QO‘LMA-QO‘L UZATILGAN BUYUMLAR
Sement bo'laklari va tomga yopilgan cherepitsalar.
Quyosh rasmi chizilgan devoming bir qismi.
Hma-tesbik g(ilofichidan chiqib turgan g'amgin akkordeon.
Qutqaruvchilar hammasini yuqoriga otdilar.
Yiqilgan devoming yana bir qismi olib tashlangach, qutqaruv- chilardan biri kitob o‘g‘risining sochlarini ko‘rib qoldi va yurak-yuragidan miriqib kuldi. U yangi tug‘ilgan chaqaloqni qabul qilayotgan edi.
— Ko‘zlarimga ishonmayman, bu qiz tirik-ku!
Baqir-chaqir qilayotgan odamlaming yuzlarida nihoyasiz quvonch raqs tushardi, lekin men ulaming ishtiyoqini baham ko‘ra olmadim.
Sal oldinroq, men uning o‘gay otasi va onasini ikki qo‘limda ushlab olib chiqqandim. Ikkala jon ham juda yumshoq edi.
Ulaming jasadlari qolganlamiki bilan birga bir tekisda yotqizib chiqildi. Hansning yoqimli kumush ko‘zlari allaqachon o‘z nurini yo‘qot- gan, Rozaning karton qog‘ozdek lablari yarim ochiq holda qotgan — bu, ehtimol, tugallanmagan xurrak nishonasidir. Nemislar tili bilan aytganda, Iso, Bibi Maryam va Yusuf!
Qutqaruvchi qo‘llar Lizelni chuqurdan chiqarib, kiyimiga yopishgan tosh parchalarini qoqib tashlashdi.
— Hoy qizaloq, — dedilar unga, — sirenalar juda kechikib ogoh- lantirish berdi. Yerto‘lada nima qilayotgan eding? Bomba tashlashlarini qayerdan bilding?
Qiz hali ham qo‘lida kitobni ushlab turganini hech kirn payqamadi. U o‘ziga yog‘dirilgan savollarga javoban qattiq baqirdi. Tiriklaming vujudni titratuvchi qichqirig‘i yangradi.
— Dada!
Yana bir marta. Uning yuzi burishib, ovozi oldingidan ham balandroq va vahimali pardalarda yangradi.
— Dada, dadajon!
Tinimsiz qichqirib, uvlab yig‘layotgan qizni o‘z holiga qo‘yishdi. Uning o‘ziga ham zarar yetgan bo‘ lishi mumkinligi xayoliga ham kelmas, chunki u oldinga intilib, chaqirar, qidirar va yana uvullardi. U hali hamon kitobni qo‘llarida mahkam ushlab olgan edi.
U o‘z hayotini saqlab qolgan so‘zlarga umidsiz tarzda yopishib olgandi.
LXXIV BOB
TO‘QSON SAKKIZINCHI KUN
1943-yil aprel oyida Hans Huberman uyga qaytganidan keyin o‘tgan dastlabki to'qson yetti kun ichida hammasi yaxshi ketayotgandi U o‘g‘li ning Stalingradda jang qilayotganini 0‘ylab, ba’zan juda qattiq xafa bo'lsa da, ammo omadining bir qismi o‘g‘lining qonida ham suzib yurganiga umid qilardi. B
Uyga qaytib kelgan uchinchi kechasida Hans oshxonada o'tirib akkordeon chaldi. Va’da — bu va’da. Uy musiqa, sho'rva, latifalar va albatta, o‘n to‘rt yoshli qizning kulgisi bilan to‘lib ketdi.
— Hoy cho’chqa, — Roza uni urishgan bo'ldi. — Bunaqa baland ovozda kulishni bas qil. Uning hazillari unchalik kulgili emas, irkit...
Bir hafta o'tgach, Hans harbiy xizmatga qaytib, shahardagi harbiy idoraga qatnab ishlay boshladi. U yangi ishxonada yaxshi ovqatlar va sigareta berilishini aytdi, ba’zi paytlari hatto uyga bir nechta pechenye yoki biroz murabbo olib keladigan bo'ldi. 0‘sha farovon kunlar xuddi tushdek tezda o‘tib ketdi.
May oyida yengil havo hujumi sodir bo‘ldi. U yer bu yerda “Hayl Gitler” qilishdi va hammasi yaxshi o‘tdi.
Faqat to‘qson sakkizinchi kungacha.
— £
Do'stlaringiz bilan baham: |