Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya


Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar shaxsi kommunikativ xususiyatlarini baholash anketasi



Download 11,87 Mb.
bet13/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar shaxsi kommunikativ xususiyatlarini baholash anketasi
Ushbu anketa o‘quvchilar, tarbiyachilar va ota-onalar uchun mo‘ljallangan. Bunda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlari hamda kommunikativ xususiyatlari ekspert baholanadi.
Anketa yordamida baholanadigan shaxs xususiyatlari va ularga mos keluvchi savol raqamlari.

Baholanadigan shaxs xususiyatlari

Anketadagi xususiyatlarga mos keluvchi savollar

Muloqotchanlik
Tashkilotchanlik qobiliyati
Atrofdagilar bilan o‘zaro munosabat
Altruizm
Empatiya
Agressivlik
Himoyasizlik
Arazgo‘ylik
Adolatlilik
To‘g‘ri so‘zlik
Iltifotlilik
Itoatkorlik
Mustaqillik
Qat’iylik
Mehnatsevarlik
O‘ziga ishonch



2,3,4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
19



Anketa matni
1. Bolaning ismi sharifi, familiyasi, tug‘ilgan yili.
2. Bolaning kattalar bilan muloqatchanligi:
A) yuqori;
B) o‘rtacha;
V) juda odamovi.
3. Bolalar bilan muloqotchanligi:
A) juda muloqotchan, ko‘pincha o‘zi yolg‘iz emas, boshqa bolalar bilan o‘ynashni yaxshi ko‘radi;
B) unchalik muloqotchan emas, ko‘pincha yolg‘iz o‘ynashni yoqtiradi;
V) ba’zida yolg‘iz, ba’zida bolalar bilan o‘ynashni yoqtiradi.
4. Agar o‘quvchi (bola) muloqotchan bo‘lsa,
A) yosh jihatdan o‘zidan katta bolalar bilan;
B) tengdoshlari bilan;
V) o‘zidan kichik bolalar bilan o‘ynashni afzal ko‘radimi?
5. O‘yinda bola o‘zini qanday tutadi?
A) birgalikda o‘ynash uchun bolalarni uyushtira oladi, o‘yinda o‘ziga faqat etakchilik rolini oladi;
B) o‘yinda etakchilik, liderlik rolini ham, ikkinchi darajali rolni ham birdek bajaradi;
V) ko‘pincha o‘yinda boshqalarga bo‘ysungan holda o‘ziga ikkinchi darajali rolni oladi.
6. O‘quvchining boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabati qanday?
A) do‘stlik o‘rnata oladi va o‘yinda bolalar bilan (nizo) kelishmovchiliklarga bormaydi;
B) ko‘pincha nizolar kelib chiqdi;
7. Boshqa bolalardan o‘yinchoqlarini qizg‘onmaydimi?
A) bajonidil o‘rtoqlashadi;
B) ba’zida qizg‘onadi, ba’zida yo‘q;
V) qizg‘onadi.
8. Boshqalarga hamdard bo‘la oladimi?
A) agar nimadandir xafa bo‘lishayotganini ko‘rsa (sezsa), tinchlashtirishga, achinishga, yordam berishga harakat qilib, doimo hamdard bo‘ladi;
B)ba’zan;
V) hech qachon.
9. Boshqa bolalarni xafa qiladimi?
A) ko‘pincha xafa qiladi;
B) ba’zida xafa qiladi;
V) hech qachon xafa qilmaydi.
10. O‘quvchi kattalarga tez-tez shikoyat bilan murojaat qilib turadimi?
A) ko‘pincha;
B) ba’zida;
V) hech qachon.
11. O‘quvchi tez xafa bo‘ladimi?
A) juda tez;
B)ba’zida;
V) xafa bo‘lmaydi.
12. O‘quvchi (yoki farzandingiz) adolatlimi?
A) doimo adolatli;
B) ba’zida adolatli;
V) ko‘pincha adolatli emas.
13. O‘quvchi doimo rost gapiradimi?
A) doimo;
B) ba’zida rost gapiradi, ba’zida esa yo‘q;
V) ko‘pincha rost gapirmaydi, tez-tez yolg‘onchilik qiladi.
14. O‘quvchi doimo o‘zini xushmuomala tutadimi?
A) doimo;
B) ba’zida;
V) deyarli hech qachon xushmuomala emas.
15. O‘quvchi doimo sizga quloq soladimi?
A) doimo;
B) ba’zi-ba’zida;
V) deyarli hech qachon.
16. O‘quvchiga mustaqillik xosmi?
A) butunlay mustaqil, hamma narsani o‘zi mustaqil bajarishni yoqtiradi;
B) ba’zi-ba’zida;
V) ko‘pincha mustaqillikni namoyon qilmaydi va u uchun boshqalar bajarishini xohlaydi.
17. O‘quvchiga qat’iylik xosmi?
A) doimo boshlagan ishini oxirigacha etkazishga harakat qiladi;
B) ba’zida qat’iylik namoyon qiladi, ba’zida yo‘q;
V) odatda qo‘l urgan ishini oxirigacha bajarmaydi.
18. O‘quvchiga mehnatsevarlik xosmi?
A) juda mehnatsevar, doimo topshirilgan ishni bajonidil bajarishga harakat qiladi;
B) ba’zida ishlashni sevadi, ba’zida dangasalik qiladi;
V) ko‘pincha dangasalik qiladi.
19. O‘quvchi o‘ziga ishonadimi?
A) butunlay o‘ziga ishonadi;
B) ba’zida;
V) o‘ziga ishonmaydi.
Ushbu anketa bo‘yicha bolalarni baholashda, ekpertchi sifatida faqat ota-onalar emas, shu bilan birga tarbiyachilar, sinf rahbarlari hamda o‘quvchilar ham qatnashishlari shart.
Natijalar tahlili.
Anketa bo‘yicha olingan ma’lumotlar quyidagicha baholanadi:
“A” javobi- 10 ball;
“B” javobi- 5 ball;
“V” javobi- 1 ball;
Barcha javoblar bo‘yicha natijalar yig‘indisi hisoblanib, 18 ga bo‘linadi va bola shaxsi kommunikativ xususiyatlari, shaxslararo munosabatlar rivojlanish darajasining o‘rtacha ko‘rsatkichlari baholanadi.
Agar ota-onalarning baholari o‘qituvchi va tarbiyachilar bilan mos kelsa, bolada baholanayotgan sifatlarning mavjudligi haqida xulosa hosil qilish mumkin. Agar 3ta ekspertdan faqat 2 tasining baholari mos kelsa, bolada ushbu sifatlar etarli darajada rivojlanganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. Agar ekspertlar baholari umuman bir-biriga to‘g‘ri kelmasa, bolalarda ushbu sifatlarning mavjud yoki mavjud emasligi haqida qo‘shimcha maxsus tekshiriluvsiz xulosa chiqarish mumkin emas.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish