LOGITSIZM — Kantning matematik haqiqatlarning sintetik xarakteri
to’g’risidagi tezisini mat. asosida inkor etuvchi yo’nalish. 19-a. oxiri — 20-a. boshida
paydo bo’lgan. L. mat.ga sof taxliliy fan sifatida qaraydi, uning barcha tushunchalarini
deduktiv mantiq doirasida biron-bir nomantiqiy qoidalardan foydalanmay belgilash
mumkin, deb biladi. Asosiy vakillari G. Frege, B.Rassel, A. Uaytxed. «Mat.ni
mantiqdan iborat qilib qo’yish» haqidagi tezis o’zini oqlamadi, shu b-n birga L. mate-
matik mantiqning rivojlanishiga yordam berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |