13- mavzu: Qadimgi Rimda Respublika arxivlari.
Reja:
1. Qadimgi Rimda Respublika tuzumining shakllanishi.
2. Respublika arxivlari. Imperator arxivlari.
Darsning maqsadi: Talabalarda ongida qadimgi Rim tarixiga oid arxiv
manbalarini keng ko’lamda, kompleks o’rganish orqali ularda yangi bilim va
ko’nikmalar hosil qilish.
E’tibor bering: Rimda respublika tuzumining boshlanishini. Tarkviniy
Mag’rurning Rimdan haydalishi. Respublika tuzumi o’rnatilishi bilan oliy
hokimiyat bir yil muddatga saylanadigan ikki konsul qo’liga o’tishi. Dastlab ular
pretor (oldinda yuruvchilar) deb atalishi. Konsullarni senturiy yig’inlarda
patritsiylar ichidan saylanishi. Konsullar roziligisiz senat komissiyalari to’plana
olmasligi. O’zlari esa o’z majburiyat vazifalarini bajarish davrida har qanday sud
javobgarligidan ozod edilar. Konsullar hokimiyati faqat biri ikkinchisini qaroriga
veto (ta’qiq) qo’yishi bilangina cheklangan edi. Amaliy hayotda esa konsullar
patritsiylar va ularning oliy organi senatning siyosiy manfaatlari bilan
hisoblashishga majbur edilar. Dastlabki kunlardanoq konsullardan tashqari shahar
ishlarida kvestorlar muhim o’rin tutdilar. Ular sudda ishtirok etar, xazinani
boshqarishda qatnashar edilar. Ilk davrda ular konsullarning yordamchilari edi. Er.
avv. V asr o’rtalaridan boshlab kvestorlarni komisiyalarda saylaydigan bo’ldilar.
Shu vaqtdan boshlab kvestorlar mustaqil bo’ldilar. Ular davlatning moliyaviy
ishlari bilan shug’ullanar edilar. Kvestorlar arxivni boshqardilar, harbiy yurishlar
davrida konsullarga hamroxlik qilib qo’shin xazinasini boshqarilishi.
Er.avv. 507 yilda Rim tarixida ilk bor favqulodda vakolatlar berilgan
mansabdor shaxs – diktator saylanishi. Diktatorni rimliklar favqulodda xavf
tug’ilib qolgan paytda yoki o’ta xavfli vaziyat tug’ilgan paytda yagona boshliqqa
ehtiyoj tug’ilgandagina saylar edilar. Diktatorni rasman konsullar amalda esa senat
saylar edi. Diktator hokimiyati cheklanmagan edi. Unga konsullar kabi 12 liktor
emas balki 24 liktor hamrohlik qilishi.
Rim respublikasi aristokratik xarakterda ekanligi. Qonunchilik tashabbusiga
ega bo’lmagan tsenturiy yig’ilishlarini, jamiyatni patritsiy qatlamlarini vakili
bo’lgan konsul chaqirishi mumkinligi. Bu komisiyalarni biror bir qarorini “patres”
– senat tomonidan tasdiqlanmasa kuchga kirmasligi. Er.avv. 471 yildan kuriya va
tsenturiya yig’inlari namunasidagi plebey yig’inlari chaqirila boshlandi. Plebey
yig’inlarida qabul qilingan qarorlar “plebitsit” faqat plebeylar uchun majburiy edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |