Galileo Galiley. G. Galiley ham ita-
liyalik (1564—1642) buyuk astronom
edi. U osmon jismlarini kuzatuvchi
asbob — teleskopni yaratdi va shu
teleskop bilan osmonni kuzatgan Yev-
ropaning birinchi olimi edi. Uning tad-
qiqot ishlari Kopernikning ta ’limotini
tasdiqladi.
Bundan tashqari, G. Galiley Oyda
ham Yerdagi kabi tog‘lar borligini va
hatto Quyoshda dog‘lar mavjudligini
qayd etdi.
G. Galiley o ‘z qarashlarini «Yulduzlar axboroti» kitobida
bayon etdi. Cherkov bu kitobni taqiqlangan adabiyotlar
ro ‘yxatiga kiritdi. Inkvizitsiya esa uning kashfiyotlarini
qoraladi.
G. Galiley 38
Keksa, kasalmand Galiley besh oy davomida tergov qilindi.
Tergov uning tinka-madorini quritdi. Oxir-oqibatda,
ink-
vizitsiya uni o‘z g‘oyalaridan voz kechishga majbur etdi.