Jahongir Muhammad Tarixiy roman Qotil birinchi bob



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/32
Sana24.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#189740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
1 5165658931854311881

OLTINCHI BOB 
...1990 yil. Karimov qozi va mufti bilan suhbatlashmoqda. U qozining gapini bo‘ldi: 
-Bugungilarni faqat nasha bilan aldab bo‘lmaydi. Xudoni o‘rtaga qo‘ysangiz ham 
tonib ketishadi. Bugungilarga ishonib bo‘lmaydi, kichkina mansab uchun hamma 
narsani sotib yuborishadi. 
-Gap tarbiyada,-deya javob qildi qozi.- Sho‘rolar davrida bularning iymoni ham, 
ishonchi ham yo‘qoldi. Bu bir tomondan yomon. Ular Xudoga ishonmaydigan 
bo‘ldilar. Ammo ikkinchi tomondan yaxshi. Ularni har narsaga ishontirish mumkin. 
-Mening shayxlik qilishga na vaqtim, na toqatim bor,-dedi Karimov. 
-Junbushga kelgan yoshlarning yoniga borib, “Islom davlati qurib beraman” 
desangiz, bas, keyin... keyin... ular qochib chiqib ketadigan yo‘llarini biz tomonga 
burib qo‘yasiz, oralaridan fidoyilarni mana men o‘zim tanlayman,-dedi qozi. 
Ular yana ancha gaplashib, chiqib ketganlaridan keyin Karimov maslahatchisi 
Alimovga: 
-Men bu ikki mullaga ham ishonmayman,-dedi.- Bunisiga muftilik kerak. Hozir 
unga qarshi kayfiyat kuchaygan. Mening madadim bo‘lmasa onasini 
uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatishadi. Shuning uchun oshnasi qozini boshlab kelgan. Ammo 
ularni o‘z og‘zidan ilintirish kerak. Ular bizni emas, biz ularni qo‘llanaylik. 
Aytganlarini qilaylik. Shu bahonada hamma diniy guruhlardan qutulamiz. 
Faollarinii qozining huzuriga jo‘natasan. Men yaqinda Hollandiyaga boraman va 
o‘sha yerda bayonot berib, bizda diniy ekstremizm tahlikasi kuchli degan gapni 
aytaman. Shundan keyin butun G‘arb ham bizning hamkorimizga aylanadi. 
Qozining yo‘liga o‘tganlarni esa g‘arbga qarshi qo‘yamiz. Bolalaringni to‘plab, 
buning planini qilinglar. Bir joygan bir og‘iz gap chiqsa og‘zingni butunlay tikib 
qo‘yaman.. 
Alimov odati bo‘yicha indamay turdi. Karimov esa odati boyicha davom etdi: 
-Samarqand rayoni bilan Pastdarg‘om rayoni orasida Xishrav degan joy bor. O‘sha 
yerda askarlarning maxsus poligoni bor. Hozir IIVning 7-bo‘limi foydalanmoqda. 
Ularni birorta qurilish idorasiga ko‘chir. Xishravda fidoyilarni tayyorlaysan. 
Darvoqe, muftining uyiga tomdan bitta granat uloqtirib, uni dushmanlaring qildi deb 
qo‘rqitib qo‘ylaring. Qancha qo‘rqsa, shuncha bizga yaqin bo‘ladi. Agar o‘yinda 
faol qatnashmasa bitta komissiya yuborib, delo qilib qo‘y. Bularni yaxshilab 
jilovlamasang, paytini poylab qorningni yorishadi. 
-Haligi guruhga oladiganlarimiz, o‘zimiznikilardan bo‘lsinm-mi?-dedi Alimov. U 
hech qachon mana bu ishni mana bunday qilaylik demas edi. Taklifini savolga o‘rab 
aytar va Karimov darhol uni tushunar edi. Endi ham u o‘zimiznikilarni 
aralashtirmasak yaxshi bo‘lardi degan gapni savolga o‘rab Karimovning oldiga 
tashladi. 


-Yo‘q,-dedi Karimov,-o‘zingniki go‘rga ham yaramaydi. Boshqa millatlardan 
bo‘lsin. Masalan MXXning ilgarigi Dzerjinskiy maktablaridan rus tilli yigitchalarni 
terib olasan. Shuningdek, qamoqlarni ko‘rib chiq va milliy nizolar tufayli 
qamalganlar orasidan ham tanla! 
-Bir ikkita o‘zimizdan ham qo‘shmasak, keyin mummolar chiqib ketmasmikan?,-
dedi Alimov qo‘lidagi papkasini ko‘kragiga bosib. 
-Undan bo‘lsa, sport to‘garaklarida chiniqqan bolalardan ham tanla. Avval bir narsa 
bilan ayblab qamaysan, urasan, momotaloq qilasan, o‘limiga rozi bo‘lsin, keyin men 
uni avf etib, katta maosh belgilab qo‘aman. Shunda ham ota-onasi, yaqinlarini 
garovda saqlaysan. 
-Har ehtimolga qarshi, bir narsani so‘raqmochi edim,- dedi Alimov.- Mabodo chetga 
bir gap chiqib qolsa, nima qilamiz? 
-Gap chiqmasligi kerak, tamom! 
Karimov biroz o‘ylab turdi-da: 
-Bo‘pti keyinchalik ularni Prezident gavrdiyasi deb rasmiylashtiramiz. Ammo 
rasmiylar yonida norasmiylari ham bo‘lsin. Istagan paytda istagan odamni 
yo‘qotadigan, uyiga o‘t qo‘yadigan, qochib ketsa ushlab keladigan, mitinglarni 
tarqatadigan, hukumatdagilarni, viloyatdagilarni kuzatadigan maxsus bo‘limlar 
tuzasan. Yer ostida ilon yursa bilishimiz kerak,-dedi. 
-Bu MXXni ishiga o‘xshab qolmaydimi?-so‘radi Alimov. 
-Ayni paytda IIV ni ham, MXXni ham nazorat qilamiz. Lekin hozircha bu 
idoralarning rahbarlarini qo‘llan, keyin ularni yo‘qotamiz. Sening bolalaringdan 
keladigan maʼlumot asosida ularning maʼlumotlarini bir ikki puchga chiqarsak, 
oyog‘lari kuygan tovuqdek pitirlashib qolishadi. Ha, aytish esimdan chiqibdi, 
Jo‘rabekov bilan Umrzoqov bitta hojatxonaga boradigan bo‘lib qolishgan. Ikkalasi 
ham seni yomonlab yuribdi. Mana bu deloni tayyorlab kelishibdi. Rahim Rajabov 
ham ularga qo‘shilgan. Hammasini kuzatuvga ol! O‘zingga yaqin bolalardan 
birortasi bo‘lsa, olib, kel, ish beraman, bu ham ularga tayoq bo‘ladi… 
Alimov shu kuniyoq Samarqanga bordi va viloyat hokimi Abdurahmonov bilan 
Xishrav posyolkasiga yo‘l oldi. Avvaliga Abdurahmonov hech narsadan bexabar 
edi. Keyinchalik bilsa ham bilmaslikka oldi. Tez orada Xishravda maxsus batalon 
tuzildi. Alimov viloyat hokimiga, IIV vaziri va MMX raisiga prezident gvardiyasini 
tuzmoqdamiz, desa-da, aslida dor ostidan qochganlar bir joyga to‘planayotganidan 
ular vahimaga tushayotgandilar… 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish