Jalolova p. M., Xudayberdiyev sh. K. Pedagogika. Psixologiya


-mavzu: Ta’limni boshqarish metodi



Download 3,48 Mb.
bet77/77
Sana25.01.2023
Hajmi3,48 Mb.
#902153
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
Pedagogika.Psoxologiya (DARSLIK)

28-mavzu: Ta’limni boshqarish metodi.


Reja:

1.Boshqaruv metodlari


2.Ta’lim muasasasi rahbarining boshqarishdagi faoliyatlari
3.Management- boshqaruv.

Boshqarish jarayonida uning tarkibiy qismlari - maqsad va vazifalar, mazmun va shakl hamda metodlar o’zaro bog’liklikda bo’ladi. Ammo ular ichida eng o’zgaruvchan va murakkab pedagogik jamoaga ta’sir ko’rsatish metodlari bo’lib hisoblanadi. Ular boshqaruvchi va boshqariluvchilar faoliyatlarini o’zaro birligini ta’minlaydi. Boshqarish metodlari boshqariladigan ob’ektga maqsadga qaratilgan ta’sir ko’rsatish uchun shakllaridan iborat bo’lib, ular yordamida boshqarish sub’ekti va ob’ektining o’zaro uyg’unligi ta’minlanadi. Metodlar boshqarish tizimining xususiyatlari, vazifasi mazmuni va mohiyatidan kelib chiqib, boshqaruv faoliyatini ta’sir ko’rsatish mazmunini belgilaydi.


Ta’lim tizimini boshqarish metodlari o’quv yurtining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o’qituvchilarga ta’lim-tarbiya berish metodlari bilan ma’lum aloqador bo’ladi. Buning boisi shuki, ular o’qituvchilarni o’quvchilarga puxta bilim berish, ular faoliyatini tashkil qilish, o’qish, o’rganishga qiziqtirishga xizmat qilishi kerak. Shu bilan birga ular o’rtasida farq ham mavjud. Ularning farqi ta’sir ko’rsatish ob’ektlari bilan bog’liqdir. Boshqarish metodlari sub’ektning boshqaradigan tizimga ta’sir ko’rsatish usullaridan iborat. Bu usullar asosan pedagogik tizimning tashkiliy-psixologik yaxlitligini ta’minlab, o’quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Biz yuqorida ta’lim tizimini boshqarish jamiyatini boshqarishning tarkibiy qismi ekanligini ta’kidlagan edik. Jamiyatni boshqarish ta’lim tizimini boshqarishning umum nazariy asosini tashkil etadi. Bundan tashqari har ikkalasi ham yagona metodologiyaga asoslanadi. Ammo shu bilan birga jamiyatning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish sohalarini boshqarishda operatsion-texnologik metodlar belgilovchi rol o’ynaydi. Ta’lim tizimini boshqarishda ijtimoiy-psixologik metodlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu metodlar shaxsning aql-idrokigagina emas, balki hissiyotlariga ham ta’sir ko’rsatishi, uning o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi va o’z-o’zini tartibga solish uchun imkoniyat yaratishni nazarda tutadi. Bu esa o’z navbatida ma’muriy ta’sir ko’rsatishni kuchaytirib, sub’ektning bevosita rahbar aralashuvisiz o’z harakatlarini jamoa talablariga boshqarish talablariga moslashtirishga xizmat qiladi.Ta’lim muasasasi rahbarining boshqarishdagi faoliyatlarini turli yo’llar (so’rov, suhbat, hujjatlarni tahlil qilish) bilan o’rganish shu narsani ko’rsasatadiki, jamoa a’zolari fikri bilan hisoblashmaslik, ijtimoiy-ruhiy holatiga e’tibor bermaslik rahbarlik ta’sirini pasayishiga olib keladi. O’quv yurtlarida pedagogik jamoa fikrini uyg’otish, ular faoliyatini oshirish, pedagoglarda topshirilgan ish uchun mas’uliyat hissini tarbiyalash jamoani jipslashtirib, ta’lim - tarbiya sifatini oshishiga zamin hozirlaydi. Pedagoglar va o’quvchilar jamoalarining birgalikdagi faoliyatlarini maqsadga muvofiq va mohirona uyg’unlashtirish ham boshqarish metodlarining ta’sir ko’rsatishi doirasini kengaytiradi.
Ularni ta’lim muassasasi faoliyatiga doir xilma-xil masalalarni birgalikda muhokama qilishlari, jamoaviy mas’uliyat va insonparvarlik hislarini kuchaytradi. Bu boshqarish usuli sifatida pedagogik ta’sir ko’rsatishni kuchaytiradi.
Ta’lim tizimini boshqarish nazariyasida boshqarish metodlarini tasnif qilishga turlicha yondashuvlar mavjud, ularning ayrimlarida operatsion-texnologik metodlarga asosiy e’tibor berib, ijtimoiy-psixologik ta’sir ko’rsatish metodlariga yetarli e’tibor berilmaydi. Bularning har ikkalasi ham boshqarish metodlarini tasnifiga bir yoqlama yondashishdir. Bunday bir yoqlama tasnif zamon talabiga javob bermaydi. Ta’lim tizimida boshqarish metodlarini tanlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim:
Bulardan biri mazkur tadqiqotda asos qilib olingan tizimli yondashuv: ikkinchisi mustaqillik sharoitida inson omilining hamma sohalarda oshishi va uning siyokat va metodologiya darajasiga ko’tarilishi; uchinchisi, hozirgi zamon muhiti, uning nihoyatda axborotga boyligi. Shuning uchun insonning juda katta axborot, shovqin-suronda yashashi uni doimiy ruhiy taranglikda yashashi ham ijtimoiy-psixologik omillar bilan operatsion-texnologik metodlarni yaxlitlikda qarashni taqozo qiladi.
"Ulardan birining asosida,-deb yozadi P.T.Frolov,- boshqariladigan ob’ektga, ishlab chiqarish jamoasiga yoki uning bo’g’iniga majbur etish va undash yo’li bilan ta’sir etish mumkinligi haqidagi g’oya yotadi. Ta’sir etishning birinchi usulida ob’ekt o’zidan nima talab qilishga, o’shani boshqarishga majbur qilinadi, ikkinchi usulda talab qilinadigan narsani uning o’zi bajaradi, chunki bundan manfaatdordir(54, 67).
Rahbarning majburiy va rag’batlantiruvchi usullari o’zaro omuxta qilinsa, mazkur yondashuvda ta’sir etishning tartibga soluvchi va rag’batlantiruvchi usullari jamoa a’zolarini tashabbus ko’rsatishiga sharoit yaratadi. Boshqarishda ta’sir ko’rsatishning tartibga soluvchi va rag’batlantiruvchi usullarni tanlash qator omillarga bog’liq bo’ladi. Bunda eng avvalo pedagogik jamoaning kamolot darajasi, ya’ni uni uyushganlik, jipslik darajasi, demokratik tamoyillarni qo’llashga tayyorgarlik darajasidan kelib chiqmoq kerak. Ikkinchidan, rahbarning ilmiy-amaliy saviyasi, uslubi, boshqarish nazariyasini, ta’lim-tarbiyani tashkil etish mahorati ham muhim mezondir. Yangilikni bayroq qilib olib, demoratik, rag’batlantiruvchi tamoyillarga tarafdori sifatida ish olib borishga yuzaki intilib, jamoaning kamolot darajasi va rahbarning o’z saviyasi past bo’lsa har qanday yangilik muvaffaqiyat emas, mag’lubiyat-keltiradi.
"Boshqarish usullari-deb yozadi M.Mirqosimov,-maktab ichidagi ta’lim tarbiyaviy, moliya-xo’jalik, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar, maktabning turli hamkorligidagi ishlari, muallimlar jamoasi bilan ishlash kabi mavjud munosabatlardan kelib chiqadi»(48, 89). Boshqarish usullarini tanlaganda va tasnif qilganda faqat ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya, moliya-xo’jalik ishlari jarayonidagi jamoa a’zolarining munosabatlari nuqtai nazaridan emas, balki jamoa a’zolarining faoliyatida o’z ishiga qiziqish uyg’otishga ham e’tibor berish kerak.
Pedagogik jamoa a’zolarining faoliyat motivlari bo’lishi mumkin: a)har bir xodimning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bajarishi rasman majburiy motivlar; b)ularning moddiy manfaatlaridan kelib chiqadigan motivlar; v) ma’naviy motivlar.
Respublikamizda uzoq vaqtlardan beri ta’lim muassasalari
1.Boshqarish tajribasi shuni ko’rsatadiki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida uni tashkiliy-ma’muriy chora-tadbirlarsizn ilmiy-amaliy shug’ullanuvchi olim M.Mirqosimov shu asosda boshqarish metodlarining tasnifini beradi.
amalga oshirish mumkin emas. Bu metod boshqaruv bo’g’inlarini o’zaro bog’liqligini ta’minlab, unda ishtirok etuvchilarning munosabatlarini tartibga solib, ma’muriy ta’sir ko’rsatishning butun mexanizmini harakatga keltiradi. Boshqaruv tizimiga amalga oshirilayotgan harakatlar ikkiga bo’linadi: a)normativ b)shaxsiy.
Boshqaruvga doir normativ harakatlar umumiy bo’ladi. Unda biron shaxs aniq ishtirok etmaydi. Ular biron sharoitga nisbatan tatbiq etiladigan umumiy hatti- harakat qoidalari bo’lib, uzoq vaqt amal qiladi. Boshqarishning shaxsiy harakatlari ma’lum sub’ektlarga qaratilgan bo’ladi.
Tashkiliy metod - tashkiliy ko’rsatmalar va farmoyishlar berish yo’li bilan boshqariladigan ob’ektga ta’sir ko’rsatadi. Tashkiliy ma’muriy ta’sir ko’rsatish esa, bevosita ma’muriy tashkil etishning yo’l vositalarini ifodalaydi. Masalan, muassasada ishlaydigan ishchi xodimlar uchun ichki tartib qoidalarni belgilash, ish mazmuni va mundarijasini tuzish va hokazo.
Ma’muriyat tomonidan ko’rsatma va farmoyish, buyruq berish yo’li bilan boshqariladigan sohaga ta’sir ko’rsatib, muassasa barcha bo’limlar faoliyatini bir maromda ishlashini tezkorlik bilan boshqarishga erishiladi. Bevosita ta’lim muassasasidan tashqarida ya’ni hamkorlik, otaliq, vosiylik kabi o’zaro munosabatlar o’zaro kelishuv shartnoma asosida tartibga solinadi.
2.Boshqarishnig ijtimoiy-psixologik metodi jamoa a’zolari o’rtasidagi ruhiy insoniy munosabatlarni tartibga solishdir. Bunda jamoada sog’lom ruhiy-axloqiy muhit, kishilarning ruhiy, emotsional holati, insoniy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’sir ko’rsatishni taqozo qiladi. Bundan har bir xodimga jamoa orqali ta’sir ko’rsatish xodimlar bilan yakkama-yakka ish olib borish orqali jamoa a’zolarini o’zaro munosabatlari tartib solinadi.

Ijtimoiy-psixologik metod muassasa rahbarining xodimlar bilan kundalik munosabatlardagi uchrashuv va suhbatlar orqali bir birlarini tushunish, ruhiy-psixologik muammolarni hal qilish orqali ta’sir ko’rsatishni o’z ichiga oladi.

Shu narsani e’tirof etish kerakki, jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida atrof-muhitdagi turli o’zgarishlar axborot manbalarning haddan ziyod ko’payganligi kishilarga ruhiy taranglikni keltirib chiqarmokda. Kishilarning tezda kayfiyati buzilishi, jahl chiqishi, o’z hissiyotini idora qila olmaslik va hokazolar. Bunday sharoitda rahbar faoliyatida psixologik omillar ular orqali ta’sir ko’rsatish salmog’i oshib boradi.

Pedagogik tizimni boshqarishda huquqiy ta’sir ko’rsatish muhim o’rin egallaydi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jamiyat hamma sohalarini boshqarishda qonun ustuvorligi va shu asosda fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish boshqarish sohasiga ham taaluqlidir.


Boshqarish jarayoniga huquqiy ta’sir ko’rsatish bu jarayonga ishtirok etuvchilarning munosabatlarini yuridik ta’sir ko’rsatish orqali tartibga solinadi. Huquqiy mezonlar davlat tomonidan chiqariladigan huquq mezonlariga o’zining yuridik ifodasini topadi.
Bular turli qonun hujjatlari, nizomlar ko’rsatmalar, instruktiv-metodik xatlar, ko’rsatma, buyruqlar, farmoyishlar, qarorlar shaklida ifodalanadi. Huquqiy mezonlar turli sanksiyalar tarzida amal qiladi. Ularning amal qilish shakli moddiy, intizomiy, ma’muriy bo’lishi mumkin. Moddiy javobgarlik ta’lim muassasasi rahbari, uning xo’jalik ishlari bilan shug’ullanuvchi o’rinbosarlariga yuklangan moddiy narsalarni saqlash, asrash, ulardan oqilona foydalanish mas’uliyatidir. Moddiy javobgarlik jarima, peniyalarda ifodalanishi mumkin.
Intizomiy javobgarlik rahbar va jamoa a’zolarining xizmat burchlarini buzilishi oqibatida kelib chiqadi. Bunda jazo ogohlantirish, tanbeh, hayfsan, uch oy maoshini pasaytirish yoki shu davrda pastroq ishga o’tkazish, rahbar hamda kasaba uyushmalari roziligi bilan beriladi. Jamoadagi mehnatga doir muammolar O’zbekiston Respublikasi mehnat kodeksi asosida hal qilinishi kerak.
Ma’muriy javobgarlik turli tuman sanksiyalarda noto’g’ri to’langan haqni undirib olish,jarima solish shaklida bo’lishi mumkin. Jinoiy javobgarlik mansab lavozimini suiste’mol qilganligi, jinoyat sodir qilish bilan bog’lik bo’lib, sud tomonidan jinoiy jazo beriladi.
Boshqarishda ko’rsatma berish boshqariladigan ob’ektiv, jamoa a’zolariga ko’rsatma, buyruq, farmoyish, topshiriq berish kabi usul va vositalarni o’z ichiga oladi. Bunda rahbar har bir ijrochiga ularning burchlari, huquqlari va mas’uliyatini aniq belgilashi muhimdir.Bular ko’rsatma instruktiv-metodik xat, nizomlar orqali rasmiylashtiriladi. Ta’lim tizimini boshqarshda ma’muriyatning buyruq ko’rsatmalari, pedagogik kengash qarorlarining bajarilishi uchun har bir jamoa a’zosining shaxsiy javobgarligini oshirishni ta’minlashga qaratiladi.
Boshqarishda moddiy va ma’naviy rag’batlantirish metodi. Pedagogik tizimni boshqarishda moddiy va ma’naviy rag’batlantirish juda muhim metoddir. Bunda rahbar har bir jamoa a’zosining o’z mehnati samarasi, sifatidan manfaatdorligini oshiradi.
Rag’batlantirish mukofotlash (faxriy yorliq,unvonlarga taqdim qilish) hukumat mukofotlarga tavsiya qilish yoki pul mukofoti va boshqa yo’llar bilan bo’lishi mumkin. Bunda rag’batlantirishning moddiy va ma’naviy me’yorlarni o’zaro mutanosiblikda qo’llash juda muhimdir. Ma’naviy rag’batlantirish buyruq bilan rahmat yoki tashakkur bildirish. Ijodiy izlanish, yuqori ko’rsatkichlarga erishgan xodimlarni turli yo’llar bilan rag’batlantirish ularning ishga munosabatini o’zgartiradi. Eng muhim jamoada sog’lom muhit yaratib, har bir xodimning o’z mehnatidan mamnun, manfaatdorligini oshirish lozim.
Boshqarishda kuzatish metodlari. Pedagogik tizimni boshqarishda kuzatish metodi ta’lim-tarbiya aniq mavzu, maqsad bilan, muntazam ravishda o’rganishdan iborat. Bunda boshqariladigan manbalardagi ijobiy va salbiy o’zgarishlarni aniqlash va shu asosda chora-tadbirlar belgilash muhimdir. Kuzatish ko’p qirrali pedagogik jarayonning turli tomonlarini ta’lim-tarbiya, moliya-xo’jalik, ta’lim muassasasining moddiy bazasi kuzatish manbalari bo’lishi mumkin. Kuzatuvchi pedagogik jarayonning turli tomonlari to’g’risida ma’lumot to’playdi, ularni chuqur tahlil qilib, o’z faoliyatiga rahbarlik va boshqarish jarayoniga tegishli o’zgartirish kiritadi. Bu esa ishni yaxshilash, takomillashtirishga xizmat qiladi. Kuzatishda maqsadni belgilash, vazifani aniqlash hamda kuzatish usulini belgilash lozim. Shu bilan birga kuzatishga puxta tayyorlanish, uning natijalarini qayd qilish va tegishli ravishda rasmiylashtirish foydalidir.
Suhbat metodi. Suhbat ta’lim jarayoniga ishtirok etuvchilarning amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarga munosabatini o’rganish uchun xizmat qilada. Suhbat ta’lim jarayonini ishtirokchilari pedagoglar, o’quvchilar hamda boshqa jamoa a’zolari, ota-onalar bilan turli masalalar bo’yicha bo’lishi mumkin. Har bir suhbat aniq maqsad bilan, suhbatlashuvchilarga samimiy munosabat asosida amalga oshirilishi lozim. Suhbat natijalari turli shaklda bayonnoma, xat yoki texnik vositalar yordamida yozib borilishi kerak. Chunki shunday qilinmasa uning natijalarini tahlil qilish mushkul bo’ladi.
Hujjatlarni tahlil qilish. Ta’lim tizimini boshqarishda hujjatlar tahlili juda muhimdir. Sifatli yozilgan, yaxshi tuzilgan, to’ldirilgan, yuritilgan hujjatlar qimmatli axborot manbalari bo’lib xizmat qiladi. Shuning uchun pedagogik tizimning biron-bir masalasini tekshirish yoki o’rganishda hujjatlar muhim rol o’ynaydi. Hujjatlarning saviyasi va sifati ta’lim muassasasi rahbarining madaniyati va bilim darajasidan dalolat beradi.
Ta’lim muassasasi hujjatlari pedagogik tizimni boshqarish va rahbarlik qilishda hujjat yuritish nihoyatda muhimdir. Hujjat nafaqat boshqarish saviyasi va madaniyatini ko’rsatuvchi dalildir, balki ta’lim muassasasi tarixini o’rganish uchun ham qimmatli manba hisoblanadi. Ularni chuqur o’rganish va tahlil qilish pedagogik jarayon va xodimlarni qabul qilgan qonun, qaror va farmoyishlarni bajarish darajasini bilib olish uchun xizmat qiladi.
“Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo’lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimiz safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyok ahamiyat kasb etadi. Agar bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va ma’suliyatimizni yo’qotsak, bu o’ta muhim ishni o’z muhim ishni o’z holiga, o’zi holiga, o’zibo’larchilikka tashlab qo’yadigan bo’lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo’g’rilgan va ulardan oziqlangan ma’aviyatimizdan, tarixiy xotiramizda ayrilib, oxir oqibatda o’zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo’lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin1”-deydi Prezidentimiz Islom Karimov “YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida. Keltirilgan ushbu satrlardan tarbiyaning vazifalari keng va ko’p qirrali ekanligi kelib chiqadi. Shunday ekan, ta’limning asosiy vazifasi o’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish bo’lsa, tarbiya yosh avlodda jamiyatimizda qabul qilingan odob-ahloq qoidalariga mos keladigan e’tiqodni, ahloqiy malaka va ko’nikmalarni, extiyoj va intilishlarni tarkib toptirishdan iborat. Tarbiya bilan shug’ullanadigan har bir tarbiyachi birinchi navbatda o’z faoliyatini va unda ko’zda tutilgan maqsadni aniq tasavvur eta olishi, bu maqsadning muhimligini tushunishi lozim. Demak, har tomonlama barkamol, yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalash pedagogikaning azaliy maqsadlariga mos kelishi bilan tavsiflanadi.
Mustaqil Respublikamizda uzlukiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohatlar milliy ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga, zamon talablari bilan uyg’unlashtirilgan, jahon andozalari darajasiga mos «milliy modelni» hayotga tadbiq qilishga, ma’naviyatimizni yanada yuksaltirishga qaratilgan.
Bu esa o’z navbatida o’quvchilarning umumpedagogik bilim darajasini kengaytirishni, ma’naviy va intellektual meroslarimizga to’g’ri munosabatda bo’lishni talab qiladi.
Ma’lumki, bugungi kunda pedagogikani insonparvar pedagogikaga aylantirish ta’lim sohasining muhim masalasiga aylanib qoldi. Shuning uchun ham ta’limni insonparvarlashtirish orqali yuzaga kelgan mavjud muammolarni oqilona hal etib borish yangicha ishlashni, yangi pedagogik tafakkurni shakllantirishni taqozo etadi.

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish yangi avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyokiy xayotda mustaqil qatnasha olish qobiliyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan.


Ijtimoiy hayotdagi mafkuraviy jarayonlar pedagogik voqelikni aks ettiradigan ta’limiy faoliyat loyihalarini asoslaydigan fan sohasi, tasavvurlarini qamrab olmasdan iloji yo’q. «Yangi pedagogik bilimlar ko’lami Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida kengayib bormokda, tadqiqot yo’nalishlari erkin shaxsni shakllantirish muammolariga qaratilyapti»2,- deb ta’kidlaydi professor Nurali Sayidahmedov.
Haqiqatan ham yangi pedagogik bilimlar ko’lami bugungi kunda ta’lim-Tadqiqotning oxiriga borib, ta’lim muassasalari faoliyatini maqsadli boshqarish bo’yicha to’plangan materiallar tahlil qilindi. Hurmatli Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va zamonaviy jamiyat qurish yo’lidagi murakkab va keng ko’lamli vazifalarni hal etishga qodir bo’lgan yangi avlod kadrlarni tayyorlash bundan bo’yon ham faoliyatimizning eng muhim yo’nalishi bo’lib qoladi”1. Shunday ekan, ta’lim tizimini modernizatsiyalash – ta’lim jarayonini zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon bo’lib, komil inson tarbiyasiga monand ravishda olib borilishi shartligi aniqlandi.
Tahlillar natijalari shuni ko’rsatdiki, birgina o’zimiz tahsil olayotgan Navoiy davlat pedagogika institutida 2008-2009,2009-2010 o’quv yillarida ta’lim faoliyatini maqsadli boshqarish bo’yicha o’lkan-o’lkan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, o’quv jarayoni va o’quv- uslubiy faoliyatni boshqarish hamda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo’yicha bir qator samarali ishlar amalga oshirilgan. Masalan, “Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish: muammolar, yechimlar, istiqbol”, “Ta’lim samaradorligini oshirishda ilg’or pedagogik texnologiyalarni qo’llash”, “Barkamol avlodni tarbiyalashda ta’limning uzluksizligi va uzviyligi” mavzusidagi Respublika va mintaqaviy ilmiy-amaliy anjumanlar o’tkazildi, viloyatdagi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar hamda umumiy o’rta ta’lim maktablarida hamkorlik dasturlari asosida seminar-treninglar, davra suhbatlari, metodik yordamlar o’tkazildi. Ta’lim jarayonining mazmunini boyitish, uni har tomonlama modernizatsiyalash maqsadida professor-o’qituvchilar pedagogik tizimga innovatsiyalar, zamonaviy texnologiyalar, noan’anaviy shakllar kiritishmoqda. Masalan, o’quv mashg’ulotlarida “Montessori”, “Breynshtorming”, “Zigzag”, “Ishbilarmonlik o’yinlari”, “Klaster”, “Keys” kabi innovatsion metodlardan unumli foydalanilmoqda. Bundan tashqari dars jarayonida pedagogik texnologiyalar va o’qitishning innovatsion usullariga oid seminarlar tashkil etilmoqda. Jumladan “YUNISEF” tashkiloti tomonidan “Bolalar huquqini himoya qilish konsepsiyasi” mavzusida NavDPIda joriy yilning yanvar oyida 5 kunlik seminar trening o’tkazildi. Bunda institutning barcha professor-o’qituvchilari hamda magistrantlari faol qatnashdilar.
Talim jarayoniga tadbiq etilgan innovatsion texnologiyalar ijobiy samaralarni bermoqda, chunonchi talabalarda o’qitilayotgan predmetlarga nisbatan motivatsiya paydo bo’lib, qiziqish uyg’otilmoqda. Ular darsda o’z fikrlarini tortinmay, baralla aytishga o’rganishmoqda. Talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyati va analitik mushohada qilish ko’nikmalari rivojlantirilmoqda.
Institutda innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo’yicha keng imkoniyatlar yaratilgan: o’quv xonalari zamonaviy kompyuterlar, multimedia vositalari, elektron proyektorlar bilan jihozlangan. Har bir o’qitiladigan fan bo’yicha elektron darsliklar, ularning versiyalari, didaktik slaydlar yaratilmoqda va ta’lim jarayoniga tadbiq qilinmoqda.
Yaratilgan va ishlab chiqilgan uslubiy qo’llanmalarning amaldagilardan farqi shundaki, ular har-bir talabaning qo’lida mavjud bo’lib darslarda egallagan bilimlarni mustahkamlash uchun resurs ta’minotini bajarmoqda.
Bolalar sportini hamda jismoniy tarbiya sohasidagi ishlarni rivojlantirish, yoshlarni uzluksiz sport mashg’ulotlariga keng jalb qilish, maqsadida «Barkamol avlod-2011» sport o’yinlarini, «Universiada-2010» sport o’yinlarini o’tkazish, davlat va xalqaro standartlar asosida 79 ta bolalar sport maskanlarini zamonaviy sport inventarlari va jihozlar bilan ta’minlash rejalashtirilmoqda. Navoiy davlat pedagogika institutida sportga juda ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, 2004-2009 yillar davomida talabalarmiz turli xalqaro va Respublika miqyokida o’tkazilgan sport musobaqalarida 23 ta oltin, 26 ta kumush va 32 ta bronza medallarini qo’lga kiritdilar.
Viloyatning barcha umumta’lim maktablarida sportga yosh qizlar va ayollar ham keng jalb etilgan. Hozirgi kunda viloyatimiz bo’yicha 35% ayol-o’qituvchilar va 85% o’quvchi hamda talaba - qizlar sport to’garaklariga qatnashib kelishmoqda.
Xususan, Navoiy davlat pedagogika institutida 2010 yilda Andijonda o’tkaziladigan universiadaga tayyorgarlik ko’rish va qatnashish, yoshlar o’rtasida ommaviy sport o’yinlari (futbol, voleybol, basketbol)ni rivojlantirish, nogiron bolalar o’rtasida sport musobaqalarini o’tkazish, xalqaro toifali sport ustalari bilan «master-klass» uchrashuvlarini tashkil etish kabi tadbirlar rejalashtirilgan edi.
2010 yilning 31-may kunida institut talabalar jamoasi oltin, kumush, bronza medallarini qo’lga kiritishib, Prezidentimiz tomonidan tuhfa etilgan “Damas” avtomobilini olishga muvaffaq bo’ldilar. Bularning barchasi yoshlarimizga muhtaram Prezidentimiz ko’rsatayotgan g’amxo’rlikdan nishona. Institutda tashkil qilingan boshqarish tizimi mexanizmining yaxshi yo’lga quyilganligidan dalolat beradi.
Yoshlar bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham innovatsion texnologiyalar o’z samarasini bermoqda. Chunonchi: ko’rgazmali tashviqot ishlarida shuningdek yangi axborotlarni o’zlashtirishda, mafkuraviy immunitetni hosil qilishda dasturilamal bo’lib xizmat qilmoqda.
2010 yilda institutning moddiy-texnik bazasini takomillashtirish doirasida talabalar turar joyini, o’quv korpuslarini qayta ta’mirlash amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shunday qilib, ta’lim muassasalari faoliyatini maqsadli boshqarish komil inson tarbiyasida, o’quv-uslubiy faoliyatni modernizatsiyalash hamda innovatsion texnologiyalarni joriy qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. O’sib kelayotgan avlodning bugungi kunda ta’lim sohasida tashkil etilgan zamonaviy moddiy-texnik bazasidan samarali foydalanishni ta’minlash, oliy va o’rta maxsus ta’limi tizimidagi yo’nalishlar va mutaxassislar bo’yicha davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, o’quv-metodik adabiyotlarni qayta ko’rib chiqish va takomillashtirish borasida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.
O“zbekiston Respublikasi qarab otirmadi . U raqamli texnologiyalarning imkoniyatini orqali masofadan oqish imkoniyatini kengaytirdi. Masofadan turib oqish talim olishning innovatsion va qiziqarli usuli hisoblanadi. Bunda oquvchi mustaqil tarzda talim oladi bilimlarni ozlashtiradi. Talim jarayonini boshqaruvchi tizimlari (LMS-Learning management systems)dan foydalanadilar. Forum-sayt orqali almash muloqot olib borish shakli. Forumda suhbatlar foydalanuvchi yoki administrator tomonidan kiritilgan mavzu asosida olib boriladi. CHatlar - axborot almashish real vaqtda olib boriladigan imternetdagi muloqotlar. Learning- oqitish . LMS yordamida elektron kurs yoki oquv materiallarining yagona bazasini yaratish mumkin .Bunday baza mavzu bo`yicha shakllantirilgan bilimlar omboridir Management- boshqaruv. Talimni admistrator (yoki kirsni tashkil etuvchi oqituvchi) boshqarib boradi. U o`quvchilar uchun kurs topshiriq va testlarni belgilab beradi hamda uy vazifalari bajarilishini nazorat qilib boradi.
29-mavzu: Reoriyentatsiya psixologik muammo sifatida.
Reja:
1.Реориентация ва шахснинг характерологик хусусиятларини
ҳисобга олиш
2.Касбни асосли равишда танлашга тайёрлаш юзасидан ўқувчилар билан олиб бориладиган индивидуал ишлар
3.Реориентация (қайта касбга йўллаш) гуманистик психология тамойилларини
Реориентация психологик муаммо сифатида. Реориентация (қайта касбга йўллаш) психологик муаммо сифатида талқин қилиниши. Реориентация ва профориентация. Реориентация ва шахснинг характерологик хусусиятларини ҳисобга олиш.
Психология фанида касб танлашга йўллаш (профориентация) атамаси қадим замондан қўлланиб келинади. Лекин ижтимоий ҳайтнинг кейинги даврларида бошқа бир атама фанимизга кириб келди. У риориентация (қайта йўллаш) деб аталиб, инсонни янги бир мослашмага (кўникмага) касбга йўналтиришни билдириб келади.
Қайта касбга йўллаш (реориентация) ўта инсонпарварлик (гуманистик) ғояни касбини ўзгартирувчи ёки ишсиз қолган шахс руҳиятига сингдиришни англатади. Ишлаб чиқаришга автоматқурилмаларнинг (электрон мосламаларнинг, роботларнинг) кириб келиши иш ўринларининг қисқаришига олиб келади. Муассаса, ташкилот, корхона рентабеллигининг пасайиши ҳам ходимларга нисбатан эҳтиёжнинг камайишини келтириб чиқаради. Муълумки, бозор иқтисодиёти рақобатга асосланади, шунинг учун тестларга бардош берувчи, юқори малакали, маҳоратли, билимдон, комил инсонгина синовлардан муваффақиятли ўта олади, холос. Ўртамиёна даражадаги мутахассислар эса иш ўрнини йўқотиб, вақтинча ишсизлар рўйҳатига киради.
Ишсизлик, иш ўрнини йўқотиш аёлларда ўкинчли (аянчли) ҳис – туйғулар қобиғида ўта мураккаб кечади, гўёки трагедия, ҳалокат, жудолик вужудга келганда ҳам экстравертлик, ҳам интровертлик хусусиятлари уйғунлашгандай юз беради. Эркаклар эса бундай вазиятларга матонат билан, иложи борича ҳиссиётларга берилмасдан, ақл – заковат маромларига тортилганлик туйғуси устуворлигида намоён бўлади. Эркакларда ачиниш, хафахонлик кечинмалари тарзида ҳукм суриши, аста – секин унинг таъсир кучи пасайиши кузатилади. Бунда инсоннинг руҳий кечинмалари кескин ўзгаришнинг асосий омиллари сифатида унинг иш даври ва ёши ижтимоий муаммо майдонига чиқади. Ёшнинг улғайиши янги муҳит, ўзгача шароит, нотаниш жамоа ва унинг нуфузи каби масалалар ечимига салбий муносабатни келтириб чиқаради. Мазкур объектга узоқ давр меҳнат фаолиятини бағишлаш ҳам фрустрация ҳолатини ҳаракатлантирувчи сафида асосий роль ўйнаши мумкин. Хуллас, ҳар иккала омил ҳам фрустрациянинг манбаи вазифасини ўтайди (бажаради), нохуш муваққат кечинмалар вужудга келиши, кечиши, ривожланиши жараёнларини узлуксиз равишда бажариб туради.
Ҳозирги замон меҳнат биржаларида реориентация (қайта касбга йўллаш) ишлари олиб борилиши марказлаштирилган. Махсус ходимлар компьютер хотирасига жойлаштирилган шаҳар, туман бўйича ихтисослар бўйича ёки ихтисослар аро мутахассислар рўйҳати (зарурияти, эҳтиёжи, талаби) билан иш излаб келган муҳтож шахс таништирилади. Аксарият меҳнат биржаларида психологлар етишмаганлиги туфайли иш билан таъминлаш, бўш ўринларни тўлдириш билан шуғулланилади, холос. Аслида эса бу хизмат қатор омилларни текшириш, ўрганишни тақозо қилади, илмий психологик қонуниятлар асосида иш юритишни талаб қилади, чунончи:
Шахснинг фазилатлари, характерологик хислатлари.
Хиссий жабҳалари ва иродавий сифатлари.
Инсоннинг когнитив ва регулятив имкониятлари.
Эҳтиёжи, мотиви, мотивацияси, мотивировкаси.
Касбий майли, қизиқиши, лаёқати.
Профессиограмма талабларига мослиги, касбий яроқлилиги.
Иқтидори (истеъдоди), қобилияти, салоҳияти.
Касбий билимлари, кўникмалари, малакалари, маҳорати.
Умумий савияси, дунёқараши, маслаги (эътиқоди).
Саломатлиги, жинсий хусусиятлари, ёши.
Изланувчанлиги, ижодий имкониятлари, инновацияга нисбатан муносабати.
Ижтимоий етуклиги, ташкилотчилик қобилияти.
Экстровертлиги ва интровертлиги.
Юксак инсоний туйғуларга (ахлоқий, ақлий, нафосат, праксик) эгалиги.
Фидоийлик, альтристик, ватанпарварлик фазилатлари устуворлиги ва бошқалар.

Юқорида санаб ўтилган мезонлар бўйича текшириш ишлари бир нечта методлар, методикалар орқали кўп серияли тажрибалар негизида амалга оширилади. Бунинг учун тестлардан қобилиятга, шахсга, ижодиётга, хотирага шахслараро муносабатга (оид), махсус ишлаб чиқилган материаллардан, мақсадли вазиятлардан қийинлаштирилган топшириқлардан, муаммолардан психологик тренинглардан, психодиагммалардан ва бошқалардан фойдаланилади.


Олинган натижалар сифат ва миқдор жиҳатдан таҳлил қилингандан кейин муайян хулосалар чиқарилади. Хулосалар асосида реориентация субъекти розилигида ишга мухтож шахс таклиф қилинган касбга йўналтирилади. Иш жойининг масофаси, унинг экологияси, сангигиенаси, маоши, истиқболи, муаммоли жиҳатлари юзасидан мукаммал фикр муаммоли жиҳатлари юзасидан мукаммал фикр алмашинилади, токи шартнома қонуний ҳужжат эканлиги (қийматига) зарар келтирмасин (баъзан келишувдан воз кечиш ҳолатлари ҳам юз бериб туради). Психологик кузатишларнинг кўрсатишига қараганда, реориентация (касб танлашга йўллаш) каби босқичлардан ташкил топган бўлиб, улар қисқа фурсатларда (муддатда) ўтиши билан ўзаро муайян даражада тафовутланади. Жумладан, касбий маориф, касбга йўллаш, касбга саралаш, касбий мослашиш даври ўзига хос тарзда кечади, бир босқич иккинчиси билан силлиқ узвий боғланиб кетади. Касбнинг моддий (иқтисодий) томони, ижтимоий фаоллик (нуфузга эгалик), маънавий таъминланганлик (руҳий кўтаринкилик ҳиссиётининг устуворлиги) инсоннинг қайтадан ижтимоий ҳаётдан ўз ўрнини топиш имконини яратади, унинг умрини узайтиради, руҳий имкониятлари, заҳиралари, потенцияси, резерви ишга тушишига пухта негиз ҳозирлайди.
Реориентация (қайта касбга йўллаш) гуманистик психология тамойилларини турмушга татбиқ этишга зарур шарт – шароит яратади. Инсон омилини қадрлашга, бутун имкониятларини рўёбга чиқаришга, эзгу ният, орзу ҳавас, истак – хоҳиш ушалишга негиз вужудга келтиради. Кўп профилли касб – ҳунар эгалари сафини кенгайтиришга хизмат қилади, комилликка интилиш туйғусини жонлантиради, зарур билимлар, малакалар билан қуроллантиришга туртки беради.
Реориентация инсон имкониятини қайтатдан синашнинг манбаи ҳисобланиб, ўзини – ўзи кашф қилиши, ўзини – ўзи бошқариши, ўзини – ўзи ташкиллаштириш, ўзини – ўзи баҳолаш, ўзини – ўзи рефлекциялаш, ўзини – ўзи идентификациялаш каби шахс фазилатларини рўёбга чиқаришга хизмат қилади.
Касбга йўналтириш кабинетининг асосий вазифаларидан бири касб танлаш масалалари бўйича мактаб ўқувчилари билан индивидуал иш олиб бориш ҳисобланади. Касбга йўналтириш кабинети раҳбари бу ишни синф раҳбарлари, фан ўқитувчилари, ота – оналар, мактаб врачи билан яқин ҳамкорликда олиб боради. Унинг вазифаси ўқувчилар шахсини ўрганишда педагогларга ёрдам бериш; касбни мустақил танлашда мактаб ўқувчиларининг активлигини ошириш йўллари тўғрисида ўқитувчилар учун тавсиялар ишлаб чиқиш; синф раҳбари ўқувчига касбни эгаллаш йўлини танлашда тавсия беришда қийналаётган мураккаб ҳолларда ўқувчиларга консультация беришдан иборат.
Психологлар, педагоглар, социологлар маълумотлари бўйича шу нарса аниқланганки, касб танлаш ўқувчи учун мураккаб жараён ҳисобланади, унда шахснинг социал етуклик даражаси жиддий аҳамиятга эга. Ўсмир ўзининг касб йўлини шундай вақтда танлайдики, у вақтда унинг шахси ҳали шаклланмаган ва у бундай масъулиятли қарорга келиши учун етарли тайёрланмаган бўлади.
Хилма – хил касб меҳнатлари тўғрисида билимнинг етарли эмаслиги, шунингдек, ўз лаёқатларини бирон – бир иш фаолиятида текшириш тажрибаси чекланганлиги ўқувчиларда касб йўлини танлашда ҳам, уни амалга оширишда ҳам қийинчиликлар туғдиради.
Касбга йўналтириш нуқтаи назаридан ўсмирлик даврининг қийинчиликлари ҳам ана шундадир, яъни касб йўли танлаш тўғрисида биринчи мустақил қарор қабул қилиш заруратига дуч келади, лекин кўпинча бунга тайёр бўлмайди.
Худди шунинг учун мактаб ўқувчилари касбга йўналтириш масалалари бўйича методистнинг раҳбарлиги ва индивидуал ёрдамига мухтож бўладилар. Ҳар бир ўқувчини меҳнат ҳаёт йўлига фақат ижтимоий ташкил этилган индивидуал касбга йўналтириш иши жараёнидагина психологик ва педагогик жиҳатдан тайёрлаб олиб келиши мумкин.
Касбга йўналтиришда индивидуал ёндашишнинг моҳияти қуйидагилардан иборат: 1) мактаб ўқувчиси шахсининг индивидуаллигига, унинг бир бутунлигига ва хусусиятларини ҳар томонлама ўрганишга асосланиши керак; 2) у ё бу тарбиявий таъсирга ўқувчи индивидуал қандай реакция беришни ҳисобга олиш керак; 3) индивидуаллик ва ёш хусусиятларини ҳисобга олиб, касбни пухта танлашга тайёрлаш борасида мактаб ўқувчисининг ўз активлигини ошириш керак.
Ўқувчи шахсини ҳар томонлама ўрганиш – индивидуал ишнинг зарур шартидир. Бироқ, педагоглар кўпинча у ё бу иш фаолияти соҳаси талабларига жавоб берадиган шахснинг ҳамма хислатларига аниқлай олмай қийналадилар.
Касбга йўналтириш мақсадида ўқувчиларни мунтазам ва изчил ўрганиб борилганида тўғри келадиган йўлни топиб олиш мумкин. Консультациялар давомида педагоглар мактаб ўқувчиларининг қизиқиши, мойиллик ва лаёқатларини ўрганиб ва йўналтириб турадилар, касб танлашда улар ташаббусни бўғиб қўймасликка ҳаракат қиладилар, уларга ўзи, шахсий ҳислатларини тушуниб етишда ёрдам берадилар. Педагог ўқувчининг “ўз” касбини излаб топишида унга ёрдам беради, бу изланишларига бошчилик қилади. Ўқувчи кўпроқ кимнинг ёрдамига муҳтожлигига қараб синф раҳбари, предмет ўқитувчилари, касбга йўналтириш кабинети раҳбари индивидуал иш олиб борувчи консультант бўлиши мумкин. Консультациянинг ташкилий томони кабинет раҳбарининг вазифасига киради.
Ўқувчилар билан касбга йўналтириш ишини олиб боришнинг муваффақиятли кўп жиҳатдан консультантнинг малакаси қай даражадалигига боғлиқ: унинг мактабда касбга йўналтириш ишлари умумий асослари тўғрисидаги билимларнинг чуқурлиги, индивидуал характеристикалар тузиши, ўқувчилар, уларнинг ота – оналари, педагоглар билан индивидуал консультациялар олиб бориши, касб консультациясига оид хулосалар чиқара олишига боғлиқ.
Ўқувчи шахсини ҳар томонлама психологик – педагогик ўрганиш давомида у билан бирга касб танлашга тайёргарлашнинг оқилона йўлларини топиш керак. Бу жараён болага мактабда таълим берилаётган дастлабки йилларда махсус программа бўйича амалга оширилиши лозим.
Ўқувчилар шахсини ўрганиш унинг ҳамма жиҳатларини: йўналиши, қобилияти, характери, темпераментини қамраб олиши зарур.
Й ў н а л и ш ҳаётнинг турли томонларига шахснинг муносабатларини, унинг маънавий – ахлоқий ҳислатларини бирлаштиради. У бевосита табиий асосга эга эмас, балки тарбия жараёнида шаклланади. У қизиқишлар, мойилликлар, эътиқод, ниятларни ўз ичига олади.
Педагог ўқувчиларда касб фаолиятига қизиқиш борлиги тўғрисида уларнинг бирор билим соҳасини танлаб мўлжаллаётганлиги, унинг предмет томони, муайян касб фаолияти соҳасига ижобий эмоционал реякциясига қараб ҳукм чиқариши мумкин.
М о й и л л и к деганда ўқувчининг танлаётган соҳасига муносабати ўзгармаслиги, конкрет амалий фаолиятга интилиши (“куч синаб кўриши”) тушунилади. Ўқувчи ўз ташаббуси билан ўқув фаолияти, синфдан ташқари ишларда ҳаммадан кўра кўпроқ қизиқиб шуғулланишига қараб мойилликлари тўғрисида ҳукм чиқарилади.
Профессионал н и я т л а р деганда шахснинг конкрет касбни эгаллаш ва тегишли маълумот олишаг қатъий интилишлари тушунилади. Шахснинг яна бир жиҳати қобилиятларидир. Психологияда қобилиятлар шахснинг индивидуал – психологик хусусиятлари сифатида таърифланиб, анча самарали меҳнат фаолиятининг шарти ҳисобланади. Фаолият муваффақиятли ва ўзига хос тарзда олиб борилаётган бўлса, янги билим ва кўникмалар тез ўзлаштирилаётган бўлса, қобилиятлар бор экан дейилади. Қобилиятлар меҳнатда шаклланиб боради.
Одамнинг барқарор психик хусусиятларининг жами, атрофдаги хаётга психик реакциясининг индивидуал типи характер ҳисобланади. У одам ўзига, бошқа кишиларга, тпширилган ишга, буюмларга қандай муносабатда бўлишида намоён бўлади. Характер шахснинг туғма хислати эмас, у одамларнинг фаолияти шароитида шаклланади ва тарбияга боғлиқ бўлади.
Темперамент одам психик жараёнларининг кечиши динамикасини билдиради. Унинг физиологик асоси – қўзғалиш ва тормозланиш жараёнларининг кучлилиги ёки заифлиги, вазминлиги , харакатчанлиги ёки сустлиги билан характерланади. Шуни таъкидлаш керакки, темперамент туғма ҳислатлар билан белгиланган бўлсада, ин индивиднинг бутун ҳаёти давомида ўзгармас бўлиб қолмаййди. Ҳар қандай темперамент шахснинг бутун ижтимоий аҳамиятли ҳислатларинг ривожланишига монелик қилмайди, бироқ ҳар бир темперамент шаклланишнинг ўзига хос йўл ва усулларини талаб қилади. Темперамент шунингдек, ўсмир шахсининг ўзига хос ривожланишидаги шартлардан бирини ташкил қилади.
Шахснинг ҳамма жиҳатлари мактабда психологик – педагогик методлар ёрдамида ўрганилади. Методист ишини шартли равишда икки босқичга бўлиш мумкин: 1 босқич – ўқувчини бирор бир иш фаолиятига мувофиқлигини аниқлаш мақсадида унинг шахсини ҳар томонлама ўрганиш, ёки унинг ўзига хос хусусиятларини диагностика қилиш, 2 босқич – касбни асосли равишда танлашга тайёрлаш (бу босқичнинг мазмуни 3 бобнинг 2 §ида очиб берилади).
Шахснинг ўзига хос хусусиятларини диагностика қилиш комплекс методлари қуйидагиларни ўз ичига олади: дарслар ва синфдан ташқари ишларда кузатиш. 7 – 10 синф ўқувчилари ва уларнинг ота – оналарига анкета тарқатиш, индивидуал суҳбатлар, дифференциал – диагностик сўров (Е. А. Климовнинг дифференциал – диагностик сўрови бўйича). Мазкур методлар ёрдамида олинган ҳамма маълумотлар “Касб консультацияси картаси” қўшма анкетасида умумлаштирилади. Картада махсус ажратиб кўрсатилган параметрлар бўйича ўқувчининг шахс хусусиятлари қайд қилинади. Қайси қизиқишлари, мойилликлари ўқитувчи касб танлашда ўқувчининг йўналиш тўғрисида дастлабки хулосани чиқаради.
Кузатиш доимий олиб борилади. Ўқувчининг билимларнинг муайян соҳасига бўлган қизиқиш ва мойилликларини ривожлантириш борасида ҳаракатлари борлиги ёки йўқлиги, унинг касб танлаш проблемалари муҳокама қилинаётган пайтдаги активлиги, ўқув ва ижтимоий фойдали ишда умумий меҳнат кўникмаларини намоён этиш ҳисобга олинади. Кузатиш шахснинг ташқи ўзгаришларини ақйд этиб бориш имконини беради. Ўқувчини янада чуқурроқ ўрганиш учун бошқа методладан ҳам фойдаланилади.
Анкета тарқатиш. Анкета ёрдамида ўқувчиларнинг кўпроқ нималарга қизиқиши ва мойилликлари, касбга оид интилишлари, ўз индиидуал хусусиятларини билиши, касбга оид мўлжаллари аниқланади.
Ота – оналар учун анкеталар мазмуни болаларнинг нима билан қизиқишини билиш, ота – оналар уларнинг қобилиятларига қандай баҳо бериши, уй – рўзғорда қай даражада қатнашиши, шунингдек, ота – оналарнинг ўз фарзандлари касб танлашидаги ролини аниқлашга қаратилган.
Суҳбат анкета тарқатиш ва кузатиш пайтида олинган маълумотларни аниқлаб олиш ва тўлдириш учун керак. Суҳбатда ўқувчининг профессионал нияти, қизиқишлари, мойилликлари, қобилиятлари, характер хусусиятлари, касб йўлини танлашга бундан кейинги тайёрланиш юзасидан маслаҳат ва тавсияларга ҳозирлигини аниқлашга асосий эътибор берилади. Маълумотлар суҳбат протоколига қайд этилади.
Касбга йўналтириш бўйича олиб бориладиган индивидуал иш педагог ва врачнинг, албатта биргаликда иш кўришини назарда тутади. Мактаб ўқувчилари танланаётган касбга уларнинг соғлиғи тўғри келадими – йўқми эканлигини олдиндан билишлари керак. Саломатлик тўғрисидаги маълумотлар қуйидагиларни ўз ичига олади:
касаллик йўқлиги тўғрисида хулоса;
сурункали касалликлар мавжудлиги;
муайян касбларга тўғри келмайдиган касалликлар рўйхати.
Дифференциал – дигностик сўроқ қоғози (Е. А. Климовнинг дифференциал – диагностик сўрови) дан ўқувчилар қайси касб фаолияти соҳасини тнлашини аниқлаш учун фойдаланилади. У инсон меҳнат фаолиятининг турли соҳалари тўғрисида 20 та саволни ўз ичига олади. ДДС билан ишлаш “Касб консультацияси картаси”га доир инструкцияда муфассал баён қилинган. Ишнинг биринчи босқичи сўнгида (шахс хусусиятлари диагностикаси) консультант ўқувчининг касб танлашдаги қийинчиликларини таҳлил қилади, танланган касб фаолияти тури билан унинг индивидуал хусусиятларини олдиндан солиштириб кўради.
Е. А. Климов ишлаб чиққан касблар типологияси асосида мос келган – келмаганлик аниқлаб берилади.
Касб фаолиятининг тавсия этилаётган типи доирасида методист ўқувчига касбга оид режаларини аниқлашга ёрдам беради, яъни индивидуал ишнинг иккинчи босқичига – ўқувчини касбни асосли равишда танлашга, тайёрланишга олиб келади.
Ўқувчининг ўз истеъдодини излашдаги активлигини ошириш, унга ўз йўлини мустақил топиб олишда ёрдам бериш мақсадиад коррекцион (тузатиш киритадиган) индивидуал иш олиб бориш зарур. Консультанат сифатида методист иш олиб бориши мумкин, у мактаб ўқувчисига иш фаолияти соҳасини тавсия этади, унинг касб танлашга тайёргарлик билан боғлиқ хатти – ҳаракатларига аниқлик киритиб туради, лекин узил – кесил касб танлаш ўқувчининг ўзига қўйиб берилади.
Бу босқичда методистнинг иши қуйидагиларни ўз ичига олади:
Ўқувчилар билан касб танлашга мустақил тайёрланиш планини тузиш; Бунда қийинчиликларни енгиш юзасидан конкрет ишлар мўлжалланади.
Индивидуал суҳбатлар давомида мустақил тайёрланиш планига аниқлик киритиб бориш.
Тайёргарликни такомиллаштиришга қаратилган тавсиялар (тегишли ихтисосликни эгаллаш мумкин бўлган конкрет ўқув юртлари, шунингдек ўқувчининг тайёргарлик даражасига қараб касбга йўналтириш йўллари тўғрисида маълумотлар бериш; ҳунар – техника билим юрти, ўқув юрти, тўгарак, жамоат ишларига қатнашиш бўйича олй тавсиялар, махсус адабиётлар ўқиш, докладларга тайёрланиш, индивидуал ҳислатларни машқ қилдириш, умуммеҳнат ҳислатларини ривожлантириш бўйича тавсиялар).
Индивидуал суҳбатлар давомида тавсиялар қандай амалга оширилаётганлигини назорат қилиш.
Оила билан доимий индивидуал иш, мактаб ўқувчисининг мустақил касб танлашида қатнашишга ота – оналарни жалб қилиш, оиланинг моддий аҳволини ҳисобга олиб бориш.
Ўқувчининг касб йўлини танлашга тайёрланганлиги тўғрисида хулоса чиқариш, бунда мустақил тайёрланиш соҳасида ўқувчининг амалий фаолияти тўлиқ таърифлаб берилади, унинг касбга оид мўлжаллари муваффақиятли рўёбга чиқиши олдиндан айтилади.
Педагог касб танлашнинг амалга оширилиши натижаларини ўқувчи 10 синфга ўтганда, мактабни битириб чиққанда, бошқа ўқув юртига кирганда қайд этиб боради.
Шубҳасизки, касбга йўналтириш характеридаги тавсиялар ҳар бир конкрет ҳолда индивидуалдир. Бироқ, касб танлашда ўсмирлар дуч келадиган қийинчиликларни ўрганиб, индивидуал иш олиб боришнинг типик ўзига хос хусусиятларини айтиш мумкин: 1) билишга доир қизиқишларнинг барқарор эмаслиги, касбга оид мўлжалларнинг тез ўзгариб туриши; 2) касб йўлини танлашда ўз имкониятларининг таҳлил этишнинг йўқлиги; 3) танланаётган касб мазмуни ва ўқув – ишлаб чиқариш комбинатидаги меҳнат таълими профили тўғрисидаги тасаввурнинг бўшлиги; 4) ҳунар - техника билим юрти, техникум, олий ўқув юртини тасодифан танлаш; 5) одатдаги машғулотни давом эттириш истаги сифатида юқори синфларда ёки олий ўқув юртида ўқишга интилиш; 6) ўз кучларига ишонмаслик ёки унга ортиқча баҳо бериш.
Ўқувчилар билан индивидуал иш олиб бориш жараёнида педагог қийинчиликларнинг қандайлигига қараб уларни енгишга ёрдам беради. Масалан, ҳунар – техника билим юрти тўғрисида ўсмир яхши маълумотга эга бўлмаган ҳолда уни қизиқтираётган конкрет касб тўғрисида, махсус билим олиш ва ишга жойлашиш йўллари тўғрисида маълумотлар бериши керак. Суҳбат меҳнат мазмуни, касбнинг одамга қўядиган талаблари, ўқиш ва меҳнат фаолиятининг ўзаро боғлиқлиги, мазкур ишчи касбида маҳоратни ўстириш истиқболлари тўғрисидаги масалаларни ўз ичига олиши керак. Мактаб ўқувчисига конкрет мисолларда ишчи касби билан олий маълумот олишни талаб қилувчи турдош касб ўртасидаги давомийлик тўғрисида сўзлаб бериши керак.
Кўпинча ўсмирлар ўзларида ирода кучи, меҳнатсеварлик, мақсадга интилиш, бошланган ишни охиригача етказа олиш сингари хислатлар етарли тараққий этмаганлигини ўзлари таъкидлайдилар. Бу ҳолда индивидуал консультацияда ўқувчиларга мустақил тарбияланиш танланаётган касб учун зарур бўлган ҳислатларни ривожлантириш юзасидан тавсиялар берилади. Суҳбат давомида педагог ўқув фаолиятидаги ютуқларни ўқувчилар билан муҳокама қилишга асосий эътибор беради, касб йўлини танлашга тайёргарлик даражасига қараб конкрет ишлар белгиланади, масалан, тўгаракларда қатнашиш, жамоат топшириқларини бажариш, ўқув жамоат топшириқларини қандай бажарганлигини мустақил таҳлил қилиш кабилар.
Мактаб ўқувчиси ўқитувчининг тавсияларини қандай бажараётганлигини контроль қилиш ва келгуси меҳнат фаолияти йўлини танлашга тайёргарлигига раҳбарлик қилиш учун “Касб консультацияси картаси”га шахснинг намоён бўлган ҳамма ҳислатлари ёзиб борилади.
Ҳар бир ўқувчини ўрганиш жараёнида олинадиган объектив маълумотлар касб консультантига ўқувчининг профессионал жиҳатдан индивидуал камолга етишининг конкрет программасини белгилаш ва бу билан педагогик ёрдамни самарали амалга ошириш имконини беради.
30-mavzu: Kasbiy yetuklik va shaxs komilligi.

Reja:

1. Kasbiy yetuklik
2. Shaxs komilligi
3. Komil inson

Kasbiy yetuklik va shaxs komilligi. Jahon psixologiyasi fanida shaxs to’g’risida o’nlab nazariyalar, qarashlar,yondashuvlar mavjud bo’lishiga qaramay, inson kamoloti yuzasidan hanuzgacha umumiy bir fikrga kelinganicha yo’q. Xuddi shu bois insonshunoslikda shaxsga oid bir qator terminlar, tushunchalar, atamalar qo’llanilishi anhana tusiga kirgan, jumladan, shaxs, inson, odam, kishi, Subyekt, individ, individuallik, komil inson, shuningdek, unga taalluqli tipiklik va tipologik xususiyatlar shular jumlasidandir. Psixologiya fanida munosabatlar nuqtai nazaridan “Subyekt – obhekt – Subyektlararo”, “subekt – Subyekt – obhektlararo” singari yondashuvlar mavjud bo’lib, ularning barchasi tabiiy (biologik) va ijtimoiy (sotsial) shartlanganlik manbalaridan kelibchiqqan holda tahlil hamda talqig qilishga asoslangandir.


SHaxsga oid psixoanaliz, analitik psixologiya, individual psixologiya, neofreydizm, beganalashish nazariyasi, gumanistik psixologiya, epigenetik nazariya, fruchtratsiya nazariyasi, rollar nazariyasi, ekzistentsial psixologiya, tushunuvchan psixologiya, frantsuz sotsiologik maktabi.yu sobiq sovet psixologlarining har xil nazariyalari mavjuddir.
Lekin bu o’rinda shaxsning tuzilishi, uning tabbiiy va ijtimoiy shartlangan xususiyatlari munosabati, tipiklik va tipologik jabhalar, ijtimoiylik va tarixiylik, filogenetik va ontogenetik tomonlari bo’yicha kontseptsiyalar mohiyatini tahlil qilish masalasi ilmiy izlanishlarimizning maqsadiga kirmaydi. Xuddi shu sababdan ularning mazmuni, tuzilishi to’g’risida mulohaza yuritish boshqa sahifalarga mo’ljallanganligi tufayli nomlarini tahkidlab o’tish bilan qanoat hosil qilamiz, xolos.
Uzoq va yaqin chet el psixologlarining qarashlarida kamolot ontogenetik nuqtai nazardan muayyan, qathiy bosqichlarga ajratilgan holda juda kam tadqiqi qilingan. SHuning uchun biz shaxsan o’zimiz taklif qilayotgan sxema bo’yicha mulohaza yuritamiz va kamol topish bosqichlari hamda ularning o’ziga xos xususiyatlarining mohiyatini ochib berishga harakat qilamiz. Ularni quyidagi davrlarga ajratib tahlil qilish maqsadga muvofiq: murtaklik (embrional), odam (individ), inson, shaxs, Subyekt, komil inson.
SHaxsning kamoloti murtaklik davrdan boshlanish to’g’risidagi asosli fikrlar A.Vallon, D.Bromley tadqiqotlarida, ayrim psixologlar va psixofiziologlarning maqolalarida uchraydi, xolos. SHu narsani tahkidlab o’tish joizki, murtaklik davrining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettirish imkoniyati muayyan darajada mavjud ekanligi nafaqat psixologlar, balki tabiatshunoslar, biologlar, fiziologlar tomonidan tavsiflab berilganligi, tibbiyot mutaxassislarining esa bu borada o’zlarining qarashlari, yondashuvlari shakllanganligi nazariy mulohaza yuritish uchun asos bo’lib hizmat qila oladi.
Murtaklik davrini kamolot bosqichiga kiritgan tadqiqotchilar A.Vallon va D.Bromley bo’lib hisoblanadi. Jumladan, D.Bromley mazur davrni quyidagi bosqichlarga ajratib tahlil qilishni tavsiya qiladi: zigota – embrional – homila – tug’ilish oldi. A.Vallon esa ontogenezning tarkibiy qismi sifatida uni kamolot bosqichi qatoriga kiritadi. Mazkur psixologlar murtaklik davrini insonning umumiy kamoloti nuqtai nazaridan tahlil qilmaydilar, balki ular ontogenezning (tug’ilgandan to umrning oxrigacha davr) tarkibiy qismi sifatida talqin etadilar, xolos. Ushbu davrning o’ziga xos tomonlari va xususyaitlarini psixologik jihatdan yoritib berishga intiladilar va bu yo’nalishda mahlum bir yutuqqa erishishga muyassar bo’ladilar.
Ularning ilmiy – amaliy mulohazalarini asosli dalil sifatida qabul qilgan holda bu boradagi o’z shaxsiy mulohazalarimizni bildiramiz. Buning uchun murtaklik davrining muayyan tarkiblardan iborat ekanligini izohlash va tavsiflashning o’zi kifoya. Jahon psixologlari va fiziologlarining fikriga qaraganda, mazkur kamolot davrining har bir bosqichi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, mahlum bir mahnoda qulay (sezitiv) palla sifatida muayyan fukntsiya bajaradi.
Murtaklikning zigota (urug’lanish) bosqichi eng mashuliyatli davrlaridan biri bo’lib, u ham tabiiy (biologik), ham Subyektiv (shaxsiy psixologik), ham ijtimoiy (sotsial) omillar tahsirida vujudga keladi. Butun mashuliyat onaning zimmasiga tushadi, binobarin, uning homilaga nisbatan munosabati, unga zarur shart – sharoitlar yaratishi, instiktiv xususiyatli himoya fiunktsiyasining ishga tushishi, og’riq sezgilarining kuchayishi va ulaga nisbatan chidam – bardosh, sabr sifatlari bilan qarama – qarshi tura olishlik zigota yashovchanligini tahminlaydi.
Onaning xotirjamligi, ayrim qiyinchiliklarni yengish hoxishining mavjudligi, tabiiy extiyojlarni qondirish darajasi, nozik ezgu niyatlar va shirin hissiy kechinmalar bilan band ekanligi zigotaning baquvvat o’sishga zamin hozirlaydi. Attraktsiya (mahliyo qiluvchi) tuyg’ular olamiga onaning tortilganligi, stress (zo’riqish, tanglik) va affekt (g’azablanish) holatlariga berilmasligi, shijoat, hayajon, tashvishlanish hislaridan uzoqligi tabiiy go’zallik vujudga kelishiga imkon yaratadi.
Organizmning sog’lomligi, tabiiy ehtiyojlar qondirilishi jismoniy o’sishning jadal borishi uchun puxta negiz yuzaga keltiradi, binobarin, komillikda dastlabki asos solinadi.
Homilalik bosqichi bo’lg’usi shaxs uchun muhim ahamiyat kasb etib, jismoniy barkamollikning,asab tizimi, bosh miya katta yarim sharlari, hissiy bilish tana ahzolari paydo bo’lishining va o’sishning manbai vazifasini bajaradi. Ushbu bosqichda quyidagilarga ehtibor berish maqsadga muvofiq:
homilaning jismoniy o’sishini uzluksiz ravishda tahminlash uchun oqsillar, vitaminlar va boshqa turdagi ozuqalarga nisbatan tabiiy ehtiyojini qondirib turish;
unga salbiy tahsir etuvchi qo’zg’atuvchilardan saqlanish, ijobiy his – tuyg’ular uyg’otuvchi hodisalar to’g’risida ko’proq o’ylash;
qaltis jismoniy va somatik harakatlardan o’zini tiyib turish, zo’riqishning uzluksiz ravishda oldini olish;
homilaga sensor tahsir o’tkazishni odatiy psixologik holatga aylantirish;
kontakt va distant muomala vositalaridan foydalanish;
shaxslararo munosabatda muloqot maromlariga rioya qilish;
bioritmika va psixometriya qoidalaridan og’ishmay foydalanish;
ijtimoiy hodisalarga nisbatan loqaydroq munosabatda bo’lish va hokazo.

Tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zarur shart – sharoit yaratish, nafosat tuyg’ulari bilan hamkorlik, kun tartibi asosida faoliyat va xulq harakatlarini amalga oshirish ham tabiiy, ham mahnaviy go’zallikni shakllantiradi. Orzu, istak, tilak, xohish tuyg’ulari yordami bilan obrazlarni yaratish tashqi tahsirning eng kuchli mehanizmi funktsiyasini o’taydi. Hujayralar, neyronlar orqali kirib borayotgan axborotlar qanchalik nozik, nafis, go’zal bo’lsa, homilada go’zallikning ham tabiiy shakli, ham xarakterologik jabhasi o’z aksini topadi.


Murtaklikning tug’ilish oldi bosqichi tashqi tahsirga beriluvchanligi bilan boshqalaridan ajralib turadi, xuddi shu bois bunga alohida ahamiyat berish zarur. Homila o’zining tuzilishi, tana ahzolarining takomilligi, ularning maqsadga muvofiq harakati bilan chaqaloqqa juda o’xshab ketadi. Uning boladan farqli o’laroq tomoni ona organizmi orqali oziqlanish va nafas olishidir. Bu voqelik ilmiy tilda platsentar hodisa deb atalib, jamiiki narsa bir markazdan boshqarilishi yoki tahminlanishini bildiradi.
Homiladagi ideomotor (ixtiyorsiz) va motor (ichki yoki tashqi tahsirga maqsadli javob reaktsiyasi) harakatlari ortib borishi tug’ilishi tayyorgarligidan dalolat beradi. Ushbu hatti – harakatlar jajji odamning qarshilik ko’rsatishini, ziddiyatli vaziyat vujudga kelayotganligini anglatadi. Onaning u bilan muloqotga kirishuvi tarbiyaviy tahsir o’tkazishning real alomati sifatida namoyon bo’ladi. Sezgir tibbiyot asboblari yordami bilan uni tekshirib turish dastlabki diagnostik va korrektsion ishlarning debochasi hisoblanadi.
Insonda yuz beradigan subsensor, subtseptiv yuksak idrok shakllari tug’ilish oldi bo’sag’asida yorqin namoyon bo’la boshlaydi. Harakatning surhati, mazmuni, davomiyligi sifatlari bo’yicha bo’lg’usi chaqaloqning temperament xususiyatlarini va uning asab tizimi tipini aniqlash imkoniyati mavjud.
Odam (individ)lik davri tug’ilganidan to unda nutq paydo bo’lgunga qadar vaqt birligini qamrab oladi. Uning muhim tomonlari mana bunday holatlarda ko’zga yaqqol tashlanadi:
embrional davridagi plantsentar tizimi o’rnini oral (mustaqil hazm qilish) egallaydi, yahni mustaqil nafas olish, qon aylanish va boshqalar tabiiy ravishda chaqaloqda yuz bera boshlaydi;
tabiiy holatlarga va muhitga moslashish (adaptatsiya) tevarak – atrofni bilish boshlanganligidan dalolat beradi;
har xil turdagi harakatlarni amalga oshirish, jismlarga chang solish, ularga intilish narsalarni bilishga nisbatan harakatini bildiradi;
ota – ona va qarindosh – urug’larini tanish, sezgi, idrok, xotira jarayonlari o’sishini anglatadi;
jismlarga razm solish, uning tuzilishi va rangi bilan qiziqishi yaqqol tafakkurning ifodasidir;
unda emotsiya va hissiyotning paydo bo’lishi, muomalaga kirishi ehtiyojini namoyon etadi;
emaklash, tik turishga intilish uquvining paydo bo’layotganligi fazoviy tasavvurni aks ettiradi va boshqalar.
Mazkur davrda shaxslararo munosabatga kirishish, mikro va makro muhit xususiyatlari hamda holatlariga bolaning shaxsiy reaktsiyasi, ulardagi o’xshashlik va farqni ajrata bilish unin o’sishini bildiradi. So’z orqali narsalar va hodisalarni ifodalash hamda tushuntirish jarayoni yuzaga kelguniga qadar muomala, xulq, harakat orqali tabiat va jamiyatni sodda tarzda bilish amalga oshadi. Xuddi shu sababdan kamolotning dastlabki bosqichlaridan biri sifatida individuallik davri o’zini o’zi anglashga puxta negiz tayyorlaydi.
Inson davri o’zini o’zi anglashdan boshlanib, jismoniy, aqliy va ijtimoiy kamolotga erishuv jarayoni amalga oshishi bilan tugallanadi. Ushbu davr insoniy xislatlarni etnik guruh ahzosi sifatida mukammal egallashi bilan boshqa taraqqiyot pallalaridan ajralib turadi. Alohidalikka oid xususiyatlar quyidagilarga o’z aksini topadi va u ikki bosqichdan iborat bo’ladi:
1. Nutqning paydo bo’lishidan to 6-7 yoshgacha:
- bolada fazoviy muvozanatning vujudga kelganligi;
- o’zini o’zi anglashdan iborat “Men” davrining mavjudligi;
- nutqda ona tili boyligidan unumli foydalanish imkoniyatining tug’ilishi;
- milliy urf – odatlarga, xulq – atvor qoidalariga rioya qila olishi;
- muomala maromi, ijtimoiy qadriyatlarni egallashi;
- o’yin hamda faoliyatning boshqa turlarini o’zlashtirish negizida milliy va umumbashariy fazilatlarning shakllanganligi;
- individual – tipologik xususiyatlarning aniq namoyon bo’lishi;
- barcha jihatlari bilan maktab tahlimiga tayyorgarligi;
- guruhiy hamkorlik uquvidan xabardorligi.
O’smirlik davri xususyaitlarining aks etishi:
jismoniy jihatdan mukammallikka intilishning mavjudligi;
- faoliyat, xulq va muomala jarayonlarida tipologik xususiyatlarga erishilganligi;
- aqliy, axloqiy, xarakterologik xususiyatlari shakllanganligi;
- turli shakldagi va tuzilishdagi (tengqurlari, katta yoshdagilar, rasmiy va norasmiy, real) guruhlarda o’zini – o’zi anglashning namoyon qilishi;
- ijtimoiy hayotda va faoliyatda o’zini – o’zi tasdiqlashga imkoni borligi;
- ijtimoiy turmushning har bir jabhasida faollik ko’rsatishi;
- o’quv fanlariga differentsial munosabatning qaror topishi; muayyan ehtiqod, dunyoqarash, shaxsiy munosabatning mavjudligi;
- tashqi tahsirlarga beriluvchanligi, xulq – atvorga qathiyatlik yetishmasligi;
- fantaziya va o’ziga bino qo’yishning ustuvorligi va boshqalar.
Maktab tahlimiga tayyorgarlik bosqichida to’plangan bilimlar ko’lami umrning qolgan yillarida kutilishi taxmin qilingan qismining yarmigatengdir. Bundan keyingi davrda o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan bilimlar shaklan emas, balki mazmunan, sifat jihatidan boyib, takomillashib boradi, xolos. O’smirlik davrida insonga berilgan tabiiy imkoniyatlar ro’yobga chiqadi, ijtimoiylashuv, jismoniy o’sish jadallashadi, natijada yetuklikka puxta shart – sharoitlar yaratadi. Tabiatga, jamiyatga va shaxslararo munosabatga nisbatan shaxsiy pozitsiya – munosabat vujudga keladi. Buning natijasida mustaqil fikrlash, qaror qabul qilish, xulq - atvor va faoliyatni amalga oshirish imkoniyati tug’iladi. Bu holat kamolot ko’rinishini namoyish etadi, insoniy fazilatlar, xislatlar, sifatlar va xususiyatlar tarkib topganligini bildiradi.
Inson kamolotining shaxs davri yetuklikning muayyan bosqichi hisoblanib, ijtimoiy hayot alohida ahamiyat kasb etadi va o’zining ko’rsatkichi bilan muhim rolg’ o’ynaydi. SHaxs davri bir necha taraqqiyot bosqichlarini aks ettirib, unda ilk o’spirinlik, o’spirinlik va yoshlikni qamrab oladi.
Uning birinchi bosqichi balog’at deb nomlanib, 15-16 yoshdagi o’g’il-qizlarni o’zida jamlaydi. Bu bosqichda ushbu xususiyatlar ko’zga bevosita tashlanadi:
jismoniy barkamollikning ifodalanishi;
ruhiy jihatdan muayyan ko’rsatkichga erishganligi;
ijtimoiy va ijtimoiy psixologik jihatdan muayyan yetuklikka erishuv;
xulq, faoliyat va muomala jarayonlarida individuallikning shakllanishi;
e’tiqod, dunyoqarash va pozitsiyada barqarorlikning mavjudligi.

SHaxs tarkib topishining ikkinchi bosqichi ixtisos egallash deb atalib, 17-18 va 21-23 yoshdagi barkamol yigitlar va bokira qizlardan tashkil topadi, kasbiy faoliyatni egallashning o’ziga xosligi bilan boshqa taraqqiyot pallalaridan ajralib turadi. Ushbu holatlar o’ziga xosligi bilan namoyon bo’ladi:


bilimlar, ko’nikmalar va malakalar egallashdagi individuallik;
faoliyatning individual uslubining paydo bo’lishi;
kasbiy motivatsiyaning ustuvorligi;
mahnaviy ehtiyoj, barqaror qiziqish, qathiyat yetakchiligi;
mutaxassislikka murojaatning shaxsiy pozitsiyaga bo’ysunganligi;
kollej va oliy maktab muhitining o’ziga xosligining ular shaxsiyatida ifodalanish;
amaliyotga va muhitga moslashishnig sifat jihatdan tafovutlanishi.

SHaxs shakllanishining uchinchi bosqichi yoshlik davridan iborat bo’lib, ixtisosiy yetuklikni o’zida aks ettiradi. Ko’pincha barkamollik alomatlari quyidagilarda ifodalanadi:


kasbiy, ixtisosiy individuallik, betakrorlik, o’ziga xoslik yuzaga kelishi;
kasbiy, ixtisosiy mahorat darajasiga erishuv;
o’z sohasida tashabbuskorlik xususiyatini namoyish etish;
ijtimoiy baholash ekspertizasi – tekshirish mezonlariga batamom mos tushishlik.

SHaxsning mahlumot darajasiga qaramay, yuksak ko’rsatkichlarga erishuvi uning kamolotidan darak beradi. O’z sohasida kasbiy, ixtisosiy mahoratini namoyish etish yetuklikning yuksak darajasini bildiradi va jamoatchilik fikrida iliq iz qoldiradi. Tashabbuskorlik takliflari, ixtirolari sohadagi muvaffaqiyatni ifodalab berib, betakror shaxs ekanligini isbotlashga xizmat qiladi. Noyob kasb egasi, fenomenal qobiliyatli, istehdodli yetuk shaxs shakllanganligi ijtimoiy – tarixiy voqelik sifatida yuksak baholanadi.


Inson kamolotining navbatdagi davri Subyekt darajasiga o’sib o’tishi mumkin emas, lekin uning ayrim xususiyatlarini egallash imkoniyatiga egadir. Subyekt o’zining mana shu xususiyatlari bilan shaxsdan tafovutlanadi:
xulq – atvorda, faoliyatda, muomalada mustaqillikning ustuvorligi;
ijtimoiy hayotning har bir jabhasida shaxsiy pozitsiyaga egalik;
ilg’or insonparvarlik g’oyalarini ilgari surish va originalligi, nostandartligi, innovatsion ekanligi bilan ajralib turishlik;
g’oyalarni qaror toptirishda obhektiv va Subyektiv to’siqlarni yengish.

Subyektning eng muhim ko’rsatkichi – bu professionalizmga erishuv va ijtimoiy – siysiy yetuklikni namoyish qilishdir. Nomdor mutaxassislar, fan va texnika, jamoat arboblari, ijodiy – tarixiy fikrlovchilar, siyosatchilar, davlat rahbarlari Subyekt bosqichida faoliyat ko’rsatishlari mumkin. SHuning uchun ushbu vaziyatda ommaviylikka erishvga intilish jamiyatning taraqqiyotini tezlashtirish sari yetaklaydi, fidoiy, tooliqmas kishilar safini kengaytirishga xizmat qiladi.


Komil inson g’oyasi insoniyatning asriy orzusi bo’lib hisoblanadi va ushbu darajaga erishish borliqni, tabiatni, jamiyatni bilishning muhim manbai sanaladi. Komil inson to’g’risida tasavvuf, so’fizim ilmiy maktablari muayyan mahlumotlar to’plashga muvaffaq bo’lganlar, shuningdek, bu mavzuga oid qarashlar jahonning insonparvarlik g’oyalari bilan qurollangan allomalarning izlanishlarida alohida o’rin egallagan. Ularning nazariyalariga tanqidiy munosabatni bildirish mavridi bo’lmaganligi sababli faqat tahkidlab o’tish bilan kifoyalanamiz, binobarin, tariqat, haqiqat, mahrifat to’g’risida mulohaza yuritmaymiz. Aksincha, bu borada o’zimizning shaxsiy qaqrashlarimizni bayon qilamiz xolos. Bizningcha, hozirgi zamon nuqtai nazaridan mazkur muammoga yondashsak, komil insonlikni to’rt bosqichga ajratib talqin qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
1. Inson kamolotining bu bosqichiga kelib o’zining sohasi bo’yicha piri ixtisos darajasiga erishadi. Buning natijasida yetuk inson hayot va faoliyatda ijtimoiy – tarixiy psixologik namumna bosqichiga o’sib o’tadi, o’zining salohiyati bilan sohani taraqqiy ettirish manbaiga aylanadi. Individuallik namunasi milliy va insoniy ahamiyat kasb etadi, taraqqiyotni harakatlantiruvchi mexanizm vaxifasini bajaradi. Bu bosqichdagi insonlarning asosiy xususiyatlari quyidagilarda o’z aksini topadi:
- yuksak aql – zakovatga egalik, intellektual faoliyatda mahsuldorlik;
- antipatsiya kundalik faoliyat mahsuliga aylanganlik , yahni amalga oshirish rejalashtirilgan faoliyat natijasining oldindan modelini yaratish;
- xulq, faoliyat, muomala jarayolari o’z imkoniyatini oqilona baholash va o’zgalar tomonidan xuddi shunday darajaga erishish;
- sohaga oid talant va salohiyatning amaliy ifodalanishini tahminlash.
2. Ixtisoslararo bilimdonlik komil inson kamolotining navbatdagi yuksak bosqichi bo’lib, hozirgi davrda bir necha sohalar bo’yicha mukammal bilimlarga, qarashlarga egaligi bilan tavsiflanadi. Sohalarning kengayishi tufayli bu darajaga erishish imkoniyati tobora cheklanib bormoqda, chunki fan va texnika jadal suratlar bilan o’sishi, axborotlar salmog’ining soniya sayin ortishi vaqt taqchilligini keltirib chiqarmoqda. Fazoviy va vizual munosabatlar to’g’risidagi miqdor hamda sifat o’zgarishlari inson dahvosi bilan uning imkoniyati o’rtasidagi ziddiyatli holatlarni vujudga keltirmoqda.
Ixtisoslararo bilimdonlik o’ziga xos ikki xususiyati bilan boshqa kamolot bosqichlaridan ajralib turadi:
uzluksiz ravishda kashfiyotlarni amalga oshirishga qobillik;
har bir ixtisos predmetiga oid qarashlarda mukammallikka, sermahsullikka va dinamizmga erishish.

3. Komil insonning navbatdagi kamolot bosqichi aqliy donishmandlik deb atalib, tabiatga va jamiyatga, biosfera va noosferaga nisbatan super onglilik ko’rsatkichiga erishish bilan tavsiflanadi. Aqliy donishmandlik axloqiy madaniyat, yuksak his – tuyg’ular, muomala maromi, tabiat va jamiyat normalariga rioya qilishlik bilan uzviy uyg’unlikda hukm suradi. Axloqiy yetuklik siyosiy, xuquqiy, iqtisodiy ong ko’rinishlariga oqilona yondashishni tahminlaydi.


Aqliy donishmandlik axloqiy, intellektual, estetik va praksik (mehnat natijasidan lazzatlanish) yuksak his – tuyg’ular manbasiga bevosita asoslansa, to’kislik, mukammallik namunasini aks ettiradi. Mahnaviy barkamollik yetuklikning tarkibiy qismlari bilan bir tekis qurollantiradi, xulq, faoliyat va muomala regulyatori funktsiyasini o’taydi.
4. Umumbashariy daholik jamiyat va taraqqiyot taqozosi bilan vujudga keluvchi imkoniyat yoki zaruriyatning mahsulidir. Fan, texnika, siyosat, din, davlat qurilishi sohasida keskin o’zgarishni amalga oshiruvchi tarixiy shaxslar kamolotining oxirgi bosqichiga erishishi mumkin. Bunday darajaga erishganlar o’zlarining valeligi, bashoratchanligi bilan davrdan, zamondan ancha ilgarilab ketish hollari bilan tavsiflanadi.
Komil insonlik to’g’risidagi mulohazalar ideal sharoitni aks ettirishga qaratilganligini tahkidlab o’tish joiz. CHunki reallikdan uzoqlashish unga erishish imkoniyati mavjud emasligini bildirmaydi, aksincha, inson o’zini – o’zi kashf qilish, o’zini ro’yobga chiqarish, qulay shart – sharoitlar yaratishorqali yuksak darajaga erishsa bo’ladi. Lekin, komil insonlikka qo’yiladigan talablar darajasiga nisbiy yondashish, mezonlarni ixchamlashtirish orqali komil insonni shakllantirish mumkin.



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish