. Shekspir tragediyalarida Sharqona axloq muammosi.
. “Abulfayzxon” asarida hukmdor obrazi talqini.
. “Abulfayzxon” da syujet xususiyatlari.
. Fransua Rable va fransuz Uyg‘onish adabiyoti.
Uyg‘onish davri adabiyoti XIV asr o’rtalarida Italiyada paydo bo’lgan Uyg’onish harakati XV asrning ikkinchi yarmida Yevropaning bir qancha yerlarida boshlanadi. XVI asrningboshlarida esa Fransiyada vujudga keladi. Fransuz Uyg’onish davri adabiyotiga Italiya ma’lum darajada ta’sir ko’rsatadi. Qadimgi davr yozuvchilari, shu
jumladan Gomer asarlari hamda Reformatsiya davri vakillarining kitoblari uning diqqatini o’ziga tortadi. Lekin
bunday kitoblarni o’qishga yo’l qo’yilmaydi.Rable o’z hayoti davomida uch marta Italiyaga borib, qadimgi Rim
madaniyati yodgorliklari bilan tanishadi, tabiiy fanlar bilan shug’ullanadi, lotin tili bilan birga arab tilini ham o’rganadi. Parijga qaytib kelgan Rable bir qancha vaqt qirol Fransisk saroyida xizmat etadi, vrachlik sohasidagi bilimini takomillashtiradi.Rable gumanistik ijodining nodir namunasi xalq orzu-istaklarini chuqur aks ettirgan o’lmas asari «Gargantyua va Pantagryuel» romanidir. Bu
epopeyaning dastlabki kitobi 1533-yilda Alkofribas Naze taxallusi bilan«Ulkan
pahlavon Gargantyuaning o’g’li dipsodlar qiroli ajoyib Pantagryuelning dahshatli
va g’oyat qo’rqinchli harakatlari va qahramonliklari» nomi ostida paydo bo’ladi.
Rablening bu asari 1532-yilda Lionda chiqqan«Buyuk va ulkan pahlavon
Gargantyua haqida ulug’ va qimmatli xronikalar» kitobi ta’sirida yozilgan.
.Rable ijodi.
RABLE (Rabelais) Fransua (1494, Turen, Shinon shahri yaqinida — 1553.9.4, Parij) — fransuz yozuvchisi. Jahon adabiyotida komik janrning buyuk namoyandasi.
Yoshligida monax boʻlib, 1527-yil monastirni tark etgan va huquq, topografiya, arxeologiya, tibbiyotni oʻrgangan, shu sohalar boʻyicha bir qancha ilmiy asarlar yaratgan; 1537-yil tibbiyot doktori boʻlgan. R. 5 qismdan iborat dunyoga mashhur asari — "Gargantyua va Pantagryuel" romanining 4 qismini 1533—53 yillarda yozib nashr ettirgan, asarning 5-qismi esa R.dan qolgan materiallar asosida nomaʼlum muallif tomonidan 1564-yilda yaratilgan. R.ning bu romani Uygʻonish davri fransuz madaniyatining, oʻsha davr diniy va siyosiy hayotining, falsafiy, pedagogik va ilmiy tafakkurining, ijtimoiy hayot va maʼnaviy intilishlarining chinakam badiiy ensiklopediyasi hisoblanadi. Asarda yozuvchi xayoliy mamlakat va personajlarni, oʻta mubolagʻali voqealarni tasvirlashda hazil, mazax, istehzo va h.k.dan foydalangan. Oʻrta asr asketizmiga, munofiqlikka qarshi qarashlarini, oʻz davrining gumanistik ideallarini xalq ogʻzaki ijodi ruhidagi va boʻrttirma obrazlar (Gargantyua, Pantagryuel kabi devqomat odamlar va haqiqat izlovchi Panurg) orqali ifodalagan. Ushbu roman Lafonten, Molyer, R. Rollan ijodiga taʼsir koʻrsatgan. Romanning qisqartirilgan tarjimasi oʻzbek tilida nashr qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |