Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakliga ko’ra guruhlarga ajratish



Download 1,2 Mb.
bet1/2
Sana24.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#508017
  1   2
Bog'liq
Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakliga ko`ra




Jahon mamlakatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakliga ko’ra guruhlarga ajratish

Reja:
1. Mamlakatlarning davlat tuzumi haqida umumiy tushuncha
2. Davlat tuzilishi unitar shaklda bo’lgan davlatlar
3. Davlat tuzilishi federativ shaklda bo’lgan davlatlar
4. Davlatlarning boshqaruv shakli va uning turlari
5. Monarxiya tuzumida davlatlar va ularning boshqaruv shakli
6. Respublika boshqaruvi o’rnatilgan davlatlar
7. Jahonning ayrim mintaqalarida xalqaro turizmning rivojlanish tendentsiyalari

Davlat tuzumi – konstitutsiyaviy huquq (davlat huquqi) normalari bilan belgilanadigan va mustahkamlab qo’yiladigan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy–huquqiy munosabatlar tizimi. Ya’ni jamiyatga davlatning ta’siri konstitutsiyaga va huquqning boshqa qonuniy manbalariga zid bo’lgan nohuquqiy shaklda namoyon bo’lsa, u davlat tuzumi konstitutsiyaviy tuzumdan farq qilishi mumkin. Qoidaga ko’ra, davlat tuzumi haqida normalar konstitutsiyalarning shu nomdagi bo’limlarida berilgan. Braziliyada shunday davlat tuzumi “davlatni tashkil etish”, O’zbekistonda “davlat hokimiyatini tashkil etish” deb yuritiladi.


Har qanday mamlakatning ma’muriy-hududiy tizimi davlat tuzulishining ajralmas xususiyati hisoblanadi (yoki davlat tuzulishi shakli). Mazkur belgiga binoan jahonda juda ko’p mamlakatlar unitar davlatlardan tashkil topgan. Bunday davlatlarda boshqaruv markazlashgan holda amalga oshiraladi.
Unitar – lotincha - “unitas” so’zidan olingan bo’lib, birlik, yagona degan ma’noni anglatadi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat mavjud ma’muriy-hududiy tuzum shaklga ega mamlakatdir.
Unitar davlat – davlatning hududiy tashkillanishining ikki shaklidan biridir. Davlat, agar bu davlatning ko’p qismi davlat tuzilmasi maqomiga ega bo’lmasa unitar (oddiy) hisoblanadi. Unitar davlat tarkibida alohida avtonom milliy davlat, shu jumladan, o’z davlatchilik belgilariga ega tuzilma bo’lish mumkin. Unitar davlat faqat yagona konstitutsiya, bir fuqorolik, yuqori davlat hokimiyati organlarining yagona tizimi mavjud bo’ladi. Unitar davlatning tarkibiy qismlari aksariyat hollarda ma’muriy-hududiy bo’linma maqomiga ega: ular markaziy organ tomonidan qabul qilingan qonunlar asosida boshqariladi. Ularning hududi oddiy umumdavlat qonuni asosida, mahalliy organlar va mahalliy aholining roziligisiz o’zgartirilishi mumkin.
Davlat tuzilishining birmuncha yosh shakli – bu federatsiya yoki federativ davlatlardir. Federativ –lotincha “foederatio” so’zidan olingan bo’lib, ittifoq, birlashma degan ma’nolarni anglatadi. Federal qonunlar va hokimiyat organlari bilan bir qatorda, o’zining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari mavjud ma’muriy - hududiy tuzum shakliga ega bo’lgan mamlakatlardir. U federatsiya sube’ktlari (shtat, provinsiya, respublika) va boshqalar dan tashkil topadi. Federativ davlatalarning soni XXI asr arafasida 28 ta, shu jumladan Yevropada 6 ta, Osiyoda 6 ta, Afrikada 6 ta, Amerikada 8 ta, Avstraliya va Okeaniyada 2 tadan iborat.

1-jadval. Jahonning federativ davlatlari



Federativ davlatalarni barpo etishda ularning tarixiy rivojlanganlik xususiyatlari (AQSH, GFR, BAA va boshqalar), hududining benihoya kattaligi (Kanada, Avstraliya, Braziliya) yoki hududining sochilib ketganligi (Mikroneziya Federativ shtatlari, Komor orollari respublikasi va boshqalar) yohud aholisining ko’p millatliligi (Hindiston, Nigeriya, JAR va boshqalar) va shunga o’xshash boshqa sabablar hisobga olingan.


Mamlakatlarining boshqaruv shakli. Boshqaruv shakli – davlat hokimiyatini tashkil etish tartibi. Boshqaruv shakli oliy va mahalliy davlat organlarini tuzish usulini hamda ularning bir-biri va aholi bilan o’zaro munosabatlari tartibini o’z ichiga oladi. Boshqaruv shakli hokimiyat bir shaxs tomonidan yoki saylab qo’yiladigan jamoaviy organ tomonidan amalga oshirilishiga qarab turlicha bo’ladi. Ba’zi mualliflar uni boshqaruv shakli desalar ba’zilari bunga davlat tuzilishini ham kiritadilar S.A Komarov esa boshqaruv shaklini davlat tuzilish shakli va siyosiy idora usuli birgalikda olingan siyosiy tashkilot sifatida tushunadi. Xullas bu borada aniq bir fikr yo’q. Lekin aksariyat olimlar Komarovning yuqoridagi fikriga qo’shiladilar. Xorijiy mamlakatlarda davlat shakli deganda: boshqaruv shakli, davlat tuzilishi,siyosiy rejim, davlat rejimi nazarda tutiladi.
Davlat shakli har qanday jamiyatning yashash tarzini belgilab beradi. Boshqaruv shakli – bu Konstitutsiyada o’rnatilgan tartibda davlat boshlig’ining belgilanishi va Oliy qonunchilik hamda ijroiya hokimiyat organlari munosabatlarining tashkil etish usullari. Hozirgi davrda ikki xil davlat boshqaruv shakllari mavjud: respublika va monarxiya. Ular davlat boshlig’ining maqomi bilan bir-biridan farq qiladi.
Monarxiya tuzumida davlat boshlig’i lavozimi nasldan-naslga o’tib, yuridik jihatdan javobgarlikka tortilishi mumkin bo’lmagan shaxs qo’lida davlat hokimiyatiga umrbod boshchilik qilishi belgilangan bo’ladi (Qirol, podsho, sulton, amir va boshqalar). Bu shuni anglatadiki, monarxiya tartibi hukmron bo’lgan davlatning boshlig’ini biron-bir qonuniy tarzda o’z lavozimidan olib tashlash yoki qonunga xilof xatti-harakatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas.
Respublika boshqaruvi o’rnatilgan davlatlarda, tartib bo’yicha mamlakatga prezident boshchilik qiladi (ayrim davlatlarda prezident funksiyasini kollegial organ amalga oshiradi). Prezident vakolati saylov yo’li bilan, uning natijasiga ko’ra belgilanadi. Monarxiya tushunchasi grekcha so’zdan olingan bo’lib, yakka hokimiyatchilik, yagona hokimiyat sohibi ma’nolarini beradi. Monarxiya tuzumi hukmron bo’lgan davlatda uning boshlig’i xudoning yerdagi vakili deb qaraladi. Masalan, Yaponiya imperatori 1945-yilga qadar quyosh xudosi Amaterasning o’g’li deb hisoblangan. Hozirgi zamonda podsholarning xudolar avlodidan kelib chiqqanligi hech kimni qiziqtirmaydi. Tarixiy manbalardan bizga ma’lumki, feodal tuzum hukmron bo’lgan davrda katta yer egalari hokimiyatni egallashga harakat qilib kelishgan. Ayrimlari bu maqsadlariga erishib o’zlarini oliy hukmron deb e’lon qilganlar. Demak, hozirgi monarxiya tuzumi saqlanib qolgan davlatlarning hukmdorlari feodal tuzum davridan qolganlarning avlodlari hisoblanadi. Lekin ular oldingi davrdagidek davlat hokimiyatiga ega emaslar. Chunki monax ularning davlat hokimiyatiga bo’lgan huquqlarini oyoqosti qilayotgani yo’q va o’zi ham bunday huquqlarga to’liq ega bo’lmagan.
Mutlaq monarxiyada - siyosiy rejim avtoritar xususiyatga ega bo’lib, davlat rejimi esa cheklanmagan deb ataladi. Hozirgi davrda mutlaq monarxiya davlat boshqaruv shakli kam uchraydi. Bunga misol sifatida Saudiya Arabistoni va Ummonni kabi davlatlarni keltirish mumkin. Bu davlatlarda monarx – eng oliy din peshvolari hisoblanadi. Shuningdek, monarxiya davlat shakli cheklangan boshqaruv usuliga ham bo’lmaydi. Cheklangan monarxiya dualistik va parlamentar davlat boshqaruv shakllarida qurilgan bo’ladi. Qonunchilik hokimiyati parlamentga tegishli bo’lib, uning tarkibi saylov huquqi orqali saylanadi va tayinlanadi (Monarx ma’lum qismini tayinlaydi). Ijroiya hokimiyat esa monarxga tegishli bo’lib, o’zi amalga oshiradi yoki hukumatni tayinlaydi. Sud hokimiyati ham monarx qo’lida bo’lib, u yoki bu darajada mustaqil bo’lishi mumkin.
Dualistik monarxiya. Bu mutloq monarxiyaning o’zgarishiga asos solgan birinchi zamonaviy davlat boshqaruv shakli bo’lib konstitutsiyaviy monarxiya deb ataladi. Dualistik monarxiyada o’z nomi bilan davlat hokimiyati shakliga bo’linadi, qonunchilik va ijro etuvchi. Qonunchilik hokimiyati parlamentga tegishli bo’lib, uning tarkibi saylov huquqi orqali tanlanadi va tayinlanadi ya’ni monarx ma’lum qismini tayinlaydi. Davlat rejimi esa chegaralangan dualistik hokimiyat tavsifida to’lishi mumkin. Shunday qilib monarxiya davlat shaklining dualistik boshqaruv usulidagi davlat hokimiyatining bo’linishi oldingidek, monarx va uning atrofidagi yaqin qarindoshlari qo’lida bo’ladi. Hozirgi vaqtda, Quvayt, Iordaniya, Marokash davlatlarida dualistik monarxiya boshqaruv shakli saqlanib qolgan.
Parlamentar monarxiya. Bunday boshqaruv shakli, odatda eng rivojlangan davlatlar hisoblanadi. XVII-XVIII asrlarda ayrim mamlakatlarning davlat boshqaruv shakli insoniyat tassavvurida bo’lmagan yangicha jamiyat qurilishi jarayonlari boshlangan davr bo’ldi. Agrar feodalizmdan, ilk kapitalistik tuzum davrida barcha davlatlarning boshqaruv shakli, tabiat, jamiyat qonuniyatlari talablariga mos ravishda o’zgardi. Buyuk Britaniya, Yaponiya, Niderlandiya, Shvetsiya, Kanada, Avstraliya kabi davlatlarning boshqaruv shakli tubdan yangilandi. Albatta, bu jarayonda har bir davlat xalqlarining xohish irodasiga bog’liq. Parlamentar monarxiya davlat boshqaruv shaklini o’rganar ekanmiz, uning paydo bo’lish tarixi ma’lum bir rivojlanish bosqichlarini bosib o’tganligini ko’ramiz.
Respublika shakli. Respublika so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, “respublica” res — ish va publicus — ijtimoiy, umumxalq) degan ma’nolarni anglatadi. Respublika shaklidagi davlatlarda barcha davlat hokimiyati organlari saylab qo’yiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega bo’ladilar. Miloddan avvalgi 5—4-asrlarda Sparta va miloddan avvalgi 2-asrda Rim davlati aristokratlar qismi manfaatlarini ifoda etgan. Oʻrta asrlarda Respublika boshqaruv shaklini qo’llagan Venetsiya va Genuya singari shahar davlatlar bor edi. Mazkur boshqaruv shaklining paydo bo’lishi hamma davlatlarda albatta ulug’ inqiloblar natijasidir. Fransiyada burjua inqilobi, Amerikada fuqarolar urushi natijasida ayrim davlatlarda hokimiyatni boshqa bir siyosiy kuchlar tomonidan egallab olinishi tufayli (Germaniya, Gretsiya, Chili, Jazoir) haqiqiy prezidentlik respublikasi o’rnatilgan edi.Hozirgi vaqtda jahondagi 200 taga yaqin davlatdan 140 dan ortigʻi respublika hisoblanadi. Boshqaruvning respublika shakli quyidagi turlarga ajratiladi:
1) Prezidentlik respublikasi (AQSH, Meksika va boshqalar), bunda prezident umumxalq saylovida saylanib, bir vaqtning oʻzida davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi hisoblanadi.
2) Parlamentar respublika (Italiya, GFR, Vengriya va boshqalar), bunda parlament toʻliq hokimiyatga ega boʻlib, uning oldida hukumat siyosiy javobgar hisoblanadi. Parlament prezidentni saylaydi. Bunda prezident faqat davlat boshligʻi boʻlib, ijro etuvchi hokimiyat boshligʻi hisoblanmaydi.
3) Aralash tipdagi respublika (yarim prezidentlik; Fransiya, Portugaliya, Finlyandiya, Yevropadagi totalitar tuzumdan xolos boʻlgan yangi mamlakatlarning aksariyati), bunda prezidentlik respublikasi bilan parlamentar respublika xususiyatlari qoʻshilib ketadi. Yaʼni prezident umumxalq saylovlarida saylanib, yuridik va real keng vakolatlarga ega boʻladi. Biroq hukumat parlament tomonidan tashkil etiladi va u nafaqat prezident oldida, balki parlament oldida ham siyosiy javobgar boʻladi. Bunda prezident hukumatga umumiy rahbarlik qiladi, lekin uni bosh vazir boshqaradi. Prezident maʼlum holatlar yuz berganda parlamentni tarqatib yuborish huquqiga ega.

2 – jadval. Osiyo davlatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli



3–jadval. Yevropa davlatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli



4 – jadval. Afrika davlatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli



5 – jadval. Shimoliy Amerika davlatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli

6 – jadval. Janubiy Amerika davlatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli



7 – jadval. Avstraliya va Okeaniya davlatlarining davlat tuzumi va boshqaruv shakli


2002 yilda sayyohlar soni bo'yicha dunyodagi birinchi o'nta mamlakat

1.1 -jadval







Sayyohlar soni, million kishi

Sayyohlar sonining nisbati,%

Jahon darajasining ulushi,%













1.

Frantsiya

77,0

2,4

11,0

2.

Ispaniya

51,7

3,3

7,4

3.

AQSH

41,9

-6,7

6,0

4.

Italiya

39,8

0,6

5,7

5.

Xitoy

36,8

11,0

5,2

6.

Buyuk Britaniya

24,2

5,9

3,4

7.

Kanada

20,1

1,9

2,9

8.

Meksika

19,7

-0,7

2,8

9.

Avstriya

18,6

2,4

2,6

10.

Germaniya

18,0

0,6

2,6




2003 yil sentyabr

JAHON TURIZMI. Xalqaro turizm ko'plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun valyuta tushumining muhim manbaiga aylandi. Masalan, tovarlar va xizmatlar eksportidan tushgan tushumlarning umumiy miqdorida tashqi turizmdan tushadigan daromadning ulushi: Ispaniyada - 18,3%, Avstriyada - 11,8%, Gretsiyada - 33,6%, Portugaliyada - 14,9%, Kiprda - 53%. . Ko'pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar eksportidan keladigan daromadning 10-15% ni xorijiy turizm tashkil qiladi (Hindiston, Misr, Peru, Paragvay, Kosta-Rika).
Jahon sayyohlik tashkilotining tasnifida, birinchi navbatda, sayyohlarni etkazib beruvchilar va asosan qabul qiluvchi mamlakatlar bo'lgan davlatlar ajratiladi. Turist etkazib beruvchilarga AQSh, Belgiya, Daniya, Germaniya, Gollandiya, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Kanada, Angliya kiradi. Turistlarni qabul qiladigan davlatlar qatoriga Avstraliya, Italiya, Shveytsariya, Frantsiya, Kipr, Gretsiya, Meksika, Portugaliya, Ispaniya, Turkiya kiradi.Xalqaro turizmdan kelganlar va keladigan daromadlar soniga ko'ra, Jahon sayyohlik tashkiloti har yili etakchi o'nta mamlakatning reytingini tuzadi (1.1 -jadval). Xalqaro turistlarning kelishi bo'yicha Frantsiya va Ispaniya etakchi bo'lib, birgalikda barcha xalqaro tashriflarning 18% dan ortig'ini tashkil qiladi. Qo'shma Shtatlar o'tgan yilga nisbatan 6,7% pasayishiga qaramay uchinchi o'rinni egalladi. Xitoy beshinchi o'rinni egallagan bo'lsa -da, 11% o'sish bilan bu sanoatning ahamiyatini tasdiqlaydi.Qo'shma Shtatlar 2000 yildan beri 20% ga kamayganiga qaramay, xalqaro turizmdan tushadigan daromad bo'yicha etakchi hisoblanadi, 67 mlrd. Ispaniya, Frantsiya va Italiyaning daromadi 34 milliard dollardan 27 milliard dollargacha. O'tgan yilga nisbatan eng ilg'or Gonkong (Xitoy), Xitoy va Avstriya (1.2 -jadval). 20 -asrning 60 -yillaridan boshlab xalqaro turizm tez rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda turizm fenomeni keng ko'lamga ega bo'lib, xalqaro turistik tashriflar soni 50 milliondan oshdi va 60-70 -yillardan keyin, jahon miqyosida ommaviy sayyohlik xarakterli bo'lganidan so'ng, xalqaro turizmning o'sishi tobora kuchayib bormoqda. hayajonli tezlik

2002 yilda turizmdan tushgan daromadlar (xalqaro turistlarning kelishi) bo'yicha dunyodagi birinchi o'nta mamlakat

1.2 -jadval







Turizmdan tushgan daromad, milliardlab dollar

Daromad nisbati (%)

Global darajadagi ulushi (%)













1.

AQSH

66,5

-7,4

14,0

2.

Ispaniya

33,6

2,2

7,1

3.

Frantsiya

32,3

7,8

6,8

4.

Italiya

26,9

4,3

5,7

5.

Xitoy

20,4

14,6

4,3

6.

Germaniya

19,2

4,0

4,0

7.

Buyuk Britaniya

17,8

9,5




8.

Avstriya

11,2

11,1

2,4

9.

Gonkong (Xitoy)

10,1

22,2

2,1

10.

Gretsiya

9,7

3,1

2,1

Manba: Jahon sayyohlik tashkiloti (JST)

2003 yil sentyabr

Shunday qilib, 1960 yildan 2000 yilgacha kelganlar soni deyarli 10 baravar ko'paydi (1.4 -chizma). 1990 yildan 2000 yilgacha xorijiy sayyohlarning 4,3% yillik o'rtacha o'sish sur'ati xalqaro turizmning iqtisodiy o'zgarishlarga chidamliligi va chidamliligini ko'rsatadi.
1960-2002 yillar uchun butun dunyo bo'ylab sayyohlar kelishi va turizmdan tushumlar dinamikasi.




Kelganlar soni, million kishi

O'zgarishlar,%

Qabullar,
Milliard AQSh dollari

O'zgarishlar,%

1960

69,2

-

6,86

-

1970

159,6

130,4

17,9

163,2

1980

284,8

78,3

102,3

471,9

1990

459,2

61,2

264,7

158,5

2000

687,3

49,6

473,4

78,8

Manba: Jahon sayyohlik tashkiloti (JST)




Mamlakatlarning turizm xizmatlarini sotishdan tushgan daromadi shu davrda 69 martadan oshib, 6,8 milliard dollardan 473,4 milliard dollargacha oshdi Ko'plab mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotida turizmning ahamiyati ortib borayotgani kelgusi o'n yil ichida xalqaro turizmdan tushadigan daromadlar ulushi ortadi degan taxminni tasdiqlaydi.
Xalqaro turizm bandlik muammosini hal qilishga, vaqtincha va doimiy ish bilan ta'minlashga katta ta'sir ko'rsatadi. Jahon sayyohlik va sayyohlik kengashining (WTTC) ma'lumotlariga ko'ra, 2004 yilda jahon turizmida barcha ishchilarning 8,1 foizi ishlaydi, ya'ni har o'n ikki ishchidan biri turizmda ishlaydi. Prognozlar shuni ko'rsatadiki, 2014 yilda sayyohlik sohasida ishlayotganlar soni butun dunyo aholisining 8,6 foizini tashkil qiladi. AQShda, milliy statistik ma'lumotlarga ko'ra, turizm sohasi 16,7 milliondan ortiq ish o'rinlari bilan ta'minlaydi, bu mamlakatdagi umumiy ish o'rinlarining 11,9 foizini tashkil qiladi. sakkiz
Turizmning bandlik va yangi ish o'rinlarini yaratishga qo'shgan hissasi bu sohaning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini belgilaydi.
Turizmning rivojlanishi iqtisodiyotning transport, aloqa, savdo, qurilish, qishloq xo'jaligi, xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish kabi rag'batlantiruvchi ta'siriga ega va multiplikator ta'sirini hisobga olgan holda iqtisodiyotni qayta qurishning eng istiqbolli yo'nalishlaridan biridir.
Turizmga kapital qo'yilmalarning ko'payishi ham jahon miqyosida bu sohaning iqtisodiy ahamiyatini ko'rsatadi. Shunday qilib, 2004 yilda dunyo investitsiyalarining umumiy hajmida turizm ulushi 9,4% yoki 802,3 milliard dollarni tashkil qilishi kutilmoqda.
Dunyodagi sayyohlik sayohatlarining umumiy sonida 60% bo'sh vaqtga, 30% xizmat safarlariga to'g'ri keladi. Jahon savdo tashkilotining prognozlariga ko'ra, xalqaro turizmning rivojlanishi doimiy ravishda oshib boradi. Shunday qilib, xalqaro sayyohlik tashriflarining o'rtacha o'sish sur'ati 2010 yilgacha 4,2% va 2010 yildan 2020 yilgacha bo'lgan davrda 4,5% ni tashkil etadi.
Xalqaro turizm global miqyosda iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga hissa qo'shadi. Bu ma'lumotlar xalqaro turizm jahon iqtisodiyotida muhim va muhim o'rinni egallashini yana bir bor tasdiqlaydi.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish