3-
§
. Lizing qiymati va uni hisoblash usullari
Lizing shartnomasining muhim qismi lizing to‗lovlari tartibini
o‗rnatishi hisoblanadi. To‗lovlar lizingga beruvchining xarajatlarini
qoplashi va unga foyda keltirishi kerak. Shuning uchun lizing bo‗yicha
to‗lovlar miqdori molk-mulk qiymatiga, ijaraga berilish vaqtiga,
lizingning foiz stavkasiga, to‗lov miqdori va ularni to‗lashning grafigi va
boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi.
544
mumkin. Bu yerda trast mulk egasini hayotligida ham ishlayveradi.
Meros trastlari, ko‗pincha, mulk egasi tarafidan o‗z mulkini trast
shaklida bo‗lib berish niyati bo‗lgan paytlarda tashkil etiladi.
Trastlarning har ikkala turi ham bank tomonidan trast
shartnomasiga asoslangan holda boshqariladi. Trastni tashkil etuvchi
investitsiyalar bo‗yicha qat‘iy yo‗nalishlarni belgilab qo‗yish bilan bir
qatorda, bankka qarorlar qabul qilishda ma‘lum bir darajada yengilliklar
ham taqdim etilishi mumkin. Bu yerdagi asosiy maqsad daromad, ya‘ni
asosiy kapitalning saqlanib qolinishi hamda risk darajasi o‗rtasidagi
balansni saqlab qolishdan iborat.
Shuningdek, bank otaliq vazifasini ham bajarishi mumkin. Bu
borada bank aktivlarning jamlanishi va saqlanishi, barcha da‘volar
bo‗yicha javob berish, kerakli qarz va meros to‗lovlarni amalga oshirish
ishlarini o‗z zimmasiga oladi. Shaxsiy trast xizmatlarining yana bir turi
– bu «xususiy agentlik hisob varag‗ini» olib borish hisoblanadi. Unga –
asosan bank agent sifatida xususiy shaxsning asosiy aktivlari, moliyaviy
ishlarini boshqarish va kunlik xarajatlarini amalga oshirish ishlarini o‗z
zimmasiga oladi. M.d. bank xususiy shaxs uchun maosh olish, foiz yoki
dividendlar olish va to‗lash, arenda va qarz majburiyatlarini, shaxsiy
xarajatlarni to‗lash ishlarini amalga oshirish mumkin.
Trastning ushbu turida bank xodimlari kerak bo‗lganda o‗z
irodalariga muvofiq ish yuritishlari mumkin Unda bu trast «boshqarish
huquqiga ega ishonch schyoti» deb nomlanadi Agar bunday huquq bank
xodimlariga berilmagan bo‗lsa ular har bir operatsiyani amalga oshirish
uchun ruxsat olishlari shart, ammo har ikkala holatda bank o‗zining
mijozini doimiy ravishda operatsiyalar haqida xabardor qilib turishlari
kerak Tijorat korxonalariga ko‗rsatiladigan trast xizmatlarini 2 turga
ajratsa bo‗ladi: agentlik va kafillik Agentlik trastlariga asosan bank
firmaning xususiy agenti sifatida ish yuritib ko‗pincha, mijozning
manfaatini ko‗zlagan holda qimmatbaho qog‗ozlarni chiqaradi ular
bo‗yicha dividendlar to‗laydi hamda hissadorlarning talablariga asosan
ularni qaytadan moliyalashtiradi va muddati kelgan majburiyatlarning
qarzini o‗zadi Kafillik operatsiyalari bo‗yicha esa trastlar asosan katta
kompaniyalarning ta‘minlanmagan mablag‗lari sotiladigan tijoriy
qog‗ozlar bozorining ishlashi bilan bog‗liq Banklardagi trast bo‗limlari
tijoriy qog‗ozlarni sotib olish bo‗yicha hisobini yuritadi realizatsiya
qilinadigan qimmatli qog‗ozlarni investorlarga yetkazib berishni
ta‘minlash hamda muddati kelgan qimmatli qog‗ozlarning egalariga
529
bo‗yicha davlat obligatsiyalari v.b. Ko‗plikdagi moliyaviy mahsulot
iste‘molchilarning va investorlarning keng qamrovi uchun chiqariladi.
Bank yangi mahsulotining keyingi xususiyati ularning limitlangan
yoki limitlanmagan shaklda bo‗lishidir.
Limitlangan bank mahsuloti - hajmi yoki miqdori qat‘iy
chegaralanmagan mahsulot. Bu hajm mahsulot ishlab chiqarayotgan
vaqtda o‗rnatiladi. Hajmining ko‗lami bank ustav kapitali miqdori,
iste‘molchilar talabi va boshqa shu kabi omillar orqali aniqlanadi.
Limitlangan bank mahsulotiga aksiya, obligatsiya, kredit shartnoma turlari
va boshqalar kiradi. Bu mahsulot aniq xaridorni hisobga olgan holda
chiqariladi.
Limitlanmagan bank mahsuloti hajmi chegaralanmagan mahsulot
hisoblanadi. Limitlanmagan bank mahsulotlari – hisob-kitob va kredit
plastik kartochkalar, turli bank xizmatlari v.b.
Yangi bank mahsuloti mulk va mulk huquqi shaklida ham bo‗lishi
mumkin.
Shunday qilib, bank innovatsiyasi tarkibiga banklarda paydo
bo‗lgan yangi bank mahsulotlari kiradi.
Hozirgi
paytda
O‗zbekiston bank tizimida ham bank
xizmatlarining yangi turini joriy qilish, ya‘ni axborot texnologiyalari
asosida bank operatsiyalarini o‗tkazish, mijozlarga plastik
kartochkalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, bank va
mijozlarni turli dasturiy ta‘minotlar bilan ta‘minlash, mijozlarga uyida
xizmat ko‗rsatish tizimini rivojlantirishga katta e‘tibor berilmoqda.
Shaxsiy kompyuterni bank kompyuter tizimiga bog‗lash quyidagi
operatsiyalarni bajarish uchun imkoniyat yaratadi: joriy kun hisobi
bo‗yicha balansni olish, qoida va yo‗riqnomalar bilan tanishish; tegishli
davr mobaynida hisobdagi pul mablag‗larining harakati to‗g‗risida
hisobot olish; tovar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni amalga
oshirish; qimmatli qog‗ozlar bilan bog‗liq va boshqa operatsiyalarni
amalga oshirish. Yuqorida qayd etganimizdek, hozirgi paytda
respublikamiz tijorat banklari «Bank - mijoz» tizimi bo‗yicha o‗z
mijozlariga uylariga va ishxonalariga bank xizmatlarini ko‗rsatishni
taklif qilmoqda. Mijozlar - tizimdan foydalanuvchilar bankdan disket va
parolni
oladilar hamda shundan so‗ng to‗lov topshiriqnomasini
to‗ldirishlari va elektron imzo chekilgandan so‗ng modem bo‗yicha
bankka yuborishlari mumkin. Bankda hujjatlar qabul qilinadi,
tekshiriladi va kamchiliklar topilmasa, mijozning hisobidan pul
mablag‗lari avtomatik ravishda ko‗chiriladi.
530
«Bank - mijoz» tizimi to‗lov hujjatlarini bankka u‗zatish,
mijozning hisobidan ko‗chirmalar olish, mijozlarning hisobiga pul
mablag‗larining kelib tushishi bo‗yicha to‗lov hujjatlarining nusxasini
olish, bank bilan elektron matnli xabarlar orqali axborot almashinish,
axborot
tariqasidagi
ma‘lumotlarni olishimkonini beradi va
uzatilayotgan ma‘lumotlarning maxfiyligi, saqlanishini va xaqqoniy-
ligini ta‘minlaydi. Mijozlarga uylarida xizmat ko‗rsatish tizimi chakana
bank xizmatlarining asosiy shakliga aylanib bormoqda. Bank bo‗limlari
tomonidan mijozlarga ko‗rsatiladigan xizmatlar, kredit va to‗lov
kartochkalari, bankomatlardan foydalanishga asoslangan xizmatlarni
mijozlarga uylarida ko‗rsatiladigan bank xizmatlarining yagona tizimini
shakllantiradi. Respublikamiz bank tizimida mavjud bo‗lgan
zamonaviy yangi texnologiyalarga asoslangan bank dasturlari bank
va mijozning avtomatlashtirilgan o‗zaro aloqasi uchun belgilangan
bo‗lib, pul mablag‗lari operativ boshqarishning o‗sishiga va quyi-
dagilarga imkoniyatlar yaratadi:
- mijozning har kuni bankka qat namasligi hisobiga o‗z vaqtini
va mablag‗ini tejashga;
- manzilning uzoq yaqinligiga qaramasdan mijozning bankni o‗zi
ixtiyoriy ravishda tanlashiga;
- bank mijozlari bo‗lgan fuqarolarga ularning uyida, yuridik
tashkilotlarga esa ularning idoralarida avtomatlashtirilgan ish joyini
tashkil qilgan holda bank xizmatini ko‗rsatishga;
- operatsion va axborotlar sohasida mijozga ko‗rsatiladigan
xizmat doirasini kengaytirishga;
- bank buxgalterlarining mehnat unumdorligini oshirishga;
- amallar (operatsiyalar)ning yuqori tezlikda va sifatli ro‗yxat
qilinishini ta‘minlashga.
- bank mijoz dasturiy majmuasining ishlashi bank bilan mijoz
o‗rtasida kommunikatsion aloqa tarmog‗i orqali faylda ma‘lumotlar
almashinuviga asoslangan.
Bankning mijozlarga bank yangi xizmatlarini ko‗rsatish
borasidagi dasturlarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- elektron pul hisob-kitob hujjatlarini tayyorlash;
- so‗rovnomalar va xabarnomalarni shakllantirish;
- elektron imzo va ma‘lumotlarni raqamlash;
- bank bilan modem aloqasi;
- ma‘lumotlarni qabul qilish va uzatish;
- qabul qilingan ma‘lumotlarni qayta ishlash;
543
boshqarish vazifasini o‗z zimmasiga olishi bo‗yicha ikki taraflama
ishonch munosabatlarini o‗rnatishdan iborat.
Trastning obyekti sifatida qonun obyektlariga javob beradigan har
qanday turdagi, shu jumladan, garovga qo‗yilgan mulklar olinishi mum-
kin. Ya‘ni, bu korxonalar va ularning aktivlari, mahsulotlar, yer may-
donlari, ko‗chmas mulk, pul mablag‗lari, qimmatbaho qog‗ozlar, valyuta
moddiy boyliklari, mulkiy huquqlar bo‗lishi kerak.
Trast operatsiyalari bo‗yicha munosbatlar muassis va mulk egasi
taraflaridan tuziladigan shartnomaning imzolanishidan so‗ng boshlanadi.
Trast operatsiyalarini boshqarish aktivlarga egalik qilishining bar-
cha yoki ba‘zi bir qirralarini o‗z ichiga olishi mumkin.
Ya‘ni:
• saqlash;
• ishonchli shaxsning manfaatini ko‗zlab chiqish (hissadorlar majli-
si, ssuda v.h.);
• daromad va investitsiyalash faoliyatini boshqarish;
• aktivlar oldi-sotdisi;
• qog‗ozlarni jalb qilish va to‗lash, qimmatbaho qog‗ozlari
chiqarish va joylashtirish;
• huquqiy shaxsning tashkil etilishi, qayta tashkil etilishi va tugati-
lishini amalga oshirish;
• mulkka bo‗lgan egalikning o‗tkazilib yuborilishi (sovg‗a, meros
va h.k. sifatida);
• mijozning shaxsiy bank schyotlarini, kassa va moliyaviy xo‗jalik
ishlarini yuritish hamda majburiyatlar bo‗yicha hisob-kitoblarni amalga
oshirish;
• korxonaning qayta tashkil etilishi yoki bankrotlikka uchrashi vaq-
tlarida vaqtinchalik boshqaruvni o‗z qo‗liga olish v.b.
Jahon amaliyotida odatda, bank trast operatsiyalarini uch turga
ajratishadi:
1. Xususiy shaxslarga ko‗rsatiladigan trast xizmatlari.
2. Tijorat korxonalariga ko‗rsatiladigan trast xizmatlari.
3. Notijorat tashkilotlariga ko‗rsatiladigan trast xizmatlari.
Xususiy shaxslarga ko‗rsatiladigan trast xizmatlari chet el banklari
tomonidan keng taqdim etiladi. Ulardan shaxsiy mulkni boshqarish,
vositachilik, o‗z ta‘minotiga olish v.b.
Meros bo‗yicha tashkil etiladigan trastlar «meros trastlari» deyiladi
va faqatgina mulk egasining vafotidan so‗ng kuchga kiradi. Xususiy
shaxslar, shuningdek, «hayot davomidagi trastlarni» tashkil etishi
542
Do'stlaringiz bilan baham: |