Kimyo va neft-kimyo sanoati. Superfosfat sanoatining eng yirik korxonalari Yoskresensk (Moskva oblasti), Sankt-Peterburg, Kingisepp (Leningrad oblasti) dagi kombinatlardir. Azot o‘g‘itlarini ishlab chiqarish bo‘yicha esa Dzerjinsk (Nijniy Novgorod yaqinida), Novomoskovsk (Tula oblasti), Nevinnomisk (Stavropol o‘lkasi), Kemerovo shaharlaridagi kombinatlar katta ahamiyatga ega. Uralda (Solikamsk, Berezniki) kaliy o‘g‘itlari ishlab chiqariladi. So‘nggi yillarda organik sintez kimyosining ahamiyati ortib bormoqda.
Sun’iy va sintetik tola yetkazib beruvchi kimyo korxonalari Tver, Ryazan, Balakov (Saratov oblasti), Barnaul, Kursk, Engels, Yoljskiy, Krasnoyarsk kabi shaharlarda joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |