Jahon adabiyotining bestselleri markus zusak


TEMIR YO‘L VOKZALI, SOAT KUNDUZGI UCH



Download 1,76 Mb.
bet181/226
Sana06.02.2022
Hajmi1,76 Mb.
#433776
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   226
Bog'liq
Kitob o`g`risi

TEMIR YO‘L VOKZALI, SOAT KUNDUZGI UCH
Vidolashishga soat u yoqda tursin, daqiqa ham qolmadi.
Hans Lizelga birgapni aytishuchun, hech bo‘Imasa, biron bir so‘z deyish uchun uni quchdi va yelkasi osha gapirdi:
Lizel, akkordeonimga qarab turgin, xo'pmi? Uni o‘zim bila olib ketmaslikni ma’qul topdim, — shundan so‘nggina u asosiy aytmoqchi bo'lgan gapini tiliga chiqardi:
Agar havo hujumlari bo^sa, boshpanada kitob o‘qishni davom ettir.
Xo‘p bo‘ladi, ota, — Lizel o'zidan bir millimetr naridagi kostyumning matosiga tikildi va boshini ko‘tarmasdan so'nggi gapini aytdi:
Uyga qaytgach, bizga musiqa chalib berasizmi?


Poyezdjo‘nash arafasida edi. Hans Huberman qiziga qarab jilmayib


qo‘ydi va muloyimlik bilan uning yuzini silab:
— Va’da beraman! — dedi va vagonga ko‘tarildi.
Poyezd sudralib yo‘lga tushgach, ular bir-biriga qarab qolishdi. Lizel va Roza qo‘l silkidi.
Hans Huberman tobora kichrayib borar, qo‘llari ham asta-sekin


ko‘zga ko‘rinmaydigan darajada ingichkalashardi.
Perrondagi boshqa odamlar asta-sekin chor tarafga tarqalib ketishdi va bashang kiyingan ayol bilan o‘n uch yoshli qiz qoldi.
Hans Huberman va Aleks Shtayner turli joylardagi tezlashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot baraklarida yurgan keyingi bir necha hafta ichida “Himmel” ko‘chasidagi odamlar o‘zgarib ketgandek edi go‘yo. Rudi bosh- qacha bo‘lib qoldi, endi uning og‘zidan gap olish deyarli ilojsiz bo‘lib qol- gandi.




Roza ham o‘zgarib, umuman baqirmaydigan bo‘ldi. Lizel bilan ham nimadir sodir bo‘layotgan edi. Kitob o‘g‘irlash ko‘nglini ko‘tarishiga o‘zini harchand ishontirishga urinmasin, bunday qilishga xohish topa olmasdi.
Aleks Shtayner ketganidan o‘n ikki kun o‘tgach, Rudi ortiq toqat qila olmasligini angladi va darvozadan shosha-pisha yurib o‘tib, Lizelning eshigini taqillatdi.
— Kommst1?
— Ja.
Lizel Rudining qayerga ketayotgani va nimani rejalashtirganiga ahamiyat bermadi, har holda usiz hech qayerga ketmoqchi emasdi. Ular “Himmel” ko‘chasidan ham, Myunxen ko‘chasidan ham o‘tib ketib, Molking shaharchasidan butunlay chiqib ketishdi. Taxminan bir soat o‘t- gachgina Lizel dolzarb savolni berdi. Shu paytgacha u faqat Rudining qat’iyatli yuziga, uvushgan qo‘llariga va cho‘ntaklarida mushtga aylangan kaftiga qarab-qarab kelardi.
— Qayoqqa ketyapmiz?
— O‘zing bilmaysanmi?
Lizel Rudidan ortda qolib ketmaslikka harakat qildi.
— Rostini aytsam, umuman xabarim yo‘q.
— Men uni topmoqchiman.
— Otangnimi?
— Ha, — Rudi biroz o‘ylanib qoldi. — To‘g‘rirog‘i, uni emas, fyuremi topishga ketyapman.
Qadamlar tezlashdi.
— Nima uchun?
Rudi to‘xtadi.
— Chunki uni o‘ldirmoqchiman. Eshitdinglarmi, yaramaslar? Men fyuremi o‘ldirishga ketyapman! — u ortda qolgan shaharga va butun dunyoga qarata hayqirdi.


1 Kommst (nemischa) — borasanmi


Ular yana bir-ikki chaqirim yurishdi. Axiyri Lizel orqaga qaytishlari lozimligini his qildi.


— Rudi, birozdan so‘ng qorong‘i tushadi.
Rudi yurishni davom ettiraverdi.
— Nima bo‘pti shunga?
— Men orqaga qaytaman.
Rudi to‘xtadi va unga xuddi xiyonat qilgan odamga qaragandek tikildi.
— To‘g‘ri aytasan, kitob o‘g‘risi. Meni yolg‘iz tashlab ketaver. Garov o‘ynashim mumkinki, agar shu yo‘lning oxirida bitta chirigan kitob bo‘lganida bunaqa qilmasding. Shundaymi?
Bir muncha vaqt ikkalasi ham jim turishdi, bu orada Lizel gapirish uchun yetarli iroda to‘pladi.
— O‘zingni tanhoman deb o‘ylaysanmi, sen cho‘chqa? — qiz orqasiga o‘girildi. — Sen faqat otangni yo‘qotding.
— Bu nima deganing?
Lizel bir nafasda o‘zi yo‘qotgan odamlami hisoblab chiqdi: onasi, ukasi, Maks Vandenburg, Hans Huberman. Hammasi uning bitta o‘zini tashlab ketib qolishdi.
Lizel haqiqiy otasi kimligini ham bilmasdi.
— Bu men uyga ketyapman degani.
O‘n besh daqiqacha Lizel yolg‘iz yurdi, hattoki Rudi nafasi qisgan va yonoqlari terga botgan holda uning yonida paydo bo‘lganida ham hech biri keyingi bir soatdan ko‘proq vaqt davomida biron bir so‘z aytmadi. Ular shunchaki toliqqan oyoqlar va charchagan yuraklar bilan uyga birga ketishardi.
“Zulmatdagi qo‘shiq” asarining “Charchagan qalblar” nomli bobida qalbi muhabbatga limmo-lim qiz o‘z sevgilisiga sodiqlik qasamyodini qa- bul qiladi, lekin o‘sha yigit qizning eng yaqin dugonasi bilan qochib ketdi. Lizel bu o‘n uchinchi bob ekanligini aniq esladi.
O‘sha qiz cherkovda kundaligiga: “Mening yuragim juda char- chadi”, — deb yozib qo‘ygan edi.







Lizel yurib ketar ekan, o‘sha charchagan yurak aslida o‘ziniki ekan- ligini o‘yladi. O‘n uch yoshda yurak bu qadar charchamaydi.
Molking chegarasiga yetib borganlarida, Hubert maydonini ko‘rgan Lizel Rudiga bir nechta so‘z qotdi.
— Rudi, esingdami, shu yerda yugurgan edik?
— Albatta. Hozir o‘zim ham shuni o‘ylab turgandim. Ikkalamiz ham yiqilib tushgandik.
— Sen: “Hamma yog‘im axlat bilan bulg‘andi”, — degan eding.
— U shunchaki loy edi, — Rudining ma’yus ko‘zlarida yana zavq- u shavq barq ura boshlagandi. — Men “Gitleryugend” tashkiloti may do- nida axlatga bulg‘andim degandim. O‘zing hamma narsani chalkash- tiryapsan, urg‘ochi cho‘chqa.
— Men hech narsani chalkashtirib yuborayotganim yo4q. Senga faqat o‘zing aytgan so‘zlami qaytarib aytib beryapman, xolos. Odamning gap-so‘zi va aslida nima bo4lganligi ikki xil narsa, Rudi, ayniqsa seniki.
Ishlar yaxshi ko‘chdi.
Ular yana Myunxen ko‘chasidan o‘tishayotganlarida, Rudi otasining ustaxonasidagi tanish derazaga qaradi.
Ketishdan oldin Aleks Shtayner Barbara bilan ustaxonani yuritishda davom etish yoki yopish masalasini muhokama qilishgandi.
So‘nggi paytlarda buyurtmalar miqdori juda kam bo‘lganini va natsistlaming hid olib, muammo chiqarishi mumkinligi hisobga olinib, uni yopish kerak degan to‘xtamga kelindi.
Partiya a’zolari savdogarlami umuman xushlashmas, armiyadan ajratiladigan maosh oila uchun yetarli bo‘lishi kerak edi.
Ichkarida qator ilib qo‘yilgan kostyum-shimlar, manekenlar mun- g‘ayib turishardi.
— Anavi maneken seni yoqtirib qoldi, shekilli, — dedi Lizel biroz- dan keyin va shu tarzda Rudiga yo‘lda davom etishlari lozimligini eslatdi.
— Ey Bibi Maryam! — deb yubordi Lizel “Himmel” ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagida turgan Roza Huberman va Barbara Shtaynerlami ko‘rishi bilan. — Ular xavotirlanib turishibdimi?


— Yo‘q, ikkalasi ham g‘azabda.


Bolalar yaqinlashgach, “Ikkalangiz qayerlarda yuribsizlar?” qabil- dagi savollar yomg‘iri yog‘ila boshladi.
Biroq ulaming g‘azablari tezda xotiijamlikka o‘z o‘mini bo‘shatib berdi.
Barbara hanuz savollariga javob kutib turardi:
— Xo‘sh, Rudi?
— U fyuremi o'ldirmoqchi edi, — Rudining o‘miga Lizel gapirdi.
Rudi bir necha soniya davomida unga chinakam baxtiyordek ko‘ri­nib ketdi, bundan Lizel ham xursand bo‘ldi.
— Xayr, Lizel.
Bir necha soatdan keyin Hubermanlaming mehmonxonasidan shov- qin eshitildi.
Ovoz Lizelning karavotiga ham yetib borgach, u sapchib uyg‘onib, arvohlar, otasi, o‘g‘rilar yoki Maks kelganini tasawur qilib, biroz harakatsiz yotdi.
Bir narsa ochilib, uning ichidan nimaningdir sug‘urib olingan tovushi eshitildi, keyin esa yumshoq sukunat cho‘kdi. Sukut har doim eng katta vasvasadir.
Lizel joyidan qimirlamaslikni o‘ziga qayta-qayta tayinlamasin, baribir, bo‘lmadi — yalang‘och oyoqlar polga tushdi. Tungi ko‘ylak yeng- lari ichiga havo kirdi.
Lizel zulmat ichidagi dahlizdan dastlab shovqin ko‘tarilib, keyin sukunat cho‘kkan mehmonxonaga tomon bir parcha oy nurini mo‘ljal qilib odimladi.
Ammo birdan oyoqlarining yalang‘och ekanligini payqab to‘xtab qoldi va atrofni kuzatdi. Oradan ancha vaqt o‘tib ko‘zlari qorong‘ilikka moslashishgach, karavotning bir chetida erining akkordeonini quchoqlab o‘tirgan Roza Hubermanni ko‘rdi.
Ayolning barmoqlari tugmachalar ustida mayin harakatlanar, o‘zi esa zarracha qimirlamas, harto nafas olmayotgandek edi.
Ushbu manzara dahlizda ko‘z tikib turgan qizni junbishga keltirdi.




Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish