Uning sivilizatsion yondashuvi.
4 Страхов Н.Н. Жизнь и труды Н.Я. Данилевского.// Данилевский Н.Я. Россия и Европа. СПб., 1995.
Danilevskiy “Rossiya va Yevropa” asarida asosan panslavizm g’oyalari yotadi. U Rossiyani faqatgina yevropaning bir qismi sifatida qarshga qarshi chiqadi. Rossiya bu yevropadan farqli ravishda o’z taraqqiyot yo’liga ega ekanligi va bu yo’l Rossiya va Slavyanlarga tegishli o’ziga xos madaniyat ekanligini takidlaydi. U Rossiya va slavyanlikni alohida madaniy-tarixiy tur ekanligin aytib o’tadi. U o’zining sivilizatsion yondashuvini madaniy-tarixiy turlar deb nomlaydi. Hamma o’z tili va madniyatiga ega bo’lgan xalqlar o’ziga xos tarixiy-madniy turni hosil qiladi , agar shu tur tarixiy rivojlanishga ega bo’lsa va boshlang’ich davrdan o’tgan bo’lsa. Danilevskiy insoniyat tarixida mavjud bo’lgan 10 ta turni keltirgan: Misr, Xitoy, Ossuriya-Bobil, Hind, Eron, Yaxudiy , Yunon, Rim, Arab, Germano- Roman yoki Yevropa. Yana bu turlarga 2 ta “shubhali” tur (amerika va peru) kiritgan. Bir tur boshlab bergan sivilizatsiya boshqa turlarga o’tmaydi: har bir tur o’z sivilizatsiyasining boshlanishini o’zi yaratadi. Danilevskiy turlarning ilohiy boshlanishini so’zsiz rad etadi. Barcha madaniy-tarixiy turlar bir xilda o’ziga xosdir va o’ziga xoslik shu tur bilan belgilanadi va bu narsa hamma turlarda ham to’liq va mukammal emas. Danilevskiy madaniy-tarixi faoliyatning 4 ta darajasini keltirib o’tadi. Diniy faoliyat, madaniy (fan, san’at), siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy. Ba’zi turlar o’z kuch va g’ayratlarini quyidagi faoliyatlardan birinigina rivojlantirishga sarflaganlar (yaxudiylar- diniy faoliyatda, yunonlar madaniyat sohasida) boshqalari ikki yoki uchta sohada o’zlarini ko’rsatganlar. Faqatgina Rossiya va slavyanlar Danilevskiy fikri bo’yicha to’rtala sohada teng rivojlanganlar. Uning fikricha “insoniyat manfaatlari” bitta inson uchun ma’no kasb etmaydi, lekin “yevropa manfaati” nemis, fransuz yoki inglizlar uchun quruq so’z emas. Xuddi shunga o’xshab har bir rus va slavyan uchun “slavyanlar g’oyasi boshqa g’oyalardan , erkinlikdan , ilm-fandan, ma’rifatdan ustun bo’lmog’i shart” Danilevskiyning quyidagi fikrlari slavyanlarni eng oliy o’ringa olib chiqib qo’yadi aslini olganda bu noto’g’ri. Danilevskiy o’z fikrlari bilan slavyan millatini umuman alohida qilib qo’yagan. Umuman olganda hech bir millat yo’qki bir- biriga ta’sir qilmagan , bir sivilizatsiya rivojlansa boshqa bir sivilizatsiya esa zavolga yuz tutishi mumkin. Har bir madaniy-tarixiy turlarning rivojlanishi bir biri
bilan chambarchas bog’liqdir. Tarixda faqat o’zi uchun va o’zidan hayotni, sivilizatsiyani yuzaga keltirgan madaniy turlar bo’lmagan.
Danilevskiy olim bo’lganligi tufayli rus tashqi siyosatidagi omadsizliklar unga juda qattiq ta’sir qiladi va u yevropani yomon ko’rib qolmasdan bo’layotgan hodisalarni tushunishga harakat qiladi. 1850- yildan boshlab Danilevskiy o’tgan voqealarni chuqur tahlil qilib chiqadi va Rossiya va Yevropa bu boshqa- boshqa dunyo, ularning ildizlari ham bir emas va hech qanday manfaat ularni bog’lab turmaydi degan xulosaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |