Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya



Download 11,87 Mb.
bet14/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

Suhbat metodi. Suhbat – bevosita muloqat jarayonida o‘quvchilar psixik xususiyatlarini aniqlash metodikasi bo‘lib, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan savol asosida o‘zi uchun kerakli bo‘lgan informatsiyani olish imkoniga ega.
Suhbat metodikasi yordamida inson xarakteri xususiyatlari, hatti-harakati motivlari, hayotining turli tomonlariga uning bahosi, biografiyasining asosiy faktlari va unga bo‘lgan munosabatlarni aniqlash mumkin.
Suhbat metodi ma’lum qoidalarga asoslanishi lozim .
1. Suhbat tasodifiy emas, rejali bo‘lishi kerak.
2. Suhbat boshida o‘quvchi qiziqadigan mavzuda gaplashish kerak.
3. Suhbat boshlanishida biografik xarakterdagi savollar berilmasligi kerak.
4.Savollar tushunarli, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda berilishi kerak.
Suhbat metodining ijobiy tomoni - shaxs bilan bevosita muloqatda bo‘lish, uning reaksiyalarini hisobga olish imkoni, qo‘shimcha, to‘ldiruvchi savollar berilishi mumkinligi. SHuni ham nazarda tutish kerakki, suhbatdan biz ob’ektiv fakt emas, balki kishining sub’ektiv fikrini olamiz.
Faoliyat maxsulini taxlil qilish metodi. O‘quvchilar yozgan inshoga qarab, o‘qituvchi uning adabiy qobiliyatini, so‘z boyligi, rivojlanish darajasi, obrazli tafakkuri haqida hulosa chiqarishi mumkin. Xuddi shuningdek, matematikadan yozma ish, chizmachilikdan topshiriq natijalariga qarab o‘quvchining individual psixik xususiyatlari, qobiliyatlari, mehnat malakalari haqida ma’lumot to‘plash mumkin.
Diagnostik metodlar: Bu metodlar shaxsning u yoki bu xususiyatlarini shunchaki ta’riflash emas, balki bu xususiyatlarni o‘rganish asosida sifat va miqdor jihatdan xarakteristika berish imkoniyatiga ega.
Diagnostika metodlariga turli xil testlar kiradi.
Test metodi yordamida kishining aqliy qobiliyatlari darajasi aniqlanadi, inson holati va ularning xususiyatlari belgilanadi, shaxsning strukturaviy sifatlari – o‘z-o‘zini baholash, emotsional barqarorlik, muammoga engil kirisha olishi o‘rganiladi.
Test inglizcha (test) so‘z bo‘lib, sinab ko‘rish, tekshirish ma’nosini bildiradi. Test tekshiruvchiga taqdim etiladigan topshiriqlar tizimi bo‘lib, uning natijasida standartlashtirilgan o‘lcham o‘tkaziladi. Test asosan individlar o‘rtasidagi farqlarni yoki turli sharoitlarda ular ko‘rsatadigan reaksiyalar o‘rtasidagt farqlarni o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
Yosh psixologiyasida test guruhlarning ijtimoiy psixologik xususiyatlarni; guruhiy holatlarning namoyon bo‘lish darajasini o‘rganish uchun ham qo‘llaniladi. Test guruhlarni ijtimoiy psixologik xarakteristikalari asosida differensiatsiya qilish maqsadlariga hizmat qiladi.
Testning standartlashtirilishi vazifalar bajarilishini baholash va uni o‘tkzishning bir xildagi (protsedura) jarayonlarni hosil qilishdan iborat. Bu esa test o‘tkazilishi mo‘ljallanayotgan, o‘rganilishi talab qilinadigan katta sonli reprezentativ sinaluvchilarda (2-3 ming) testni o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Test standartlashtirilishi 2 bosqichda o‘tkaziladi. 1 – bosqichda testni qo‘llash yo‘riqnomasi shakllanadi : topshiriqlar tanlanadi, uni o‘tkazish uchun ko‘rsatmalar ishlab chiqiladi, sinaluvchiga beriladigan instruksiya tuziladi, va testni o‘tkazishning boshqa masallari ko‘rib chiqiladi. 2 – bosqichda normalar aniqlanadi, ya’ni test natijalarini boholash uchun boshqa individlar yoki guruhlar natijalari bilan solishtirish uchun normalar sistemasi belgilanadi.
Testning ishonchliligi – bu shu test qayta o‘tkazilganda (aynan shu tekshiruvchilarda) olingan ma’lumotlarning bir biri bilan mos kelishi. Ishonchlilikni boholashning asosiy ko‘rsatkichi korreksiya koeffitsenti.
Testning validligi – test qanday maqsadda yaratilgan bo‘lsa, o‘sha maqsad uchun qo‘llanaladi.
Qo‘llanalish sohasiga qarab:

    1. Intellekt testlari

    2. Maxsus qobiliyatli va yutuqqa erishish testlari

    3. Shaxs xususiyatlarini aniqlash testlari

    4. Qiziqishlar, ustanovka, qdryatlarni aniqlash testlari

    5. Shaxslararo munosabatlar diagnostikasi uchun mo‘ljallangan testlar farqlandi.

Masalan, shaxslararo munosabatlarni va shaxs sifatlarini diagnostika qilish uchun ko‘pincha amerikalik psixolog T. Liri tomonidan yaratilgan metodika qo‘llaniladi. Bu metodik so‘rovnoma bo‘lib, 128 ta punktdan iborat. Sinaluvchi o‘zi va atrofidagilarga muayyan xislatlarning mavjudligini, shuningdek, o‘zida va sheriklarida bo‘lishini xoxlaydigan sifatlarni ko‘rsatadi. Natijalar qayta ishlangach, tadqiqotchi sinaluvchining shaxsi, yo‘nalishini aniqlab va shu asosda shaxslararo o‘zarota’sirni prognoz qilishi mumkin.
Shunday qilib, testlar – bu maxsus metodlar bo‘lib, u yoki bu ijtimoiy psixologik hodisa qisqa muddat ichida tekshiriladi. Testlar asrimizning boshlarida kashf qiliangan bo‘lib, ular 20 – 30 yillarda hayotga, amaliyotga shiddat bilan kirib keldi. Natijada maxsus soha – psixometrika yuzaga keldi. Testlarni qo‘llashning qulayligi shundaki, bir test yordamida ma’lum ob’ektning u yoki bu xususiyatlarini bir necha marta, takroran sinab ko‘rish mumkin.

Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish