12- mavzu: Qadimgi Rimda ilk arxivlarning shakllanishi.
Reja:
1. Qadimgi Rim tarixi manbalari va arxiv ishining shakllanishi.
2. Qadimgi Rim arxivlarida boshqaruv shakllari.
3. Senat arxivi. Rim imperiyasi arxivlari.
Darsning maqsadi: Talabalarda ongida qadimgi Rim tarixiga oid arxiv
manbalarini keng ko’lamda, kompleks o’rganish orqali ularda yangi bilim va
ko’nikmalar hosil qilish.
E’tibor bering: Qadimgi Rim tarixini an’anaviy xronologik chegarasi Rim
shahrini barpo qilinishi 754–753 yillardan boshlanib, G’arbiy Rim imperiyasining
qulashi 476 yil bilan tugallanashi. Rim tarixini o’rganishda turli xil manbalar: Rim
va Yunon tarixchilarining asarlari, tabiiy, ilmiy va badiiy adabiyot, huquqiy
yodgorliklar,
arxeologiya,
epigrafika,
numizmatika
va
papirologiya
ma’lumotlaridan foydalanilishi.
Qadimgi Rim tarixi bo’yicha moddiy manbalar xilma-xilligi. Italiyaning
paleolit va neolit davridan dalolat beradigan tosh qurollar, sopol idishlar, qoyatosh
tasvirlari mavjudligi. Shimoliy va o’rta Italiyada etrusk madaniyatiga tegishli
bo’lgan sag’analar, uy-joy ibodatxona qoldiqlari topilganligi. Rim shahrining
o’zida palatin, eskvilin va boshqa tepaliklarda hamda forumda ko’p sonli qabrlar,
ibodatxona poydevorlari, ona bo’rining jez haykali, Serviy tulliy davridagi shahar
devori qoldiqlari qazib ochilganligi. Italiyaning boshqa shaharlarida ko’p sonli
arxeologik yodgorliklar mavjudligi.
Moddiy madaniyat yodgorliklarida ba’zida yozuvlar ko’p bo’lganligi. Qazib
ochilgan inshootlardan etrusk, latin, yunon yozuvlari topilgan. Bu yozuvlar bino
devorlari, sopol idishlarda va toshlarga bitilganligi. Rim tarixi bo’yicha eng
qimmatli manbalardan biri bu yozma adabiyotdir. Er. avv. III asrdan boshlanib
Rim xalqaro siyosatda yetakchi rol o’ynashi bilan uning tarixi to’g’risida boy
ma’lumotlar to’plana boshlanishi.
Er. avv. II asrda Polibiy kabi yunon yozuvchilarining asarlari Rim tarixini
o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Rimdagi fuqarolar urushi davri Gay
Sallyustiy Krispning tarixiy monografiyalarida aks etishi. Rim respublikasini
so’ngi davridagi yirik siyosiy arboblar Tsitseron va Tsezarning asarlari, ilk
imperiya davrida Tit Liviyning Rim tarixi, eramizning I asrida Velley Patirkulning
ham shu nomdagi asarlari yaratildi. Liviy tarixida Rimning ichki va tashqi siyosati,
diniy hayoti to’g’risida boy ma’lumotlar berilganligi. Velley Patirkulning ikki jildli
asarida Rim butun dunyo tarixi markazi sifatida tasvirlanganligi.
Er. avv. I asr so’ngida Rimda yashagan yunon galikarnaslik Dionisiyning
“Rim qadimiyatlari” nomli 20 kitobida Rimning ilk etnik, ijtimoiy-siyosiy,
madaniy tarixi batafsil tasvirlanadi. Bu kitoblardan 9 tasi to’la saqlanib qolgan
bo’lib, er. avv. 442-yilgacha bo’lgan voqealar bayon qilinishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |