KERAKLIIZOH
LSE (Luftwaffe Sondereinheit) — havo hujumi talafotini bartaraf etuvchi maxsus bo‘linma.
Hansning vazifasi havo hujumi sodir bo‘layotgan paytda yer ustida turish va yongMnni o‘chirish, binolaming devorlarini ko‘tarish va bomba ostida qolganlami qutqarishdan iborat edi. Tez orada Hans qisqartma so‘z- ning boshqacha talqini borligini bilib qoldi. Birinchi ish kunida hamkasb- lari unga “LSE” qisqartmasi aslida “Leichensammler Einheit”, ya’ni o‘liklami yig‘uvchilar” degan ma’noni anglatishini tushuntirib qo‘yishdi.
Hans ushbu boTimga kelgan ilk kunida bu yerda xizmat qiluvchi odamlar shunday ayanchli ishga loyiq ko‘rilish uchun qanday ayb ish qilganligi bilan qiziqdi, o‘z navbatida, ular ham unga xuddi shu savolni
berishdi. Bo‘lim boshlig‘i seijant Boris Shippeming hech bir istiholasiz bergan savolidan so‘ng Hans bir bo'lak non, yahudiylar va qamchi haqida aytib berdi. Dumaloq yuzli seijant qisqagina kulib “Omading kelib tirik qolgan ekansan”, — dedi. Seijant qo‘llari bilan yuzi kabi dumaloq ko‘z- larini hadeb ishqalashdan bo‘shamasdi. Uning ko‘zlari yo qattiq charcha- gan, yo qichishayotgan yoki bo‘lmasa tutun va changdan to‘Iib ketgan bo‘lishi mumkin edi.
— Bu yerda dushman ko‘z o‘ngingizda mana men deb turmaydi, shuni esdan chiqarmanglar! — uqtirdi u.
Hans endigina bermoqchi bo‘lib turgan savolni uning orqasidagi bir yigit ilib ketdi.
Istehzoli tabassum bilan chalkashtirish mumkin bo‘lgan tarzda jilmaygan ozg‘in yigitning ismi Raynxold Suker edi.
— Bizning holatimizda dushman tepalik ustida yoki ma’lum bir yo‘nalishda o‘tirmaydi. U hamma joyda hozir bo‘ladi. O‘zingiz ko‘rasiz hali, — Suker shunday deb yana diqqatini yozayotgan xatiga qaratdi.
Birnecha notinch oylardan so‘ng Raynxold Suker halok bo‘ladi. Uni Hans Hubermanning o‘miga o‘ldirishadi.
Urush Germaniya hududiga shiddat bilan ko‘chib kelar, Hans tez orada xizmatning ikir-chikirlarini ham shunday tezlikda bi lib oldi. Odam- lar yuk mashinasida to‘planib, hujum paytida nimalar bombardimon qilin- ganligi, keyingi safar nimalar bombardimon qilinishi ehtimoli mavjud- ligini va kirn kirn bilan ishlashini qisqacha aytib berishardi.
Hech qanday havo hujumi yuz bermagan paytlarda ham ulaming boshi ishdan chiqmasdi.
Bombardimon qilingan shaharlar ustidan bosib o‘tib, vayronalami tozalashardi. Orqasida o‘n ikkita odam o‘tirgan yuk mashinasi qing‘ir- qiyshiq, o‘ydim-chuqur bo‘lib qolgan yo‘llardan yurar, ichidagilar ham goh sakrab, goh pastga sho‘ng‘ib yo‘l azobini tortishardi.
Awal boshdanoq bo‘linmaning barcha a’zolari mashinada o‘zining doimiy joyiga ega edi.
Raynxold Suker chap tomonda, o‘rtada o‘tirdi.
Hans Huberman esa eng chekkada, quyosh nuri tushadigan joyni egalladi.
U yuk mashinasi chuqurlikka tushib ketganida mashina ichigauchib kelishi mumkin bo‘lgan axlatdan qanday qochishni tezda o‘rganib oldi. Hans sigareta qoldiqlari tufayli alohida hurmatga sazovor bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |