Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972 yy.). 1943 yilga kelib, AQSH hamda Buyuk Britaniya erkin va barqaror valyuta tizimini barpo qilish uchun dastlabki qadamlarni qo`ydi. 1944 yilning iyul oyida Bretton-Vuds shaxrida bo`lib o`tgan konferentsiyada, AQSH oltin andozasiga asoslangan kontseptsiyaga o`tish tashabbusi bilan chiqdi. Shu vaqtning o`zida, yangi xalqaro valyutani tartibga solish tizimi faoliyatini nazorat qilish uchun, Xalqaro valyuta fondi (XVF)ni tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Yangi tartibning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi:
barqaror almashuv kurslariga ega bo`lgan, xalqaro valyuta tizimini tashkil etish;
qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning konvertirlanishiga erishish.
Do'stlaringiz bilan baham: |