Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar rivojlanishining asosiy tendensiyalari



Download 27,8 Kb.
Sana21.04.2022
Hajmi27,8 Kb.
#569467
Bog'liq
jahon iqtisodiyotida transmilliy kor




Jahon iqtisodiyotida transmilliy korporatsiyalar rivojlanishining asosiy tendensiyalari

Moliyaviy globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar jahon iqtisodiyoti va xalqaro moliya munosabatlari rivojlanishining muhim elementlaridan hisoblanadi. Oxirgi yillarda ularning jadal ravishda rivojlanishi jahon xo’jaliklari aloqalarining globallashuvida, kapital va ishlab chiqarishning baynalmillashuv jarayonlarida namoyon bo’lmoqda. Transmilliy korporatsiyalar jahon xo’jaligi aloqalarining barcha sohalarida faol ishtirokchi bo’lib hisoblanadi. Transmilliy korporatsiyalar bir tomondan jadal rivojlanib borayotgan xalqaro moliya munosabatlarining mahsuli, boshqa tomondan esa, mazkur munosabatlarga ta‟sir etuvchi qudratli mexanizm sifatida namoyon bo’ladi.


Xalqaro korporatsiyalarning asosiy qismi AQSh, Evropa ittifoqi mamlakatlari va Yaponiyada joylashgan. Xalqaro korporatsiyalar jahon iqtisodiyotining rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Xalqaro korporatsiyalar filiallari orqali amalga oshirilgan eksportning hajmi jahon eksportining 1/3 qismini tashkil etadi va ularda 77 mln. kishi ishlaydi. Ushbu ko’rsatkich Germaniya iqtisodiyotida band bo’lganlar sonidan ikki baravar ko’pdir.
Hozirgi kunda 500 ta eng kuchli transmilliy korporatsiyalardan 85 tasi xorijiy mamlakatlardagi investitsiyalarning 70%i ustidan o’z nazoratini o’rnatgandir. Ushbu 500 ta gigant korporatsiyalar hissasiga jahon bozoriga chiqarilayotgan elektronika va kimyo sanoatining 80%, farmatsevtikaning 95%, mashinasozlikning 76% mahsulotlari to’g’ri keladi.
Xalqaro korporatsiyalar faoliyatini tavsiflovchi asosiy belgilar quyidagilardan iborat:

  1. Yillik savdo aylanmasi 100 mln. dollardan ortiq bo’lishi.

  2. Kamida oltita mamlakatda filiallarga ega bo’lishi.

  3. Xorijdagi aktivlar ulushi 25% dan ortiq bo’lishi.

Mazkur ko’rsatkichlarga misol sifatida Shveytsariya firmasi hisoblangan “Nestle”ni ko’rsatish mumkin. Xalqaro korporatsiyani aktivlarining tuzilishi bo’yicha ham aniqlash mumkin. Bir qator xorijiy tadqiqotlarda xalqaro korporatsiyalarga xorijda 25% aktivlariga ega bo’lgan kompaniyalar kiritilgan.
Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining asosiy sababi milliy davlat chegaralaridan chiquvchi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi asosida kapital va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi hisoblanadi.
Kapital va ishlab chiqarishning baynalmillashuvi xorijda ko’p sonli bo’linmalariga ega bo’lgan yirik kompaniyalarni tashkil etish va milliy korporatsiyalarningtransmilliyga aylanishi orqali xo’jalik aloqalarining ekspansiyasi xususiyatiga ega bo’ladi. Kapitalni xorijga chiqarish xalqaro korporatsiyalarni tashkil etish va rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi.
Transmilliy korporatsiyalar yuzaga kelishining sabablari qatoriga, iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishning keng ko’lamligini ta‟minlovchi yuqori iqtisodiy samaradorligini kiritish lozim. Kuchli raqobatlashuv sharoitida raqobat kurashiga dosh berish zaruriyati xalqaro ko’lamda kapital va ishlab chiqarishning bir joyga to’planishiga imkon yaratadi. Natijada yuqori foyda olish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish imkoniyati yuzaga keladi hamda global miqyosda oqilona faoliyat shakllanadi.
Transmilliy korporatsiyalar rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’pchiligida yuksak iqtisodiy o’zgarishlarni vujudga keltirayotganligi bilan bir qatorda, ushbu korporatsiyalar texnik taraqqiyotining ichki omillariga juda katta imkoniyatlar ochib bermokda. Amaliyot natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, transmilliy korporatsiyalar dunyo mamlakatlarining rivojlanishida yuksak ahamiyat kasb etmoqda. Bular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Bir qator sanoat tarmoqlarda (engil, to’qimachilik, elektron va boshqa sanoat tarmoqlari) qo’llanilayotgan texnika va texnologiyalarni etkazib berishda transmilliy korporatsiyalar investor sifatida ham, shuningdek investitsiya tovarlarini yoki texnologiyalarini (litsenziyalarini) etkazib beruvchi korporatsiyalarlar sifatida ham muhim rol o’ynamoqda.

  • Rivojlanayotgan mamlakatlarni jahon bozoriga xom ashyo mahsulotlarini eksport qiluvchi davlatlardan tayyor mahsulotlarning sotuvchilariga aylantirish. Bunda, bevosita rivojlanayotgan mamlakatlar ishlab chiqarishdagi tarkibiy o’zgarishlar uchun to’g’ridan to’g’ri yo’nalishdagi investitsiyalar moliyaviy resurslarni oddiy joylashtirishga nisbatan ancha muhim hisoblanadi.

  • transmilliy korporatsiyalar rivojlanayotgan mamlakatlardagi mavjud bandlik muammolarini ham bartaraf etadi. Ta‟kidlab o’tish joizki, to’g’ridan– to’g’ri yo’naltirilgan investitsiyalar bilan bevosita bog’liq bo’lgan ishchi o’rinlar unchalik ko’p bo’lmasdan rivojlanayotgan dunyodagi iqtisodiy aktiv aholining 1% idan kamroq qismini ta‟minlay oladi xolos.

  • Xalqaro tashkilotlar rivojlanayotgan mamlakatlarga o’zlarining texnik yordamlarini ko’rsatishda transmilliy korporatsiyalar imkoniyatidan foydalanishni taklif etishmoqda. O’z navbatida, rivojlanayotgan mamlakatlarning hukumat rahbarlari ham transmilliy korporatsiyalarni o’z iqtisodiyotlariga jalb etish borasida o’zaro kurash olib bormoqdalar.

Shunday qilib, jahon xo’jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanishining obyektiv qonunlariga bo’ysungan holda, rivojlanayotgan mamlakatlar o’z oldilariga qo’yilgan alohida maqsadlari bilan bir qatorda ijtimoiy
– iqtisodiy muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan va shuningdek transmilliy korporatsiyalarning mamlakatlar iqtisodiyotidagi manfaatlariga mos keluvchi zaruriy parametrlarini izlab topishga harakat qilinmoqda.
Download 27,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish