Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Tabiiy sharoiti va resurslari



Download 1,28 Mb.
bet80/173
Sana31.12.2021
Hajmi1,28 Mb.
#199298
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   173
Bog'liq
Jahon mamlakatlari 1

Tabiiy sharoiti va resurslari. Meksika tog’li mamlakat: uning hududining yarmidan ko’prog’i 1000 metrdan baland hududlarda joylashgan. Mamlakat hududining katta qismini G’arbiy Serra-Madre Vulkanik Serra Madre va Sharqiy Serra-madre tog’lari tog’ tizmalari bilan o’ralgan Meksika yassi tog’ligi egallaydi.

Mamlakat hududining kattaligi, tog’ relefining keng tarqalganligi xilma-xil tabiiy sharoit va resurslarning hosil bo’lishiga sabab bo’lgan. Meksika rux, simob, marganes rudalari, mis, polimetall rudalari kabi 18 turdagi minerallar qazib chiqarish bo’yicha dunyoning etakchi o’nlik mamlakatlar guruxiga kiradi.

Mamlakatda iqtisodiyot uchun muhim bo’lgan neft (14 mlrd tonna) va tabiiy gazning (2 trln m3 dan ortiq) yirik zaxiralari topilgan. Asosiy neft konlari Meksika qo’ltig’i qirg’oq bo’yida va janubdagi Chyapas va Tabasko shtatlarida joylashgan. 1970 yillarda mamlakatning Kampeche qo’ltig’i rayoni shelfida va Chekontepek rayonidagi shimoliy quruqlikdan yangi boy neft konlari ishga tushirildi va natijada Meksika neft zaxiralari va uni qazib chiqarish bo’yicha dunyoda oldingi o’ringa chiqib oldi.

Mamlakatda asosiy ko’mir zaxiralari Koauila va Oaxaka shtatlarida topilgan. Uranning asosiy konlari mamlakatning Chiuaua, Nuevo-Leon, Durango shtatlarida aniqlangan. Temir rudasi esa Durango shtatining Serro-de-Merkado konlaridan va Chiuaua shtatining Laperla konlaridan qazib olinmoqda. Meksika marganes rudalarining zaxiralari bo’yicha Lotin Amerikasida Braziliyadan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Marganes asosan Idalgo shtatining Molango konidan qazib olinmoqda. Bundan tashqari Meksikada kobalt, titan, nikel va simob kabi nodir va rangli metallarning yirik konlari aniqlangan.



Aholisi. Hozirgi mamlakat aholisining katta qismini ispan va xindu millatlarining aralashuvidan kelib chiqqan meksikaliklar tashkil etadi. Bundan tashqari Meksikada 40 dan ortiq xindu qabilalari va xalqlari (aholining 29 foizi) yashaydi. Ulardan eng yiriklari asteklar, mayyalar, otamilar, sapoteklar hisoblanadi. Ilgari mamlakat aholining o’sish sur’ati bo’yicha (3,5 foizi) dunyoda oldingi o’rinlardan birini egallar edi, so’nggi yillarda mamlakatda amalga oshirilgan demografik siyosat natijasida aholining o’sish sur’ati sezilarli kamaydi. Aholining tug’ilish koeffitsenti har 1000 kishiga 28 kishi, o’lim koeffitsenti 5,5 kishiga to’g’ri keladi. Mamlakatda har bir aholining umri 70 yoshgacha o’zaydi, biroq Meksika dunyodagi eng «yosh» mamlakatlardan biri bo’lib qolmoqda (jami aholi tarkibida 15 yoshgacha bo’lgan yoshdagilar-38 foizni tashkil etadi) Iqtisodiy faol aholi jami aholi sonida 35 foizni tashkil etadi.

Mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy muammolardan biri aholi bandligi muammosi hisoblanadi. Har yili millionlab kishilar ish qidirib qonuniy va noqonuniy yo’llar bilan AQSh davlat chegarasini kesib o’tadi. Hozirgi vaqtda kelib chiqishi meksikalik bo’lgan Amerikaliklar AQShda 13 mln kishini tashkil etadi.

Meksika aholisining 77 foizdan ortig’i shaharlarda yashaydi. Mamlakatda 5 ta-Mexiko, Monterrey, Gvadalahara, Pueblo, Leon kabi millioner shaharlar bor. Birgina poytaxt Mexiko shahar aglomerasiyasida 20 mlndan ortiq aholi istiqomat qiladi.

Mamlakatda davlat tili ispan tili hisoblanadi. Aholining asosiy qismi katolik diniga e’tiqod qiladi. Mamlakat ma’muriy-hududiy jihatdan 31 shtat va 1 ta federal okrugdan iborat.



Xo’jaligi. Meksika industrial-agrar mamlakat bo’lib, Lotin Amerikasida iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko’ra etakchi mamlakatlardan biridir. Meksika yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi bo’yicha faqat Braziliyadan keyinda, aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha Argentina, Venesuela va Chilidan keyinda turadi.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish