Jalilova s. X. Taraqqiyot psixologiyasi va differentsial psixologiya



Download 11,87 Mb.
bet88/129
Sana03.07.2022
Hajmi11,87 Mb.
#733758
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   129
Bog'liq
taraqqiyot psixologiyasi o`quv qo`llanma

«OILA RASMI» METODIKASI
Tadqiqot uchun - oq qog‘oz (21 x 29sm hajmdagi), 6 xil rangli qalam (qora, qizil, ko‘k, yashil, sariq, jigarrang), o‘chirg‘ich zarur. Bolaga qo‘yidagicha ko‘rsatma beriladi: «Iltimos, o‘z oilang rasmini chiz». Bunda «oila» so‘zining ma’nosini tushuntirish ta’qiqlanadi. Agar bola nima chizish kerakligini so‘rasa, psixolog ko‘rsatmani qayta takrorlashi zarur. Vazifani bajarish vaqti chegaralanmagan (ko‘pincha 35 minutdan oshmaydi). Vazifani bajarish jarayonida bayonnomada quyidagilar qayd qilinishi zarur:
A) detallarni chizish ketma-ketligi;
B) 15 sekunddan ortiq pauzalar;
V) detallarni o‘chirish;
G) bolaning spontan (dabdurustdan, o‘z-o‘zidan berilgan) izohlari;
D) emotsional reaksiyalar hamda ularning tasvir mazmuni bilan aloqasi.
Vazifa bajarib bo‘lingach, psixolog verbal yo‘l bilan iloji boricha ko‘proq ma’lumot olishga harakat qilishi lozim. Odatda quyidagi savol bilan murojaat qilinadi:
Ayt-chi, bu erda kim tasvirlangan?
Ular qaerda tasvirlangan?
Ular nima qilishayapti?
Buni kim o‘ylab topdi?
Rasmda chizilganlarning eng baxtlisi kim? Nima uchun?
Ulardan eng baxtsizi kim? Nima uchun?
Oxirgi ikkita savolga agar bola javob bergisi kelmasa, uni majburlash mumkin emas. CHunki u hissiyotlar bilan bog‘liq.
Suhbat davomida psixolog bola chizgan rasmning mazmunini aniqlashga harakat qilishi zarur:
- agar oila a’zolaridan biri tasvirlanmagan bo‘lsa, unga nisbatan hissiyotlarini;
- uning sabablarini, rasmdagi alohida detallar (hayvonchalar, qushchalar) bola uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini bilish muhimdir. Ammo bunda iloji boricha, to‘g‘ri, bevosita savollarga murojaat qilmaslik zarurki, bu bolada tashvishlanish, himoya reaksiyalarini keltirib chiqarishi mumkin. Ko‘pincha bunday hollarda proektiv savollarga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir (masalan, «agar qushcha o‘rniga odam rasmi chizilgan bo‘lsa, u kim bo‘lishi mumkin?», «Akang bilan musobaqalashsang kim yutgan bo‘lardi?», «Biror erga bormoqchi bo‘lsa, akang o‘zi bilan kimni olib ketar edi?»).
Suhbatdan so‘ng bolaga 6 turdagi vaziyatni hal qilish taklif qilinadi: ulardan uchtasi oila a’zolariga nisbatan negativ hissiyotlarni, uchtasi ijobiy munosabatni aniqlashga qaratilgan:
Tasavvur qilaylik, sirkka 2ta chiptang bor. Kimni o‘zing bilan birga sirka taklif qilar eding?
Tasavvur qilaylik, oilangiz mehmonga borishi kerak. Biroq kimdir kasal bo‘lib uyda qoladi. U kim?
Konstruktordan uy yasayapsan, lekin uning uddasidan chiqa olmayapsan. Kimni yordamga chaqirasan?
Senda qiziqarli filmga bir necha chiptalar bor, lekin u oila a’zolarining sonidan 1taga kam. Uyda kim qoladi?
Tasavvur qilaylik, sen kimsasiz orolga tushib qolding, u erda kim bilan yashashni xohlarding?
Senda qiziqarli loto o‘yini bor. Oila a’zolaring bilan uni o‘ynamoqchisizlar. Ammo bitta odam ortiqchalik qilayapti. Kim loto o‘ynamaydi?
Interpretatsiya uchun quyidagilarni bilish zarur:
a) tadqiq qilinayotgan bolaning yoshi;
b) oila a’zolari soni, aka-singillari yoshi;
v) agar iloji bo‘lsa, bolaning uy va bog‘chadagi, maktabdagi xulqi haqida ma’lumotlar.
«Oila rasmi» metodikasi interpretatsiyasini shartli 3 qismga ajratish mumkin:

  • «oila rasmi» strukturasi tahlili;

  • oila a’zolari grafik tasviri xususiyatlari tavsifi;

  • rasm chizish jarayoni tahlili.


Download 11,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish