Jahonda umumqabul qilingan bank tizimi Jahon amaliyotida har bir mamlakatning Markaziy banki banklarning banki



Download 5,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/389
Sana26.02.2022
Hajmi5,53 Mb.
#466878
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   389
Bog'liq
Q8DNctbLglU8uFzK6jgQBUcpOO0Y8oIEtJwGVlbR

birja indekslari 
deyiladi. 
Birjada qo‗llaniladigan eng mashhur indekslardan biri bu – Dou-
Jons indeksidir. U AQShdagi 30 ta yirik sanoat korporatsiyalari 
aksiyasining birjadagi kursi bilan belgilanadi. Dou-Jons indeksini 
hisoblash uchun kundalik bozor narxini o‗sha davrdagi aksiyalar 
guruhidagi sonlarga ko‗paytirib umumiy aksiyalar soniga bo‗lish kerak: 
AiPi 
Dou-Jons indeksi = --------------• 

Bunda, Ai – kompaniyalarda chiqarilgan aksiyalar soni; 
Pi – tegishli kompaniyalar aksiyalarining bozor narxi; 
A - umumiy aksiyalar soni. 
Professionallar fond bozorida faoliyat ko‗rsatish jarayonida turli 
«o‗yinlarni» qo‗llaydilar. 
«Ayiqlar» o‗yini – daromad olish maqsadida qimmatli qog‗ozning 
bozor narxini pasaytirishga qaratilgan jarayon. Professional ma‘lum 
qimmatli qog‗ozning bozor narxining pasayishini oldindan sezgan holda 
uni ma‘lum muddatga qarzga olib turadi. Qarzga olingan qimmatli 
qog‗ozning narxi pasaymasdan payt poylab darrov sotib yuboriladi. 
Qarz muddati yetib kelgan qimmatli qog‗ozning narxi pasayib 
ketadi va shu pasaygan narx bo‗yicha «ayiq» qarzga olgan qimmatli 
qog‗oz uchun o‗z qarzini to‗laydi. Bunda, «ayiq»ning daromad qarzga 
olingan qimmatli qog‗ozni sotish narxi va qarzni to‗lash vaqtida uning 
bahosi tafovuti ko‗rinishida ifodalanadi. 
«Buqa» - qimmatli qog‗ozlarni naqd pulga sotib oladi va ularni 
qimmatroq narxda sotish maqsadida bozor narxining ko‗tarilishini 
poylab turadi. 
Qimmatli qog‗ozlar bozorida bank faoliyatining umumiy asoslari 
«Banklar va bank faoliyati to‗g‗risida»gi qonunda aks ettirilgan. 
Banklarning bank operatsiyalarini amalga oshirish to‗g‗risidagi 
litsenziyasi banklarga qimmatli qog‗ozlarni chiqarish, sotish, sotib olish, 
hisobini yuritish, saqlash va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish 
imkoniyatini beradi. 


222
Xalqaro qimmatli qog‗ozlar bozorining professional ishtirokchilari 
va ularga xizmat ko‗rsatuvchi kommunikatsiya tizimlarining rivojlani-
shi, pirovard natijada, ular o‗rtasidagi raqobat muhitining keskinlashuvi-
ga olib keladi. Buning natijasida ko‗satilayotgan xizmatlar uchun oli-
nadigan to‗lovlarning kamayishi yuz berdi. Ular mijozlarga an‘anaviy 
birjalar yopilgandan keyin ham savdo qilish imkoniyatini yaratadi, in-
vestitsiyalar uchun turli xildagi instrumentlar foydalanishni taklif qiladi 
va kotirovkalarning sir tutilishini kafolatlaydi. 
2000-yilning boshiga kelib g‗arbiy Yevropadagi barcha yirik fond 
birjalari to‗liq elektron birjalarga aylanadi. Bu esa, o‗z navbatida, savdo 
ishtirokchilari sonini keskin oshirish, savdo chiqimlarini kamaytirish 
imkonini beradi. 
Bir qator mamlakatlarda fond birjalari o‗zlarining raqobat pozitsiya-
larini mustahkamlamoqda. Bu holat moliyaviy bozorlarning xizmatlari-
dan foydalanuvchilar uchun bir necha xizmat turlarini bir joyda 
markazlashtirayotganligida yaqqol namoyon bo‗lmoqda. Parij, Amster-
dam, Frankfurt, Xelsinki , Bryussel birjalari birlamchi va ikkilamchi bo-
zorlarni, hosila institumentlari bozorlarini, kliring va hisob-kitoblarni 
birlashtiradi. 
Ayni vaqtda, AQShning birjadan tashqari savdo tizimi 
NASDAQ
global ahamiyatiga ega bo‗lgan xalqaro qimmatli qog‗ozlar bozoriga 
aylanib bormoqda. U Amerika bozorida muvaffaqiyatli tarzda faoliyat 
yuritish bilan birga, jahonning 10 ta yirik fond birjasidan biri sifatida 
e‘tirof etilmoqda va u aksiyalar savdosining hajmi va o‗sishi sur‘ati 
bo‗yicha Nyu-York fond birjasini ortda qoldirdi.
Fond birjalarida banklar listing operatsiyalari bilan ham 
shug‗ullanadi. Listing – bu qimmatli qog‗ozlarni birjaga qo‗yish, ya‘ni 
joylashtirishdir. Qimmatli qog‗ozlar listingga qo‗yilgan va birja 
ro‗yxatidan o‗tgan bo‗lsa, ularni savdoga qo‗yish mumkin. 
Birjada qimmatli qog‗ozlar bilan oldi-sotdi operatsiyalarini faqat 
vositachilar bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, 
investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalarining topshirig‗i bilan 
brokerlar bitimlarni amalga oshirib, qimmatli qog‗ozlarni sotib oladi 
yoki o‗zinig hisobidan keyinchalik qayta sotish uchun xarid qiladi. 
Birjada faqat listingda qayd qilingan qimmatli qog‗ozlar sotiladi. 
Baho (

Download 5,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish