Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya


«Verbal tafakkur darajasini aniqlash» metodikasi



Download 11,87 Mb.
bet83/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

«Verbal tafakkur darajasini aniqlash» metodikasi
Ushbu metodika bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda verbal tafakkur rivojlanish darajasi diagnostikasi uchun qo‘llaniladi. Tekshiriluvchiga bir qator savollarga javob berish taklif qilinadi. Javoblar ijobiy yoki salbiy ballar miqdori bilan baholanadi. Test natijasi — bu alohida savollar bo‘yicha to‘plangan ballar yig‘indisi hisoblanadi («+» va «-»).


Natijalar tahlili:
1. +24 va undan baland — yuqori daraja;
2. +14dan +23gacha — yaxshi daraja;
3. 0dan + 13gacha — o‘rta daraja;
4. -1dan -10gacha — past daraja;
5. -11 va undan past — juda past daraja.


Savollar:
1. Ot kattami yoki it? Ot = 0. Noto‘g‘ri javob = -5.
2. Ertalab nonushta qilamiz. Tushdachi? Tushlik qilamiz. SHo‘rva, ovqat eymiz = 0. Noto‘g‘ri javob = -3.
3. Kunduzi yorug‘ bo‘ladi, kechasichi? Qorong‘u = 0. Noto‘g‘ri javob = -4.
4. Osmon havo rang bo‘ladi. O‘t-maysachi? YAshil = 0. Noto‘g‘ri javob = -4.
5. Gilos, nok, olxo‘ri, olma — bular nima? Mevalar = 1. Noto‘g‘ri javob = -1.
6. Poezd o‘tishidan avval nima uchun yo‘lni shlagbaum bilan to‘siladi? Mashina poezd bilan to‘qnashib ketmasligi uchun, odamlarni poezd bosib ketmasligi uchun = 1, Noto‘g‘ri javob = -1.
7. Toshkent, Namangan, Qarshi. Bular nimalar? SHahar = 1, Stansiya = 0, Noto‘g‘ri javob = -1.
8. Soat necha? (Qog‘oz soatdan 7dan 15 min., 5ta kam 8, 12dan 15 min. ko‘rsatiladi) Aniq ko‘rsatilsa = 4, qisman = 3, bilmasa = 0.
9. Sigirning bolasi buzoq deyiladi, kuchuk bolasichi? Qo‘ynikichi? Kuchukcha, qo‘zichoq = 4.
10. Kuchuk ko‘proq tovuqqa o‘xshaydimi yoki mushukkami? Nimasi bilan o‘xshashadi? Mushukka, chunki ularda 4ta oyoq, jun, dum va tirnoqlari bor = 0, mushukka (belgilarsiz aytsa) = -1, tovuqqa = -3.
11. Nima uchun hamma avtomobillarda tormoz bo‘ladi? Ikkita sabab: (tog‘da tormoz berish uchun, burilishda tormoz berish uchun; to‘qnashib ketganda to‘xtatish uchun, to‘xtash uchun) = 1, bitta sabab = 0, noto‘g‘ri javob = -1 (tormozsiz yura olmaydi).
12. Bolg‘a va bolta nimasi bilan bir-biriga o‘xshaydi? 2ta umumiy belgi (ular yog‘ochdan va temirdan yasalgan, ularni bandi bor, mix qoqish mumkin, bu ish qurollari, orqasi tekis) = 3, 1ta o‘xshatish = 1, noto‘g‘ri javob = 0.
13. Olmaxon bilan mushuk nimasi bilan bir-biridan farq qiladi? 2ta umumiy belgini ko‘rsatish (ularda 4ta oyoq, dum, jun, teri bo‘ladi — ular hayvonlar; daraxtga chiqa oladi) = 3, 1ta o‘xshatish = 2, noto‘g‘ri javob = 0.
14. Mix bilan vint nimasi bilan bir-biridan farq qiladi? Agar ular hozir stol ustida turganida ularni qanday tanirding? Vintda aylana chizig‘i bo‘ladi = 3, vint buraladi, mix qoqiladi = 2, noto‘g‘ri javob = 0.
15. Futbol, balandlikka sakrash, tennis, suzish … - bu nima? Sport turi (jismoniy tarbiya) = 3, o‘yinlar (mashq, gimnastika, musobaqa) = 2, noto‘g‘ri javob = 0.
16. Qanday transport vositalarini bilasan? 3ta erda yuruvchi transport vositasi va samolyot yoki kema = 4, 3ta erda yuruvchi transport vositasi yoki to‘liq sanalsa (samolyot, kema), faqat «transport vositasi — bu biz qaergadir borish uchun foydalaniladigan harakat vositasi» deb tushuntirilgandan so‘ng = 2, noto‘g‘ri javob = 0.
17. Qarilar yoshlardan nima bilan farq qiladi? 3ta belgi (oq soch yoki sochi yo‘q; ajinlar; ishlay olmaydi; ko‘p kasal bo‘ladi; yoshlarga qaraganda tezroq o‘ladi) = 4, bir yoki ikkita farq = 2, noto‘g‘ri javob = 0 (xassasi bor, chekadi).
18. Nima uchun odamlar sport bilan shug‘ullanishadi? 2ta sabab (sog‘lom bo‘lish uchun, harakatchan bo‘lish uchun, to‘g‘ri yurish uchun, semirib ketmaslik uchun, qiziqqanlari uchun, rekord qo‘yish, g‘alaba qozonish uchun) = 4, bitta sabab = 2, noto‘g‘ri javob = 0.
19. Agar kimdir ishdan qochsa — bu noto‘g‘ri, yomon nima uchun? CHunki boshqalar u uchun ishlashi kerak bo‘ladi = 4. U dangasa yoki kam pul topadi va o‘ziga hech narsa sotib olomaydi = 2, noto‘g‘ri javob (o‘lib qolmaslik uchun, pul topish uchun) = 0.
20. Nimaga xatga marka yopishtiriladi? Xatni jo‘natishga pul to‘llash uchun = 5, xat yozilgan odam shtraf to‘lash kerak bo‘lganligi uchun = 2, noto‘g‘ri javob = 0.
Diqqat barqarorligi va mahsuldorligini aniqlash” metodikasi.
Bolaga Landolt xalqachalari blankasi tavsiya qilinib, quyidagicha ko‘rsatma beriladi:
“Hozir biz “Diqqat-e’tiborli bo‘l va tezroq ishla” deb ataluvchi o‘yin o‘ynaymiz. O‘yinda sen boshqa bolalar bilan musobaqalashishing kerak bo‘ladi. Keyin musobaqada qanday natijaga erishishingni ko‘ramiz. O‘ylaymanki, sen ham yaxshi natijalarni qo‘lga kiritasan”.
Sinaluvchiga Landolt xalqachalari blankasi ko‘rsatilib, qatorlar bo‘yicha xalqachalarni tekshirib, ular orasida uzilishi bo‘lganlarni topish va ustidan chiziq chizib, o‘chirish vazifasi beriladi.
Topshiriqni bajarish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Har bir daqiqa o‘tgach, eksperimentator “chiziqcha qo‘y degan” ko‘rsatma beradi. Sinaluvchi qaerga kelib to‘xtagan bo‘lsa, o‘sha erga chiziqcha chizib qo‘yish kerak. Bunday ko‘rsatma har bir daqiqa tugashi bilan beriladi. 5 daqiqa o‘tgach , eksperimentator “ishni to‘xtat” deb aytadi va bola blankni kelgan joyiga ikkita vertikal chiziq chizib qo‘yadi.
Natijalarni qayta ishlashda eksperimentator sinaluvchi bola psixodiagnostik eksperiment o‘tkazilgan har bir daqiqa hamda umumiy vaqt – 5 daqiqa davomida ko‘rib chiqqan xalqachalar sonini aniqlaydi. SHuningdek, ishni bajarish jarayonida bola yo‘l qo‘ygan xatolar soni ham har bir daqiqa bo‘yicha va 5 daqiqa bo‘yicha alohida aniqlanadi.
Bola diqqatining barqarorligi va mahsuldorligi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

Bu erda: S – diqqat barqarorligi va mahsuldorligi ko‘rsatkichi;
N – bola tomonidan 1 daqiqa vaqt davomida ko‘rib chiqilgan xalqachalar soni (agar ushbu formula yordamida 5 daqiqa bo‘yicha diqqat barqarorligi va mahsuldorligining umumiy ko‘rsatkichi aniqlansa, N – 5 daqiqa davomida ko‘rib chiqilgan halqachalar soniga, n – 5 daqiqa davomida yo‘l qo‘yilgan xatolar soniga, mahraj esa 300 ga teng bo‘ladi);
n – bola tomonidan bir daqiqa vaqt mobaynida yo‘l qo‘yilgan xatolar soni.
Natijalarni qayta ishlashda S ning har bir daqiqa bo‘yicha hamda umumiy ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Qo‘lga kiritilgan natijalar asosida quyidagicha grafik tuziladi:





  1. Juda yuqori mahsuldor diqqat zonasi.

  2. YUqori mahsuldor diqqat zonasi.

  3. O‘rtacha mahsuldor diqqat zonasi.

  4. Quyi mahsuldor diqqat zonasi.

  5. Juda quyi mahsuldor diqqat zonasi.

Grafikda ushbu metodika bo‘yicha diqqat mahsuldorligining turli zonalari va diqqat psixodiagnostikasi natijalariga ko‘ra olinishi mumkin bo‘lgan tipik egri chiziqlar berilgan.


Olingan natijalar quyidagicha baholanadi:
6-7 ball – grafikning barcha nuqtalari 3 ta zona oralig‘ida joylashib, 3-grafikka o‘xshash bo‘lsa;
4-5 ball – barcha nuqtalar 4 xil zonada joylashsa va 4-grafikka o‘xshash bo‘lsa;
3 ball – grafikdagi barcha nuqtalar 5 ta zonada joylashgan bo‘lib, 5-grafikka o‘xshasa.
Diqqat barqarorligi va mahsuldorligining rivojlanish darajasi:
10 ball – diqqat barqarorligi va mahsuldorligi juda yuqori.
8-9 ball – diqqat barqarorligi va mahsuldorligi yuqori.
4-7 ball - diqqat barqarorligi va mahsuldorligi o‘rtacha darajada.
2-3 ball - diqqat barqarorligi va mahsuldorligi past.

    1. ball - diqqat barqarorligi va mahsuldorligi juda past.


Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish