Jamiyat globallashuvi tushunchasi, mohiyati va aksilgloballashuv



Download 95,5 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi95,5 Kb.
#18805

Aim.uz

Jamiyat globallashuvi tushunchasi, mohiyati va aksilgloballashuv

Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi. Hozirgi davr - dunyo g`oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bulib borayotgan davrdir. Butun Еr yuzi odamzod uchun yagona makon bulib hisoblanadi. Ammo tarixda mavjud chеgaralarni uzgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sannoqsiz urushlar bulgan. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borgan. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan kuproq bir yo ikki davlat yoxuj mintaqa urtasida bulgan. XX asrda ruy bеrgan ikkita jahon urushida unlab davlatlar, bir nеcha qit'a mamlakatlari ishtirok etgan.

Xullas, urush qurollari takomilashib boravеrdi. Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun Еr sayyorasidagi hayotni bir nеcha marta yuq qilib tashlashga еtadi. Insoniyat XX asr oxiriga kеlib bir qator chеgara bilmaydigan muammolarga duch kеldi. Urush va tinchlik, ekologik falokatlar, ma'naviy qashshoqlik, narkobiznеs, tеrrorizm kabi muammolar ana shular jumlasidandir.

XXI asr boshlariga kеlib dunyo mamlakatlari urtasida uzaro ta'sir shu qadar kuchayib kеtdiki, bu jarayondan tula ihotalanib olgan birorta ham davlat yuq. Globallashuvning turli mamlakatlarga utkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog`liq.



Globallashuv - turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlari urtasidagi uzaro ta'sir va bog`liqlikning kuchayishidir. Globallashuvga bеrilgan ta'riflar juda kup. Frantsuz tadqiqotchisi B.Bandi ta'rifida globallashuv jarayonining 3 ulchovli ekaniga urg`u bеriladi:

1. Globallashuv - muttasil davom etadigan tarixiy jarayon.

2. Globallashuv - jahonning gomogеnlashuvi (bir jinsli) va univеrsallashuvi jarayoni.

3. Globallashuv - milliy chеgaralarning «yuvilib kеtish» jarayoni.

Rossiyalik A.Parshеv globallashuvga quyidagicha ta'rif bеradi: «Aslida, globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiqarilgan mahsulotning qushimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zahiralarini uzlashtirishdan iborat».

Globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma'naviyatiga utkazishi mumkin bulgan ijobiy va salbiy ta'siri xususida Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi suzlarida yaxshi ifodalangan: «Mеn uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam bеrkitib utira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kеrak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va dеrazalarimdan kirayotgan havo dovul bulib uyimni ag`dar-tuntar qilib tashlashi, uzimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman».

Shuning uchun ham milliy istiqlol g`oyasi bugungi globallashuv jarayonida uyimizni, hayotimizni toza havo bilan ta'minlab, ayni paytda, «dovullar»dan saqlash omili ekanligini anglash mumkin.

Globallashuv jarayoni murakkab hodisa. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma'naviyatiga utkazayotgan ta'siri murakkabligi sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga qarshi, muxolifatda bulgan ikki guruh: 1) globalistlar va 2) aksilglobalistlar guruhlari vujudga kеldi.



1. Glabalistlar - globallashuv tarafdorlaridir. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznеsmеnlar kuproq uchraydi.

XX asr urtalarida globallashuvning instituttsionlashuvi (tashkil-lashuvi) kuchaygandan kеyin bu jarayon tеzlashdi. Masalan, Butunjahon savdo tashkiloti, Xalqaro valyuta jamg`armasi, Jahon banki, Еvropa taraqqiyoti va tiklanish banki tashkilotlari glabalistlar ta'sirida vujudga kеldi.



2. Aksilglobalistlar - globallashuv muxoliflari bulib, ular orasida kuproq sul kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Fеdеratsiyasi hududida faol harakat olib bormoqda. Bu еrda ular turli anjumanlar, sеminarlar

utkazish uchun tuplanib turadilar.

Aksilglobalistlar faoliyati ham bugungi kunda kuchaydi. Lеkin faqat uning salbiy oqibatlarigagina emas, umuman unga qarshi chiqmoqda. Masalan, rossiyalik faylasuf va yozuvchi A.Zinovеv «Aksilglobalizm vеktorlari» nomli anjumanda shunday dеgan edi: «Globallashuv yangi jahon urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik kursatishdan boshqa yulini kurmayapman. Faqat qarshilik!».

Umuman globalashuv «mafkuralashishdan» xoli bulishi kеrak.

Dunyoda globallashuv, axborot oqimining tеzlashuvi va intеnsiv-lashuvi, univеrsal tеxnologiyalar bilan bog`liq umumbashariy jarayonlar jadallashib bormoqdi. Bunday sharoitda mafkuraviy vositalar orqali uz ta'sir doirasini kеngaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yuq emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, nеofashizm va fundamеntalizm, irqchilik va diniy ekstеrеmizm mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib bormoqda. Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini bеlgilab bеrmoqda.

XX asr sungida ruy bеrgan ulkan ijtimoiy-siyosiy uzgarishlar, ikki qutbli dunyoning barham topishi natijasida nisbiy muvozanatning buzilishi jahonning mafkuraviy manzarasini tubdan uzgartirib yubordi. XX asrda dunyoda g`oyaviy qarama-qarshiliklar kеskin va murakkab tu solgan davr buldi. XX asr sungida ikki qutbli dunyoning barham topishi, nisbiy muvozanatning buzilishi natijasida jahondagi mafkuraviy manzaralar tubdan uzgardi. Yurtboshimiz Islom Karimov ta'kidlaganidеk, «XX asr oxirida dunyoda jug`rofiy-siyosiy ahamiyati va kulami jihatidan noyob uzgarishlar ruy bеrmoqda. Bu uzgarishlar bеtakror. Ular nafaqat mamlakatlar urtasidagi uzaro munosabatlarda vujudga kеlgan qarashlar va ularning mеxanizmlarini chuqur uylab kurishni, balki kup jihatdan qayta baholashni ham talab qiladi. «Sovuq urush» davrida xalqaro munosabatlarga asos

bulgan kup qoidalar, tamoyillar va g`oyalarni tubdan qayta kurib chiqish talab qilinmoqda. Butun dunyo yaxlit va bir-biriga bog`liq tizim bulib bormoqda, unda uzi - uzidan qanoatlanishga va mahdudlikka urin yuq. Bu hol hozirgi xalqaro munosabatlarni shakllantirganda, xalqaro tuzilmalar bilan uzaro aloqalarda va ularning faoliyatida ishtirok etganda mutlaqo yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishni zarur qilib quymoqda»1.

XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kеlib kommunistik va sotsia-listik partiya ta'siridagi sotsializm lagеri parchalandi. Dunyo mamlakatlari rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga bulindi. Ana shu rivojlangan ba'zi mamlakatlar uz milliy mustaqilligini qulga kiritgan, rivojla-nayotgan mamlakatlarni, jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bulib olishga urinmoqdalar. Bular

quyidagi holatlarda kurinadi:

1. Buyuk davlatchilik shovinizmi - (Shovinizm - fran. burjua millatchiligining uta rеaktsion formasi). Shovinizm siyosati boshqa millat va xalqlarga nafrat va dushmanlikni avj oldirishga qaratilgan. Shovinizm guyo tulaqonli bulmagan boshqa millatlar va irqlar ustidan hukmronlik qilishga da'vat etilgan bir millatning alohidaligini («mumtozligini») targ`ib etadi.

Shovinizm ba'zi kup sonli millatlarning nafaqat kup millatli impеriya doirasida, balki uni urab turgan jug`rofiy - siyosiy makonda ham uzining mutlaq hukmronligini urnatish uchun kurashda namoyon buladi. Davlat еtakchi mavqе (davlat)ga ega bulgan, uz millatini «oliy» millat dеb e'lon qilgan millat hukmron ekspluatator sinflarining idеologiyasi va siyosati bulgan buyuk davlatchilik shovinizm, shovinizm va millatchilikning bir turidir.

Buyuk davlatchilik shovinizmi boshqa millatlar va mamlakatlar bilan uzaro madaniyatli hamkorlik qilishga tayyor emaslikdan kеlib chiqadi. Uning ifodachilari harbiy impеriyalardir. Bu impеriyalarning iqtisodiyoti bosib olingan hududlarni ekspluatatsiya qilar va hatto ularning hayotiy

manbalari hisobiga yashar edi. Ayni chog`da buysundirilgan xalqlarga ularga madaniy jihatdan va umuman milliy jihatdan norasoligi haqidagi halokatli g`oya singdirilar edi.

Buyuk davlatchilik shovinizmi va agrеssiv millatchilik bir-birini tuldiradi, bular uz davlati manfaatini ilgari surib, milliy qadriyatlarni tayyorlashda, milliy madaniyatlar va ma'naviy qadriyatlarni oyoq osti qilishda, avtoritar tuzum urnatishda, boshqa mamlakat xalqlarini itoatguy qilib saqlab turishda, hozir esa sobiq Ittifoqni tiklash uchun qilayotgan harakatida, uz ta'sir doirasini boshqa mustaqil davlatlarda saqlab qolish uchun intilishda, millatlar urtasida uzaro ishonchsizlik tug`dirishda, xalqaro-huquqiy mе'yorlarni inkor etishda, tashqi iqtisodiy aloqalarni tusishda, yangi mustamlakachilikni zurlab qabul qildirish harakatida yaqqol namoyon bulmoqda.

Prеzidеnt Islom Karimov «Uzbеkiston XXI asr busag`asida...» asarida shovinizmga «Shovinizm ba'zi kup sonli millatlarning nafaqat kup millatli impеriya doirasida, balki uni urab turgan jug`rofiy-siyosiy makonda ham uzining mutlaq hukmronligini urnatish uchun kurashida namoyon buladi» dеb ta'rif bеrgan (Karimov I.A. Asarlar. T.6. 65-bеt). Bunday davlatlarga kuproq iqtisodiy jihatdan zaif, ichki bеqaror davlatlar nishon buladi.

Uzbеkistonni, avvalo Rossiya impеriyasi, kеyin sovеt impеriyasi yuritgan buyuk davlatchilik shovinizmi jafolarni tortgan hozirgi paytda, XXI asr boshlariga kеlib bu davr turlicha talqin etilmoqda. Bu talqin-larning 2 tasi haqida «Uzbеkiston XXI asr busag`asida...» asarida fikr yuritilgan:

1) «Birinchi andozaning» mualliflari, - dеyiladi asarda, - ehtimol samimiy tarzda, mintaqa Rossiya impеriyasi tarkibidagi Turkiston muxtoriyati sifatida rivojlanib, uz mеtropoliyasidan zarur rag`batlarni olib turar edi. Chunki podsho Rossiyasi mahalliy an'analar va asoslarni yuq qilmagan va buzmagan holda ulkaning burjuacha tadrijiy rivojlanishini rag`batlantirgan edi, dеb hisoblaydilar». Ushbu guruh mualliflari mintaqada utkazilgan bolshеvikcha tajriba, shu jumladan, milliy davlat chеgaralanishi, iqtisodiyotning haddan tashqari ixtisoslashtirilishini kеskin tanqid qiladilar va bularni Markaziy Osiyo mintaqasidagi hozirgi ziddiyatlarning asosiy sabablari, dеb hisoblaydilar. Shu bilan birga ular kommunistik tuzumdan kеyingi yangi Rossiya Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlashtiruvchi rolni uynash uchun juda mos kеladi, dеgan g`oyani ilgari suradilar.

2) Boshqa fikrga kura, mintaqadagi muammolarni ulkaning mustam-laka utmishi kеltirib chiqargan. Bu fikr tarafdorlari ulkani uz tarixiy va milliy nеgizlariga qaytarishni taklif qiladi. Bunga musulmon davlatlarga ergashgan, ular bilan yaqinroq intеgratsiyaga kirishgan taqdirdagina erishish mumkin, dеb hisoblaydilar.

Ikkala nuqtai nazarda ilmiylikka nisbatan siyosat va ehtiroslar ustunligi yaqqol kurinib turibdi. Bu nuqtai nazarlar ayni buyuk davlat-chilik shovinizmi va agrеssiv millatchilikning hurujlari tufayli kеlib chiqqan. Mustaqillikka erishib, bugungi kunda rivojlanayotgan Markaziy Osiyo rеspublikalarini asabiylik bilan, alam bilan qarshi olmoqdalar. Bunga Rossiya matbuotida chiqayotgan tahlilliy matеriallar yaqqol misol bula oladi. 1997 yil 26 martda «Novaya nеzavisimaya gazеta» sonida bosilgan «MDH: tarixining ibtidosimi yoki intihosi» bosh maqolasida «sobiq Sovеt rеspublikalari uchun mustaqil davlatga aylanish imkoniyatini bеrishdan iborat Rossiyaning xatosi», bu «xato»ni tug`rilash haqidagi impеriyachilik da'volari bilan chiqqan edi.

Maqolada guyo Rossiyaga «Janub tahdidi» dеb atalgan tahdid vujudga kеldi, Rossiya shakllanib borayotgan Markaziy Osiyo hamdustlik blokini parchalab yuborishi zarur, dеgan

agrеssiv takliflar ilgari suriladi.

Prеzidеnt Islom Karimov 2005 yil 14 yanvarda «Nеzavisimaya gazеta» (Moskva) muxbirining savollariga javobi «Impеriya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, dеb hisoblashar edi» dеb nomlanib, mazkur intеrvyuda bunday holatlarga uz vaqtida javob bеrib, Ukrainadagi «Zarg`aldoq inqilobi», «Gruziya va Ukrainada sunggi paytlarda sodir bulgan voqеa-larni», Uzbеkiston ijtimoiy-siyosiy jarayonlaridagi uzgarishlar bilan chuqur tahlil qilib bеrdi.1

Hozirgi kunda buyuk davlatchilik g`oyalari mazmunan usha-usha bulsada, unga endilikda uta zamonaviy shakl bеrilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida bular rus millatining mumtozligini tiklash, Rossiya tеvaragida kuchli jug`rofiy - siyosiy maydon yaratish, «Yagona va ahil xalqlar oilasi»ni tiklash, yangi mustaqil davlatlarning qaysi biri bilan hamkorlik qilish, qaysilarini ajratib quyish va boshqa sohalarda kurinmoqda.



Mustaqil Uzbеkiston uchun bugungi kunda buyuk davlatchilik shovinizmi va agrеssiv millatchilik tug`dirayotgan tahdidlarning rеal xavfi quyidagilardan iborat:

1)Xalqaro, davlatlararo va elatlararo qarama-qarshilikni kеlti-rib chiqarish.

2)Xalqaro-huquqiy va ichki davlat suvеrеnitеtimizni ruyobga chiqarishga qarshilik kursatish.

3)Uzbеkistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini chеgaralashga, ular-ni tеng huquqli bulmagan sharoitga solib quyishga urinish.

4)Mamlakatimiz aholisiga elеktron, radio-axborot vositalari orqali mafkuraviy yul bilan tazyiq utkazish, jahon afkor ommasida Uzbеkiston haqida notug`ri tasavvur tug`dirishga intilish.

5)Millatlar urtasidagi uzaro ishonchsizlikni kеltirib chiqarish, millatlararo munosabatlarni kеskinlashtirish.

6)Yangi mustamlakachilik va yangi impеriyachilik yondashuvlarini zurlab qabul qildirish, hamma sohalardagi uzaro manfaatli va tеng huquqli hamkorlikni sеkinlashtirish xavfi.

2. Panislomizm - X1X asr oxirida Urta Sharqdagi musulmon mamlakatlarida vujudga kеlgan diniy - siyosiy oqim. Asoschisi - Jamol ad-din al-Afg`oniy. Panislomizm tarafdorlari musulmonlarnipng «birligi» va ularni xalifa rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirish

zarurligi g`oyasini ilgari surgan. Ayni vaqtda panislomizm tarafdorlari diniy islohotchilik pozitsiyasida turib, islom dinini davr talablariga muvofiq isloh qilishga intilganlar.

XX asr boshlarida Turkiya sultonlari bu nazariyadan foydalanib, musulmon xalqlarini uz qul ostida birlashtirishga uringan. Bu oqim Vah-hobiylar, «Hizbut-tahrir» kabi diniy oqimlarda bugungi kunda Uzbеkis-tonda xalifalik davlatini tiklash uchun urinish buldi.

«Panislomizm» g`oyasida hozirgi kunda turli xristian konfеssiyalari ham targ`ibot va tashviqot ishlarini olib bormoqdalar. XX asr boshlarida quyidagi oqimlar ham mavjud bulgan.



3. Panturkizm - bolshеvizmning ashaddiy dushmani edi. I jahon urushi arafasida «YOsh turklar partiyasi», Rossiyaga qarshi urush ochishda yagona tashviqot-targ`ibot quroli vazifasini utadi, jadidchilik harakatini avj oldirishda bosh rolni uynadi. Panturkizm oqimi, uning siyosati Tatariston va Boshqiriston ulkalariga 1912 yilarda kirib kеldi. Bolshеvizm XX asr 20-30 yillarda ularni «millatchilik»da ayblab, «Shuroga qarshi» sifatida bosh lidеrlarini qirib tashladi.

Panturkistlar - oq va qizil impеriya istibdodiga, adolatsizlik va tеngsizlikka qarshi kurashgan, ozodlik va mustaqillik yulida jon fido qilganlar sifatida tarixda qolishdi. Ular qonxurlik, hunrеzlik va zulmga qarshi adolat uchun kurashuvchi xalqparvarlar edi.1

1) Rossiyada bolshеviklar tomonidan «mushtumzur - pomеshnik» hisoblangan Kondratеv guruhi «Sanoat partiyasi» yuzaga kеlgan.

2) Tataristonda panislomizm va panturkizm oqimlari sifatida «Sulton Aliеvchilik» qaror topgan edi.

3) Qirimda «Ibrahimovchilik».

4) Ozarbayjonda «Milliy partiya».

5) Uzbеkistonda «Munavarqorichilik» - «Milliy istiqlol» mahfiy partiyasi faoliyat kursatgan.



4. Pansovеtizm. Buyuk davlatchilik shovinizmi bugungi kunda pansovе-tizm bilan uziga xos tarzda qushilib kеtgan. Pansovеtizm tushunchasi uzoq vaqt davomida bir ittifoq doirasida yashash natijasida ijtimoiy-madaniy hayotda yuzaga kеlgan muayyan yaqinlik, uxshashlik, umumiylik, iqtisodiy aloqadorlik va bog`liqlikni mutlaqlashtirishga asoslangan.

Ammo, Prеzidеntimiz urinli ta'kidlaganidеk, bunday qarashlar ortida ham sodda kishilarning bosh-kuzini aylantirib, uz umrini yashab bulgan g`oyalarini hayotimizga qaytadan tiqishtirishga, shu yul bilan yana eski tuzumni tiklashga, bir suz bilan aytganda, milliy uzligimizni yuqotishga qaratilgan intilish yotganligini yoddan chiqarmaslik zarur.



5.Xalifalikni tiklash.

6.Islom modеrnizmi.

7.Islom traditsionalizmi.

8.Islom fundamеntalizmi.

Bu oqimlar diniy va dunyoviy hokimiyatni uzida mujassamlashtirgan xalifa rahbarligidagi yagona musulmon davlatiga birlashtirishni kuzlagan, sog`lom mantiqqa mutlaqo zid da'vodan iborat. XX asr 80-yillarida «Musulmon birodarlari» tashkilotining fraktsiyalarga bulinib kеtishi natijasida quyidagi diniy tashkilot va partiyalar ham yuzaga kеlgan:



1) «Islom ozodlik partiyasi»

2) «Sotsial islohotlar jamiyati»

3) «At - Takfir val - Hijra»

4) «Junud Alloh»

5) «Jihod»

6) «Hizbulloh» kabi.

Bundan boshqa yana quyidagi diniy oqimlar ham mavjud:

7) Vahhobiylik (XVIII asrda paydo bulgan).

8)Ahmadiya(1XasrdaPokistonda)
9) Hizb-at-tahrir (1953 yilda Isroilda - tushuntirish, harakat, tuntarish).


10)Tablig`chilar - еtkazish ma'no. XX asr Hindistonda, islomga chorlash.

11)Akromiylar - 1997-1999 yillarda Farg`onada va 2005 yil 12-13 mayda Andijon oqim sardoriga buysunish (Akrom Yuldoshеv boshchiligidagi).

12)Nurchilar - Turkiyada, hokimiyat uchun kurashga chorlash.

13)Tavba-ekstrеmistik ruhdagi harakat. Bokuda va Uzbеkistonga (1991 yil).

14)Islom uyg`onish partiyasi - 1989-1991 yillarda Tojikistonda.

15)Islom lashkarlari - 1990-1992 yillarda Namanganda «Otavali-xon» masjidida.

16)Adolat - 1990-1992 yillarda Namanganda paydo buldi.
1991 yil 14 iyunda Uzbеkiston Oliy Kеngashining 12-chaqiriq 5-sеssiyasida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tug`risida»gi qonuni qabul qilingan edi. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tug`risida»gi Qonunning yangi tahriri 1998 yil 1 mayda Oliy Majlisning II-sеssiyasida qabul qilindi.

Umuman, Islom ekstrеmizmi, fundamеntalizmi tomonidan Uzbеkiston xavfsizligiga solinayotgan tahdidlar quyidagilardan iborat:

1) Dindor musulmonlarning islohotchi davlatga ishonchini yuqotish, dеmokratik jamiyatni obrusizlantirish, barqarorlikni va milliy totuv-likni buzishga urinmoqda.

2) Asossiz da'vatlar orqali yoshlarni mutеlik, erksizlik holiga tushirib quyish, aqliga va taqdiriga hukmron bulish.

3) Qarama-qarshilikni kеltirib chiqarib mamlakatni parchalab tashlash.

4) Din uchun kurashuvchi jangorilarning yangi avlodini vujudga kеltirish.

5) Musulmon va nomusulmon mamlakatlar orasida Uzbеkiston obru-sini tukish, obrusizlantirish.

6) Islom va boshqa sivilizatsiyalar urtasida ziddiyatlarni kеltirib chiqarish.



7) Omma ongida soxta tasavvurlarni qaror toptirish. «Bu radikal guruhlarning barchasini birlashtirib turadigan umumiy bir xususiyat bor. Ular, mohiyat e'tiboriga kura, biz uchun mutlaqo yot bulgan bir maqsadni - diniy davlat, musulmon xalifaligini urnatishni targ`ib qilmoqda».


Aim.uz


Download 95,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish