Fallik bosqich. Bu davrda bola o‘zining va boshqalarning jinsiy organlariga qiziqa boshlaydi. O‘g‘il va qizlarning jinsiy tafovutlarini farqlay boshlaydi. Jinsiy identifikatsiya. Edip komleksi rivojlanadi. Uning mohiyati shundan iboratki, bola qarama qarshi jinsdagi ota-onasiga nozik hislarniseza boshlaydi. Bunda bola qarama-qarshi jinsdagi ota-onasini o‘ziga raqib deb hisoblab, ong osti darajasida uni bartaraf qilishni xohlaydi.
Bunda o‘z jinsidagi ota yoki onasiga nisbatan agressiv munosabat bildiriladi. Edip kompleksi bilan bog‘liq bo‘lgan nizo bolaning qarama- qarshi jinsdagi ota yoki onasiga nisbatan hislaridan voz kechib, o‘z jinsi ota yoki onasiga o‘xshashga harakat qilishi oqibatida bartaraf qilinishi mumkin.
Edip kompleksini bola psixoseksual rivojlanishining zarur bosqichi sifatida qarash mumkin. Jinsiy ongning tarkib topishi nafaqat o‘z jinsi, balki boshqa jins haqida ham tasavvurlarning shakllanishini taqozo qiladi, ya’ni bolada ayol va erkak jinsi haqida tasavvurlar mavjud bo‘lishi kerak.
Fiksatsiya (qotib qolish): “xotin-ona”, “er-ota” munosabatlari shakllanib qolishi mumkin. SHuningdek, gomoseksual orientatsiyalarga olib kelishi mumkin.
Latent bosqich “libido” namoyon bo‘lishi “yopiq” tarzda bo‘ladi.
Seksual faollik va qiziqishlarning pasayishi bilan xarakterlanadi. Bu bosqichning markaziy momenti ta’lim va ijtimoiylashuv bo‘lib, bola har bir jinsga tegishli xulq-atvor shakllarini o‘zlashtiradi. Bu bosqichda Freyd bo‘yicha fiksatsiyalar kuzatilmaydi. Biroq jinsiy xulq-atvor shakl va ustanovkalarini etarlicha sho‘lashtirmaslik psixik infantilizmga, o‘zining va boshqa jinsning jinsiy rollarini noadekvat tushunishga olib keladi.
5.Genital bosqich (jinsiy etilish – 12 va undan yuqori yoshlar). Qarama-qarshi jinsga qiziqish va sevgi vujudga kelish davri.
Freyd nazariyasi inson, shaxs boyligini psixoseksual rivojlanishga bog‘lab qo‘yadi. Lekin, inson hayotining muhim tomoni bo‘lishiga qaramay, psixoseksual rivojlanish shaxsni tarkib topishi, psixik rivojlanishning yagona asosi (sterjeni) sifatida qaralishi mumkin emas.
Shuningdek, Freyd shaxs rivojlanishini biologik jihatdan berilgan energiyaning kengayishi sifatida qarab, insonning o‘z-o‘zini takomillashtirish, o‘z yo‘lini tanlash imkoniyatlarini rad etadi.
Freyd konsepsiyasidagi kamchiliklar uning davomchisi E.Erikson nazariyasida kompensatsiya qilinadi. Erikson psixoanaliz asoslaridan voz kechmagan holda insonning o‘z “Men”i haqidagi tasavvurlarini rivojlanishida sotsiumning etakchi roli to‘g‘risidagi g‘oyani rivojlantirdi.
Amerika psixologi E.Erikson inson umrini 8 ta davrga ajratadi va ular o‘ziga xos, betakror xususiyatlarga ega deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |