O`z-o`zini nazorat qilish uchun savollar:
Taraqqiyot psixologiyasini o`rganishning ahamiyati nimada?
Psixika va xulq-atvorda yuzaga keladigan qanday o`zgarishlarni farqlash mumkin?
Taraqqiyot psixologiyasining muammolari nimalardan iborat?
TARAQQIYOT PSIXOLOGIYASI FANINING TADQIQOT METODLARI
Reja
Taraqqiyot psixologiyasining tadqiqot metodlari tasnifi.
Taraqqiyot psixologiyasida psixologik tadqiqot o‘tkazish bosqichlari.
Taraqqiyot psixologiyasida qo`llaniladigan metodlar tavsifi.
Ma`lumotlarni matematik qayta ishlash metodlari.
Psixologik tadqiqotni o`tkazishga qo`yiladigan talablar.
Tayanch iboralar: metod, tashkiliy metodlar, empiric metodlar, ma`lumotlarni qayta ishlash metodlari, kuzatish, suhbat, sotsiometriya, test, proektiv metodikalar,anketa.
Ta’lim - tarbiya jarayonida shaxsga individual yondoshish uchun ularning individual - psixologik xususiyatlarini, shaxsning o‘ziga xosligini bilish, o‘rganish zarur. “Agar pedagogika odamni har jihatdan tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u oldin o‘sha odamni ham har jihatdan bilib olishi kerak” , — deb yozgan edi K.D. Ushinskiy.
Shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘rganish usullari bilan qurollanish shart.
Demak, taraqqiyot psixologiyasi asoslarini bilish har bir fan o‘qituvchisi, har bir pedagog, har bir psixolog va har bir shaxs uchun muhim ahamiyatga ega.
Har bir fanning o‘z predmetini o‘rganish metodlari bo‘lgani kabi, taraqqiyot psixologiyasi ham psixologiya fanining alohida bo‘limi sifatida o‘z tadqiqot metodlariga ega.
Taraqqiyot psixologiyasining metodlari faqat nazariy, ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, balki kundalik, amaliy vazifalarni hal qilish uchun ham zarur.
Rus psixologi B.G.Ananev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga bo‘linadi:
Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari
kiradi. Taqqoslash–umumiy psixologiya, jamiyat psixologiyasi, pata psixologiya va defektologiyada keng qo‘llaniladi. YOsh psixologiyasida o‘rganilayotgan psixik jarayonlarning dinamikasini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Longityud(uzluksiz) - uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o‘rganiladi. aniqlanadi). Kompleks – psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar ishtirokida o‘tkaziladi (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijtimoy taraqqiyoti aniqlanadi).
Emperik metodlar: kuzatish va o‘z-o‘zini kuzatish; eksperimental psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervyu); faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari.
Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statistika) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi.
Interpretatsiya yoki tavsiflash metodlari: Genetik va strukturaviy (“donalash”) metodlar Genetik metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holatlari ajratib ko‘rsatiladi (vertikal aloqa). Strukturaviy metodda esa shaxsning barcha xarakteristikalari o‘rtasidagi “gorizantal” aloqalar aniqlanadi.
Taraqqiyot psixologiyasida tadqiqot o‘tqazishning quyidagi 4- bosqichi ajratib ko‘rsatiladi:
Birinchi bosqich – tayyorgarlik bosqichi. Bunda har xil vositalar yordamida material o‘rganiladi, dastlabki ma’lumotlar to‘planadi (o‘quv mashg‘ulotlri va mehnat faoliyati chog‘ida , turmushda, ataylab uyushtirilgan suhbatlar jarayonida kuzatuvdan foydalaniladi, ba’zan maxsus tanlangan savollar yozilgan anketalar qo‘llaniladi, biografik m’lumotlar aniqlanadi, anamnez to‘planadi, ya’ni tadqiq qilinayotgan faktning hosil bo‘lishiga qadar mavjud shart – sharoitlar ta’riflanadi va hokazolar).
Ikkinchi bosqich – xususan eksperimental bosqich bo‘lib, tadqiqotning konkret metodikasi amal qiladi va o‘z navbatida bu bosqich birin – ketin qo‘llniladigan qator bo‘g‘inlarga – eksperiment seriyalariga bo‘linadi.
Tadqiqotning uchinchi bosqichi – tadqiqot ma’lumotlarini sifat jihatidan qayta ishlashdir. U psixologiyaning matematik apparatini – dastlab ilgari surilgan gipotezaning tasdig‘i tarzida olingan xulosalarning haqqoniyligi haqida hukm chiqarish imkonini beradigan turli xildagi statistik usullar va ehtimollik nazariyasining asosiy qoidalarini qo‘llashni taqozo etadi.
Tadqiqotning to‘rtinchi – bosqichi olingan ma’lumotlarni izohlab berish, ularni psixologik nazariya asosida talqin qilish, gipotezaning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini uzil – kesil aniqlashdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |