Jahon tibbiyot tarixini davri reja: Jahon tibbiyot tarixi Tashqi muhitning organizmga taʼsiri



Download 21,17 Kb.
bet1/2
Sana02.03.2022
Hajmi21,17 Kb.
#479010
  1   2
Bog'liq
JAHON TIBBIYOT TARIXINI DAVRI


JAHON TIBBIYOT TARIXINI DAVRI


Reja:
1. Jahon tibbiyot tarixi
2. Tashqi muhitning organizmga taʼsiri
3. Tibbiyot tibbiy-biologik, klinik, tibbiy-ijtmoiy va gigiyenik fanlari
Tibbiyot, meditsina, tabobat – kishilar sogʻligini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui.
Tibbiyot tibbiy-biologik, klinik, tibbiy-ijtmoiy va gigiyenik fanlarga boʻlinadi. Tibbiy-biologik fanlarga: odam tanasining tuzilishini oʻrganadigan anatomiya, gistologiya va sitologiya; organizmning odatdagi holatini, unda kasallikning paydo boʻlishi, avj olishi, kechishi va yuz beradigan struktur hamda funksional oʻzgarishlarni oʻrganadigan normal fiziologiya va biokimyo; patologik anatomiya va patologik fiziologiya; organizmga dorilar taʼsirini oʻrganadigan umumiy va klinik farmakologiya, shuningdek, mikrobiologiya, virusologiya va parazitologiya, tibbiyot gentikasi va boshqa(lar) kiradi.
Odam kasalliklari, ularni davolash va oldini olishni oʻrganadigan klinik fanlar asosiy davolash usuliga koʻra, terapiya va xirurgiyaga boʻlinadi. Tibbiyotning ushbu qismlari ham, oʻz navbatida, maʼlum aʼzo, tizimlar kasalliklarini atroflicha oʻrganishi, yoʻnalishi boʻyicha turli sohalarga boʻlinadi. Masalan, terapiyada kardiologiya, revmatologiya, nefrologiya, gastroenterologiya, gematologiya, geriatriya, Ftiziatriya, pediatriya, nevrologiya, psixiatriya, dermatologiya va venerologiya, kurortologiya, fizioterapiya, rentgenologiya, terapevtik stomatologiya; xirurgiyada, umumiy xirurgiyadan tashqari, akusherlik va ginekologiya xirurgiyasi, travmatologiya va ortopediya, anesteziologiya, reanimatologiya, neyroxirurgiya, onkologiya, urologiya, otorinlaringologiya, oftalmologiya dgirurgiyalari ajratiladi. Klinik fanlarning har birida bemorni tekshirish va kasallik belgilari semiotikasini aniqlash usullari boʻlimi bor.
Tashqi muhitning organizmga taʼsiri va aholi sogʻligini muhofaza qilish tadbirlarini oʻrganadigan tibbiy-ijtimoiy va gigiyenik fanlarga ijtimoiy gigiyena hamda sogʻlikni saqlashni tashkil etish, umumiy gigiyena, bolalar va oʻsmirlar gigiyenasi, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, radiatsion gigiyena, mehnat gigiyenasi, epidemiologiya va tibbiyot geogrfiyasi, shuningdek, tibbiyot etikasi va deontologiyasi kiradi.
Tibbiyotning bunday boʻlinishi shartli, chunki ijtimoiy jarayonlar barcha tibbiyot fanlariga, shuningdek, ilmiy-amaliy sohalar (harbiy tibbiyot, kosmik T, sport tibbiyoti, sud tibbiyoti va boshqa(lar))ga bevosita taalluqlidir. Tibbiy-biologik fanlar uchun xarakterli boʻlgan eksperimental usul esa klinik va gigiyenik tibbiyot sohasiga ham keng kirib bormoqda. Tibbiyot tabiiy fanlar (biologiya, fizika, kimyo) va ijtimoiy fanlar hamda texnika bilan chambarchas bogʻlangan.
Tarixi. Zamonaviy tibbiyotning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichi koʻhna tarixning turli davrlaridagi dunyokarashlarni oʻz ichiga oladi. Maʼlumki, turli kasalliklar, ularni davolash va oldini olish haqidagi bilimlar asosi qadimdan kishilarning tajriba va kuzatishlariga bogʻliq boʻlgan.
Tibbiyotning xalq tabobatidan mustaqil fan darajasiga koʻtarilishida qad. Misr, Bobil tibbiyoti, Gippokrat va Galenning muhim oʻrni bor. Gippokrat kasalliklarni aniqlash, bemorning hayoti va faoliyatiga tashqi muhitning taʼsirini oʻrganish, xastalikning kelib chiqish sabablarini topish va davolashda bemor organizmining oʻziga xos xususiyatlarini bilish kabi masalalar bilan shugʻullangan. Galen esa birinchi boʻlib organizmdagi aʼzo va tizimlarning tuzilishi hamda faoliyatlarini, asosan, hayvon (maymun)lar organizmida tajriba qilib oʻrgangan. Uning anatomiya va fziologiyaga doir asarlari to 16-a. gacha tibbiyotning asosi boʻlib xizmat qildi.
Oʻrta Osiyo va umuman Sharqda tabobat ayniqsa, rivoj topdi. Shu davrda yunon, sanskrit va boshqa qad. Sharq tillarida yozilgan tibbiyotga doir asarlarning koʻpchiligi, jumladan, Aristotel, Dioskorid va Galenning dorishunolikka oid asarlari suryoniy va arab tillariga tarjima qilindi. Galenning “Qivo al-adviya al mufrada” (“Sodda dorilarning quvvatlarni va Badigʻursning «Al-Abdal al-adviya al mufrada” (“Sodda dorilarning oʻrniga oʻtuchilar”) kabi kitoblari ilk bor mashhur tabib va tarjimon Hunayn Ibn Isʼhok Ibodiy (80877) tomonidan tarjima qilindi. Sharqda Abu Hanifa Dinavoriy (815-y. tugʻilgan) “Kitob fi-n-nabot” (“Oʻsimliklar haqida kitob”)ni yaratib, unda 482 xil oʻsimlikning dorilik xususiyatlarini bayon etdi.
Abu Rayxon Berunining “Kitob as-saydana fi-t-tib” (“Tibbiyotda dorishunoslik”) asari oʻsha davr tibbiyot ining eng katta yutugʻi hisoblanib, Oʻrta Osiyoda dorishunoslik ilmi – saydanaga asos boʻldi. Abu Bakr Roziyning tabobat sohasidagi asarlari umuman jahon tibbiyotning rivojlanishi, boyishida gʻoyat ulkan ahamiyat kasb etdi. Olimning tibbiyot ensiklopediyasi hisoblangan 25 jildli “Al-Jomiʼ al-kabir va qad urifa bl-Hoviy” (“Al-Hoviy nomi bilan tanilgan katta toʻplam”) asari shu davrgacha Garb va Sharq tibbiyot ida qadrli boʻlib keldi; 10 jildli “Tabobat kitobi” hamda “Chechak va qizamiq haqida”gi kitobi ham tibbiyotda mashhur edi.
Oʻrta asrda Abu Ali Ibn Sino tibbiyotning rivojlanishiga katta hissa qoʻshdi. Uning “al Qonun fi-t-tib” (q. Tib qonunlari) asari asrlar osha jahon tabobatida asosiy qoʻllanma boʻlib keldi. Bu asar tibbiyotning asosiy sohalari: anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, dorishunoslik, gigiyena va boshqa(lar)ni qamrab olgan.
Isitma, oʻlat, chechak, qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni qandaydir koʻzga koʻrinmas jonivorlar qoʻzgʻatishi toʻgʻrisida fikr yuritgan. U buyrak toshlarini operatsiya qilib olib tashlash, traxeotomiya qilish, jarohatlarni davolash usullari haqida yozadi. Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan eng muhim asarlaridan yana biri “Al-Adviya al-kalbiya” (“Yurak dorlari”)dir. Unda olim yurak kasalligida qoʻlanadigan (oʻzi topgan) dorilar haqida yozadi.
Taniqli tabib Abu Mansur tibga oid “Majmuʼayi kabir dar adviyat mufrada”
(“Sodda dorilar haqida katta toʻplam”), “Risola dar iloji amroz-i sadr” (“Koʻkrak kasalliklarining Davosi haqida risola”), “Kitob gʻuno va muno” (“Maqsadlarni mukammal bayon qilgan kitob”) kabi asarlar yozgan. Bularda ichki kasalliklar, teri kasalliklari, isima-bezgak kasalligi, ularga qarshi dorilar va davolash usullari bayon etilgan.
Sharafutdin Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Ilohiy ham kasalliklarning kelib chiqishi, sabablari, belgilari, ularni aniqlash va davolashga oid koʻp bilimlar sohibi boʻlgan.
Oʻsha davrning yirik tabiblaridan biri Badriddin Samarqandiy Muhammad Ibn Bahrom Qalonisiy har xil kasalliklarga qarshi murakkab dorilar tayyorlab tajribada sinab koʻrgan.
13-a. ning mashhur tabiblaridan biri Abu Homid Muhammad ibn Ali Ibn Umar Najbuddin Samarqandiy “Agʻziyat al-marzo” (“Kasallar isteʼmol qiladigan ovqatlar”) nomli kitobida har bir kasallikda qanday taom isteʼmol qilinishi va qaysi ovqatlardan ehtiyot boʻlish lozimligi, shuningdek, ovqatlarning dorilik xususiyatlari haqida yozgan.
40 y. dan ortiq tabobat ilmi bilan shugʻullangan Sulton Ali tabib Xurosoniy (15-16-a.) oʻz tajribalari asosida 2 asar yozgan. Ulardan biri “Dastur al-iloj” (“Kasallarni davolash boʻyicha qoʻllanma”)dir. 15-16-a. larda Hindistonda yashab ijod etgan hirotlik tabib Yusuf ibn Muhammad ibn Yusuf Yusufiy Hiraviy tibbiy asarlari va amaliy ishlari bilan Oʻrta Osiyo, Xuroson va Hindistonda tabobatning yana ham taraqqiy etishiga oʻz hissasini qoʻshdi.
Abdulgʻozixon ibn Arab Muhammadxon Xorazmiy (1603-1664) muhim tibbiy asarlari, jumladan, eski oʻzbek tilida yozilgan “Mnofiʼ al-inson” (“Inson uchun foydali dorilar”) nomli asari bilan mashhur.
18-a. ning 2-yarmi va 19-a. ning 1-yarmida Xorazmda yashab ijod etgan oʻzbek tabibi Jafarxoʻja ibn Nasruddinxoʻja Husayniy Krukiy Hazoraspiyning oʻzbek tilida yozilgan “Multakiy at-tib” (“Tibbiy maʼlumotlar toʻplami”) asari (1823) 67 bobdan iborat boʻlib, unda asosan, kishi aʼzolarining har xil kasalliklari va ularni dorilar bilan davolash usullari bayon qilingan.
Mashhur oʻzbek tabibi Mahmud Hakim Yafoniy Hoʻkandiy (1851-y. da tugʻilgan) umrining koʻp qismini tabobatni oʻrganishga va kishilar sogʻligini saqlashga sarfladi. U oʻz davrigacha boʻlgan sharq tabobati qoʻlga kiritgan yutuklarni jamlab hamda shaxsiy tibbiy tajribalari bilan boyitgan holda “Qonun al-iloj” (“Davolash qonuni”) va “Tariq al-iloj” (“Davolash usuli”) kitoblarini yozib qoldirgan. Ularning ikkinchisida oʻpka, yurak, sut bezi, meʼda, jigar, ichak, buyrak, qovuq va isitma kasalliklari, shishlar, toshmalar, moʻy va tirnokka oid xastaliklar, jarohat va yaralar; suyaklarning sinishi, zaharlar, zaharli hayvonlar chaqqanida davolash va baʼzi ruscha nomdagi dorilar keltirilgan.
Bositxon Zohidxon oʻgʻli oʻz ijodida Beruniy, Roziy, Ibn Sino, Ilokiy, Qumriy va Samarqandiylarning asarlaridan keng foydalangan. Bizgacha uning oʻzbek tilida yozilgan 3 asari yetib kelgan.
Oʻrta Osiyoda qadimdan dorivor oʻsimliklar va ovqatli moddalarning xususiyatlari, ularning kishi organizmiga yetkazadigan foyda va zararlari oʻrganilgan. Natijada xalq qoʻlida asta-sekin tibbiyotga oid koʻpgina maʼlumotlar yigʻilib borgan. Ular esa keyinchalik tibbiy asarlar yaratishda muhim manbalardan biri boʻlgan.
Yevropada Uygʻonish davrida tibbiyot yangidan ravnaq topdi. 16-a. da koʻpgina fanlar, ayniqsa, tibbiyot, fizika va kimyoning rivojlanishi kasalliklarni davolash, sababini bilishda bu fanlarning qonunlaridan foydalanish imkonini berdi. Xirurgiyada, ayniqsa, jarohatlarni davolashda yangi usullar joriy qilindi. Anatomiyaning asoschisi A. Vezaliy murdani yorib tekshirish bilan odam organizmining tuzilishi va aʼzolar faoliyatini ilmiy jihatdan aniq asoslab berdi. Ingliz shifokori V. Garvey qon aylanish tizimi haqida asar yaratib, tibbiyotda yangi boʻlim – fiziologiyaga poydevor qoʻydi. Fizikaning taraqqiyoti natijasida bu davrda mikroskop kashf etildi va undan tibbiyotda foydalaning boshlandi. Gollandiyalik olim Antni Levenguk tomonidan mikroskopiyaning rvojlantirilishi mikrobiologiya sohasining shakllanishiga sabab boʻldi.
17-18-a. larda sanoatning rivojlanishi natijasida kasb kasalliklari haqidagi soha vujudga keldi. Bunday kasalliklar sababini dastlab rossiyalik olimlar oʻrganib, tibbiyotga yangi – kasb kasalliklari hamda mehnat gigiyenasi boʻlimlarini kiritdilar. Keyinchalik tabiiy fanlar va texnika sohasidagi tadqiqotlar doirasi yanada kengaydi.
Tabiiy fanlarning yutuqlari tibbiyot taraqqiyotiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi, bemorni obyektiv tekshirish usullari (palʼpatsiya, perkussiya va boshqa(lar)) va lab. diagnostika asoslari ishlab chiqildi. Klinik tekshiruv natijalarini, murdani yorib tekshirishda olingan maʼlumotlar bilan taqqoslash usuli (A. I. Polunin, N. I. Pirogov va nemis olimi R. Virxov va boshqa(lar)) kasallik belgilari aʼzo va toʻqima hamda hujayralarning tuzilishidagi oʻzgarishlarga bogʻlik ekanligini isbotlashga imkon berdi, bu tadqiqotlar natijasida keyinchalik tibbiyotning yana bir yangi boʻlimi – patologik anatomiya va gistologiya sohalari vujudga keldi.
Energiyaning saqlanish va oʻzgarish qonunlari kashf etilishi, organik moddalarning tuzilishi, oʻzgarish va almashinuv yoʻllarini oʻrgana borish biologiya va tibbiyotning taraqqiyotida muhim bosqich boʻldi, fiziologik hodisalarni tushuntirib bergan ilmiy yoʻnalish oʻsha qonunlarga asoslandi.
19-a. ning 2-yarmida mikrobiologiya sohasida bir qancha yangiliklar yaratildi. Epidemik kasalliklardan vabo, ularning qoʻzgʻatuvchilari va kasallik epidemiologiyagi oʻrganildi, chechak mikrobi aniqlandi va unga qarshi vaksina tayyorlandi (E. Jenner). Mahoratli vrachlar yordamida butun dunyoda chechakka qarshi emlash rasm boʻldi. Yuqumli kasalliklar sababi turli mikroblar ekanligini L. Paster asoslab berdi va bu kashfiyot asosida kishilarni kuydirgi, quturish kabi yuqumli kasalliklarga qarshi emlab, ularning oldini olish usullarini ishlab chiqish imkoniyati tugʻildi. Shu davrda Yevropada bezgak, toshmali terlama (toshmali tif), qaytalama terlama va boshqa(lar) yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroblar topildi. I. I. Mechnikov immunitet haqidagi taʼlimotni yaratdi. Mikrobiologik kashfiyotlar asosida gigiyena fani shakllandi va yuksala bordi. Oʻsha davrda Rossiya va boshqa(lar) davlatlarda tashqi muhitning – havo, suv va tuproqning inson organizmiga, shuningdek, ijtimoiy omillar – mehnat, turmush tarzi va ovqatlanish sharoitlarining ishchilar sogʻligʻiga taʼsirini oʻrganish tufayli ijtimoiy gigiyena muammosi ilmiy asoslab berildi.
19-a. ning soʻnggi choragida shakllangan biokimyo fani sogʻlom organizmda va patologik holatlarda moddalar almashinuvini oʻrganish, uning oʻzgarishini tekshirish natijasida kasalliklarni aniqlash bilan fiziologiya va ptofiziologiyani boyitdi va tibbiyotga yangi, yuqori informativ va bajarilishi osonroq lab. usullarini kiritdi. Orqa miya nervlaridagi sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalar oʻrganildi, bu esa organizmda nerv tizimi faoliyatining ahamiyatini aniqlashga imkon berdi, qon va limfa tarkibi, bezlarning tuzilishi va faoliyatlari oʻrganildi. Rus olimlari S. P. Botish, I. M. Sechenov, I. P. Pavlov tadqiqotlari tufayli markaziy nerv tizimi va butun organizmning faoliyat qonunlari materialistik nuqtayi nazardan taʼriflab berildi.
Umuman bu davrda eksperimental tibbiyot tobora rivojlanib bordi, fransuz olimi K. Benar va rus patofiziologi V. V. Pashutinning bu borada olib borgan ilmiy ishlari umumiy patologiya (keyinchalik A. A. Bogomoles va S. S. Xalatov asoslagan patologik fiziologiya) ning fan sifatida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Anatomiya va topografik anatomiyaning chuqur oʻrganish xirurgiyada opersiyalarning muvaffaqiyatini taʼminladi.
20-a. da tibbiyotda misli koʻrilmagan yutuqlarga erishildi. Nemis olimi V. K. Rentgen iks-nularni kashf etdi va tibbiyotda rentgenologiyaga asos soldi. Tabiiy radioaktivlikning kashf etilishi, yadro fizikasi sohasidagi tadqiqotlar ionlovchi nurlarning tirik organizmga taʼsirini oʻrganuvchi radiobiologiya fanini yuzaga keltirdi. Bu sohadagi keyingi izlanishlar davolash va diagnostika maqsadida radioaktiv izotoplardan, nishonlangan atomlardan foydalanish imkonini berdi. Tibbiyot texnikasi ham tez rivojlandi. Tibbiyotga elektronika yutuqlarining tatbiq etilishi natijasida organizmdagi turli aʼzo va tizimlar faoliyatini aniq belgilab beradigan usullar, sunʼiy yurak, sunʼiy buyrak va h. k. ixtiro qilindi. Elektron mikroskop endilikda hujayradagi eng murakkab va nozik oʻzgarishlarni, mayda mikroblarni aniqlashda zarur qurol boʻlib qoldi.
Tibbiyot kibernetikagi yordamida zamonaviy, ixcham va qulay protezlar yaratildi, shuningdek, operatsiya vaqtida bemorning nafas olishi va arterial bosimini meʼyorida saqlab turadigan turli avtomatik tizimlar ishlab chiqildi, texnika taraqqiyoti, oʻz navbatida, tibbiyotga yangi sohalar (aviatsiya tibbiyoti, kosmik tibbiyoti kiritdi. Irsiyat va organizmning oʻzgaruvchanlik knuniyatini oʻrganadigan genetika fani tibbiyotning rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Irsiy kasalliklarni oʻrganish tibbiyot genetikasining paydo boʻlishiga olib keldi. Immunologining rivojlanishi immunologik oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadigan kasalliklarni oʻrganadigan immunopatologiyaga asos boʻldi.
K. Landshteynerning izogemagglyutinatsiya qonuni (1900-01), Ya. Yanskiy tomonidan odam qoni tarkibi jihatidan 4 guruhga boʻlinishi kashf etilishi (1907) tibbiyot amaliyotida qon kuyishdan keng foydalanishga imkon berdi. Bu davrda tibbiyotga Pirkening sil kasalligini aniqlaydigan allergik reaksiyasi (q. Pirke reaksiyasi) va allergiya atamasi kiritildi. 1939-40 y. larda Mikroorganizmlarga qarshi kurashning kuchli vositalaridan boʻlgan antibiotiklar ixtiro qilindi va amalda qoʻllanila boshladi.

Download 21,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish