Genuya valyuta tizimi quyidagi tamoyillarga asoslanib faoliyat ko’rsatgan:
Tizim asosini oltin va deviz valyutalar tashkil etdi. Ushbu davrda 30 ta mamlakatning pul tizimi oltin-deviz standartiga asoslandi. Biroq, zahira valyuta mavqei rasmiy jihatdan hech bir valyutaga berilmadi, funt sterling va AQSh dollari ushbu sohada etakchilik uchun raqobatlashdi.
Oltin paritetlari saqlab qolindi. Valyutalarning oltinga almashinuvi nafaqat bevosita yo’l bilan (AQSh, Frantsiya, B.Britaniya) balki bilvosita, xorijiy valyutalar orqali ham amalga oshirildi.
Erkin suzuvchi valyuta kurslari rejimi qayta tiklandi.
Valyutani tartibga solish faol valyuta siyosati shaklida xalqaro konferentsiyalarda amalga oshirildi.
Oltin deviz andozasi oltin andozasining muayyan shaklini ifodalab, bunda alohida milliy banknotalar oltinga emas balki boshqa mamlakatlarning valyutalariga (oltin quyilmalarga almashinuvchi devizlarga) almashtirilar edi.
Mazkur sharoitda, milliy valyutalarni oltinga almashtirishning ikkita asosiy usuli shakllandi:
bevosita – deviz rolini bajaruvchi (funt sterling, AQSh dollari) valyutalar uchun;
bilvosita – mazkur tizimning qolgan barcha valyutalari uchun.
Ushbu jahon valyuta tizimida erkin suzuvchi valyuta kurslari tamoyili qo’llanilgan. Genuya tizimining tamoyillariga muvofiq a’zo mamlakatlarning markaziy banklari milliy pul birliklari valyuta kurslarining mumkin bo’lgan tebranishlarini valyutani tartibga solish usullarini (asosan valyuta interventsiyasi) qo’llagan holda ushlab turishlari lozim edi.
barqarorlashtirish fondlari xizmat qildi, mazkur fondlardan eksportni rag’batlantirish maqsadlarida milliy valyuta kursini pasaytirishda foydalanilgan. Bunday fondlar Buyuk Britaniyada 1932 yilda, AQShda 1934 yilda, Belgiyada 1935 yilda, Kanadada 1935 yilda, Gollandiyada 1936 yilda tashkil etilgan.
Ikkinchi jahon urushi xalqaro valyuta va iqtisodiy munosabatlarning to’liq izdan chiqishiga sabab bo’ldi. Xalqaro savdo va xalqaro moliya munosabatlarining asosi butkul o’zgarib ketdi. Mazkur o’zgarishlar natijasida mamlakatlar tomonidan yangi jahon valyuta tizimini tashkil etishga tashabbus qilindi.
Bretton-Vuds valyuta tizimi (Bretton Woods system) – ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan va milliy valyuta tizimlarini etakchi mamlakatlar valyuta tizimiga moslashtirishga asoslangan jahon valyuta tizimidir. Mazkur jahon valyuta tizimi 1944 yil 22 iyulda Bretton-Vudsdagi (Nyu-Xempshir shtati) xalqaro konferentsiyada qabul qilindi. Shuningdek, ushbu tizim doirasida Xalqaro valyuta fondi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki kabi tashkilotlarni tashkil etish qarori qabul qilindi.
Bretton-Vuds tizimi – savdo xisob-kitoblari va pul munosabatlarini tashkil etishning xalqaro tizimidir. Bu oltin deviz andozasidan erkin savdo orqali valyutalarning talab va taklifi muvozanatini o’rnatuvchi Yamayka tizimiga o’tish bosqichi bo’ldi. Bretton-Vuds tizimida oltin bilan bir qatorda AQSh dollariga jahon puli funktsiyasi berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |