Qishloq xo‘jaligi mintaqa hududi bo‘ylab tekis rivojlanmagan. Jami qishloq xo‘jalik mahsulotining 1G’3 qismi chorvachilikda yetishtirib beriladi. Bu tarmoqning ahamiyati, ayniqsa, Argentina, Urugvay va Braziliyada katta. Qoramolchilik, qo‘ychilik, parrandachilik chorvachilikning eng mahsuldor tarmoqlari hisoblanadi. Dengizbo‘yi davlatlari, ayniqsa, Peru, Chili, Braziliyada baliqchilik muhim sohadir. Dehqonchilik tarmoqlaridan donchilik (Argentina, Braziliya), shakarqamish yetishtirish (Braziliya, Kuba, Kolumbiya, Ve- nesuela va boshqalar), kofe yetishtirish (Braziliya, Yenesuela, Kolumbiya), banan yetishtirish (Braziliya, Kolumbiya, Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari) tovar ahamiyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |