Jahon siyosati,tarix va falsafa fakulteti


Danilevskiyning “Rossiya va Yevropa” asari



Download 34,17 Kb.
bet6/7
Sana06.07.2022
Hajmi34,17 Kb.
#748402
1   2   3   4   5   6   7

Danilevskiyning “Rossiya va Yevropa” asari


Asar 17 bobdan iborat. Danilevskiy rus xalqi va slavyanlarni tarixdan saboq chiqarib harakat qilishga chorlaydi. Menimcha, shuning uchun u asarining har bir bobida jahonda sodir bo’layotgan voqealarni tahlil qilib undan xulosalar chiqarishga harakat qiladi.
V bob.
Madaniy-tarixiy turlar va ularning ba’zi rivojlanish qonuniyatlari.
I qonun. Danilevskiy fikricha, yagona til yoki til oilasi umumiyligi ostida bir-birini yaxshi tushunadigan yoki bir-biri bilan munosabatga kirishganda katta qiyinchilik tug’dirmaydigan xalq urug’i yoki jamoasi o’z xususiyatlariga ega bo’lgan madaniy-tarixiy tur rivojlanishi mumkin.

  1. qonun. Sivilizatsiya rivojlanishi , ravnaq topishi uchun eng muhim narsalardan biri shu madaniy-tarixiy tur xalqlari siyosiy mustaqillilkdan foydalanishi kerak.

  2. qonun. Bir madaniy-tarixiy tur sivilizatsiyasining boshlanishi boshqa turlarga o’tmaydi. Har bir tur uni ozmi- ko’pmi unga zamondosh bo’lgan yoki undan oldingi sivilizatsiyalar tasirida yaratdi.

  3. qonun. Har bir madaniy tur uni tashkil qiluvchi etnografik elementlar bir maqsad sari yo’naltirilib siyosiy davlatga aylantirilganda mukammallika erishadi.

  4. qonun. Madaniy-tarixiy turlar ko’pincha bir marta meva beradigan ko’p yillik o’simlikka o’xshaydi, yashash umri uzoq davom etadi lekin gullash va meva berish davri bir marta bo’ladi.

Danilevskiy fikricha dunyo tarixidagi o’nta rivojlangan sivilizatsiyalardan uchtasi somiy xalqlariga tegishlidir. Bobil, yaxudiy va arab tilida so’zlashuvchi qabilalar o’z madaniyatiga ega bo’lganlar. Oriy tillari yettita til oilasiga bo’linadi va ularning beshtasi o’ziga xos madaniy-tarixiy turni namoyon qiladi: Sanskrit, fors, yunon, rim va german. Somiy va oriy xalqlaridan tashqari yana ikki xalq Misrliklar va Xitoyliklar o’ziga xos madaniy-tarixiy turni yaratganlar. Yana o’z sivilizatsiyasiga erishgan zalqlar bo’lgan lekin ular o’z mustaqilligini saqlab qola olmagan va tarix sahnasidan o’chib ketgan. Yana noqulay iqlim sharitida yashagan xalqlar (qora tanlilar, mo’g’ullar, turkiy qabilalar) ko’chmanchi va yovvoyi hayot tarzidan chiqib keta olmaganlar. U rivojlanishning uchinchi qonunini izohlab
quyidagilarni misol tariqasida keltiradi. Yaxudiylar o’z madaniyatini atrofidagilarga tarqatmaganlar. Xitoy madaniyati faqatgina xitoyliklar va yaponlar orasida tarqalgan. Misr madaniyati misrliklarga oid bo’lgan xalqlar orasida tarqalgan. Yunon madaniyatin Makedoniyalik Aleksandr butun dunyoga yoyishga harakat qilgan. U sharqni egallash bilan birga ellinistik madaniyatni ham yoygan. Ma’lum ma’noda bunga oz bo’lsada erishgan. Uning o’limidan so’ng, baribir sharqdagi xalqlqr o’zlarining madaniyatlariga qaytganlar. Demak, zo’rlik bilan o’z madaniyatini yoyish va o’zga madaniyatlarni yo’q qilish kutilgan natijalarni bermaydi. Bundan xulosa shuki, biror madaniyatni yoyish uchun o’zga xalqlarga madaniyatidan voz kechishga majburlab boshqa madaniyatni olib kelish yaxshi natija bermaydi. Buning o’rniga sivilizatsiyani bir yerdan boshqa yerga ko’chirish kerak, yoki koloniyalashtirish kerak. Madaniyatni bunday yoyish orqali inglizlar Shimoliy Amerikani, Avstraliyani egallaganlar. Danilevskiy o’z asarida ba’zi yevropa olimlari tomonidan insonning tashqi tuzilishi, fizik holatidan uning qanday ekanligi va nimlarga qodirligini aniqlash haqidagi nazariyalarni ilgari surganlar va shunga qarab xalqlarni qoloq, omilkor, fikrlashga qodir kabi turlarga bo’lib chiqqanlar. Bularning hammasi yevropasentrizmga olib keladi. Ya’ni yevropa xalqlarining boshqa xalqlardan ustunligi va ular oliy tabaqa ekanligini uqtiradi. Lekin bularning hammasi ham haqiqat emas. Insonning qobilyati uning tashqi ko’rinishi bilan emas balki ichki quvvati bilan bog’liq. Va turli nazariyalarni hamma o’ziga moslab talqin qilishi mumkin, lekin shuni aytish mumkinki rus xalqi dunyoga juda ko’plab aql egalarini bergan. Ularning hech biri yevropaning boshqa xalqlaridan qolishmaydi. Masalan: shoir Pushkin, olim Lomanosov, bastakor Chaykovoskiy, yozuvchilar Gogol, Dostayevskiy va boshqalar.
Danilevskiy Sharq va G’arb masalasida fikr yuritib, bunday ajratish ham noto’g’ri ekanligini aytgan. Xalqlarning sivilizatsiyaga erishuvida sharoit va iqlimning birlamchi ekanligini ham inkor qiladi. O’sha davrda Yevropa dunyodagi eng rivojlangan qit’a, dunyoda har doim yetakchi bo’lgan va shunga o’xshash fikrlar ham asosiz ekanligini ta’kidlaydi. G’arb doimo o’sishda davom etadi, sharqda esa zulmatga mahkumdir. Bunday fikrlarni rad etish uchun sotsiolog-faylasuf xitoy
bilan Yevropani solishtiradi. U xitoyliklar Yevropadan ancha oldinda bo’lganliklari va ularning juda katta yutuqlarga erishganligini faktlar bilan keltirib o’tadi.
Danilevskiy fikricha dunyodagi eng maqbul va juda ko’p vaqtlardan beri o’z ahamiyatini yoqotmay kelayotga shahar Sarigraddir. Avval Vizantiya , so’ngra Kanstantinopol, usmoniylar bosqinidan so’ng esa Istanbul degan nom olgan shahar aslida Sarigrad deb nomlanishi kerak. Butun slavyanlar federatsiyasi tuzilgandan so’ng Sarigrad uning poytaxti bo’lishi zarur edi. Danilevskiy fikricha Istanbulga turklarning da’vo qilishiga haqqi yo’q. Chunki shahar azaldan xristian dunyosiga slavyanlarga tegishli bo’lgan.

Ijodkorning g’oyalari o’z tarafdorlarini topdi shu bilan birga bu g’oyaga qarshilar ham bo’ldi. O’zining g’oyalari va fikrlari tufayli Danilevskiy siyosiy doirada panslavyanizm ideologi sifatida tanildi.


Rus tarixchisi Milyukov Danilevskiyning g’oyalariga qarshilik bildirgan va bu faqat millatchilik va panslavyanizmga olib keladi deb takidlagan. Lekin uning o’zi I jahon urushi davrida kadetlar partiyasi yetakchisi sifatida panslavyanizmni partiyaning asosiy g’oyasi qilib oladi. Kitobning kuchli tomonlarini ko’ra bilgan rus tarixchilaridan biri K.N. Bestujev-Ryumin edi. Uning fikricha rus mutafakkirlarining g’arb madaniyati va yutuqlari oldida bosh egishlarining sababi ularning Danilevskiyning tarixiy-falsafiy qarashlarini qabul qilmaganliklarida deb biladi. Vl.Solovyov tomonidan ham Danilevskiyning asari qattiq tanqidga uchragan, chunki Danilevskiy g’oyalari Solovyov ilgari surgan g’oyalarning teskarisi edi. Solovyov fikricha, insoniyat bu bitta organizmdir, boshqa xalqlar va millatlar shu tirik organizmning qismi yoki organidir. Uning niyati barcha xristianlarni Rim boshchiligida birlashtirish edi.
Danilevskiy asari Yevropada ham mashhurdir. 1920-yilda Germaniyada chop etilgan Shpenglerning “ Yevropaning so’nishi” asaridan so’ng Danilevskiy ijodiga qiziqish oshdi. Danilevskiy va Shpengler nazariyalarini solishtirilganda ularning o’xshashligi aniqlangan. Shpengler Danilevskiyni o’qiganmi degan savol hali ham
javobsiz. Lekin Shpengler kutubxonasida “Rossiya va Yevropa” ning borligi faktdir. Bu haqida aniq ma’lumotlar bor.

Xulosa.


Tarixiy jarayonlarni tushuntirib berishda Danilevskiy ilgari surgan nazariyaning o’rni beqiyos. Biz bu nazriya yordamida nima uchun ba’zi xalqlar qolgan xalqlardan oldingi o’tib ketganligi va aksincha ba’zilarining qoloq bo’lib qolganligi sababini tushuntirib berishga yordam beradi. Uning fikrlaridan shu ma’lum bo’ladiki har bir xalq o’z sivilizatsiyasini yaratish o’z qo’lida. Dunyoda yagona sivilizatsiya yo’q. Danilevskiy ko’p qutbli dunyo nazariyasini ilgari suradi va bir sivilizatsiyaning qolgan sivilizatsiyalar ustidan hukmronlik qilishiga qattiq qarshilik bildiradi. Uning fikricha yakka hukmronlikka intilish bu sivilizatsiyaning halokatiga olib keladi. “Rossiya va Yevropa” asarida olim yevroasentrizm g’oyalari qanchalik xato va bir yoqlama ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Yevropa sivilizatsiyasi gullab yashnagan davrda u bilan parallel ravishda boshqa sivilizatsiyalar ham bo’lgan. Biror sivilizatsiya boshqa sivilizatsiya rivojiga qarshilik ko’rsatishini Danilevskiy bosqinchilik deb ataydi va Yevropani shu narsada ayiblaydi. Rossiyaning bosqinchilik siyosatini ko’rib chiqadigan bo’lsak danilevskiy fikriga ko’ra , rus xalqi asosiy yerlarni bosib olish bilan emas, balki tabiiy ko’chib joylashish orqali egallagan. Danilevskiy quyidagi fikrlarni Rossiyaning bosqinchilik siyosatini oqlash maqsadida, aytgan. Bu fikrlar yordamida Danilevskiy Rossiya Yevropa singari bosqinchi emasligini isbotlamoqchi5. Aslida ham shundaymi, Nahotki O’rta Osiyo, Kavkaz, Sibir yerlari ruslar fikricha tabiiy ko’chish yo’li bilan egallangan bo’lsa, bu yerdagi xalqlar ruslarni quchoq ochib kutib olishgan bo’lsa. Albatta bu Danilevskiyning fikri. Rus armiyasining qanday bosqinchilik siyosatini olib borganligi, katta hududlar nima evaziga qo’lga kiritilgani ko’pchilikka ma’lum.Danilevskiy firicha har bir millat o’zining g’oya, maqsadlarini, amalga oshirishi, o’z manfaatlarini himoya qilishi zarur. Bu ishlarni amalga oshirish uchun esa millat o’z siyosiy mustaqilligiga erishgan bo’lishi kerak. Biror xalqning mustqilligini boshqa bir davlat tomonidan yakson qilinishini Danilevskiy qotillik bilan tenglashtiradi va bunga qarshi fikrlar bildiradi. 6 Uning fikricha mana shu narsa bosqinchilikdir.Barhayot bo’lmagan


5N.Y.Danilevskiy “Rossiya va Yevropa” 24-bet
6Qarang 26-bet
narsani hayotini to’xtatib bo’lmaydi: tana a’zolari bir-biri bilan bog’lanmagan tanani jarohatlab bo’lmaydi. Danilevskiy bu fikrlari bilan aytmoqchiki, Rossiya davlati bosib olgan xalqlar bular uyushmagan, o’z milliy davlatiga ega bo’lmagan, mustaqillik va ozodlik haqida o’ylashga qodir bo’lmagan xalqlardir, shu sababli Rossiya davlatining bu ishini bosqinchilik deb atab bo'lmaydi. 7 Danilevskiy bu bilan O’rta Osiyo xalqlarinin bosib olinishin oqlamoqchi bo’lgan.



Download 34,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish