Жалолидин Румий



Download 0,99 Mb.
bet35/70
Sana17.05.2023
Hajmi0,99 Mb.
#939731
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Bog'liq
portal.guldu.uz-JAHON VA TURKIY XALQLAR ADABIYOTI o’quv-uslubiy majmua

Asosiy savollar:



  1. Yunus Emro she’riyatida so’fiyona g’oya, so’fiyona obrazlar.

  2. «Risolat-al –Nushiya» dostoni haqida.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar:

So’fiy, komil inson, tekke, bektoshiylik, go’yanda, ilohiy, tasavvuf.


Mavzuga oid muammolar:

1. Yunus Emroning badiiy mahorati, falsafiy qarashlari, o’sha davr she’riyatining saviyasi va turk tili haqida fikr yuritishga asos beradi. XV asr oxirida yaratilgan «Viloyatnoma» da Emro haqida qanday ma’lumotlar berilgan?


2. Yu.Emro turk she’riyati tarixida «Oshiqlar she’riyati» deb nom olgan yo’nalishning asoschisidir. Emro she’riyatidagi obrazlar haqida fikringiz qanday?


1-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi:

Emro she’riyatidagi so’fiyona g’oya, so’fiyona obraz va ramzlar xaqida talabalarda tasavvur hosil qilish.


Identiv o’quv maqsadalari:

1. Yunus Emro tug’ilgan oila to’g’risida so’zlaydi.



  1. Yunus Emro turk tarixida «Oshiqlar she’riyati» deb nom olgan yo’nalishning asoschisi ekanligini isbotlaydi.

  2. Emro ijodining asosiy mavzusi haqida hamda turk adabiyotida tutgan o’rniga baho beradi.



1-asosiy savolning bayoni.

Yunus Emro 1250 yilda eski shahardan uncha uzoq bo’lmagan, Porsuq daryosining Sakaryaga quyilishi qismida joylashgan Sariko’y qishlog’ida dunyoga keldi. Emro uning taxallusi bo’lib, tasavvuf suluklaridan biri «Tekke» sulukiga mansubligini bildiradi. Yu.Emro xalq orasida mashhur shoir bo’lsa-da, o’rta asr tazkiralarida u haqida juda kam ma’lumot uchraydi. Uning tavalludi va vafoti sanalari ham nisbiydir.


Ammo xalq orasida shoirning hayot va ijodiga oid ko’plab rivoyatlar mavjud. Garchand bu rivoyatlar Emro mashhurligidan, keng ommaning unga muhabbatidan dalolat bersa-da, ayni paytda shoir hayoti haqida aniq haqiqatni bilishni mushkullashtiradi. Masalan, Turkiyada Bursa, Sivas, Sariko’y va boshqa o’n beshga yaqin joyda Yu. Emro qabrini ko’rsatadilar. Yu.Emro qabri, shoirning piri bo’lmish Tabduq Emroga murid bo’lganligi va uning eshigida qirq (ayrim ma’lumotlarga qaraganda ) o’ttiz yil xizmat qilganligi, Yu.Emro ustoz fotihasini olib shoir bo’lganligi haqida shunday rivoyat bor: ocharchilik boshlanib, Yunusning oilasi qiynalib qoladi. Shunda Yunus chora izlab shayx Xoji Bektoshiy huzuriga keladi . Biroq nima maqsada kelganini aytolmay turganida, Xoji Bektosh «duo istab keldingmi?» -deb so’raydi . Yunus bug’doy so’rab kelganligini aytadi. Xoji Yunusga so’raganidan ortiq bug’doy beradi. Uyiga qaytayotib Yunus o’zining xato qilganini sezadi, duo emas bug’doy so’raganidan pushaymon bo’ladi va orqaga qaytib Xoji Bektoshiydan duo so’rab kelganini aytadi. Xoji Bektosh Yunusni Tabduq Emroga yuboradi. Yunus butun qalbi bilan Tabduq Emroga murid bo’lib, uning uyida o’tin tashib xizmat qiladi. Kunlardan bir kun o’tin tashib keltirgan Yunusga Tabduq: «Yunus sen biror marta ham egri o’tin olib kelmading» -dedi. Shunda Yunus: «Bu dargohga egri bo’lgan hech narsa kirolmas», -deb javob beradiki, bu Yunusning piriga e’tiqodi yuksakligidan dalolatdir. Oradan qirq yil o’tadi. Tabduq Emro dargohida tez-tez fozillar majlisi bo’lib turar, bu majlisda Yunus Go’yandi ismli ovozi shirali kishi ham qatnashardi. Tabduq Emro: «Yunus Go’yandi kuyla» deb buyuradi. Go’yandi jim. «Qo’shiq aytgin, Yunus, bizlar seni eshitmoq istaymiz –deb takrorlaydi Tabduq. Yunus Go’yandi yana jim, shunda Tabduq Yunus Emroga: «Tangrining inoyati ila senga murojaat qilish vaqti etdi, biz bu hazinaning qulfini ochurmiz, sen kuyla», -deydi. Shunda Yunus Emro qirg’oqlardan toshmoqchi bo’lgan daryodek toshib, jo’shib kuylaydi va keyinchalik xalq orasida mashhur bo’lib ketadi.
Bu rivoyatdan qat’iy nazar Yunusning Tabduq Emroga murid bo’lganligi va shoir dunyoqarashida, uning shaxs sifatida voyaga etishida, Tabduq Emroning ta’siri katta bo’lgani aniq. Buni Yunus Emro asarlarida ham ko’rish mumkin.
Rivoyatlarga ko’ra, Yu.Emroning 3000 dan ortiq she’rlari meros qolgan. Shoir vafotidan so’ng uning devoni Mulla Qosim ismli kimsaning qo’liga tushib qoladi.Qosim dengiz qirg’og’iga borib, Emro asarlarini o’qishga kirishadi. Birinchi marta mingta she’rini «shariatga qarshi ruhda» deb Mulla Qosim yoqib tashlaydi. Ikkinchi mingtasini suvga oqizadi. Uchinchi minglikdagi misralarini o’qiyotganda Mulla Qosim o’ziga atalgan shunday misralarga:
«Darvesh Yunus so’zlarini yolg’on dema,
Seni sinamoqqa Mulla Qosim keladi»

satrlariga ko’zi tushadi. Mulla Qosim Yunusni Valiy bilib, devonni o’pib, peshonasiga surtadi. Aytishlaricha, Mulla Qosim yoqib yuborgan mingta she’rni farishtalar, dengizga tushganini baliqlar kuylarmish. Qolgan mingtasini odamlar o’qib, zavqlanarmish. Balki haqiqatdan ham Emroning ko’pdan-ko’p she’rlari qolgandir. 1986 yil prof. F. Temurtosh nashr etgan Yu. Emro devonida, shoirning 325 dan ortiq g’azallari, she’rlari berilgan. Yu.Emro she’riyatida so’fiyona g’oyanigina emas, so’fiyona obraz va ramzlarni ko’ramiz. Tasavvuf shoirlar ijodida ma’shuqa, do’st deb xudoni nazarda tutganlar, shamga o’zini urayotgan-ilohga intilish may ichib mast bo’lish, ilohiy zavq, jazava yor bilan visol iloh birlashib ketish kabi. «So’fiyona she’riyat qonunlariga xudo to’g’risida faqat allegorik tarzda qo’llanishi mumkin. Shuning uchun uni makkora ma’shuqa deb ataganlarki, telbalarcha sevib qolgan darveshning qalbi unga intiladi. Tasavvuf she’riyatda lirik muhabat she’riyatining obrazli tilidan ustalik bilan foydalanilgan». Emro she’rlarida real dunyoviy obrazlar tagida ilohga intilish yotadi:


Yo’ldosh bo’laylik ikkimiz,


Kel, do’stga boraylik ko’ngil

Holdosh bo’laylik ikkimiz,
Kel, do’stga boraylik ko’ngil.



Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish