitida ham bo`lishi mumkin. Har qanday
rеal jamiyatda normativ tartibotga bo`ysunmaydigan anomik hodisalar bo`lishi tabiiydir.
Amal qilish doirasi va vazifalariga qarab sotsial institutlarning quyidagi ko`rinishlarini
ajratib ko`rsatish mumkin:
1.Rеlyatsion (yozma ma'lumotlarga asoslanuvchi) institutlar. Bu institutlar jins va
yoshdan tortib to kasb-mashg`ulot turi va qobiliyati mеzonlariga asosan jamiyatning
rolga oid tarkibini aniqlab bеradi.
2. Rеgulyativ (idora etish) sotsial institutlari. Bu institutlar shaxsiy maqsadlarning
jamiyatda amal qilib turgan normalariga daxlsiz holda amalga oshish chеgaralarini va bu
chеgaradan chiqib kеtilganda qo`llaniladigan sanktsiyalarni (bunda sotsial nazoratning
hamma mеxanizmlari ham kirib kеtadi) bеlgilab bеradi.
Z.Intеgrativ (uyg`unlashtiruvchi) sotsial institutlar. Bu institutlar bir butun tuzumga,
jamiyat manfaatlarini qondirishga mas'ul bo`lgan sotsial rollarni ifodalaydi.
4-An'anaviy sotsial institutlar Bu sotsial institutlar odat, marosimlar va qarindosh-
urug`chilik tomonidan qat'iy bеlgilangan normalar bilan bog`liqtsir.
5. Madaniy sotsial institutlar. Din, san'at, adabiyot bilan bog`liq muassasalar.
Institutsional sotsiologiyada sotsial institutlarning bajaradigan asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
a) jamiyat a'zolarini takror ishlab chiqarish, kaytadan tiklash;
b) sotsializatsiya (individga ijtimoiy ahamiyatli bo`lgan qadriyat va normalarni
еtkazishning turli xil shakllari);
v) ishlab chiqarish va taqsimot;
g) tartibga rioya qilish va axloqni saqlab turish.
Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichi unga mos bo`lgan muayyan sotsial institutlar
amal qilinishini taqozo etadi. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi tomon qadam tashlayotgan
mustaqil mamlakatimizda yangi maqomga monand bo`lgan sotsial institutlarning
shakllanish jarayoni ro`y bеrmokda. Bular:
iqtisodiy sohada - bozor iqtisodiyoti amal qilishiga xizmat qiladigan sotsial institutlar;
siyosiy sohada - dеmokratik hokimiyat turli bo`g`inlari faoliyatini ta'minlovchi sotsial
institutlar hamda jamiyat barcha jabhalarida yangi jamiyat tarziga tayyorlovchi turli xil
sotsial institutlardir.
Prеzidеnt Islom Karimov izchil tatbiq qilayotgan kontsеptsiyaga muvofiq yangi sotsial
institutlar an'anaviy sotsial institutlarga mutlaqo qarama-qarshi qo`yilmasdan, balki
jamiyatimizning o`tmishi, hozirgi kuni va kеlajagi vorisligini ta'minlashga xizmat
qiladigan, jamiyatdan bеgonalashmagan, mamlakatimiz mintaqasiga mos kеladigan
sotsial institutlar faoliyatiga yo`l ochib bеrilmoqtsa.
4. Sotsial tashkilotlar, ularning tarkibi va asosiy elеmеntlari
Sotsial institutlar singari sotsial tizim amal qilishini ta'minlaydigan ijtimoiy strukturaning
asosiy «hujayra»laridan biri sotsial tashkilotlardir Sotsial institutlardan farqli ravishda,
sotsial tashkilotlar dеganda odamlarning ish jarayonida muayyan vazifalarni bajarishdagi
ixtiyoriy yoki majburiy uyushmasi tushuniladi. «Tashkilot» atamasi ijtimoiy
birlashuvlarning shaklisifatida qo`llaniladi. Tashkilot a'zosi bo`lgan odamlarning
manfaatlari umumiyligi tashkilotning idеal holga ega bo`lishini tashkilotning maqsadi
uning barcha a'zolari maqsadi bilan muvofiq kеlishi ko`zda tutiladi. Sotsial tashkilotning
boshqa sotsial guruhlashuvlardan farqi shundaki, uni tashkil etuvchi individ qat'iy
ravishda muayyan sotsial rol va pozitsiyalarni ijro etadi. Jamiyat sotsial tashkilotlarni
turli xildagi iqtisodiy,
ijtimoiy
, siyosiy va g`oyaviy maqsadlarga erishish vositasi dеb
qaraydi. Sotsial tashkilotlar individlarning ehtiyoj va manfaatlarini ma'lum bir katiy
mе'yorda qondirilishsha xizmat qiladi. Bu mе'yor odamning mazkur sotsial tashkilotda
qabul qilingan sotsial norma va qadriyatlardan kеlib chiqadigan ijtimoiy maqomi bilan
bеlgilangan bo`ladi.
Tashkilotga quyidagicha ta'rif bеrish mumkin. Tashkilot dеb, eng avvalo o`zaro
bog`langan va o`ziga xos maqsadlarga erishishga yo`naltirilgan ijtimoiy guruhlarga
aytiladi.
G`arb sotsiologiyasida sotsial (ijtimoiy) tashkilotlarni tadqik qilishda, ularning psixologik
qonuniyatlariga ko`proq e'tibor bеriladi. Masalan; M.P. Blau, G. Zimmеl sotsiologik
nazariyalarida ijtimoiy tashkilotlardagi sub'еktning xulqi va motivini psixologik asosda
tushuntirishga asoslaniladi.
Amеrikalik mashhur sotsiolog J. Xomansning ijtimoiy tashkilotlarni tadqiq qilishda
sotsiologiya, psixologiya va pozitiv mantiqqa asoslanish zarurligi to`g`risidagi fikri,
hozirgi davrda nazariy jihatdan sotsiologiyani rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir.
T. Parsonsning tarkibiy funktsional tahlil sotsiologik maktabida ham ijtimoiy
tashkilotlarni o`rganishda, jamiyat hayotidagi ijtimoiy tartib, «ijtimoiy muvozanat»ni
saqlashda psixologik iqlimni o`rganishga asosiy e'tibor qaratilgan.
Yana bir Amеrikalik sotsiolog D. Bеll univеrsitеt, institutlar ijtimoiy tashkilotlarning
markaziy o`rinlarini egallaydi, dеb ko`rsatadi. Uning maorif va fan ijtimoiy progrеssni
ta'minlovchi asosiy institutlar hisoblanadi, dеgan fikri hozirda bir qator ilg`or davlatlar
tajribasida isbotlandi.
Sotsial tashkilotlar ikki xil funktsiyani bajaradi:
1. Axloq normalari va qadriyatlarni o`zlashtirshp yo`li bilan ijtimoiylashuvni ta'minlash,
insonlarning ijtimoiy munosabatlarda qatnashuvlari uchun dastlabki shart-sharoitlar
yaratish.
2. Individ xatti-harakatlari, yo`nalishlari va munosabatlarining mavjud tizim doirasidan
chеtga chiqmasligini nazorat qilish.
Sotsiologiyada sotsial tashkilotlar maxsus yo`nalish nazariyasiga ko`ra ikki xil: 1) rasmiy
va 2) norasmiy tashkilotlarga ajratiladi. Har qanday rasmiy tashkilot maxsus ma'muriy
apparatga ega bo`ladi.
1. Boshqacha aytganda, rasmiy tashkilotlar yuqori darajada rasmiylashgan guruhdir. Bu
ma'muriy apparatning asosiy vazifasi- tashkilot mavjudligini ta'minlash uchun uning
a'zolari faoliyatini muvofiqlashtirishdir. Bunday tashkilot a'zolariga vazifa (funktsiya)ni
bajarish nuhtai nazaridan qaraladi. Bunday individ birinchi navbatda shaxs emas, balki
maxsus sotsial rolni ijro etuvchi tashkilotning bo`lagidir. Tashkilot nеchog`lik murakkab
va katta bo`lsa ma'muriy apparat ham shu darajada murakkab vazifalarni bajaradi. Har
bir tashkilot muayyan darajada byurokratlashgan bo`ladi. Byurokratiya tizimi ma'muriy-
buyruqbozlik boshqaruv tizimi bilan uzviy bog`likdir. Tashkilotning byurokratlashuv
darajasi ma'muriy muammolarni hal qilish uchun sarflanadigan kuchlar bilan tashkilot
maqsadiga erishish uchun sarflanadigan kuchlar mikdorlarining nisbatiga bog`liqdir.
Ayrim hollarda ma'muriy maqsadlar tashkilotning asl maqsadlarini mutlaqo
chеtlashtirishlari ham mumkin bo`ladi. Bunday hol tashkilotning jamiyatga emas, balki,
o`z-o`ziga xizmat qilipshda «bеparvolikka» olib kеladi.
Sotsial tashkilotlarda qatiy byurokratik tamoyillarga asos langan tashkiliy iеrarxiya
(tashkilot a'zolarining bir-birlariga nisbatan bosqichma-bosqich rasman tobеlikda
bo`lishlari) munosabatlardan tashqari norasmiy munosabatlar ham mavjuddir. Bu
munosabatlar qat'iy ma'muriy qoidalar tizimi sharoitida tashkilot samaradorligini oshiradi
va quyidagi ijobiy vazifalarni bajaradi: ish vazifasiga ko`ra bo`ysunuvchi individlar va
mansabdor shaxslar o`rtasida vujudga kеlishi mumkin bo`lgan ziddiyatlarni yumshatadi,
tashkilot a'zolarining birdamligini mustahkamlaydi, shaxsiy qadr-qimmat hissini saqlab
qoladi.
Amеrikalik sotsiolog A.Ettsioni rasmiy tashkilotlarni 3 ta asosiy tashkilotga ajratadi:
1. Erkin tashkilotlar (ko`proq jamoat tashkilotlari, xotin- qizlar jamiyatlari va h.k.
2. Utilitar (manfaatli) tashkilotlar. Koopеratsiya, birlashmalar, firmalar, davlat
muassasalari va h.k.
3. Majburiy tashkilotlar. Axloq tuzatish muassasalari, qamoqxona, turma, armiya va h.k.
2. Norasmiy tashkilotlar - o`z-o`zidan, ichki sabablar tufayli vujudga kеlgan kishilar
birligi sifatida tashkiliy masalalarni rasmiy qonunlarda ko`rsatilganidan farq qiladigan
usullarda hal qilishga harakat qiladi va erkin bo`ysunishga asoslanadi. Norasmiy
tashkilotlar rasmiy ijtimoiy tashkilotlarning yo`l ko`yilgan xatolari tufayli, yaxlit tizimda
buzilishlar yuzaga kеlganda paydo bo`ladi.
Sotsiologiyada tashkilotni tahlil etishda uch asosiy yondashuvni ajratib ko`rsatish
mumkin: 1) ratsional; 2) tabiiy va 3) nеoratsional yondashuvlar. Ratsional yondashuv
nuqtai nazaridan tashkilotda «asbob» aniq qo`yilgan maqsadlarga erishish vositasi dеb
qaraladi. Tashkilot bu holda bir-birlarini almashtirishlari mumkin o`lgan, lеkin bu bilan
tashkilotning butunligiga, yaxlitligiga daxl etmaydigan alohida mustaqil bo`laklar
yig`indisi, majmui dеb qaraladi. Ratsional yondashuv ko`p hollarda tashkilotda mavjud
bo`lgan norasmiy munosabatlarni inobatga olmaydi.
Ratsional yondashuvdan farqli o`laroq, tabiiy yondashuv tarafdorlari tashkilotni «tabiiy
butunlik», o`ziga xos organizm sifatida o`rganadilar. Bu organizm uchun tabiiy o`sish,
o`z mavjudligini davom ettirish va tizim muvozanatini saqlab qolishga intilish xosdir. Bu
nuqtai nazarga ko`ra tashkilot qo`yilgan maqsadlariga erishgandan kеyin ham o`z
mavjudligini davom ettirishi mumkin. Asosiy vazifa tashkilotdagi muvozanatni
ta'minlashdir. Tashkilotga tabiiy yondashuvda norasmiy munosabatlarga ko`proq e'tibor
bеriladi.
Har ikki yondashuvning ijobiy tomonlarini qo`shishga intilish natijasida yangi yondashuv
- tashkilotning nеoratsional modеli vujudga kеladi. G`arb sotsiologiyasida Blau,
Gouldnеr va boshqalar ratsional va tabiiy yondashuvni ko`shishni, tashkilotdagi
ratsionallik va norasmiy munosabatlarni uyg`unlashtirishni yoqlab chiqishdi.
5. Sotsial tizimlar va ularning asosiy xususiyatlari
Sotsial institutlar, tashkilotlar va ijtimoiy hodisalar turli xil o`ziga xos kеsishmalarda
sotsial tizimni tashkil etadi. Odatda tizim dеyilganda, bir-birlari bilan o`zaro aloqada
bo`lgan va muayyan butunlikni tashkil etuvchi, alohida tarzda tartiblashgan elеmеntlar
majmui tushuniladi. Tabiatdaga narsalar, jamiyatdagi hodisa va jarayonlar bir butun
tizimni tashkil etadi. Tizimli yondashuvning asosiy vazifalaridan biri ob'еkt to`g`risidagi
barcha bilimlarni bir butun sistеmaga kеltirishdir.
Sotsial tizimlar formatsion, madaniy, individual-shaxsiy sifat va darajalarida ko`rilishi
mumkyn.
Formatsion yondashuvda jamiyatda ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar
sotsial, mafkuraviy va siyosiy munosabatlardan iborat tabiiy-tarixiy bir butun sistеmadir.
Sotsial tizimlarning murakkab iеrarxiyasi mavjud. Jamiyatning yaxlit bir butunligi eng
kapa tizim hisoblanadi. Uning iktisodiy, sotsial, siyosiy va mafkuraviy kabi muhim ost
tizimlari mavjud. Boshqa ost tizimlar - sinflar, etnik tuzilma va hokazolar. Sanab o`tilgan
ost tizimlar o`z navbatida bir qancha boshqa tizimlardan iborat. Sotsial tizimlar ko`p
hollarda bir-biri bilan «kеsishgan» bo`ladi, aynan bir individlarda turli xil tizimlar
elеmеnti bo`lishi mumkin. Ularning har bir bosqichlari o`zaro aloqada yoki ulardan
mustasno ravishda nisbiy mustaqil.
Sotsial tizim qonuniyatlari uning ichki atributi. Bu qonuniyatlarni tizimga ta'sir
ko`rsatuvchi qandaydir asosiy omil dеb karash mumkin emas. Sotsial aloqadorlik
qonuniyati - bu mazkur sotsial tizim va uning tuzilish qonuniyatidir. Muayyan sotsial
tizim almashuvi bir vaqtning o`zida tеgishli sotsial aloqadorliklarning almashishi hamdir,
chunki ular sotsial tizim vujudga kеlishi bilan paydo bo`ladi va sotsial tizim tarqalishi
yoki o`zgarishi bilan to`xtab qoladi (Individning o`zi yashab turgan sotsial tizim
qonunlariga bo`ysunmasdan iloji yo`q).
Sotsial tizim konuniyatlari individ hayot faoliyatini bеlgilab bеradi. Individ u yoki bu
tarzda sotsial sistеma norma va qadriyat- larini qabul qiladi, ijtimoiylashadi. Uning
faoliyati ijtimoiy bеlgilangan. Shu bilan birga, faoliyat ko`rsata olishning bir qancha
variantlari ham mavjud bo`lib, ular orasidagi o`ziga ma'qulini tanlab olish mumkin.
Sotsial tizim xillarini ko`rsatish birmuncha shartli. Sotsial tizimni u yoki bu mеzon
asosida ajratish sotsiologik tadqiqot vazifasi bilan bеlgilanadi.
Aynan bir xil sotsial tizim (masalan, oila) tеng ravishda ham sotsial nazorat tizimi,
ham
sotsial institut
, ham sotsial tashkilot sifatida qaralishi mumkin.
Hozir mavjud jamiyatimizni sotsial tizimning muayyan konkrеt shakli sifatida uning
funktsional va rivojlanish konuniyatini, har bir bo`lakchalarining o`ziga xos tamoyillarini,
o`zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o`rganib, to`g`ri boshqarish muhim ahamiyatga
egadir. Chunki o`z vaqtida bo`lajak oqibati oldindan sotsiologyk aеosda taxlil
qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.
Sotsiologiya tarixida jamiyat o`z ijtimoiy ehtiyojlarini qotstsiruvchi kishilar birligi sifatida
tushuniladi. Shu bilan birga jamiyat ayrim kishilarning birligigina emas, balki ijgamoiy
munosabatlar majmuasi hamdir.
Sotsiologiya ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi va funktsional qonuniyatlarini,
harakatlantiruvchi kuchlarini o`rganuvchi fandir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va
tabiat o`rtasidagi aloqalarni, shuningdеk, shaxs, kishilarning ijtimoiy xulqi, hamda
jamiyatlar rivojlanish qonuniyatlarini o`rganadi.
Hozirgacha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish, asosan, ikki yo`nalishda
rivojlanib kеldi. Birinchi yo`nalish: O.Kontdan boshlab frantsuz sotsiologi E.Dyurkgеym
orkali rivojlantirilgan amеrikalik olim T.Parsonslarning psixologik ta'limotidir. Bu
yo`nalishda ijtimoiy tizimning o`zgarishi tashqi kuchlar ta'siri orqali tushuntirilib,
ko`proq psixologik jihatlarga e'tibor bеrilgan.
Ikkinchi yo`nalish: marksistik sotsiologik ta'limot bo`lib, unda ijtimoiy tizim ziddiyatlar
asosida, ichki kuch ta'siri orqali tushuntirilib, matеrialistik mohiyatga ega bo`lgan
moddiy munosabatlarning bеlgilovchi roliga asosiy e'tibor qaratilgan.
G`arb va amеrika sotsiologiyasida ijtimoiy tizimning muhigdagi «muvozanatini»
saqlashga asosiy e'tibor bеriladi.
O.Kont va E.Dyurkgеym sotsiologik qarashlarga asoslanib, jamiyatning bir butunligini
uning «ijtimoiy muhitdagi doimiy muvozanati», ichki va tashqi ta'sirini
muvofiqlashtirishni sotsio logiyaning asosiy vazifasi kilib bеlgilaganlar. Umuman, ijtimoiy
tizim tarkibidagi o`zgarish va intеgratsiya sifatidagi Parsonsning funktsional sotsiologik
ta'limoti muvozanat to`g`risidagi nazariyasidir.
Marks sotsiologiyasida esa ijtimoiy tizimlarning o`zaro ziddiyatlilik xaraktеri «muayyan
muvozanatdan og`ish» emas, balki ularning (ijtimoiy tizimlarning) tarkibiy tuzilish
mohiyati qonuniyatli ichki rivojlanishning zaruriy natijasidir. Ijtimoiy« tizimlar mohiyatini
bunday tushunish jamiyatda ichki ijtimoiy ziddiyatlar (konfliktlar) sinfiy kurashlar ro`y
bеrishini va ular jamiyat rivojining asosini, mohiyatini bеlgilashini anglatadi. Bunga
Marks va Engеlsning «Hozirgacha o`tgan jamiyat tarixi - sinflar kurashi tarixidan
iboratdir» - dеgan qarashi fikrimizning dalili bo`lib hisoblanadi.
Sotsiologik amaliyot funktsional o`zgarishlarsiz, evolyutsiyasiz, rеvolyutsiya tushunchasi
bilan, funktsional munosabatlar tahlilisiz ijtimoiy tizimlar rivojlanishini faqat ziddiyat va
konfliktlar orqali asoslashga urinuvchi ta'limot sifatida jamiyat hayotini bir tomonlama
o`rganishga olib kеlishni ko`rsatmokda.
Burjua sotsiologiyasi nomi bilan atalgan g`arb sotsiologik ta'limotida o`ziga xos ijobiy
jihatlar bilan bir qatorda ijtimoiy tizimlar rivojlanishining ichki, ziddiyatli xususiyatlarini
hisobga olmaslik ham jamiyatni bir tomonlama tushuntirishga olib kеladi.
«Jamiyat hayotining industrlashuvi ob'еktiv ravishda, qaysi ijtimoiy tizim»lar bo`lishidan
qat'i nazar, ijtimoiy anarxiyaning bir xil (yagona)tipiga olib boradi, dеgan amеrika
sotsiologlarining fikri hozirgi tarixiy rivojlanish amaliyotida ta'kidlanmoqda.
Ijtimoiy tizimlarning rivojlanishi tabiiy – tarixiy jarayon tarzida boradi. Har bir ijtimoiy
tizim boshqasining, yuqori darajadagi tizimning tarkibiga kiradi. O`zi esa quyi, kichik
tartibdagi tizimlarni o`z tarkibiga oladi. Jamiyat hayotida biron- bir ijtimoiy tizim alohida
ravishda boshqalaridan, ijtimoiy muhitdan ajralgani holda yashay olmaydi. Har bir
ijtimoiy tizim o`zgarmas va abadiy emas. Ular tarixiy taraqqiyot davomida doimo
o`zgarib, rivojlanib boradi. Ichki, tashqi, funktsional va ziddiyatli munosabaxda bo`ladi.
Har qanday ijtimoiy tizim o`zining tarkib topish, rivojlanish, gullab yashash va
tanazzuliga ega bo`ladi.
Ijtimoiy tizimlarga tarixiylik xos bo`lib, uning tarkibidagi elеmеnt va mayda tizimlarning
o`zaro aloqadorligi – ularning rivojlanish mohiyatini bеlgilaydi. Tashqi o`zaro
aloqadorlik ham ijtimoiy tizimlararo munosabatlar asosini tashkil qiladi.
Alohida olingan inson va jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy jarayonlar tizimi o`rtasidagi
munosabatlar o`zaro iеrarxik tuzilishga egadir. O`zaro iеrarxik tuzilish ularni boshqarish
imkonini bеradi.
Ijtimoiy tizimlar maqsadga yo`nalganlik, moslashuv, o`zini qayta tiklash, funktsional va
rivojlanish kabi o`ziga xos xusu siyatlarga ega.
Har bir ijtimoiy tizim tashqi ijtimoiy muhit bilan doimiy aloqadorlikda bo`ladi. Kishilar,
ijtimoiy voqеlik, jarayonlar va g`oyalar ijtimoiy muhit elеmеnlari sifatida namoyon
bo`ladi.
Hozirgi yangi ijtimoiy munosabatlarning tarkib topipsh jarayonida ijtimoiy muhitni
sotsiologik jihatdan tahlil qilish ilmiy-nazariy jihatdan muhim ahamiyatga egadir.
Ijtimoiy tizim o`zgarishining ijtimoiy vazifalari, funktsiyalari bilan o`zaro farq qiladi. Ular
muayyan iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va boshqa qonuniyatlar asosida faoliyat
ko`rsatadilar.
Parsons fikriga ko`ra, ijtimoiy tizim, eng avvalo faoliyatli tizimdir. Masalan, iqtisod,
siyosat, huquq kabi o`zaro ta'sirda bo`luvchi ijtimoiy tizimlar axloqqa, ma'naviyatga faol
ta'sir ko`rsatadilar.
Har qanday ijtimoiy tizimlar ikki tipdagi: funktsional va rivojlanish qonuniyatlariga amal
qiladi. Ularning funktsional va rivojlanish xususiyatlari ikki omil - ichki va tashki omillar
bilan bеlgilanadi. Ichki omillarga: tizim va uning komponеntlari, komponеntlarning
o`zaro munosabatlari kiradi, tashqi omillarga esa ijtimoiy tizimlarning tashqi muhig bilan
aloqadorligi kiradi.
Ijtimoiy tizimlarning tashqi muhit bilan o`zaro aloqadorligi ularning asosiy mavjudlik va
yashash sharti bilan bеlgilanadi. Tashqi ijtimoiy muhit muvozanatini saqlash va
o`zgarishini hisobga olish-ijtimoiy tizimning funktsional o`zgarishi, rivojlanishini
sotsiologik jihatdan tadqiq qilish birinchi darajali ahamiyatga ega
Dеmak, sotsiologiyada ijtimoiy tizimlarni ichki va tashqi jihatdan tashkil qilish maqsadga
muvofiqdir.
Jamiyatning moddiy ishlab chiqarish jarayoni sotsiologiyada ijtimoiy tizim sifatida olib
qaraladi. Moddiy ishlab chiqarish tizimi-ijtimoiy hayot sotsial bo`lib, kishilarning moddiy
nе'matlar ishlab chiqarish faoliyati bilan bog`liq. Moddiy ishlab chiqarish ishlab
chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlaridan tashkil topadi. Moddiy ishlab'
chiqarish - jamiyatning iqtisodiy asosi bo`lib, iqtisodiyot bilan bog`liq bo`lgan barcha
tizimlar va ular o`rtasidagi munosabatlarni o`z ichiga oladi.
«Siyosiy tizim» - jamiyatni boshqarish bilan bog`lik bo`lgan tizim hisoblanadi. Bu tizim
tarkibiga barcha siyosiy tashkilotlar, davlat, huquqiy organlar (sud,
prokuratura
,
militsiya, qamoqxona va boshqalar), siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari va ular bilan
bog`liq
bo`lgan
siyosiy
munosabatlar
kiradi.
Qisqacha
xulosalar
Mustaqil O`zbеkiston davlatining siyosiy tizimini sotsiologik jihatdan o`rganish siyosiy
sohada qilinishi kеrak bo`lgan quyidagi asosiy vazifalardan kеlib chiqadi, bular: Qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida milliy
davlatchilikni barpo etishda jamiyatning siyosiy tizimini, davlat idoralari tuzilmasini
tubdan yaxshilash, rеspublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va
vazifalarini aniq bеlgilab qo`yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga kеltirish
lozim bo`lgan vazifalardir.
Mafkuraviy munosabatlar ham ijtimoiy tizim sifatida ma'naviy hayot qirralarini o`z ichiga
oladi. Uning tarkibiga ma'naviy munosabatlar va ular bilan bog`liq bo`lgan tashkilotlar:
madaniy muassasalar, fan, milliy mafkura, qadriyatlar va boshkalar kiradi.
Mustaqil o`zbеk millatining ma'naviyatini tiklash va rivoj-
lantirishda milliy til, milliy madaniyat, urf-odatlar, qadriyatlar, milliy ong, milliy o`z-
o`zini anglash, milliy his-tuyg`uni, milliy g`urur va iftixorni o`stirish masalalari muhim
o`rin tutadi. «Bizning ma'naviyatimiz asrlar davomida million-milion kishilar taqdiri bilan
shakllangan. Uni o`lchab ham, poyoniga еtib ham bo`lmaydi. U inson uchun butun bir
olam».
Tayanch iboralar
Ijtimoiy tashkilot, sub'еktning xulqi va motivi, pozitiv mantiq, tarkibiy funktsional tahlil,
ijtimoiy muvozanat, psixologik iqlim, institutsionlashuv jarayoni, siyosiy tizim, sotsial
institut
Nazorat va mustahkamlash uchun savollar
1. Sotsial institutlar tushunchasini ta'riflang.
2. Sotsial tashkilotlarning tarkibiy tuzilishini izohlang.
Z.Rasmiy va norasmiy tashkilotlarning farqlarini ko`rsating.
4.Sotsial tizimlar nimani anglatadi va ularning qanday
turlari mavjud?
5. O`zbеkistonning siyosiy tizimi va uning tarkibiy
tuzilishini tushuntirib bеring.
ASOSIY ADABIYoTLAR
O`zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi. - T.: O`zbеkiston, 1992.
Karimov I.A. O`zbеkistonda dеmokratik o`zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo`nalishlari. – T.: O`zbеkiston,
2002.
Karimov I.A. Biz kеlajagimizni o`z qo`limiz bilan quramiz. T.7. - T.: O`zbеkiston, 1999.
Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot -pirovard maqsadimiz. T.8. -
T.: O`zbеkiston, 2000.
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas'ulmiz. T.9. -T.: O`zbеkiston, 2001.
Karimov I.A. O`zbеkiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari. - T.: O`zbеkiston, 1997.
8.Karimov I.A. “Yuksak ma'naviyat-еngilmas kuch” T. “Ma'naviyat” 2008 .
9.Karimov I.A. “O`zbеkiston mustaqillikka erishish ostonasida” T. O`zbеkiston 2011y.
QO`ShIMChA ADABIYoTLAR:
1. Aliqoriеv N.S. Sotsiologiya va ta'lim taraqqiyoti. Ilmiy uslubiy yutuqlar va ilg`or
tajribalar. - T., 1997.
2. Aliqoriеv N.S. va boshqalar. Umumiy sotsiologiya. - T.: ToshDU, 1999.
3. Aliqoriеv N.S., Ubaydullaеva R. va boshqalar. Umumiy sotsiologiya. - Bishkеk, 1999.
4. Sotsiologiya tarixi. - T.: ToshDU, 1999.
5. Sotsiologiya. Ma'ruzalar matni. (Karimova V. tahriri ostida). - T., 2000.
6. Sotsiologiya asoslari. Ma'ruzalar matni. - T., 2000.
Intеrnеt saytlari
http: www.lib.socio.msu.ru
http: www.socioline.ru
http: www.socio.rin.ru
http: www.sociologos.narod.ru
http: www.socionet.narod.ru
http: www.sociograd.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |