Jahon iqtisodiyotida ixtisoslashuv jarayonining chuqurlashuvi
#100. Full
XXI asrning boshiga kelib dunyo energetika istemolida yuqoridagi holat kuzatildi. XX asrning boshidan o’rtalarigacha bo’lgan davrda gidroenergiyaning roli oshib borgan bo’lsa, XX asrga kelib muvozanat neft mahsulotlari, gaz, va mutlaqo yangilik bo’lgan yadro energiyasi hisobiga buzildi. Ayniqsa, hozirda, neftning narxi oshib borayotgan bir vaqtda, butun dunyo bo’yicha energetik zahiralar o’rganilmoqda va samarali foydalanishga da’vat qilinmoqda. Hozirda dunyo bo’yicha neft zahiralari eng ko’p joylashgan davlatlar sirasiga quyidagilar kiradi. 3- jadval3. Dunyo bo’yicha davlatlarning neft zahiralari
Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, Kanada, BAA, Quvayt, Venesuela, Rossiya, Nigeriya, Qatar kabi bir qator davlatlarda YaMMning asosiy qismini neft tashkil qilib, mamlakat iqtisodi ana shu boylik hisobiga boyiydi. Asosan OPEC davlatlari import qiluvchi davlatlar uchun neft narxini belgilashda ana shu omilga katta e’tibor qaratadilar. Misol tariqasida Saudiya Arabistonini oladigan bo’lsak, neft sektori davlat byudjetining 75%ini, YaIMning 25%ini, eksportdan tushadigan daromadning 90%ini tashkil qiladi4. Oxirgi yillarda neft sanoatining rivojiga quyidagi omillar xizmat qiladi:
Ma’lum zahiralarning o’rnini qoplash uchun yangi neft zahiralarining kashf qilinish; Asosiy neft zahiralarining dunyo neft bozorida asosiy raqobatchilar hisoblangan va bir necha davlatga tegishli bo’lgan ma’lum bir guruh kompaniyalarga tegishli bo’lganligi; Rivojlangan mamlakatlarda yangi texnologiyaning keng tarqalganligi. Hozirda 20 ta yirik davlatga tegishli bo’lgan neft kompaniyalari dunyoda mavjud bo’lgan neft zahiralarining 87%iga egalik qiladi.20 ta kompaniya ichida Saudi Aramko (Saudiya Arabistoni kompaniyasi) kompaniyasi 25%neft zahiralariga egalik qiladi. Shuningdek, Iraq National Oil Co., Kuwait Petrolium Corp., Abu Dabi National Oil Co. va National Iranian Oil Co. kompaniyalari ham o’z neft zahiralari bo’yicha dunyoda yetakchilik qilishadi. Shuni eslatib o’tish joizki, yuqoridagi kompaniyalarning barchasi Yaqin Sharqda joylashgan. Sanoati rivojlangan davlatlarning an’anaviy neft TMKlari hisobiga esa dunyo neft zahiralrining arzimas qismigina to’g’ri keladi. Masalan, Exxon Mobil, British Petroleum Amoco, Royal Deutch/Shell, Shevron Texaco kompaniyalariga 3.8% neft zahiralari to’g’ri keladi. Lekin, neft zahiralarining asosiy qismi TMKlarga tegishli bo’lmaganligi qandaydir xavf va aniqsizlik tug’dirishi mumkin. Chunki, ulkan neft zahiralariga ega bo’lgan davlatlar kelajakda o’z neft zahiralarini mashhur va malakali TMKlarga topshirishi mumkin va bu ishni amalga oshirish uchun ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Misol sifatida AQShdagi Texas universitetida injener-neftchi kasbi bo’yicha ta’lim olayotgan chet el studentlari hissasi 1997 yilda 77%ni tashkil qilgan bo’lsa, 1999 yilning o’zidayoq 81%ni tashkil qildi. XX asrda ishlab chiqarishga kam harajat ketadigan bir necha yangi neft zahiralari topilgan bo’lib, ularning ham ko’pchilik qismi tashib ketilgan. Hozirda ishlab chiqarilayotgan neftning 80%i 1973 yilgacha bo’lgan davrda kashf etilgan neft basseynlaridan qazib chiqariladi. Agar 60-yillarda har yillik o’rtacha neft zahiralarining kashf etilishi 9.6 mlrd. tonna bo’lgan bo’lsa. 90- yillarda bu ko’rsatkich bor yo’g’i 2.7 mlrd. tonnani tashkil qildi va bu ko’rsatkich bir yillik neft istemolidan kam hisoblanadi. OPEC analitiklar bo’limi hisoblariga qaraganda bir barrel neft narxining 6 dollari fondlardagi spekyulativ o’yinlar hisobiga to’g’ri keladi. Neft narxining yuqori saqlanib turishiga yana bir sabab shuki, Yaqin va O’rta Sharqdagi geopolitik nostabillikdir. Xalqaro ekspertlarning fikriga ko’ra bu faktor har bir barrel neft narxini 4-8 dollarga oshiradi. 4- jadval. Neft ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda yetakchi davlatlar.
Quyida dunyo bo’yicha neft eksportida yetakchi o’rinlarda turuvchi davlatlar ro’yxati keltirilgan. 5-jadval. Neft eksportida yetakchi davlatlar.
Saudiya Arabistoni, Rossiya, Norvegiya, BAA, Venesuela, Eron, Qozoqiston davlatlari iqtisodida neftning ulushi juda ham katta hisoblanadi. Venesuela davlati misolida ko’radigan bo’lsak, neft eksportidan tushgan mablag’ federal byudjetning 50%ini, YaIMning 30%ini tashkil qiladi. Umuman olganda jahon xo’jaligida neft va neft mahsulotlarining o’rni juda muhimdir. Hozirda bu sohaga katta e’ribor qaratilishining ham bir sababi, neft zahiralarining chegaralanganligidir. Download 434,5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |