LAMARKIZM — organik olam evolyutsiyasi to’g’risidagi dastlabki to’liq
ta’limot. Unga J.B.Lamark asos solgan. L.da organik dunyo taraqqiyoti tabiiy
qonuniyatlar, ya’ni tabiiy sababli bog’lanish asosida boradi, lekin bu qonunlar xudo
tomonidan muayyan bir maqsadga erishish uchun yaratilgan umumiy qonuniyatga
buysunadi, deyiladi. L. ta’limoti bo’yicha oliy yaratuvchi inert materiyaning harakati
va ular qonuniyatlarini boshqaruvchisi hisoblanadi; hayotning tuban formalari o’z-
o’zidan paydo bo’lgan va hozir ham paydo bo’lib turadi (q. Hayot).Evolyutsion
jarayon va uning harakatlan-tiruvchi kuchlarini L.idealistik nuqtai nazardan hal etgan
bo’lsada, undagi turlarning o’zgarishi, progressiv evolyutsiya to’g’risidagi fikrlar
birinchi izchil evolyutsion kontseptsiya sifatida katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |