Jalolova p. M., Xudayberdiyev sh. K. Pedagogika. Psixologiya


Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar



Download 3,48 Mb.
bet5/77
Sana25.01.2023
Hajmi3,48 Mb.
#902153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Pedagogika.Psoxologiya (DARSLIK)

Mavzu bo‘yicha tayanch so‘zlar :
Ma’naviyat, aqliy, axloqiy, amaliy, jismoniy sifatlar, tarbiya, ta’lim, ezgu niyat, ezgu so‘z, ezgu ish, predmet, obyekt, etnografiya.


PEDAGOGIKA FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI

Har bir shaxs, xalq va millatning o‘ziga xos orzu umidlari va ma’naviy qarashlari bo‘ladi. Ular orasida ta’lim va tarbiyaga bo‘lgan ehtiyoj alohida o‘rinni egalaydi. Chunki har bir sog‘lom insonda tinmay bilim olib turish (Extiyoji mavjud. Aslida fikr doirasi keng va tarbiyali insongina o‘zini erkin va baxtli his qiladi.


Har qanday davlat o‘z xalqining taraqqiyot bosqichiga mos ijtimoiy tuzumni tanlab oladi. Davlatning ma’rifat tizimi jamiyat tanlab olgan tuzumning ijtimoiy buyurtmasini bajarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Bizning bugungi maorif tizimimiz demokratik davlat va bozor munosabatlariga asoslangan bo‘lishn zarur.
Kelajagi buyuk davlatni qurayotganlar tafakkuri, axloqi yangi iqtisodiy munosabatlarni tarkib toptirtishga va moddiy ne’matlar yaratishga astoydil yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Mana shunday ijobiy xislatlarga, ega insonni tarbiyalash ta’lim tarbiya tizimi zimmasiga yuklatilgan.
Yaqin o‘tmishimizdagi «sovet pedagogikasi»ning ta’lim tarbiya berish usullari barcha odamlar bir xil qobiliyatga, bir xil dunyoqarashga, bir xil ehtiyojga ega, degan ijtimoiy hayot qonuniyatiga zid, «taqlid qilish» usuliga asoslangan edi. Shu bilan birgalikda, o‘qishga hammani jalb qilish maqsadida didaktikaning oltin qoidasi bo‘lgan diqqat qildirish tamoyyliga zid holda o‘qitishga harakat qilindi. Vaholanki, pedagogika ilmi va amaliyotining ma’lumotiga qaraganda, o‘qituvchi talabalar diqqatini o‘ziga qaratib, uni dars oxirigacha saqlab turish uchun sinfdagi bolalar soni 15—20 dan oshmasligi kerak ekan. Aks holda, darslarni ijro bo‘lmasligiga, yosh avlodni esa„ «maktabga borib keluvchilar», «bitiruvchilar» va «hech narsani bilmaydigan» kishilar toifasiga aylantira boradi.
Undan tashqari, «kommunizm kishisi» andozasidan kelib chiqib, hammani birday tezkorlik bilan bilimdon qilib tarbiyalash maqsadida o‘qishning har bir bosqichida xaddan tashqari ko‘p fanlar kiritilib, hatto o‘rtacha qobiliyatga ega bo‘lgan bola ham bilimni qabul qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Natijada o‘quvchi va talabalar meyoridan ancha ko‘p axborotni ongiga sig‘dira olmasdan, borabora o‘qishga loqayd munosabatda bo‘la boshlaganlar. Berilayotgan bilimni to‘liq egallayman, degan tirishqoq bolalar, bu bilimlarni faqat taqlid usuli orqali yod olib ulgurishgan, xolos. Mexanik ravishda yod olingan bilim turg‘un bo‘lmay bola xotirasidan tez o‘chib ketadi.
Shu bilan birgalikda «sovet pedagogikasi» o‘ta mafkuralashtirilgan bo‘lib, faqat materialistik dunyoqarash, sinfiy qaramaqarshilik, milliy va hududiy xususiyatlarni hisobga olmaslik va hokazolar barcha fanlar, shu jumladan pedagogika fani mag‘iz mag‘ziga singdirilgan edi. Bunday jonsiz nazariy pedagogik adabiyotlarni tubdan qayta ko‘rib chiqib, milliy istiqlol mafkurasi va XXI asrdagi Uzbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda, jahon ilg‘or pedagogik fikrlari asosida milliy pedagogika dastur va darsliklarini yaratish zarur.
Har qanday davlatdan yuqori taraqqiyot darajasiga erishish uchun, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvorligini ta’minlash, mavjud tabiiy, iqtisodiy va inson resurslarini ishga solish va, eng asosiysi, odamlar ma’naviyatini zamon talabiga javob beradigan tarzda shakllantirish talab etiladi.



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish