Jahon adabiyoti
1-seminar mavzusi
Savol va topshiriqlar.
1. Jahon xalqlari adabiyotining xududiy bo’linishlari.
Jahon xalqlari adabiyoti fani umumadabiyotni o`rganishni ma`lum bir tizimiga solish uchun, avvalo, uni hududlarga asoslangan holda bo`lib chiqadi. Bunday hududiy bo`linish turlichadir.
G`arb adabiyoti: Yevropa xalqlari adabiyoti. Skandinaviya xalqlari adabiyoti.
Afrika xalqlari adabiyoti.
Sharq adabiyoti: Hindixitoy xalqlari adabiyoti. Yapon adabiyoti Avstraliya, Zelandiya va Okeaniya xalqlari adabiyoti.
Arab xalqlari adabiyoti.
Amerika xalqlari adabiyoti.
2. Jahon xalqlar adabiyotining taraqqiyot bosqichlari.
Jahon adabiyotining tarixiy taraqqiyoti eng avvalo quyidagi katta davrlardan iborat:
1. Antik adabiyot. Bu davr adabiyoti eramizdan avvalgi yillardan to yangi eraning boshlarigacha bo‘lgan badiiy asarlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, qadimgi yunon adabiyoti.
2. Yangi davr adabiyoti. Bu davr adabiyoti esa eramiznging birinchi asridan boshlab, to XVII-XIX asrlargacha bo‘lgan adabiy xayotni qamrab olgan.
3. O‘rta asrlar adabiyoti. Bu davr adabiyoti XVII asrdan XIX asrning oxirigacha bo‘lgan davrda yaratilgan jahon adabiyoti namunalarini o‘zida jamlagan.
4. Zamonaviy davr adabiyoti. Bu adabiyot XX asr boshlaridan to shu kungacha bo‘lgan jahon xalqlari adabiyotining eng yaxshi namunalarini o‘z ichiga oladi.
Ushbu katta davrlar ham o‘z navbatida yana yangi bosqichlardan iborat bo‘lib, unda ikki xil manzarani ko‘ramiz: umumjahon adabiyotiga xos taraqqiyot bosqichlari, alohida olingan millat adabiyotining taraqqiyot bosqichlari
3. O’zbek adabiyotininh jahon xalqlari adabiyotida tutgan o’rni va roli.
O’zbek taniqli yozuvchilar,shoirlar jahon adabiyotida o’zbek adabiyotining muhim omili xisoblanadi. Bizning taniqli shoirlarimizning,taniqli yozuvchilarimizning bir qator sh’erlari,hikoya,qissa,asar,dostonlarining boshqa tillarga tarjima qilinishi o’zbek adabiyotining jahon adabiyotida roli kattaligining yaqqol misoli bo’la oladi.Jalon xalqlari adabiyotining asosiy maqsadi Er yuzidagi katta-kichik xalq, millat, elatlardan etishib chiqib, yuksak talant bilan asar yaratgan adabiyot kishilarining ijodini tahlil qilish, yutuqlarini belgilab berish, ma`lum bir xududdagi adabiyotlar o`rtasidagi mushtaraklikni aniqlab, jahon adabiyotida ro`y berayotgan umumiy va xususiy o`zgarishlarni qayd qilishdir. Ayni vaqtda ana shu o`zgarishlar asosida umumadabiyotning qonun-qoidalarini keltirib chiqarishga, uning taraqqiyot tendentsiyalarini belgilab olishga ham yordam berishdir.O’zbek taniqli yozuvchilar,shoirlar jahon adabiyotida o’zbek adabiyotining muhim omili xisoblanadi. Bizning taniqli shoirlarimizning,taniqli yozuvchilarimizning bir qator sh’erlari,hikoya,qissa,asar,dostonlarining boshqa tillarga tarjima qilinishi o’zbek adabiyotining jahon adabiyotida roli kattaligining yaqqol misoli bo’la oladi.
4. G’arb va Sharq adabiyotlarining o’zaro ta’sir masalasi.
Markaziy Osiyo xalqlarini Buyuk ipak yoʼli qadimdan Yaqin va Oʼrta Sharq mamlakatlari – Ozarbayjon, Eron, Аrabiston, Hindiston va boshqa Gʼarb mamlakatlari bilan bogʼladi hamda bu yerda yashadigan xalqlarni jamiyat sivilizatsiyasi taraqqiyotining oldingi saflaridan joy olishi uchun katta imkoniyat yaratdi. Komil inson tarbiyasi, uning atrof-muhitga oqilona munosabati, milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sadoqat gʼoyalarini targʼib qilgan koʼpgina taʼlimotlar Buyuk ipak yoʼli orqali boshqa mamlakatlarga tarqaldi va yerda yashovchi xalqlar dunyoqarashi, maʼnaviy dunyosi, madaniyati shakllanishiga katta taʼsir koʼrsatdi. Ma’lumki, Sharq adabiyoti tarixining ko‘p asrlik taraqqiyoti davomida adabiy an’ana muhim o‘rin egallaydi. Shoirlar salaflari ijodiy merosiga murojaat qilar ekanlar, avvalo, o‘z estetik qarashlariga mos, ko‘ngillariga yaqin, dunyoqarashlariga nisbatan uyg‘un keladigan asarlarni maqbul ko‘rganlar. Yana bir tomoni, o‘rta asrlar estetikasi me’yoriy xarakterda bo‘lib mavzular ko‘lami hamda janrlar tabiati avvaldan belgilangan qoidalar asosida voqe bo‘lgan va bu holat o‘sha davr kishilarining mental dunyoqarashi bilan izohlanadi. Biroq bu Sharq adabiyoti namunalari originallikdan xoli, adabiy an’analar doirasida qolib ketgan degan mulohazaga sabab bo‘lmasligi kerak. Chunki har bir shoir ko‘hna mavzuga murojaat etar ekan uni ma’lum darajada bo‘lsa ham zamonasi bilan bog‘lashga harakat qiladi.
5.G’arb va Sharq adabiyotlari o’rtasidagi adabiy aloqalar formalari.
Sharq bilan G‘arb xalqlari o‘rtasidagi mushtarak adabiy madaniy aloqalar tarixi olis asrlardan boshlangan. O‘rta asrlardayoq Sharq madaniyati ta’siri ostida Ovrupoda dunyoviy adabiyot, ilm-fan shakllana boshlagan edi. Bu jarayonda buyuk ajdodlarimiz Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Sa’di Sheroziy, Umar Xayyom, Alisher Navoiy kabi olim va donishmandlarning ijodi juda katta rol o‘ynagan va Ovrupo madaniyatining shakllanishiga turtki bo‘lgan edi. Natijada Sharq adabiyotiga xos an’anaviy olam go‘zalligini, ishq muhabbatni kuylash nemis adabiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Buning natijasida Gyote va boshqa nemis shoirlari she’riyatida go‘zallikni madh etish, muhabbatni ulug‘lash, insonparvarlik, sevgi-sadoqat, firoq iztirobi tasviri ilohiy muhabbat darajasiga ko‘tarildi. G‘arb she’riyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan alloma shoirlardan biri Shamsiddin Muhammad Hofiz Sheroziydir. Hofiz she’rlarining shuhrati Sharqdagina emas, Yevropada ham keng tarqalgan edi.
XVIII asrning oxirlarida Hofiz she’riyatining hayotbaxsh ohanglari Reyn bo‘ylariga yetib kelib, shoirlar, olim, faylasuflarning ham diqqatini o‘ziga jalb etdi; ilk tarjimalari paydo bo‘ldi, ijodiga qiziqish boshlandi. 1791 yili Sharq she’riyatining muhibi Val Hofiz g‘azallaridan bir nechtasini nemis tilida nashr ettirdi. Bu – shoir asarlarining Yevropa tillariga qilingan birinchi tarjimasi edi. Shundan keyin Hofiz ijodiga qiziqish yanada kuchaydi. 1812 yili mashhur sharqshunos Yozef fon Hammer shoir devonining to‘la tarjimasini yaratdi. Bu tarjima Hofiz shuhratining butun Yevropaga yoyilishiga, nemis xalqi orasida bu san’atkorga nisbatan muhabbat uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Shoirlar, she’riyat muxlislari orasida o‘ziga xos “hofizxonlik”, taqlidiy she’rlar yozish avj olib ketdi. Doumer degan tarjimon tuzgan va “Hofiz” nomi bilan nashr etilgan to‘plam ana shunday qiziqish natijasi edi. Doumer Hofizning 200 dan ortiq g‘azaliga o‘xshatma yozadi. Bu she’rlarni Hofiz asarlarining tarjimasi deb bo‘lmaydi, albatta. Lekin uning she’rlaridagi chuqur lirik ma’nolarni sharhlaydigan bu majmua shoir ijodi nemislar orasida yanada kengroq tanilishi va shuhrat qozonishiga katta turtki bo‘ldi. Hammer nash-ri va Doumer to‘plami tufayli Gegel, Gyote, Hofiz ijodi bilan tanishishiga muyassar bo‘ldilar. Shoir g‘azallaridagi chuqur falsafiy-ijtimoiy fikrlar Gegelni o‘ziga maftun etdi, u Hofizni “Genial san’atkor, go‘zal, orombaxsh, ayni choqda, isyonkor she’rlar muallifi” sifatida ta’rifladi.
Sharq va G‘arb o‘rtasida qadimdan mavjud bo‘lgan azaliy do‘stlik an’analarini yanada yuksaltirishda adabiy aloqalar katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |