Jahon adabiyotida uyg‘onish davri adabiyoti masalasi. Italiya va Ispaniyada uyg‘onish adabiyoti Reja



Download 27,23 Kb.
bet2/6
Sana09.02.2022
Hajmi27,23 Kb.
#438166
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
anglia

Fransiya renessansi: Italiya renessansi ta'sirida rivojlandi. Italiyadan gumanistlar taklif etilgan. 16-asr birinchi yarmida qirol Fransisk 1 taklifi bilan Fransiyaga kelgan Leonardo da Vinchi qirolning qo‘lida 1516 yilda vafot etadi. Davr:

  1. Optimizm bilan sug‘orilgan Renesans.

  2. Kechki renessans. Inson faoliyatiga shubha-gumon paydo bo‘lgan.Rable. “Gargantyua va Pantagryuel”. Angliyada Shekspir R.ning yirik namoyandasi hisoblanadi.

SHARQ RENESSANSI
M. o. 2-asrdan milodiy 15-asrgacha davom etgan Buyuk Ipak yo‘lining mavjud bo‘lganligi, 11-13 asrlarda Xorazm davlatining paydo bo‘lishi M.Osiyo xalqlarining rivojlanishiga bosh omil bo‘ldi,- deyiladi manbalarda. B.Ipak Yo‘li orqali qog‘oz, ipak, porox, chinni kabi turli xil mahsulotlar tashilgan. Bu yo‘l tufayli o‘lkalarda ilm-u fan rivoj topgan. Markaziy Osiyoda ikki uyg‘onish bor:

        1. 9-12 asr-uyg‘onishi. (Dunyoga ta'sir qilgan)

2. 14-15 asr-uyg‘onishi.
1. Forobiy - Sharq Arastusi. Antik dunyo faylasuflarini sharhlar vositasida dunyoga qaytib bergan qomusiy olim. Hatto Ibn Sino Arastu asarini 100 bor o‘qib tushunmagan vaqtida bozordan Forobiyni sharhini sotib oladi. U yerda Farobiy asarni 2000 marta o‘qigani va so‘ng sharh yozgani aytiladi. Ibn Sino shu sharh vositasida Arastuni tushungan.
2. Beruniy – 11-asrda ilmda Beruniy asri deyiladi. Globus nazariyasini, geodeziya faniga asos soladi. Kolumbdan 500 yil avval ummon ortida ulkan quruqlik borligini nazariy isbot qiladi.
3. Al Xorazmiy. Raqamlar Xorazmiy nomi bilan bog‘liq. Londonlik jurnalist “Har birimizning telefonimiz ichida o‘zbek olimi Al-Xorazmiy bor”-deya dunyoga e'lon qiladi. Algoritm, Algebra fanlarining nomlanishi ham Al-Xorazmiy nomidan olingan.
4. Ibn Sino “Tib qonunlari” asarini yozgan. Yaqin yaqingacha uning asarlari Yevropa med.oliy yurtlarida asosiy darslik sifatida o‘qitilgan.
5. Ahmad Farg‘oniy. “Astronomiya asoslari” kitobi Kolumb, Magellan kabi sayyohlar uchun dastur bo‘lgan. Yevropada 17-asrgacha asosiy darslik sifatida o‘qitilgan. Usturlob, ya'ni mikroskop nazariyasini ishlab chiqqan. “Nilomer” Nil daryosiga o‘rnatilgan kashfiyoti XX asrgacha daryo suvini o‘lchab turgan. Sayyoraning sharsimon ekanligini ilk bor aytgan.
ADABIYOT SIYMOLARI. Rudakiy, Firdavsiy, Nizomiy, Jomiy, Sa'diy Sheroziy, Hofiz Sheroziy, Rumiy, Xayyom, Navoiy, Boburlar har ikki uyg‘onishning buyuk vakillari hisoblanadi.
XIV asr o‘rtalarida Italiyada feodal jamiyat negizida kapitalistik aloqalarning tarkib topishi keng miqyosdagi madaniy rivojlanishni boshlanishga olib keldi. Bu xarakatni Renessans (uyg‘onish) deb atash qabul qilingan. Kapitalistik ishlab chiqarishning vatani bo‘lgan Italiyada boshlangan. Bu xarakat XV asr ikkinchi yarmidan boshlab, Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaldi va shaxs erkinligi va insonning tabiiy intilishlarini himoya qiluvchi gumanistik harakat yuzaga keldi.
Uyg‘onish davri gumanizmi odamga yangicha munosabatda bo‘lish bilan birga, insonning ruhiy erkinligiga xalaqit beradigan barcha to‘siqlarni keskin rad qiladi.
Feodalizm madaniyati an'analari bilan kelisha olmagan. Uyg‘onish davri vakillari antik davr adabiyoti va san'atini zo‘r qiziqish bilan o‘rganadilar. Ular o‘zlarining ilg‘or fikrlarini asoslash va kelajakka ishonch bilan qadam tashlash uchun antik davrning ulug‘ siymolari ijodiga murojat qiladilar.
Uyg‘onish vakillarining shaxsini o‘zini anglash uchun olib borgan xarakatlarida ularni xalq ijodi, xalq donishmandligiga namunalarga bo‘lgan qiziqishi katta yordam bo‘ldi. Italiya Uyg‘onish davri adabiyotini o‘rganish Florensiyalik mashhur adib Dante Aligeri (1265-1321) ijodidan boshlandi. U ikki katta davr oralig‘ida yashab ijod qildi. «… U o‘rta asrning eng oxirgi va shu bilan birga yangi zamonning eng avvalgi shoiri edi». Dante XIII-XIV asrlarda Italiyaning asosiy madaniy markazi bo‘lgan Florensiyada tug‘ildi. U poeziyaga erta berilib, lirik she'rlarini Provans shoirlarining Italiyadagi izdoshlari ta'sirida yaratdi.
Shoirning sevgilisi Beatrichega bag‘ishlangan she'riy to‘plami «Yangi hayot» deb ataladi (1283-1292) va 30 ta she'rni o‘z ichiga oladi. She'rlar xronologik tartibda joylashgan. She'rlarning mazmuni nasriy hikoyalar, falsafiy izohlar bilan sharhlanadi. Shoir 9 yoshga kirganda o‘ziga tengdosh Beatricheni uchratadi va uni sevib qoladi. To‘qqiz yildan so‘ng ular yana uchrashadilar. Qizning ochiq chehra bilan ta’zim qilishi shoirni hayajonga soladi. O‘sha kuni shoir tush ko‘radi va bu tushni birinchi sonetida tasvirlaydi. Beatriche obrazi shoirni doimo ilhomlantiradi. «Yangi xayot» G‘arbiy Yevropa adabiyotidagi birinchi avtobiografik qissa hisoblanadi. Bunda Dante sevgan qalbning nozik ruhiy kechilmalarini ustalik bilan tahlil qila olgan.
Dante Beatriche vafotidan so‘ng ilmiy-falsafiy masalalar bilan shug‘ullanadi. 1307-1308 yillari o‘zining mashhur «Ziyorat» traktatini yaratadi. 1305-yil roman tilshunosligi bo‘yicha dastlabki tadqiqot - «Xalq nutqi haqida» degan risolani yozadi.
«Ilohiy komediya» – Danteni dunyoga mashhur qilgan asari. U o‘z asarini «Komediya» deb atagan. O‘rta asrlarda qayg‘u, g‘am bilan boshlanuvchi va yaxshilik, xursandchilik bilan yakunlovchi har qanday asarni «Komediya» deb atashgan. Asar o‘rta asr diniy-cherkov adabiyoti ta'siridan ham xoli emas, (allegoriya) simvolika. Asarda uchraydigan 9 raqami (9 kun, 9-osmon) shoir hayotidagi muhim voqealar bilan bog‘liqdir.
Asarga yozuvchi vafotidan so‘ng Bokachcho tomonidan «Ilohiy» so‘zi qo‘shilgan (Badiiy jihatdan yuksak degan ma’noda).

Download 27,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish