Jamiyat hayoti va demokratik islohotlar



Download 26,97 Kb.
bet4/4
Sana28.06.2021
Hajmi26,97 Kb.
#103754
1   2   3   4
Bog'liq
15-Mavzu. O’zbekiston mustaqil demokratik taraqqiyotida saylov tizimi va siyosiy partiyalar faoliyati

3-savolning bayoni:

O’zbekistonda ayni shu asosda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyat hayotining barcha sohalarini yanada liberallashtirish borasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai ekani haqidagi Konstitutsiyaviy tamoyil asosida xalq bilan muloqot davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.

Mamlakatni innovatsion rivojlantirish, odamlarda faol fuqaroliq pozitsiyasi va tashabbuskorlikni kuchaytirish, mustaqil dunyoqarash va fikrlash ko’nikmasini shakllantirish, jamiyatda adolat ustuvorligini ta’minlash, xuquqiy-demokratik davlat asoslarini mustahkamlash, korruptsiyaga qarshi kurash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish bo’yicha muhim vazifalar amalga oshirildi.

Jamiyat hayotining barcha bo’g’inlarida xalq bilan muloqotning turli shakl va vositalari, jumladan, Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonalar, Bosh vazir qabulxonasi, mas’ul va mutasaddi rahbarlarning xalq deputatlari mahalliy kengashlaridagi hisobotlari, sayyor qabullar, ijtimoiy muammolarni, odamlarning yashash sharoitlarini bevosita joylarga chiqib o’rganish kabi usullar keng qo’llanayotgani milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlash orqali milliy g’oya tamoyillarini takomillashtirishga, pirovard natijada aholi manfaatlari va farovonligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, bozor munosabatlariga to’liq o’tish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlik erkinligiga yanada keng yo’l ochish, barcha sohalarda davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini faol qo’llashga alohida e’tibor berilmoqda. Er osti va er usti boyliklaridan, inson resurslaridan to’la foydalanish uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda.

O’zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichida fuqarolar qalbi va ongidagi yangi sifat o’zgarishlari hayot darajasining yuqsalishi bilan uyg’un holda kechmoqda.

O’zbekiston fuqarolarining xuquq va manfaatlarini ular dunyoning qaysi burchagida bo’lmasin, davlat tomonidan ishonchli himoya qilish reallikka aylanib borayotgani, bu borada barcha zarur mexanizmlar ishga solinayotgani jamiyat a’zolarining o’z xalqi va Vatanidan faxrlanish tuyg’usini, davlatning adolat va qonuniy huquqlar kafolati sifatidagi salohiyatiga bo’lgan ishonchini oshirmoqda.

Harakatlar strategiyasi asosida kechayotgan shiddatli islohotlar xalqning kelajakka ishonchini mustahkamlash, uni bunyodkorlik ishlariga safarbar qilish, jamiyatda uchrayotgan illatlar, xususan, loqaydlik, boqimandalik va korruptsiya kabi holatlarga qarshi faol kurashishga da’vat etmoqda.

“Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak”. “Inson manfaatlari xamma narsadan ulug’”, “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi”. “Xalq bizdan rozi bo’lsa, ishimizda unum va baraka bo’ladi”, “Adolat–qonun ustuvorligida”, “Ma’naviyat bo’lmagan joyda xech qachon adolat bo’lmaydi!”, “Insonlarning dardu tashvishlarini o’ylab yashash–odamiylikning eng oliy mezonidir” singari tamoyillar hayotga joriy qilinmoqda. Bu esa milliy g’oyaning xalq irodasi sifatidagi maqomini oshirishga xizmat qiladi.

Eng muhimi, bugun O’zbekistonda amalga oshirilayotgan, jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotgan demokratik islohotlar ortga qaytmaydigan muqarrar tus olgani xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongida ertangi kunga mustahqam ishonch uyg’otmoqda.

Oliy Majlisning 9-sessiyasida (2002 yil 29 avgust) 1-prezident I. Karimov «O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari» haqida ma’ruzasida demokratik va fuqarolik jamiyatini barpo etishning quyidagi ustuvor vazifalarini belgilab berdi:



  1. Tengsiz oliy ne’mat - mustaqillikni bundan buyon ham asrab-avaylash, himoya qilish va mustahkamlash bo’lib qolaveradi.

  2. Ikkinchi ustuvor yo’nalish. Bu - mamlakatimizda xavfsizlik, barqarorlikni, davlatimizning hududiy yaxlitligini, sarhadlarimiz daxlsizligini, fuqarolarimizning tinchligi va osotaligini ta’minlashdan iborat.

  3. Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, kuchli bozor infratuzilmasini yaratish, barqaror va o’zaro mutanosib, mustahkam iqtisodiyotning muhim sharti bo’lgan erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etishdan iborat.

  4. Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatdan yangilash borasidagi to’rtinchi eng muhim ustuvor yo’nalish - bu inson huquqlari va erkinliklarini, so’z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkorlikni, jamiyatda o’tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so’zda yoki qog’ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir. «To’rtinchi hokimiyat» maslasi aytildi.

  5. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning eng muhim sharti bo’lib, bu jamiyat hayotida nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini keskin kuchaytirishdan iborat. «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari» tamoyilini amalga oshirish. Qonun ustuvorligi...

  6. Sud-huquq sohasini isloh qilish bo’yicha boshlangan ishlarni izchil davom ettirish. Qaerda sud mustaqil bo’lmas ekan, shu erda qonun talablari va adolat buzilishi muqarrar.

  7. Islohotlarimizning bosh yo’nalishi va samaradorligining pirovard natijasini belgilab beradigan inson omili va mezonidir. Bunda demografik va boshqa milliy, diniy xususiyatlarimiz hisobga olinishi kerak. Ma’naviyat, axloq-odob, ma’rifat kabi qadriyatlar...

O’zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishdan iborat o’z yo’li respublikani rivojlantirishning milliy istiqlol g’oyasiga asoslangan quyidagi asosiy o’ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi



1 Каримов И. А. Инсон манфаатларини таъминлаш, ижтимоий ҳимоя тизимини такомиллаштириш - устувор вазифамиздир. -Т.: Ўзбекистон, 2006. -Б. 3.

2 Каримов И. А. Ўзбек халқи ҳеч ҳачон ҳеч кимга қарам бўлмайди. 13-жилд. -Т.: Ўзбекистон, 2005. -Б. 177.

Download 26,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish