«jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar»


-mavzu. Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish yo’llari



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/143
Sana05.06.2022
Hajmi1,55 Mb.
#638664
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   143
Bog'liq
«jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar»

3-mavzu. Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish va boshqarish yo’llari
 
§ 3.1. Xalqaro savdoda davlatning roli 
Har qanday davlatning tashqi savdo siyosati hukumatning umumiqtisodiy yo’nalishining muhim 
tarkibiy qismi sanaladi, yanada torroq ma’noda esa eksport-import tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va 
jug’rofiy yo’nalishini tartibga solish bilan bog’liq byudjet-soliq faoliyati sohalaridan biridir.
Erkin savdo siyosati (yoki fritredlik — inglizcha free trade) iqtisodiy hayotning bir hodisasi sifatida 
XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo’ldi. Uning nazariy jihatdan asoslanishida A. Smitning mashhur 
asari - «Xalqlar boyligi tabiati va sabablari» hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Iqtisodiy nazariyada odatda erkin savdo protektsionizm siyosatiga (ingl. protection — himoya, 
homiylik), ya’ni milliy iqtisodiyotni ichki va tashqi bozor tamoyillarining salbiy ta’sirlaridan himoyalash 
maqsadida davlat tomonidan joriy etiladigan iqtisodiy va ma’muriy chora-tadbirlar tizimi qarama-qarshi 
qo’yiladi.
Protektsionizm o’z mohiyatiga ko’ra, ilk davlatlar shakllangan paytdan buyon mavjud. Bu 
siyosatning printsiplari nazariy jihatdan amerikalik davlat arbobi A. Gamilьton (XVIII asrning oxiri) va 
taniqli nemis iqtisodchisi F. List (XIX asrning o’rtalari) asarlarida ishlab chiqilgan. Biroq protektsionizm 
amaliy chora-tadbirlar seriyasi sifatida sayyoramizda so’l (SSSR) va o’ng («Uchinchi reyx» - fashistlar 
Germaniyasi) siyosiy oqimlarning totalitar rejimi davrida o’z kulьminatsiyasiga yetgan. Bu 
mamlakatlarda savdo sohasiga davlat monopoliyasi xos edi. 
§ 3.2. Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishning tarifli usullari 
Tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solish turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Ularni tovar 
oqimlariga ta’siri tabiatiga ko’ra bir-biridan jiddiy farq qiluvchi ikkita asosiy tipga ajratish mumkin: 
iqtisodiy va ma’muriy. 
Iqtisodiy (tarifli deb ham ataladigan) usullardan foydalanganda ishlab chiqaruvchi va 
iste’molchilar, eng avvalo, narx mutanosibligi, tovar va resurslar eksporti hamda importining sifati va 
shartlariga amal qilishadi. Tashqi savdoni tartibga solishning ma’muriy (mos ravishda tarifsiz) 
usullaridan foydalanilganda bozor mexanizmiga davlat organlari tomonidan ta’sir o’tkaziladi, ularning 
qarorlari va hatti-harakatlari ko’p jihatdan ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning xohishlarini 
belgilab beradi.
Tashqi savdoni tarifli tartibga solish usullari qatoriga bojxona bojlari, bojlar, yig’imlar, 
shuningdek, boshqa bilvosita soliqlar, mas. aktsizlar kiradi.
Tarifsiz usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni olib kiriladigan yoki olib 
chiqiladigan mahsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi. Ular ko’proq rivojlanayotgan va 


12 
hukumat tomonidan protektsionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan 
o’tish davri iqtisodiyotli mamlakatlarga xosdir.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish