Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari Reja Valyuta, xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi


Bretton-Vuds tizimini tashkil etishdan maqsad



Download 23,75 Kb.
bet3/10
Sana27.06.2022
Hajmi23,75 Kb.
#710890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari

Bretton-Vuds tizimini tashkil etishdan maqsad:


  • xalqaro savdo hajmini qayta tiklash va oshirish;



  • tashqi savdo balansidagi vaqtinchalik qiyinchiliklarga barham berish uchun davlatlarga moliyaviy resurslar ajratish;



  • barqaror almashuv kurslariga ega bo’lgan, xalqaro valyuta tizimini tashkil etish;



  • qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning konvertirlanishiga erishish.



Bretton-Vuds tizimining oqibati: mamlakatlar iqtisodiyotining dollarlashuvi, ushbu holat pul massasini milliy nazorat ostidan chiqib ketishiga olib keldi.

Bretton-Vuds tizimi quyidagi asosiy tamoyillarga ko’ra amal qildi:






  • xalqaro xisob-kitoblarda oltin o’zining oxirgi pul funktsiyasini saqlab qoldi;



  • dollar yoki oltindagi qa’tiy belgilangan valyuta paritetlari o’rnatildi;



  • asosiy valyutaning kursi (AQSh dollari) oltinga nisbatan qa’tiy belgilandi;



  • asosiy valyutaga nisbatan ishtirokchi mamlakatlar valyutalari uchun qa’tiy belgilangan almashinuv kurslari o’rnatildi;



  • markaziy banklar milliy valyutalarning asosiy valyutaga nisbatan barqaror kursini (±1%) valyuta interventsiyalari yordamida saqlab turishdi;



  • valyuta kurslarini revalvatsiya yoki devalvatsiya orqali o’zgartirish mumkin edi;



  • tizimning tashkiliy bo’g’inlari sifatida Xalqaro valyuta fondi va Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki tashkil etildi.



AQSh dollari uchun 1 troya untsiya 35 dollar nisbatda oltin standarti o’rnatildi. Natijada AQSh zaiflashgan raqobatchisi Buyuk Britaniyani ortda qoldirgan holda valyuta ustunligini oldi. Amalda xalqaro valyuta tizimining dollar ustunligiga asoslangan dollar standarti yuzaga keldi.

XX asrning o’rtalarida jami dunyo oltin zahirasining 70% AQShga tegishli bo’ldi. Dollar – oltinga almashinuvchi valyuta zahira aktivlari, valyuta interventsiyalari va xalqaro xisob-kitoblarda ustunlik qiladigan vosita hamda valyuta paritetlarida asos bo’ldi. Bir vaqtning o’zida AQShning milliy valyutasi jahon puli sifatida faoliyat ko’rsatdi.
Xalqaro valyuta fondiga a’zo mamlakatlar o’zlarining valyuta kurslarini dollarga yoki oltinga nisbatan belgiladilar, o’z navbatida dollar oltinga bog’langan edi. Shuning uchun oltinning dollardagi bahosi barcha narx xisob-kitoblari uchun asos bo’ldi. Barcha jahon narxlari dollarda belgilana boshladi. Xalqaro to’lov vositalari asosiy zahira valyutasi sifatida AQSh dollari va oltindan tashkil topgan bo’lishi kerak edi. Markaziy banklar o’zlaridagi dollarni AQSh g’aznachiligidan qa’tiy belgilangan kurs bo’yicha oltinga almashtirishlari mumkin edi.
Odatda, Bretton-Vuds tizimi 1944 yildan 1971 yilgacha davr mobaynida mavjud bo’lgan bo’lsa ham, haqiqatda mazkur tizim 1959 va 1968 yillar o’rtasidagina muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatgan xolos. 1946 yildan 1959 yil yanvargacha valyuta kurslari barqarorlashtirish kreditlari hisobiga ushlab turilgan. 1959 yildagina G’arbiy Evropa mamlakatlarining valyutalari erkin konvertatsiyalanishi bilan Bretton-Vuds tizimi to’liq miqyosda faoliyatini boshlagan.

Download 23,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish