Migel de Servantes (1547-1616 y.). Alpkala’ de Ena’res shahrida tabib oilasida tug‘ilgan. Universitetni tamomlagach, papaning Ispaniyadagi elchisi kardinal Akvaviva xizmatiga kiradi. Kardinal bilan Italiyaga boradi. Uning o‘limidan keyin Italiyadagi Ispan armiyasiga xizmatga kiradi. 1571- yili Lepanto jangida ishtirak etib, qahramonlik namunalarini ko‘rsatadi va chap qo‘lidan yaralanadi. 1575-yili Ispaiyaga qaytayotib Jazoir Korearlari qo‘liga asir tushib qoladi va 5 yil asirlikda bo‘ladi. Vataniga qaytgach, teatr uchun ppesalar, shuningdek, badavlat odamlarga bag‘ishlab she’r yoza boshladi. 1597-1603- yillarda qamoqda, hayotning oxirgi 15 yili moddiy qiyinchiliklarda o‘tdi. Shunga qaramay ijodining gullab-yashnagan davri ayni shu yillarga to‘g‘ri keldi.
Servantesning 1605-yili «Ayyor Idalgo Don Kixot Lamancheskiy» romanining birinchi qismi chop etilgan bo‘lsa, 1616 yili romanning ikkinchi qismi yozib tugatildi. Xuddi shu yili uning pyessalar to‘plami ham nashrdan chiqdi. 1613-yili novellalar to‘plami nashrdan chiqqan edi. Servantes pyessalari katta shuhrat qozondi. Biroq ularning ko‘pchiligi yetib kelmagan. «Numansiya» pyessasida iberlarning (ispanlarning ajdodi) rimliklarga qarshi kurashi tasvirlangan. Rim qo‘mondoni Sipion qo‘shinlari tomonidan qamal qilingan Numansiya shahri ximoyachilari sharmandali asirlikdan voz kechib, hamma qimmatbaho narsalarga o‘t qo‘yadilar va o‘zlarini halok etadilar. Servantesning 1605-1611- yillarda yozilgan intermediyalari katta shuhrat qozondi. Xalq hayoti va psixologiyasini ochib beruvchi bu kichik komik pyessalarda u ruhoniylar, nayrangbozlar ustidan kuladi («Mo‘jizalar tetri», «Salamank gori», «Rashkchi qariya», «Ikki laqma»). 14 hikoyadan iborat «Ibratli novellalar» to‘plami bu davr ispan adabiyotida katta voqea bo‘ldi.
«Don Kixot» asari zamondoshlari tomonidan yetarli baholanmagan bo‘lsa-da, keyinchalik insoniyat tarixidagi eng buyuk asarlardan biri deb e’lon qilindi. Asar ritsarlik romaniga parodiya sifatida yozilgan. Ritsarlik romanlarini o‘qib-o‘qib aqldan ozgan kambag‘al Idalgo Don Kixot o‘z «xonimi» sharafiga xo‘rlangan va haqoratlanganlarni himoya qilishga ahd qiladi. Uning asbob anjomlari zang bosgan sovut, qari ot, xizmatkori ayol dehqon, «xonimi» cho‘chqaboqar Aldonsa Lorenso (Don Kixot uchun Dulsineya Tobosskaya). Romanda ritsarlik urf-odatlari, marosimlari parodiya qilinadi; ritsarlikka qabul qilish, ritsarlar olishuvi, go‘zal xonimga xizmat qilish va boshqalar. Don Kixotning yer yuzida «adolat o‘rnatish uchun» olib borgan kurashi teskari natija bermadi. Don Kixot himoya qilgan cho‘pon Andress u ketgach, yanada qattiq jazolanadi, u ozod qilgan jinoyatchilar yana jinoyat qila boshlaydi. Ispan ritsarini qutqarish natijasida shu spektakl o‘ynalayotgan qo‘g‘irchoq teatrini vayron bo‘lishiga olib keladi. O‘z uyiga qaytib kelgach ko‘zi ochiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |