Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak



Download 1,76 Mb.
bet211/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

§11..




Kitob o‘g‘risi yo‘lga qadam qo‘ydi. Uning qadami hech qachon bunday og‘ir bo‘lmagan, ko‘ksidagi yuragi hech qachon bunday qat’iy urmagan, kattarmagan edi.
Lizel oldinga bir qadam qo‘yib, juda past ovozdaA “U meni qidir- yapti”, — dedi. Ichida o‘zining ovozi o‘chib, yiqilib tushdi. Tobora olislab borayotgan qadrdon yuzni yana bir bor uchratib, unga gapirishga, ismini aytib chaqirishga jazm etdi — Maks.
— Maks, men shu yerdaman! Balandroq ovozda. — Maks, men shu yerdaman!
Maks uning ovozini eshitdi.


MAKS VANDENBURG, 1943-YIL, AVGUST
Lizel o'ylaganidek daraxt shoxidek dikkaygan sochlar, yopishqoq ko'zlar boshqa yahudiylar bilan yelkama-yelka yurib kela boshladi. Lizelning yonidan o'tganida sochlari yuziga tushdi, qaltiroq tilida faqat bitta so'z, bitta ism, bitta qiz ismi aylandi — Lizel.


Lizel olomonni yelkasidan butunlay itqitib, yahudiylar oqimiga


qadam qo‘ydi va chap qo‘li bilan uning tirsagidan ushlab olguncha, ular


orasida sirg‘alib olg‘a yurdi.


Yigitning yuzi qizning yuziga tushdi.
Lizel yurayotganida munkib ketdi va yahudiy, bemehr yahudiy unga yordam berdi. Buning uchun u o‘zida qolgan-qutgan barcha kuchni sarfla- di.


— Men shu yerdaman, Maks, — dedi qiz yana. — Men shu yerdaman.
— Ko‘zlarimga ishonmayman... — Maks Vandenburgning lablari- dan so‘zlar tomchilay boshladi. — Katta qiz bo‘lib qolibsan-ku, — uning shishib ketgan ko‘zlaridan chuqur qayg‘u o‘rin olgan edi. — Lizel... Meni bir necha oy oldin ushlab olishdi, — ovozi nogiron bo‘lsa ham, qiz tomon arang sudralib yetib keldi. — Shtutgartga ketayotganimda, yarim yo‘lda.




Ichkaridan qaraganda yahudiylar oqimi loy chaplangan qo‘l va oyoqlar, juldur kiyimlar yig‘indisi bo‘lib ko‘rinardi. Askarlar uni hali pay- qashmagan edi, ammo Maks uni ogohlantirdi:
— Mening yonimdan ket, Lizel, — u harto qizni itarib yubormoqchi bo‘ldi, lekin Lizel juda kuchli edi. Maksning madorsiz qo‘llari uni o‘midan qo‘zg‘ata olmadi va qiz loy, ochlik va chalkashliklar aro yurib boraverdi.
Ancha odim otishgach, bitta askar uni payqab qoldi.
— Hoy! — baqirdi u qamchi bilan ishora qilib. — Hoy qiz, nima qilyapsan u yerda? Hoziroq chiq!
Lizel unga parvo qilmagach, askar odamlami qo‘ 1 i bilan ikki tarafga ayirib, itarib qiz tomonga kela boshladi. Askar tepasida paydo bo‘lganida, Lizel Maksning yuzida qandaydir notanish bo‘g‘iq ifodani payqadi. U Maksning qo‘rquvga tushganini ko‘rgan, lekin hech qachon bunday holati- ga guvoh bo‘lmagan.
Askar uni ushlab oldi. Qo‘pol qo‘llari qizning kiyimlarini g‘ijimlab tortdi.
Lizel o‘z tanasida barmoqlaming suyaklami va har bir bo‘g‘inini his qildi.
Ular qizning nozik terisiga botdi.
— Men senga chiq dedim! — o‘shqirdi askar va qizni yo‘l chetiga sudrab chiqib, nemis tomoshabinlari devorga qarata uloqtirdi. Havo isiy boshlagandi. Quyosh qizning yuzini kuydirdi. Qiz zarb bilan yerga qattiq urildi, lekin darhol yana sakrab turdi. O‘zini o‘nglab, qulay ñirsatni kutdi va yana yahudiylar oqimiga sho‘ng‘idi.
Bu safar Lizel orqa tomondan yurib bordi.
Qayerdadir uzoqda tanish sochlami arang ko‘rib, unga qarab hara- katlandi.
Endi u yigitga qo‘l uzatmadi — shunchaki to‘xtadi. Qizning ichida so‘zlar uyg‘ondi va tashqariga chiqib, yonma-yon turishdi.
— Maks, — deb chaqirdi u.
Yigit o‘girilib, bir zumga ko‘zlarini yumganida, qiz gapida davom etdi:




— Bir paytlar g‘alati bir odam bo'lgan ekan. Lizelning qo‘llari ikki tomoniga shalvirab osilib turardi, amino barmoqlari mushtga aylangan edi. Ammo u yerda so‘z silkituvchi ham bor edi.
Daxauga yo‘l olayotgan yahudiylardan bin taqa-taq to‘xtadi. U qi- mir etmay turib qoldi, boshqalari esa uni aylanib o‘tib, yolg‘iz o‘zini qol- dirishdi. Maksning ko‘zlari gandiraklab ketdi, hamma narsa juda sodda bo‘lib qoldi. Yahudiyga qiz tomonidan berilgan so‘zlar yelkasiga qo‘nib olishdi.
Lizel yana gapirganda, lablaridan uchishga shaylangan savollar dov- dirab qoldi. Ko‘zlariga quyilgan issiq yoshlar joy uchun kurashishar, lekin qiz ularga ozodlikni taqdim etmasdi. Qat’iyatli va mag‘rur turish kerak. Barcha ishni so‘zlar bajarsin.
Chindan ham, senmisan? — deb so‘radi yigit. Men o‘sha daraxt urug‘ini sening yonog‘ingdan olganmidim? — Lizel kitobdagi jumlalami so‘zma-so‘z qaytardi.
Maks Vandenburg joyida turaverdi. Tiz cho‘kmadi.
Odamlar ham, yahudiylar ham, bulutlar ham — hamma narsa hara- katdan to‘xtadi. Hamma ularga qarab turardi.
Maks awal qizga tikildi, so‘ng keng, musaffo va ulug‘vor osmonga tikildi. Uning zalvarli nurlari yo‘lning duch kelgan joyiga tushardi. Bulut­lar dam yashirinib, dam oldinga chiqib yana yo‘llarida davom etishdi.
— Bugun — ajoyib kun, — dedi yigit zarralarga parchalanib ketgan ovozda. O‘lish uchun ajoyib kun. Shunday ajoyib kunda o‘lish qanday baxt!
Lizel uning yoniga bordi, hattoki, jasorat bilan uning soqolli yuziga qo‘lini teggizishga ham muvaffaq bo‘ldi.
— Bu, haqiqatan ham, senmisan, Maks?
Farahbaxsh nemis kuni va uning sergak, hushyor olomoni.
Maks lablarining qizning kaftlarini o‘pishiga ruxsat berdi.
— Ha, Lizel, bu menman, — u qizning qo‘lini yuzida ushlab turib, uning barmoqlari ostida yig‘lab yubordi. Askarlar yaqinlashganda va bir guruh yahudiylar unga tikilib qarashganda ham yig‘layverdi.


Tik turgan yahudiyni kaltaklay boshladilar.


— Maks, — o‘kirib yig‘lab yubordi qiz. Uni sudrab olib ketisha- yotganida yana ichida uning ismini takrorladi — “Maks”, “yahudiy jangchi”, “Maksi-Taksi”. Lizel ichida uni barcha nomi bilan aytib chaqirdi.
Shtutgartdagi ko‘chalarda jang qilayotganingda dotting seni “Maksi Taksi” deb chaqirgan edi, esingdami? Maks, eslaysanmi? O‘zing menga aytib berganding.
Hammasi esimda...
Mushtlari qattiq yigit ham, o‘lim oldiga kelganida tarsaki tortib yuboradigan bola ham sen eding.
Qorboboni eslaysanmi, Maks?
Esingdami yerto‘lada uni yasaganimiz?
Kulrang yurakli oq bulutni eslaysanmi?
Fyurer hali ham goh-gohida seni qidirib yerto‘laga keladi. U seni qattiq sog‘ingan. Barchamiz seni sog‘indik.
Qamchi.
Askar qo‘lidagi qamchi bilan Maksni yuz-ko‘zi aralash ayamay sa- valardi.
Qamchi iyagini ikkiga bo‘ldi, tomog‘ini yirtib tashladi. Maks yer-ga qulagach, askar qiz tomon burildi. Og‘zi ochilganda askaming durdek oppoq tishlari ko‘rinib ketdi.
To‘satdan, qizning ko‘zlari oldida bir narsa porladi. U Ilza Herman yoki hech bo‘lmaganda Rozaning kaltaklashini xohlagan kunini esladi, lekin ulaming hech biri unga qo‘l teggizmagan edi. Bu safar uning istagini amalga oshdi.
Qamchi uning o‘mrov suyagini yorib, yelkasiga o‘tdi.
— Lizel!
U o‘zini chaqirayotgan ovoz kimga tegishli ekanligini bilar edi.
Askar qo‘lini navbatdagi zarba uchun sermaganida, qiz olomon orasidagi ochiqroq joyda turgan Rudi Shtayneming xavotirli qiyofasini payqadi. Malla sochli bola uni chaqirardi.
— Lizel, chiq u yerdan!







Kitob o‘g‘risi qimirlamadi, ko‘zlarini yumib, yana bir olovli zarba- ni, so‘ngra boshqasini oldi va keyin tanasi qizigan yo‘l ustiga qulab tushdi. Yer uning yonogTni qizdirdi.
Bu safar askarning: “0‘mingdan tur!” — degan so‘zlari ham eshitil- di. Qisqagina ibora qizga emas, balki yahudiyga qarata aytilgan edi. Askar darrov o‘z iborasiga aniqlik kiritdi:
— Steh ’ auf, hoy iflos, yahudiy eshak! Tur deyapman senga, it!
Maks gavdasini yerdan uzib o‘midan turdi, sovuq yerto Tada so‘nggi kuchini to‘plab o‘tirib turish mashqini bajargan damlarini esladi.
Uning oyoqlari harakatga kelib, yoT bo‘ylab chayqalib keta boshla- di. Oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmas, alangadek jizillatayotgan jarohatlarini qoTi bilan silardi. U yana bir bor Lizelga nazar tashlamoqchi boTganida, qonli yelkasida askarning qoTlari paydo boTib, uni oldinga itarib yubordi.
Rudi Lizelning yoniga yetib kelib, yerga muk tushdi chap tomoniga qarab qichqirdi:
— Tommi, bu yerga kel, yordam ber. Uni o‘midan turg‘azaylik. BoTa qol, Tommi! — Rudi qizni qoTtigTdan koTardi. — Qani, Lizel, yo‘1 chetiga chiqaylik.
Qiz o‘midan turgach, nemislaming qadoqdan yangi ochilgandek muzlagan va hayratda qolgan yuzlarini ko‘rdi. Ulaming oyoqlari oldida atigi bir lahzaga yerga yiqildi. Lizel yerga qulagan joyda chakka suyagi shilinib, gugurtdek kuydirdi.
YoTga qarab, olislab ketgan safda so‘nggi boTib ketayotgan yahu- diyning oyoqlarini ko‘rdi.
Lizelning yuzi olov boTib yonar, qoTlari va oyoqlari simillab og‘riq berar, karaxtlik uni hanuz tark etmagandi.
Lizel oxirgi marta qaddini tikladi va gandiraklagancha Maks Van- denburgning so‘nggi qadamlarini ko‘rib qolish uchun Myunxen ko‘chasi bo‘ylab yugurib ketdi.
— Lizel, nima qilyapsan?
U Rudining so‘zlari qurshovidan sirg‘alib chiqib ketdi, odamlaming qarab turganiga ham e’tibor bermadi. Ulaming aksariyati unsiz baqrayib




turishardi. Ichida yurak depsinayotgan haykallar. Ehtimol, marafonning so‘nggi bosqichini ko‘rish uchun to‘plangan tomoshabinlar. Lizel yana Maksning ismini aytib qichqirdi, lekin u eshitmadi. Qizning sochlari ko‘zlari ustiga yastanib tushdi.
— Maks, iltimos!
Yana o‘ttiz metr yugurganidan so‘ng nihoyat bitta askar burilib qa- ragan lahzada Lizelni yiqitishdi. Orqasidan yetib kelgan qo‘shni bolaning qo‘llari uni mahkam ushlab olib yerga bosdi. Tizzalarini yerga qattiq bosgan bola qizning mushtlarini xuddi sovg‘adek qabul qilib oldi. Suyagi chiqib qolgan qo‘llar va tirsaklaming zarbasiga u faqat bir necha qisqa ingrash bilan javob qaytardi, yuzini tupuklar va ko‘z yoshlarga tutib turdi, eng muhimi, uni qimirlatmay ushlab turishga muvaffaq bo‘ldi.
Myunxen ko‘chasida, yo‘l o‘rtasida bir-biriga bog‘langan bitta bola va bitta qiz tobora so‘nib, ko‘zdan yo‘qolib borayotgan insonlami kuza- tishdi. Ular hapdorilar singari nam havoda erib yo‘q bo‘lib ketishdi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish