Jamiyat va inson falsafasi ma’ruza rejasi



Download 0,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana21.07.2022
Hajmi0,72 Mb.
#833312
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Jamiyat va inson falsafasi(13)

Ongning aksiologik funksiyasi (baholash funksiyasi)da inson tashqi dunyo haqida 
ma'lumotlar olish bilan bir vaqtda ularni o‘z ehtiyojlari va manfaatlari nuqtai nazaridan 
baholaydi
. Ong, bir tomondan, ob'ektiv aks ettirish shakli, inson mayllari va manfaatlariga bog‘liq 
bo‘lmagan voqyelikni bilish shakli hisoblanadi. Bilimlar olish, ob'ektiv haqiqatning tagiga yetish, 
bilish faoliyati sifatidagi anglash jarayonining natijasi va maqsadiga aylanadi. Boshqa tomondan, 
ong voqyelikka sub'ektiv munosabat ko‘rinishlarini, uni baholash, o‘z bilimini va o‘zini anglab 
yetishni ham o‘z ichiga oladi. Dunyoga qadriyat sifatida qarashning natijasi va maqsadi borliqni, 
dunyoning inson mayllari va ehtiyojlariga muvofiqlik darajasini, o‘z hayotining mazmunini anglab 


yetish hisoblanadi. Tafakkur, bilish faoliyati asosan bilimni aniq ifodalash, mantiqiy sxemalarga 
rioya etish, ular bilan ish ko‘rishnigina talab qilsa, dunyoga qadriyat sifatida yondashish va uni 
anglab yetish esa shaxsiy kuch-g‘ayrat, o‘y-mulohazalar va haqiqatni teran idrok etishni talab 
qiladi.
Ongning baholash funksiyasi bevositamaqsadni shakllantirish funksiyasiga 
o‘tadi. 
Maqsadga intiluvchanlik – bu ongning muhim xususiyati hisoblanuvchi sof insoniy qobiliyat. 
Maqsad – bu insonning o‘z predmetini topgan ideallashtirilgan ehtiyoji; bu faoliyat predmetining 
shunday bir sub'ektiv obraziki, uning ideal shaklida inson faoliyatining mo‘ljallangan natijasi 
namoyon bo‘ladi. Maqsadlar insoniyatning jami tajribasi negizida shakllantiriladi va ijtimoiy, 
axloqiy, estetik va boshqa xil ideallar ko‘rinishidagi oliy shakllar sari yuksaladi. Aniq bir 
maqsadga qaratilgan faoliyat inson dunyodan qanoatlanmayotgani hamda uning bu dunyoni 
o‘zgartirish, uni insonga, jamiyatga zarur bo‘lgan shaklga solish ehtiyoji bilan izohlanadi.
Ongning ijodiy funksiyasida insonningoliy imkoniyatlarinamoyon bo‘ladi
. Maqsadga 
intiluvchanlik, ya'ni inson o‘z harakatlarini «nima uchun» va «nimaga erishish yo‘lida» amalga 
oshirishini anglab yetish har qanday ongli qilmishning zaruriy shartidir. Maqsadni ro‘yobga 
chiqarish muayyan vositalarni, ya'ni maqsadga erishish uchun yaratiladigan va shunga xizmat 
qiladigan vositalarni ishga solishni nazarda tutadi. Inson tabiatda mavjud bo‘lmagan narsalarni 
bunyod etadi. U butunlay yangi narsalarni va umuman yangi dunyoni yaratadi. Odamlar 
o‘zgartirgan, yaratgan narsalarning ko‘lami, shakllari va xossalari ularning ehtiyojlari, maqsadlari 
bilan belgilanadi; bu narsalarda inson niyati, uning g‘oyalari ro‘yobga chiqariladi.
Ongningkommunikativ funksiya
(aloqa funksiyasi)
da odamlar umumiy mehnatda ishtirok 
etadilar va bir-birlari bilan o‘zaro aloqalarga kirishishga doimi muhtoj bo‘ladilar.
Fikrlarning bu 
aloqasi nutq orqali (ovozlik aloqa) va texnika vositalari yordamida (matnlar, kodlangan axborot) 
amalga oshiriladi. Shuni e'tiborga olish lozimki, yozma matnlarda (kitoblar, jurnallar, gazetalar va 
sh.k.)da bilim emas, balki axborotgina saqlanadi. Axborot bilimga aylanishi uchun u 
sub'ektivlashtirilishi lozim. Ayni shu sababli bosma so‘zni tarqatish bayon etilgan axborot bilimga 
aylanishining kafolati emas, balki sharti hisoblanadi. Axborot bilimga, ya'ni sub'ektiv boylikka 
aylanishi uchun qo‘shimcha kuch-g‘ayrat sarflash talab etiladi.
Shaxs ongining mantiqiy siklinitartibga solish (boshqaruv) funksiyasini
yakunlaydi. Ong 
omillarga baho berish asosida va qo‘yilgan maqsadga muvofiq inson harakatlarini, keyinchalik esa 
– jamoalarning harakatlarini ham boshqaradi, tartibga soladi. Ongning tartibga solish funksiyasi 
insonning o‘zini qurshagan muhit bilan o‘zaro aloqasiga bog‘liq bo‘ladi va ikki shaklda: da'vat 
etuvchi tartibga solish va ijroni tartibga solish shakllarida amal qiladi. Odamlar xulq-atvori va 
faoliyatiga turtki beruvchi omillarning g‘oyaviy mazmuni ulkan ahamiyatga egadir. G‘oyalar 
da'vatkor kuchga aylanishiga qarab inson o‘z qilmishlarini ongli ravishda, o‘z e'tiqodiga muvofiq, 
izchil amalga oshiradi. Ijroni tartibga solish kishilar faoliyatini ularning ehtiyojlari bilan muvofiq 
holatga keltiradi, maqsad va uni tartibga solish vositalarining mutanosibligini ta'minlaydi.
Ongning bosh funksiyalari ana shulardan iborat. Ularning uyg‘un rivojlanishigina oxir-
oqibatda intellektual va ma'naviy jihatdan komil insonni tarbiyalash imkoniyatini beradi.
XXI asr boshiga kelib olimlar intellektning ayrim funksiyalarini informatsion mashinalar 
zimmasiga yuklash uchun ancha ko‘p zahmat chekdilar. Bugungi kunda kompyuterlar murakkab 
ishlarni bajarmoqdalar: bir tildan boshqa tilga tarjima qilmoqdalar, samolyotlarni, poezdlarni 
boshqarmoqdalar, shaxmat o‘ynamoqdalar, hatto inson miyasiga xos bo‘lgan ba'zi bir mantiqiy 
amallarni bajarmoqdalar. Tabiiy bir savol tug‘iladi: inson aqlining o‘rnini bosishga qodir bo‘lgan 
mashinani yaratish mumkin emasmi?
Texnika imkoniyatlari nuqtai nazaridan, informatsion mashinalarni takomillashtirish 
chegarasini belgilash o‘rinli bo‘lmaydi. Shunga qaramay, mashinalar bajaruvchi amallar bilan 
inson miyasida bajariladigan amallarning o‘xshashligi mashinalarni fikrlash qobiliyatiga ega deb 
hisoblash uchun asos bermaydi. Mohiyat e'tibori bilan mashina inson tafakkurining faqat bir 
jihatini – formal-mantiqiy fikrlashnigina amalga oshiradi, vaholanki, insonning fikrlash jarayoni 
amalda iroda, emotsiyalar, intuitsiya, orzu, fantaziya va hokazolardir. Inson ichki dunyosining 
boyligi uning ijtimoiy aloqalari boyligi va serqirraligining mahsuli hisoblanadi. Ayni shu sababli, 


inson ongi, uning strukturasi va barcha funksiyalarini to‘liq modellashtirish uchun miya 
strukturasining o‘zinigina gavdalantirish kifoya qilmaydi. Buning uchun inson rivojlanishining 
butun tarixiy yo‘lini gavdalantirish, uni barcha ehtiyojlar bilan, shu jumladan siyosiy, axloqiy va 
estetik ehtiyojlar bilan ta'minlash talab etiladi. Bularning barchasi bilishning murakkab vazifalarini 
yechishda zamonaviy kibernetik qurilmalarning imkoniyatlari cheklanganligidan dalolat beradi. 
Ular aslida intellektual faoliyatning axborotni qayta ishlash qoidalari bilan bog‘liq bo‘lgan 
tomonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatizatsiyalashtirish vositalaridan boshqa narsa emas.
Individual ong inson miyasining ob'ektiv borliqni ideal obrazlarda aks ettirish va bu 
obrazlardan fikrlash jarayonida foydalanish qobiliyati. 
Uni bevosita kuzatish mumkin emas. Ong 
faqat inson miyasi ishining natijasi, uning xossasi sifatida, shuningdek ong namoyon bo‘lishining 
fikrlar, g‘oyalar, e'tiqodlar, qadriyatlar, mo‘ljallar va shu kabilar tarzida ifodalangan turli shakllari 
orqali tadqiq etilishi mumkin.
Endi individual va jamoa (ijtimoiy) ma'naviyatining ideallar, me'yorlar, qadriyatlar va 
tasavvurlarda aks etuvchi o‘xshash jihatlari va farqlariga to‘xtalamiz. 
Individual ma'naviy 
borliqdan farqli o‘laroq, ijtimoiy ma'naviy borliq haqida uning fan, san'at, din, axloq va umuman 
madaniyat tarzidagi ko‘rinishlariga qarab hukm chiqarishimiz mumkin.
Xususan, u yoki bu ilmiy 
g‘oyalarning paydo bo‘lishi doim muayyan olimlar bilan bog‘liq, ammo fan ijtimoiy hodisa 
sifatida muayyan shaxslar bilan bog‘lanmaydi, zero u ayrim olimlar ilgari surgan nazariy qoidalar 
majmuidan yuqoriroq darajada turadi. Bosma, audiovizual va boshqa axborot manbalari, tegishli 
asbob-uskunalar va shu kabilarsiz fanni tasavvur qilish mumkin emas. U yaxlit hodisa sifatida 
mustaqil borliqqa ega. Bugungi kunda, kompyuter texnologiyalari inqilobi davrida fan jamiyatning 
bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylandi.
San'at sohasi haqida ham shunday deyish mumkin. Qo‘shiqlar, raqslar va musiqa o‘z 
muayyan ijrochilariga ega bo‘lgani holda, o‘zining odatlar, rasm-rusumlar va ideallar 
ko‘rinishidagi nisbatan mustaqil hayoti bilan yashaydi va shu tariqa ijtimoiy makon va vaqtda 
harakatlanib saqlanishi, takomillashishi va ko‘payishi mumkin.
Ijtimoiy ongning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, u, individual ongdan farqli 
o‘laroq, o‘z «tanasi»ni «tark eta» olmaydi, xuddi shuningdek u o‘z «tanasi»dan, ya'ni jamiyatdan 
tashqarida mavjud bo‘lishi ham mumkin emas
. Shu sababli ijtimoiy ong asrlar mobaynida abadiy 
mavjud bo‘lgan, yo‘q qilib bo‘lmaydigan narsa sifatida qaralgan, uning borlig‘i esa butun 
insoniyat borlig‘i yo‘q bo‘lishi bilan barham topishi mumkin, deb hisoblangan.
Ammo XX asrning o‘rtalarida odamlar o‘z-o‘zini qirg‘in qilish vositasi – yadro qurolini 
yaratdilar va shu paytdan e'tiboran insoniyat o‘zining «umrboqiyligi»ni yo‘qotdi va endilikda u, 
yashab qolishga harakat qiluvchi ayrim jonli organizm kabi, ijtimoiy hayotni o‘z-o‘zini qirg‘in 
qilishdan asrab, o‘z ijtimoiy borlig‘ini saqlash haqida qayg‘urishi lozim.. 

Download 0,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish