KALVINIZM — protestantizmdagi yo’nalishlardan biri. Asoschisi J.Kalьvin.
Reformatsiya natijasida 16-a.da Jenevada vujudga kelib, Frantsiya,Niderlandiya,
SHotlandiya, Angliya va b.mamlakatlarga tarqalgan. K. ta’limotiga faqat Muqaddas
yozuvni tan olish, ilohiy qismatga ishonish, odamlarning najot topishida
ruhoniylarning yordami zarurligini inkor etish, xoch va ikonaga sajda qilishni rad
etish, cherkov marosimlarini soddalashtirish (ibodat paytida diniy musiqa chalmaslik,
sham yoqmaslik, cherkov devorlarida tasvirlar bo’lmasligi) xos. K. bir necha
tarmoqlarga bo’linib ketgan. K.ning hoz. zamon tarafdorlari — kalьvinistlar,
reformatlar, presviterianlar, kongregatsionalistlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |