Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya


«Oila rasmi» strukturasini tahlil qilish va chizilgan hamda real



Download 11,87 Mb.
bet89/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

«Oila rasmi» strukturasini tahlil qilish va chizilgan hamda real
oila tarkibini taqqoslash
Odatda, oilada ijobiy emotsiyalarni his qiluvchi bola oilani to‘laligicha aks ettiradi. Tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, 6-8 yoshli, normal intellektga ega bo‘lgan bolalarning 85% (oilasi bilan yashovchi) rasmda oila a’zolarini to‘liq rasmini chizadi. Agar oila a’zolaridan birortasi tushib qolgan bo‘lsa, bunga alohida e’tibor berilishi talab qilinadi. CHunki u emotsional ziddiyat, oiladagi mavjud vaziyatdan qoniqmaslikdan dalolat beradi.
Ba’zi hollarda rasmda umuman odamlar aks ettirilmasligi yoki oilaga umuman aloqasi bo‘lmagan odamlar aks ettirilganligini ko‘rish mumkin. Bunday holatlar juda kam uchraydi. Buning sababi – oila bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy kechinmalar; rad etilganlik hissi; himoyasizlik hissi, yuqori darajadagi xavotirlanish hamda psixologning o‘rganilayotgan bola bilan yaxshi aloqa o‘rnata olmaganligi bo‘lishi mumkin.
Amaliyotda ba’zan bolalar oila a’zolaridan birini tushirib qolishdirishlari ham uchrab turadi. Buning sababi o‘sha oila a’zosining emotsional yoqimsizligi, u bilan nizoli munosabatning mavjudligidir. Odatda, ko‘proq aka yoki singillar rasmi chizilmay qoladi. U yoki bu oila a’zosi rasmi nima uchun chizilmagan degan savolga himoya javobi beriladi - masalan; «joy qolmagani uchun chizmadim», «U o‘ynashga ketgan» kabi. Ba’zida esa ochiqdan ochiq: «CHizgim kelmadi, chunki u men bilan urishadi», «U biz bilan birga yashashini xohlamayman» deb javob beradilar.
Ba’zan real oila a’zolari o‘rniga bola biror hayvoncha, qushcha rasmini chizishi mumkin. Bunda, psixolog uchun bola ular bilan kimni identifikatsiya qilayotganligi muhim (ko‘pincha bola oiladagi ta’sirni kamaytirishni xohlagan aka yoki ukasini shunday aks ettiradi).
Ba’zi rasmlarda bola o‘z rasmini chizmaydi yoki oilasi o‘rniga faqat o‘zini aks ettiradi. Bu bolaning o‘zini oila tarkibiga qo‘shmasligidan, oilada hamjihatlik mavjud emasligidan dalolat beradi.
Rasmda «Men»ning mavjud bo‘lmasligi qabul qilinmaslik, rad etilish hissini boshidan kechirayotgan bolalar uchun xarakterli.
Oila tarkibining kattalashtirilishi ham bizga ba’zi ma’lumotlar berishi mumkin. Odatda bu oiladagi psixologik ehtiyojlarning qondirilmaganligi bilan bog‘liq. Oilada yolg‘iz farzand bo‘lsa, affilyasiya ehtiyojlari qondirilmasa, qarindosh yoki qo‘shni bolalar yoki ba’zida kuchukcha, mushukcha rasmini aks ettirishi mumkin.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish