ALEKS SHTAYNERNING O‘ZARO ZID G‘OYALARI
Birinchi g‘oya — Aleks fashistlar partlyasining a’zosi bo‘lsa-da, ammo yahudiylardan yoki boshqdlardan shu asosga ko'ra nafratlanmaydi.
Ikkinchi g‘oya — Biroq yashirin rauishda yahudiy do'kondorlari bozordan siqib chiqarilganda u o'zgacha mamnuniyat (hattoki quvonchni) his qilgandi. Tashviqotlar natijasida yaqin yillarda yahudiy tikuvchilaming bozorga qaytib, uning nonini yarimta qila olmasliklaridan xabar topgandi.
Uchinchi g‘oya — bu ular mamlakatdan batamom chiqarib yuborilishi kerak deganimi?
To‘rtinchi g‘oya — uning oilasi. Albatta, u oila a’zolarini asrab-auaylash uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishi lozim. Agar buning uchunpartiyaga a’zo bo'lish kerak bo'lsa, unisiga ham tayyor.
Beshinchi g‘oya — yuragining tub-tubidagi bir joy betinim qichir, lekin Aleks qiynalsa ham uni qashimaslikka o'zida kuch topa olardi. Chunki qo'lini teggizgan chog‘ yaradan sizib chiqishi mumkin bo'lgan narsalardan chuqur xavotirda edi..
63
Ota-bola bir necha muyulishlardan o‘tib, “Himmel” ko‘chasiga ki- rishganida Aleks: “O‘g‘lim, ko‘cha-ko‘yda bunday ahvolda, habashlardek qop-qora bo‘lib yurishing yaxshi emas, tushundingmi?” — dedi.
Rudining o‘y-xayoli umuman boshqa yerda bo‘lganligi uchun otasi- ning gapidan biroz gangib qoldi. Oy endi osmonga qadalib turmas, bemalol yuqoriga ko‘tarilib pastga tushar, undan beg‘ubor va irkit bolaning yuziga nur tomardi.
— Nega mumkin emas, dada?
— Chunki seni shunday ahvolda ko‘rib qolgudek bo‘lishsa, darrov olib ketishadi.
— Nima uchun?
— Tushun, sen habash yoki yahudiy, umuman, o‘zimizdan boshqa birov bo‘lishga urinmasliging kerak.
— Yahudiylar deganingiz kim?
— Mening eng keksa mijozlarimdan biri bo‘lgan janob Kaufmanni eslaysanmi? Poyabzallaringni sotib oigan do‘kon egasini aytyapman.
— Ha, esimga tushdi.
— O‘sha odam — yahudiy.
— Bundan umuman xabarim yo‘q edi. Yahudiy bo‘lish uchun pul to‘lash kerakmi? Ruxsatnoma olish zarur bo‘ladimi?
— Yo‘q, Rudi, —janob Shtayner suhbatni davom ettirishga juda qiynalayotgandi. U bir qo‘li bilan velosipedni yetaklab borar, ikkinchi qo‘lini hamon Rudining qulog‘idan bo‘shatmagan edi — u o‘gfclining qulo- g‘ini qo‘yib yuborishi kerakligini unutib qo‘ygandi. — Bu xuddi nemis yoki katolik bo‘lishga o‘xshaydi.
— Yo‘g‘-e? Jessi Ouens katolikmi?
— Bilmayman! — Otasi velosiped tepkisiga qoqilib ketgach, Rudining qulog‘ini qo‘yib yubordi.
Ular yana biroz jim yurishgach, Rudi gap qotdi:
— Men xuddi Jessi Ouensdek bo‘lishni, unga o‘xshashni istayman, dada!
Janob Shtayner qo‘lini o‘g‘lining boshiga qo‘yib mehribonlik bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |