Topshiriq
Venna diagrammasida ishlash
13-AMALIY MASHG’ULOT MASHG’ULOT:
Mavzu: Muloqot turlari va tinglash maxorati.
Reja:
Muloqot mazmuni va yo‘nalishi
Muloqotda psixologik ta’sir vositalari
Muloqotda tinglash mahorati
Muloqot - birgalikdagi ehtiyojlardan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarga kirishishi jarayonlaridir. Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni, bir-birlariga turli xil ma’lumotlar uzatishni, fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, obro‘si uning muloqotga kirish qobiliyati bilan bevosita bog‘liq. Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, muloqot shunchalik ko‘p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o‘zida quyidagilar kiradi:
• Individlarning o‘zaro ta’sir jarayoni.
• Individlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni.
• Bir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni.
• Bir kishining boshqalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni.
• Bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati.
• Shaxslarning bir-birlarini tushunish jarayoni.
Muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud:
Dastlabki bosqich – odamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T.Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida: «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi»,-deb yozgan edi.
Ikkinchi bosqich esa boshqalar bilan muloqotga kirishishdir. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi, deyish mumkin.
Uchinchi bosqich – avlodlar o‘rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o‘z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo‘ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg‘or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.
Har qanday muloqot rasmiy yoki norasmiy bo‘ladi.
Rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvoridan kelib chiqadi. Masalan, rahbarning o‘z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqotidir.
Norasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o‘sha suhbatdoshlarning fikr-o‘ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan: do‘stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo‘lovchilar suhbati, tanaffusda talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi suhbati.
Odamlarning asl tabiatiga mos bo‘lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko‘proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga ham qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko‘ngilligi, suhbatlashish yo‘llarini bilish, til topishish qobiliyati, o‘zgalarni tushunish va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hamma ham rahbar bo‘la olmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi, chunki buning uchun ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardor bo‘lish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |