Jalolova p. M., Xudayberdiyev sh. K. Pedagogika. Psixologiya


-MA’RUZA: SHAXSNING INDIVIDUAL – PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. IQTIDORLI TALABALARNI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI



Download 3,48 Mb.
bet19/77
Sana25.01.2023
Hajmi3,48 Mb.
#902153
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77
Bog'liq
Pedagogika.Psoxologiya (DARSLIK)

6-MA’RUZA: SHAXSNING INDIVIDUAL – PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. IQTIDORLI TALABALARNI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISH MUAMMOLARI
Reja:
1. Shaxsning betakror, uziga xos xususiyatlari.
2. Temperament va uning tiplari.
3. Qobiliyat va uning xillari.
4. Xarakter va uning shakllanishi.
5. Individual xususiyatlarni kasb egallash va mexnat jarayonidagi axamiyati.
Tashqi olamning aks ettirish barcha jonli mavjudotlarga xos xislat bulsada, xar bir individning unga munosabati doimo turlicha buladi. Shuning uchun xam psixik xodisalarni turlarga klassifikatsiya kilganda asosan uch gurux aloxida diqqat markazida turadi.
– psixik xolatlar;
– psixik jarayonlar;
– psixik xususiyatlar. Psixik xususiyatlar asosan aloxida aloxida olingan sub’ekt xususiyatlari deb qarash psixologiyada qabul qilingan bulib, bu individning tashqi olamga va uz ichki dunyosiga bulgan munosabatlari, ta’sirlanish kuchi, darajasi, davomiyligi va boshqalar asos kilib olinadi.
Psixik jarayonlar namoyon bulishi, odamlarning tashqi qiyofalari bir xilligi, uxshashligi xollari psixologiya tarixida juda kup kuzatilgan bulsada, shaxsning individual xususiyatlari aynan bir xilligi xodisasi tarixda xech uchratilgan emas. Masalan, tashki qiyofalari jixatidan xatto ota–onasi xam ajratib olishga qiynaladigan egizaklar xam ichki dunyosi, ta’sirlanishi, javob reaksiyalarining xar xilligi bilan yer bilan osmoncha farq qiladi.
Shaxsning individual xususiyatlari deganda shaxsning quyidagi bir biridan farq qilishiga imkon beradigan quyidagi xususiyatlari tushuniladi: temperament, xarakter, qobiliyat.
Psixikaning individual jixatdan uziga xos, tabiiy jixatdan shartlashilgan dinamik kurinishlari majmui kishining tempramenti deb ataladi.
Temperament lotincha temperamentum – narsalarning tegishli nisbati degan suzdan olingan. Temprament xaqida dastlab eramizdan oldingi beshinchi asrda yashagan vrach Gippokrat, eramizdan oldingi ikkinchi asrda yashagan Galen, uninchi asrda yashagan ibn Sino va boshqalar uz qarashlarini bildirganlar. Galen birinchi bulib temperamentning kengaytirilgan tasnifini berib, uning 13 turini sanab utgan. Keyinroq vatandoshimiz Ibn Sino temperamentni mizoj deb atab, uning issiq va sovuq turini, bu odamning rangi, qoni miqdori, quyuq yoki suyuqligiga boglikligini aytgan. Xozirgi kunda temperament oliy nerv tizimi va uning xillari bilan bogliqligi asos kilib olinib, 4 tipi borligi qabul qilingan. Bu temperamentning antik davr klassifikatsiyasiga nomi bilan uxshash bulishi kabul qilingan. Sangvinik – kon suzi bilan boglik bulib, serxarakat, kuchli ta’sirlanish, muvozanatsiz bulish nazarda tutiladi.
Xolerik–sariq ut organizmda ustun miqdorda bulishi asos qilib olinib, ta’surotni tez qabul qilib olish, kuchli quzgolish, terisiga sigmaydigan shoshqaloq odam xususiyati xisoblanadi.
Flegmatik – organizmda shilimshik modda flegma mikdori kupligi bilan ifodalanadi. Bu tipdagi odam ta’surotni bir muncha sekin qabul qiladi, ishga shoshilmay kirishadi, lekin ishni puxta, oxiriga yetkazib bajarishga layoqatli tip.
Melanxolik–qora ut miqdori bilan boglik deb, xisoblanadi. Bu tipdagi odam «ogir karvon», «tepsa tebranmas», atrofida sodir bulayotgan xodisalarga va odamlarga loqayd, «dunyoni suv bossa, tubigiga chiqmaydigan» tip. Antik davr psixologiyasidagi bu turlar keyin yana kup marta tadbiq qilinib, yana shu turt tip nomi saklanib qolgan.
Rus olimi P. F. Lesgaft temperament xossalarini organizmdagi qon va limfa miqdorini nazarda tutib belgilagan. Bu fikrga asosan organizmning quzgoluvchanligi individual xarakteristikasi va turli xil omillarga javob reaksiyalarining davomiyligi qon aylanish tezligiga va kuchiga boglik deb karaladi. Amerikalik olim U. Sheldon asrimizning 40–yillarida individual psixologik xususiyatlar gormonal sistema bilan boshkariladigan tana xususiyatlarini (organizmning xar xil tuqimalari nisbati) tugridan tugri bogliq deb xisoblaydi.
Xozirgi zamon fani tempramentga doir individual farqlarning sabablarini aynan miyaning, uning qobigi va qobig osti funksional xususiyatlarida, oliy nerv faoliyati xususiyatlarida deb biladi.
Temperamentning 4 tipi bor:
Xolerik – «jangovar, jushkin, oson va tez ta’sirlanadigan tip». (I. P. Pavlov). Chakkon, tez xarakat qiladi, kattik va tez gapiradi, uzini tutib turishi kiyin, bazan xato javob kaytaradi.
Sangvinik – xarakatchan, muvozanatli tip. Yangi shart sharoitga tez moslashadi, tez ishga kirishib tez soviydi, uz urnini, rolini tez almashtiradi,begaraz, kek saqlamaydigan tip. («Bir kop yongok»).
Flegmatik – xissiyotlari sekin paydo buladi, ammo barqaror va davomli buladi. U vazmin va yuvosh, uning jaxlini chiqarish qiyin, lekin jaxli chiqsa tuxtatish xam kiyin, qasoskor, ginachi.
Melanxolik – reaksiyalari kupincha quzgovchining kuchiga tugri kelmaydi, loqayd, lanj, uzini tez yuqotib quyadi, biror ishda tashabbuskorlik kursatmaydi. Xissiyotlari juda sekin paydo buladi.
Qobiliyat va uning xillari. Qobiliyatlar kishining shunday psixologik xususiyatlaridirki, bilim, kunikma, malakalar orttirish shu xususiyatlarga boglik buladi. Shu xususiyatlar mazkur bilim, kunikma va malakalarga taaluqli buladi. Malakalar, kunikma va bilimlarga nisbatan qobiliyatlari qandaydir imkoniyat sifatida namoyon buladi.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda, shunda xam amalga oshirilishi mumkin bulmagan faoliyatidagina namoyon buladi. (Rasm solish qobiliyati bor yuqligini shu faoliyatda aniqlanadi). Masalan, Albert Eynshteyn (1879–1955, nemis fizigi) urta maktabda uncha yaxshi uqimagan uquvchi edi, uning kelajakdagi genialligidan, aftidan xech narsa dalolat bermas edi.
Qobiliyatlar bilim, malaka va kunikmalarning uzida kurinmaydi, balki ularni egallash dinamikasida namoyon buldi.
Qobiliyatlar shaxsning mazkur faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti xisoblangan va buning uchun zarur bilim, kunikma va malakalarni egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farklarda namoyon buladigan individual psixologik xususiyatdir. Shunday qilib, qobiliyat odamlarni sifat jixatidan bir biridan farqlaydigan individual psixologik xususiyatdir.
Qobiliyatlarni sifat xususiyati deb qarab chiqadigan bulsak, u odamning murakkab psixologik xossalari sifatida namoyon buladi, va maqsadga yetish uchun juda zarur bir necha yullarni egallaganligini bildiradi. Kishida u yoki bu faoliyatga qobiliyat bulib, boshqa biriga bulmasligi mumkin, lekin uning urnini tuldirish, (kompensatsiya) imkoniyati borligidan foydalanib uni paydo kilish mumkin. (Masalan, karsokov, kur–olima O. I. Skoroxodova faoliyati).
Qobiliyatlarning sifat jixatidan xarakteristikasi insonga mexnat faoliyatining kaysi soxasida (konstruktorlik, pedagogik, iktisodchilik, sport va boshkalar) osonlik bilan uzini topa oladi, katta yutuqlarga va muvaffqiyatlarga erishadi deyishga imkon beradi. Qobiliyatlarning sifat xarakteristikasi ularga miqdoriy xarakteristikasiga uzviy boglik.
Psixologiyada qobiliyatlarni miqdor jixatdan ulchash muammosi katta tarixga ega. XIX asr oxiri XX asr boshlarida qator burjua olimlari (Kettel, Termen, Spirmen va boshkalar) ommaviy ixtisoslar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan boglik bulgan talablar ta’siri ostida ta’lim olayotganlarning qobiliyat darajasini aniqlashni taklif qildilar. Lekin bunday qarashlar xukmron doiralar manfaatiga, ularning «qobiliyatli ekanliklarini» ta’kidlashga xizmat qildi. Qobiliyatlarni ulchash usuli sifatida aqliy iste’dod testlaridan foydalanildi. Ular yordamida qator mamlakatlarda (AKSh, Buyuk Britaniya va xokazo) qobiliyatlarni aniqlash va maktablarda uquvchilarni saralash, armiyada ofitserlik, sanoatda raxbarlik lavzoimini egallash va boshqalarda amalga oshiriladi.
Aqliy iste’dod testlari mazmun jixatidan qator savollar va masalalardan tashkil topgandir. Ularni yechish muvaffaqiyati (sarflangan vaktni xisobga olib) ball yoki ochqolar yigindisi bilan xisoblanadi. Masalan, 11 yoshli bolaning aqliy qobilyatlarini aniqlash uchun ingliz maktablarida qullanilgan test: «Petr Jeymsga qaraganda balandroq, Eduard Petrdan pastrok, xammadan kura kim baland?»



A) Petr

V) Eduard

B) Jeyms

G)Aytolmayma n.

Testlar bundan boshkacharok, ya’ni ortiqcha suzni uchiring, uxshash bulgani qolsin va xokazo. Bundan tashqari labirint, boshqotirma – krossvord shaklida xam bulishi mumkin. Test natijasiga karab «aql yoshi» aniqlanadi keyin iste’dod koeffitsenti iq aniqlanadi.


Misol uchun, 11 yarim yashar bola 120 ochko tupladi, bu uning aql yoshi. Uning aqliy iste’dod koeffitsenti
iq= aql yoshi X 100 / bolaning xaqiqiy yoshi = (11,5 X 100) / 10,5= 109,5
aql yoshi 11,5, asli 14 yoshli bolaning iq; iq=(11,5 X 100) / 14=  82,1
Ilmiy psixologik taxlil shuni kursatadiki, aqliy iste’dodning bu koeffitsent funksiya xisoblanadi. Xaqiqatda esa, yuqorida tasvirlangan usullar yigindisi kishining intellektual qobiliyatlarini aniqlaydigina emas, balki yuqorida ta’kidlab utilganidek, unda u yoki bu ma’lumotlarning, kunikma va malakalarning mavjudligi bilan qobiliyatlarni aralashtirib yubormaslik kerak. Qobiliyatlarning moxiyatini tashkil etadigan bilimlar malakalarni egallash dinamikasi bunda aniqlanmay qolaveradi.
Qobiliyatlar kishining konkret faoliyatidan tashqarida mavjud bulmaydi, balki ularning tarkib topishi ta’lim va tarbiya jarayonida sodir buladi. Demak, qobiliyatlarni aniqlashning eng ishonchli yuli – bu ta’lim jarayonida bolalarning yutuqlarini dinamikasini aniqlashdan iboratdir. Bolaning qanday qilib kattalar yordami bilan bilim va kunikmalarni egallashlariga, bunday yordamni qanday qilib xar xil qabul qilishlariga qarab qobiliyatlarning kattaligi, kuchi va zaifligi xaqida asoslangan xulosalar chiqarishi mumkin. Bunday tashqari qobiliyatlarni aniqlashda shaxsni urganishning boshqa ist’edodlaridan xam foydalanish mumkin.
Qobiliyat strukturasi konkret faoliyat turi bilan belgilanadi. Bir faoliyatga bir necha qobiliyat kirishi mumkin. Masalan, pedagogik faoliyatga pedagog odobi, kuzatuvchanlik, bolani sevish, talabchanlik va xokazolar kiradi. Shulardan biri yetakchi, qolganlari yordamchi fazilatlar bulishi mumkin. Kishi kobiliyati uning yordamchi, qushimcha fazilatlariga boglik yoki shunday deb qaralishi mumkin. Masalan, bir odam uz ishini puxta, mazmunli uddalaydi, lekin artistlik, notiqliq, san’atini yaxshi egallamagani (ya’ni, yordamchi fazilatga ega emasligi) uchun uzini kursata olmaydi, ikkinchi bir odam ishni shunchaki uddalasa xam uni kuz–kuz qila oladi, uzini iste’dod egasi qilib kursata oladi. Qobiliyatlar strukturasida shu singari tomonlarini umumiy va maxsus sifatlarini farqlay olish kerak.
Odamlarni qobiliyatiga qarab tiplarga ajratish muammosi juda murakkab. Birida maxsus, birida umumiy sifat ustunlik qilishi mumkin. I. P. Pavlov qobiliyatga qarab odamlarni 3 tipga buladi: «Fikrlovchi tip», «Badiiy tip», «Urtacha tip». Bunda odamdagi ikki signal tizimi nisbatini xisobga oladi.
Kishi psixik faoliyatida birinchi signallar tizimi signallarining nisbatan ustunligi uning badiy tipga, signallar signalining nisbatan ustunligi fikrlovchi tipga, signallar vakolatining tengligi odamlarning urta tipga mansubligini belgilaydi.
Badiiy tip uchun bevosita ta’surot, jonli tasavvur, emotsiya ta’sirida paydo buladigan obrazlar yorkinligi xosdir.
Fikrlovchi tip uchun mavxumlik, mantiqiy tuzilmalar, nazariy muloxazalar ustunligi xosdir.
Qobiliyatlar taraqqiyotining yuksak bosqichi iste’dod deb ataladi. Iste’dod bu kishiga qandaydir murakkab mexnat faoliyatini muvaffaqiyatli, mustaqil va original tarzda bajarish imkonini beradigan qobiliyatlar majmuasidir. Iste’dodlarning uygonishi ijtimoiy – shart sharoitlarga boglikdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti «xammani tijoratchi qilib yubormoqda».
Aloxida olingan, yakka qobiliyatni garchi u taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan va yorqin ifodalangan bulsa xam iste’dod bilan tenglashtirib bulmaydi. Xotira, aqlning epchilligi, qullash kulamining kengligi iste’dodga yul ochadi. Bu singari sifatlarni mashxur odamlar faoliyati misolida kuramiz.
Iste’dod strukturasi oqibat natijada mazkur faoliyat shaxs oldiga kuygan talablar xarakteri bilan belgilanadi. Bu umumiy va maxsus qobiliyatlar bilan boglik. Bir qator iste’dodli bolalarni urganish natijasida ba’zi bir juda muxim qobiliyatlarni aniqlashga erishildi. Bunday qobiliyatlar yigindisi aqliy iste’dod tuzilmasini tashkil etadi. Shunday yul bilan ajratganda shaxsni birinchi xususiyati ziyraklik, yignoklik, doimo jiddiy tayyorlikdir. Ikkinchi xususiyat birinchi xususiyat bilan boglik – mexnatga tayyorligi, mexnatga moyilligi, mexnatga extiyojdir. Uchinchi xususiyati – intelektual faoliyatga bevosita boglikdir: bu tafakkur xususiyatlari, fikrlash jarayonlarining tezligi, aqlining sistemaliligi, taxlil va umumlashtirish imkoniyatlarining kupligi, aqliy faoliyatning yuksak maxsuldorligidir.
Iste’dod qator darajalariga ega bulib, maxsus iste’dod faoliyat turlari bilan, maxorat – ruyobga chikish tezligi, chaqqonligi bilan belgilanadi. Ilxomlanish – faoliyat davomida qul keladigan izchillik tizimiga ega bulish bilan xarakatlanadi va xokazo.
Xarakter va uning xillari. Xarakter – zarb qilish, belgi, tamga ma’nolarini anglatadi. Shaxsning individualligi psixik jarayonning utish xususiyatlarida (yaxshi xotira, xayol, zexni utkirlik va x.k.) va temperament xususiyatlarida namoyon buladi. Xarakter – shaxsning va muomalada tarkib topadigan va namoyon buladigan barkaror individual xususiyatlar bulib, individ uchun tipik xulk–atvor usullarini yuzaga keltiradi.
Kishining xarakterini tashkil etuvchi individual xususiyatlar birinchi navbatda irodaga – (dadillik, kurkoklik) va xissiyotga (xushchaqchaqlik, qovogi soliklik, tushkunlik va x.k.) talluqli buladi.
Xarakterning shakllanishi shaxsning rivojlanish darajasiga kura turli xildagi sharoitlar bilan qushilgan xolda (oilada, dustlar davrasida, mexnat va ukuv jamoasida, asotsial uyushmada va x.k.) yuz beradi. Uning uchun referent bulgan guruxda shaxsning individuallashuvi shakllanadi. Kishining xarakterini bila turib, uning u yoki bu xolatlarda uzini qanday tutishini, kishi xulq atvorini qanday izga solishini oldindan bilish mumkin. Jumladan, uquvchilarga jamoat topshiriqlarini taqsimlayotib, ularning nafaqat bilimlari va malakalarini balki xarakterini xam xisobga olish lozim.
Xarakter strukturasi. Inson shaxsining xarakteri xamisha kup kirralidir. Unda aloxida xususiyatlar yoki tomonlari ajralib kursatilishi mumkin, lekin ular bir birlaridan ajratilgan, aloxida xolda mavjud bulmaydi, balki, ma’lum darajada xarakterning barkaror tuzilishini tashkil etgan xolda uzaro bogliq buladi.
Xarakterning strukturaliligi uning ayrim xususiyatlari urtasidagi qonuniy boglanishda namoyon buladi. Agar kishi qurqoq bulsa, u tashabbuskorlik, qat’iylik, mustakillik, fidoiylik va oliy ximmatlik singari fazilatlarga ega bulmaydi, deb aytish uchun asoslar bor. Yoki bularning aksi bulgan fazilat soxiblari va ularning xarakterini xam shunday taxmin qilish mumkin Xarakter xususiyatlar orasida ayrimlari asosiy, yetakchi bulib, uning namoyon bulishi butun kompleksni tashkil etadi. Bundan tashqari ikkinchi darajali xususiyatlar xam bor, bular xam xarakterga ma’lum ta’sir etadi. Xarakter xususiyatlari – e’tiqod, xayotga qarash va shaxs yunalishi bilan bir emas. Xarakter tarkib topishida tevarak atrof muxitga, uziga, boshqalarga munosabatda bulishi katta axamiyatga ega.
Kishining xarakteri, birinchidan, u boshqa odamlarga qanday munosabat bildirayotganida namoyon buladi.
Ikkinchidan, kishining uziga munosabatida – obrutalablik va uz qadrini xis qilish yoki kamtarlik.
Uchinchidan – xarakter kishining ishga munosabatida namoyon buladi (vijdonlilik, ma’suliyat, ishchanlik, jiddiylik).
Turtinchidan – xarakter kishining narsalarga munosabatida namoyon buladi. (Narsalariga, kiyimiga va xokazo).
Xarakter xislatlari ichida eng ustun kuzga tashlanadigan xususiyatlar majmui xarakter aksentuatsiyasi deyiladi. (Surbetlik, molparastlik, vijdonsizlik va saxiylik, dilkashlik va x.k.).
Xarakter aksentuatsiyasiga qarab odamlarni quyidagicha farqlash mumkin: introvert tip – odamovi, ichimdagini top, boshqalar bilan til topishga qiynalish, ekstrovert tip – xis xayajonga berilganlik, kup gapirish, maqtanchoqliq, kup narsaga bekaror qiziqish va xokazo. Boshqarib bulmaydigan tiporalik, tip, gayritabiiy, sun’iy qiliqlar, e’tirozlarga murosasizlik, ba’zan urinsiz shubxalanish bilan karash. Uz salbiy qiliqlarini bila turib davom ettirish – xudbinlikninng oliy shakli.
Xarakter shakllanishining psixofiziologik mexanizmi temperament, qobiliyatnikiga uxshash bulsada, uz–uzini anglash, uz–uzini tarbiyalashga intilish asosiy yul xisoblanadi.
Shunday qilib, xarakter – shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimiga, xamkorlikdagi faoliyatiga va boshqa odamlar bilan muomalasiga jalb etiladigan xamda shu bilan uz individualligiga ega bulayotgan tiriklik paytida erishgan narsasidir. Psixologiya tarixidan xarakterni bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi–qomatiga va xokazolarga boglik deb qarash kup bulgan.
Aflotun va Arastu kishi xarakterini uning basharasiga qarab aniqlashni taxlil qilgan edilar. Kishi tashqi qiyofasida biror xayovonnikiga uxshash belgilarni topish zarur, keyin xarakter aniqlanadi, deydi. Arastu fikricha, buqaniki singari yugon burun, ishyokmaslikni bildiradi, chuchqanikiga uxshash teshiklari katta–katta keng burun axmoklikni, arslonniki kabi burun magrurlikni, echkilar, kuylar va kuyonniki singari junining mayinligi qurqoqlikni, sherlar va yovvoyi chuchqalarniki singari junining dagalligi botirlikni bildiradi.
Xarakterni aniqlashning bunga uxshash fiziognomik tizimini urta asrda yashagan suriyalik yozuvchi Abul Faraj Bar Ebreyda kuramiz. U shunday yozadi: «Yugon va kalta buyinlik kishi buyvol (yovvoyi mol) singari qaxr gazabga keladigan mayilga ega. Uzun va ingichka buyin qurqoqlik alomati. Bunday kishi bugu singari xurkadigan buladiki … qaysi birining buyni juda kichik bulsa, buri singari makkor buladi». (Abul Faraj).
XVIII asrda Iogain Kaspar Lafaterning fiziognomistik qarashlari mashxur bulib ketdi. Uning fikricha «Inson boshi–qalbini kursatadigan oinadir.» Bosh suyagi konfiguratsiyasini, imo ishorani urganish xarakterni urganishning asosiy yuli deb xisoblaydi qarashlari asossizligini uning uz qotilini bila olmagani, suxbatlashib utirgan munofiq uni otib uldirishidir. Xarakterni urganadigan soxa frenologiya deb nom olgan. (Nemis vrachi Frens Gall nomi bilan boglik.) Bosh suyagi konfiguratsiyasi asosida frenologik karta tuzgan. Lekin bu xam uzini oqlamagan.
Charlz Darvin (18091882) uzining «Odamda va xayvonlarda xis tuygularning ifodalanishi tugrisida» (1872) kitobida, fiziognomistik «xar bir individning uz shaxsiy qiziqishlariga ergashib, faqat yuzlaridagi, asosan ma’lum bir muskullarni qisqartirishi, bu muskullar kuchliroq rivojlangan bulishi mumkinligi va shuning uchun bu chiziqlar va ularning odatdagi qisqarishidan paydo buladigan yuz qisqarishi ancha chuqur va kuzga kurinarli bulishi mumkinligini jiddiy ravishda bilish kerak»: Darvinning bu goyalari kupgina psixologlarning izlanishlari uchun asos buldi.
Xarakter kishining tashqi kurinishiga ta’sir qilar ekan, uning xatti xarakatlarida, xulq atvorida, faoliyatida yorqin ifodasini topadi. Xarakter tugrisida odamlarning xatti xarakatlari asosida xukm chiqarish kerak. Odatdagi ish, faoliyat va xatti xarakatlar tizimi – kishi xarakterining poydevoridir. Xarakterni kishining odatlari xam yaxshi namoyon qiladi.
Xarakter sotsial tabiatga xam ega, ya’ni, kishining dunyoqarashiga, uning faoliyat mazmuni va shakliga, u yashayotgan va ishlayotgan jamoada, boshqa odamlar bilan qanday munosabatda bulishiga boglik. Eng muximi kishi ekstremal vaziyatda uzini yaqqol kursata oladi.
Kishining istalgan shu jumladan, ichki psixologik xolatlarga qarshilik qila olish qobiliyati uning uzini uzgartiradigan qudratli kuchi borligini, uning shaxs sifatida rivojlantirish negizini namoyon qiladi.
Shaxs nimaga va qay darajada qodirligiga qarab unda birinchi urinda konkret xarakteriologik emas balki ijtimoiy va unum insoniy qadriyatlari chiqadi va bunga u qay darajada qodir bulmasa, shaxs odatdagi vaziyatlarda boshqalardan ajralib turadigan individual sifatlari bilan benishon kumilib ketishi mumkin.
Buning ustiga odamlar aynan bir xil xolatlarni xar doim xam bir xil aks ettirmaydilar: «Kimki bajarishni istasa vosita izlaydi, kimki istamasa baxona izlaydi». Artist uzi uynagan qaxramoni xarakteriga tushib qolganini bilmay qolishi mumkin. (Italiyalik sobik firibgar ijobiy qaxramon rolini uynab avvalgi xarakterini tamomila uzgartirib yuboradi.) Yoki sobik yosh qoidabuzar unga ishonch bildirilgach shu ishonchni oqlashga urinib uzi eng odobli, intizomli kolonistga aylanishini A. S. Makarenko isbotlagan.



Download 3,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish