Жалолидин Румий



Download 0,99 Mb.
bet36/70
Sana17.05.2023
Hajmi0,99 Mb.
#939731
TuriУчебное пособие
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmua

Muhokama uchun savollar:



  1. Shoir o’z fikrini ifodalashda qanday shaxs va narsalardan foydalangan deb o’ylaysiz?

  2. Yunus Emroning ustoz fotihasini olib shoir bo’lganligi xaqida rivoyatlar bor. Siz hozirgi kundagi ustoz va shogird munosabatiga qanday qaraysiz?



2-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:

Shoirning adabiy merosi didaktik dostonning ajoyib namunasi bo’lgan «Risolat al- Nushiya» dostoni haqida tasavvur hosil qildirish.


Identiv o’quv maqsadlari:



  1. Emro ijodida Yassaviy ijodiga hamohanglik borligi haqida so’zlaydi.

  2. Turk adabiyotshunoslarining shoir ijodi ustida ilmiy izlanishlar olib borganliklari haqida ma’lumot beradi.

  3. Emroning «Risolat-al-Nushiya» dostonini tahlil qiladi.

2-asosiy savolning bayoni:

Shoir adabiy merosi ancha boy bo’lib, uning xalq yo’lida yozilgan she’rlari, g’azallari, «Risolat-al-Nushiya» nomli didaktik ruhdagi dostoni bizgacha etib kelgan. Shoir hayotligida devon tuzganmi, yo’qmi? Bu haqida turk adabiyotshunoslari turlicha fikr bildiradilar. Abulboqi Gulpinarli devon tuzgan desa, boshqa mashhur turk adabiyotshunosi M.Fuad Ko’prulu shoir devoni uning vafotidan so’ng izdoshlari tomonidan tuzilganligini aytadi. Ammo Yu. Emro she’rlarida shunday satrlarni uchratamiz:


Yunus o’lsa ismim ne ajab


O’qiyurlar mening bir devonimni.

Bundan ko’rinadiki, A. Gulpinarli fikrlari haqiqatga yaqinroq.


Shoirning adabiy merosi didaktik dostonning ajoyib namunasi bo’lgan «Risolat-al–Nushiya» dostoni haqida tasavvur hosil qilish. «Risolat- al -Nushiya» da Yunus Emro qarashlari yanada yorqinroq aks etgan. Dostonda shoirning dunyoni idrok qilishi, borliqni bilishda Aql va e’tiqod asosiy qurolligi ko’rsatilgan. Unga muvofiq inson atrofidagi aniq moddiy borliqni bilishdan boshlab, moddiy borliqdan tashqari bo’lgan «mutloq aql» haqiqatni bilishgacha bo’lgan yo’lni o’z aql idroki, qalb shuuri bilan bosib o’tishi kerak. Asarning kirish qismida shoir to’rt unsur-er, olov, suv, shamol (havo) haqida so’z yuritadi. Inson ham dunyoning bir bo’lagi sifatida shu to’rt unsurdan yaratilgan. Odamdagi yaxshi yomon xususiyatlarining asosi ham inson xarakteri-sajiyasidagi qarama-qarshiliklar ham mana shu unsurlardandir. Yu.Emro nazdida insonda, umuman, hayotda yaxshilik urug’i ko’proq, shuning uchun oxir oqibatda yaxshilik yengib chiqadi. Majoziy bu asarda voqealar «Aql» deb nomlangan shaharda kechadi. Shahardagi kurash, insondagi ziddiyatlarning – kibr va kamtaralik, xasislik va sahiylik, ochko’zlik va qanoat, yolg’on va haqiqat o’rtasidagi kurashidir. Insondagi “Rahmoniy va shaytoniy kuchlarning kurashidir, bu. Nafs, ochko’zlik balosini shunday ta’riflaydi shoir.

Bu nafs o’g’lonlari to’qqiz kishidir,


Nifoq va shirk keltirmoq alar ishidir.

Inson o’zidagi illatlardan-ochko’zlik, xasislik, xudbinlik, manmanliklardan qutulishi lozim. Zero, insonning imkoniyatlari cheksiz, ruhiy kamoloti benihoya yuksakdir”, -deydi shoir. Inson qudratiga ishonch agar u xohlasa, har qanday to’siqlarni enga olishini ko’rsatish dostonga insonparvarlik ruhini bag’ishlaydi. Zotan, odam qalb qusurlaridan o’zi qutulmasa, o’zligidan qochib, hech qaerga borolmaydi. Didaktik dostonning ajoyib namunasi bo’lgan «Risolat-al–Nushiya” Yunus Emroning inson ruhiy qudratiga ishonchi, hurfikr shoirning haqiqatga etishishi yo’lida hech qanday mashaqqatlardan qaytmasligining nazmiy in’ikosidir.


Yu.Emro she’riyatida so’fiyona g’oyanigina emas, so’fiyona obraz va ramzlarni ko’ramiz . Tasavvuf shoirlari ijodidia mashuqa, do’st deb xudoni nazarda tutganlar, shamga o’zini urayotgan parvona -ilohga intilish, may ichib, mast bo’lish –ilohiy zavq, jazava, yor bilan visol iloh bilan birlashib ketish kabi.
«So’fiyona she’riyat qonunlariga ko’ra xudo to’g’risida faqat allegorik tarzdagina so’zlash mumkin. Shuning uchun ham uni do’st yoki makkora ma’shuqa deb ataganlarki, telbalarcha sevib qolgan darveshning qalbi unga intiladi. Tasavvuf she’riyatida lirik muhabbat she’riyatning timsoli tilidan ustalik bilan foydalanilgan».
Yu. Emro pantiest sifatida har bir narsani xudoning bir zarrasi deb biladi. O’zini tabiat bilan qorishib ketgandek his qiladi. U insonni xudoning bir zarrasi deb bilar ekan, xudoni ulug’lash bilan insonni ulug’lagandek bo’ladi. Har bir narsa asliga intilganidek, inson ham asliga intiladi, ya’ni xudoga intilish kerak, intilish ilohiy ishqda ko’rinadi. Bu yo’lda inson, ya’ni oshiq turli holatlarga tushishi mumkin.
Goh esaman ellar kabi,
Goh shoshaman yo’llar kabi.
Goh toshaman sellar kabi,
Kel, ko’r meni ishq nayladi!
Men Yunusi bechoraman
Boshdan- oyog’a yaraman
Yor elida ovoraman
Kel, ko’r meni ishq nayladi!

Oshiqnig (shoirning) ma’shuqa (xudoga) ishqi, ilohga etishuvga intilishi tasavvuf shoirlari ijodida ko’p uchraydi. O’zidan keyin yashagan va turkiy tilda ijod qilgan deyarli barcha mutasavvuf shorlarga ta’siri kuchli bo’lgan Ahmad Yassaviy “Hikmat” ida buni yanada yaqqol ko’ramiz:


Ishq bozori ulug’ bozor, savdo xarom,


Oshiqlarga sendan o’zga g’avg’o xarom,
Ishq yo’liga kirganlarga dunyo xarom,
Harna qilsang, oshiq qilg’il parvardigor...

Xoja Ahmad Yassaviy satrlari bilan yuqorida keltirganimiz Yunus Emro misralarida hamohanglik Emro Yassaviy ijodi bilan tanish bo’lgan degan fikrni tasdiqlagandek bo’ladi.


Hayot va o’lim, mutloq borliq, ilohiy ishq, tabiat bilan uzviylik Emro ijodining asosiy mavzuidir. Shoir o’z fikrlarini ifodalashda tarixiy va afsonaviy shaxslar, folklordagi obrazlardan ham ko’proq real hayotdagi, tabiatdagi narsalardan foydalanadi. Masalan, shoir oddiy daraxt umrini insonga qiyoslaydi. Niholning o’sib ulkan daraxt bo’lishi, gullashi, bir qancha gurkirab –yashnashi va oxiri qurib, halok bo’lishi insonning hayot falsafasini ko’ramiz. Fasllar – kuz va undan so’ng bahor kelishi uzoq hijronda bo’lgan oshiqning yor visoliga etishi sifatida namoyon bo’ladi, kishi ko’nglidagi bahor, uning yorini ko’rib, dilga nur yugurgani, qalbidagi chechaklari ochilgani. Emro so’fiy shoir sifatida inson va tabiatni doimo uyg’unlikda ko’radi. Jonli, jonsiz tabiat ilohiylikning turlicha ko’rinishlaridir xolos. Emro she’rlarida uchraydigan bulbul, qarg’a, bulut, daraxt va boshqa ko’pgina timsollar shoirga haqiqatni aytishga xizmat qiladi. “Kul –il- haq”-to’g’ri so’zni aytish Yunus Emro shioridir. Emro haqiqatni ulkan dengizga, yolg’onni shu dengizda g’arq bo’lgan kemaga qiyoslaydi. Bashariyatning ilg’or farzandlari inson erki, haqiqat uchun qaysidir shaklda kurashganlar. Yunus Emro “xudo” inson qalbida, “iloh”ni topmasa, boshqa hech qaerda topmasligini aytib, insonni ilohiy darajada ulug’lar ekan, bundan “inson hech qachon qul bo’lishi kerak emas”, - degan mazmun chiqadi. Shoir lirikasidagi insoniy “may” ham botiniy, ham avvaliy, ham oxiriydir. Shoirning falsvfiy qarashlari didaktik ruhdagi «Risolat-al–Nushiya» (risola, kichik kitobcha, nusxa (nasixat), aqldir. “Nasixatlar risolasi” deyish mumkin) dostonida yana ham ravshanroq aks etgan. “Risolat-al–Nushiya” dostoni 1307-yili yaratilgan bo’lib, 600 baytdan oshiqroqdir. Asarning kirish qismi nazm va nasrda yozilgan. Doston o’z navbatida yana olti qismga bo’linib, har bir qism alohida nomlangan. Allegorik ruhdagi «Risolat-al–Nushiya» ichidagi har bir doston mustaqil syujetli va fikran tugallangandir. Bular quyidagicha nomlangan:
“Ruh va aql” dostoni
“Qanoat” dostoni
“Nafrat” dostoni
“Sabr ahvoli”
“Nokaslik hollari”
“Aql” dostoni

Yu.Emro turk she’riyati tarixida «oshiqlar she’riyati» deb nom olgan yo’nalishnig asoschisidir. O’zbek kitobxonlari Yu.Emro she’larini Xurshid Davron, Azim Suyun, Jamol Kamol, Toxir Qahhor, Nafisa Sultonqulova tarjimasida biladilar. Shoir ijodi haqida mazkur asar muallifining “Ishq asiri bo’lgan jon” (“O’zbekiston”, 1996 yil) kitobchasi va bir qancha ilmiy maqolalari matbuotda e’lon qilingan.


Muhokama uchun savollar.
1. “Risolat-al-Nushiya”da Yunus Emro qarashlari qanday aks etgan?
2. Shoir lirikasidagi insoniy «may» haqidagi fikringiz qanday?

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish