LIZEL MEM INGER HAYOTIDAGI NAVBATDAGI O‘N
SONIYA
U turgan joyiga muk tushib, ilgari “Himmel9 ko'chasi
ЬоЧдап vayrondlar ummoniga diqqat bilan qaradi. Uzoqda
ikki kishi bir jasadni ko'tarib kelayotganini ko'rgach, ulaming orqasidan yugurdi.
Boshqa jasadlarga ko‘zi tushgach, Lizelni yo‘tal tutdi. Bir odamning murdalardan biri zarang daraxti ustida, bo‘laklarga bo‘linib ketgan holda topilganini boshqalarga aytib berayotgani uning qulog‘iga ham elas-elas chalindi. ¡
Ilma-teshik bo‘lgan yotoq kiyimi, yirtiq yuzlar. U eng awal tanish sochlami ko4 rdi.
— Rudi? — Lizel kuchi boricha dahshat ichida qichqirib yubordi: — Rudi!!!
Ko‘zlari yumuq, limón rang sochli bola yerda osoyishta yotgan edi. Kitob o‘g‘risi uning oldiga yugurib kelib yerga yiqildi. Qora kitobi tushib ketdi.
— Rudi, — ho‘ngrab yig‘lab yubordi qiz. — Ko‘zlaringni och, Rudi. Lizel uning ko‘ylak yoqalaridan ushlab, o‘lganiga ishongisi kelmas- dan asta silkitdi. — Rudi, uyg‘on. Osmon hanuz issiq kullami yog‘dirayot- gan edi. Lizel Rudi Shtayneming ko‘ylagini qo‘yib yubormas, ko‘zidan shashqator yoshlar oqizib undan uyg‘onishini so‘rab yalinardi.
— Rudi! Rudi, iltimos. Uyg‘onsang-chi, ming la’nat hammasiga! Men seni sevaman. Qani, Rudi, Jessi Ouens, ko‘zlaringni och, men seni sevaman, uyg‘on, uyg‘on, uyg‘on...
Aromo uning iltijosiga hech narsa ahamiyat bermadi.
Kunpayakun bo‘lgan binolaming qoldiqlari, qizil qalpoqli betón tepaliklar yanada yuqoriga o‘rlardi. Ko‘z yoshlariga cho‘milgan go‘zal qiz esa hamon o‘lik tanani silkitardi.
— Qani, Jessi Ouens... Bo‘la qol.
Aromo bola uyg‘onmadi.
Lizel ishonqiramay boshini uning ko‘kragiga qo‘ydi, yarim-yorti tanasini ushlab ancha ushlab turdi va vahshiy tuproq bag‘riga topshirdi. Avaylab, juda ehtiyotkorlik bilan pastga qo‘ydi.
Sekin.
Sekin.
— Ey Xudo, Rudi...
Lizel egilib uning jonsiz yuziga qaradi va eng yaqin do‘sti Rudi Shtayneming lablaridan mayin tarzda chinakamiga o‘pdi. Uning lablarida chang aralash shirin ta’mni tuydi. Daraxtlar soyasida va porlab turgan anar- xistning kostyum-shimlari to‘plami orasida buni qilmaganidan pushay- monlik ta’mini tuydi. U Rudini uzoq o‘pdi va lablarini ajratgach ham yana barmoqlarini Rudining lablariga teggizdi. Uning qo‘llari ham lablaridek titrar edi. Lizel yana bir bor egilib, bu safar o‘zini yo‘qotib, hech narsaga
—
qaramay o‘pdi va “Himmel” ko‘chasining vayron qilingan dunyosida ulaming tishlari to‘qnashib ketishdi.
U Rudi bilan xayrlashmadi — bunday qilishga kuchi yetmadi. Uning yonida yana bir necha daqiqa turgandan so‘ng, o‘zini zo‘rg‘a yerdan ko‘tardi.
Men har doim yuzlaridan ko‘z yoshlar irmoq bo‘lib oqib tusha- yotganida ham harakatdan to‘xtamay, gandiraklab, yo‘talib bo‘lsa ham oldinga talpinuvchi, nimanidir qidirib yuruvchi va axiyri topuvchi odam- lami ko‘rsam, lol qolaman.
H> J] KEYINGI TOPILMALAR
“Himmel” ko‘chasining xarobalari ostida qolgan Hans va
Rozaning jasadlari...
Lizel yugurmadi, yurmadi va umuman harakat qilmadi. U ko‘zlarini odamlarga tikdi va baland bo‘yli erkak va pakana ayolni payqagach, qotib qoldi.
— Bu — mening oyim. Bu — mening dadam. Ular qimirlash- mayapti, — dedi qiz jimgina. — Ular harakatlanishmayapti.
Ehtimol, u juda uzoqroqda turganda edi, ular o‘zlari birinchi bo‘lib harakat qilishgan bo‘lar edi, lekin Lizel qancha turmasin, o‘gay ota-onasi qimirlamadi.
Shu tobda qizning yalangoyoq ekanligini payqab qoldim. Shunday og‘ir lahzada bunday narsaga e’tibor qaratish juda g‘alati.
Balki, o‘shanda men uning yuzini ko‘rmaslikka intilib, oyoqlariga qaragandirman, chunki kitob o‘g‘risi, haqiqatan ham, tasvirlab bo‘lmas darajada aftodahol edi.
U bir qadam tashlab, keyingisini otishni istamadi, lekin, baribir, yo‘lda davom etdi.
Otasi va onasining yoniga yaqinlashib, ular orasida o‘ tirdi.
Rozaning qo‘lidan ushlab, u bilan gaplasha boshladi.
— Bu yerga kelgan ilk kunimni eslaysizmi, oyijon? Men darvozaga yopishib olib, kirmayman deb xarxasha qilib yig‘lagandim. O‘shanda ko‘chadagi odamlarga nima deganingizni eslaysizmi? — Lizelning ovozi qaltiradi. — Siz: “Bu yerda maymun o‘ynatyapmizmi, hoy eshaklar?” — deb baqirgan edingiz. Lizel uning bilagini silab qo‘ydi. — Oyijon, men bilaman... Siz maktabga kelganingizda va Maksning o‘ziga kelganini aytganingizda shunday xursand bo‘lgan edimki, asti qo‘yaverasiz. Sizni dadamning akkordeoni bilan ko‘rganimni bilasizmi? — Lizel jonsiz qotib qolgan qo‘lni mahkam siqdi. — Men dahlizdan turib sizga qaradim, siz juda go‘zal edingiz. Jin ursin, siz juda chiroyli edingiz, oyijon.
Do'stlaringiz bilan baham: |