m
.J. Kutuzov,
ochlik tufayli bosqinchi qo ‘shinning
halokati aniq bo‘lib qoldi. Oqibatda Napoleonning «Buyuk
armiya»si bu talofatdan so‘ng o‘zini qayta tiklab ololmadi.
Endi Napoleon imperiyasining halokati muqarrar bo‘lib qoldi.
Imperiyaning qulashi. Rossiya, Buyuk Britaniya, Prussiya,
Avstriya va boshqa mamlakat qo‘shinlaridan iborat Yevro-
paning qurolli kuchlari hamda Napoleon armiyasi o‘rtasidagi
hal qiluvchi jang 1813-yilda Leypsig ostonasida b o ‘lib o ‘tdi
va bu jang tarixga «Xalqlar jangi» nomi bilan kirdi. Leypsig
jangida Napoleonning qo‘shini tor-m or etildi.
1814-yilda ittifoqchi davlatlar armiyasi Parij shahriga kirib
keldi. Napoleon taxtdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Itti-
foqchilar uni Elba oroliga surgun qildilar. Shu tariqa imperiya
quladi.
95
Do'stlaringiz bilan baham: |